background
logotype

Nuri Bayram

* * *

— Nuri Bayram, nima so‘zlaysan?
— Odamlarning yuragini.
— Nuri Bayram, nima izlaysan?
— Odamlikning daragini.

TONG SHAMOLIN OVOZI

Mening burchim: huvillab,
G‘unchalarni gul etmoq.
Sening burching: shu gulni
Olqab, shodumon etmoq.

Burchim: nav-nihollarni
Silab-siypab uzatmoq.
Sening esa: bog‘larning
Tinchligini kuzatmoq.

Burchim mening: har sahar
Yerning holin so‘ramoq.
Sening burching: Vatanning
Yuzini pok asramoq.

* * *

O‘g‘limdan so‘rayman:    
— Qanday tush ko‘rasan?    
U deydi: — Tushimda
Ot chopib yuraman.

Qizimdan so‘rayman:
— Nima tush ko‘rasan?
U deydi: — Tushimda
Gul terib yuraman.

Kaminaning esa
Doimiy tushi:
Otamning urushga
Ot surib borishi...

* * *

— Nuri Bayram, qaylardan kelmoqdasan?
— Odamlarning orasidan.
— Nuri Bayram, kimlardan bezovtasan?
— Odamlarning olasidan...

Tursun Ibrohimov tarjimasi.

2004-2018 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.