background
logotype

Omonturdi Jonmurodov

* * *

Tug‘ildim shu zaminda,
Oldim yerning chog‘ini.
Mening uchun keng ochdi —
Kengliklar quchog‘ini.

Toqqa borib, tog‘ bo‘ldim,
Kurashlarda surishdim.
Yerdan oyog‘im uzmay,
Osmon bilan ko‘rishdim.

Qush ko‘rdim ko‘k samoda,
Qanot yozib, qush bo‘ldim.
Bulbul bo‘ldim, gul ko‘rib,
Sevildim, sarxush bo‘ldim.

Gulga burkandi davrim,
Men davrga esh bo‘ldim.
Yoshim o‘tib borsa-da,
Armoni bor, yosh bo‘ldim.

Hamroqul Asqarov tarjimasi.

2004-2018 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.