background
logotype

Berdinazar Xudoynazarov (1927-2001)

O‘ZBEK CHOYXONASI

Choyxona uchradi har bir tomonda,
Oqin suv bo‘yida, bog‘-rog‘ ichida.
Baliqlar jazillab dog‘-yog‘ ichida,
Palovlar pishardi cho‘ng-cho‘ng qozonda.
Ko‘zimning o‘ngida butun bir Toshkent
Yayrardi yam-yashil quchoq ichida.

Yo‘lingda choyxona tursa, og‘ayni,
Choyxo‘rlik gashtidan kecha olmassan.
Shopirib-shopirib ich achchiq choyni,
Boshqacha suvsinni icha olmassan.

O‘zbek choyxonasi, unutmam seni,
Olqishlar kim bunda totarkan taom.
Olqishlar aytmasam, ehtimol, meni
Hech kimsa kechirmas, kechirmas tamom.

Aziz Abdurazzoq tarjimasi.

2004-2018 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.