background
logotype

Dilnoza To'ychiyeva

To'ychieva Dilnoza Toshboltaevna 1986-yil 16-dekabrda Farg`ona viloyati, Toshloq tumani, Alisher Navoiy shirkat xo`jaligida tug'ilgan.

She'r yozish jonu dili.

2ta kichik kitobchasi maktab uchun tayyorlangan.

QIZLARJON

Dunyo siz bilan go'zal, mahzun o'tar har bir on,
Opalarning suyanchi, sizda quvonch har qachon.
Latofat ziynatingiz, nurga to'lsin yuzingiz
Oftoboy nola qilsin, chehrangizdan qizlarjon.

Zilol suvlar sharqirar, sho'x bulbular qo'ynida,
Majnuntollar boshin egar, jamalak sar yonida.
Ibo-hayo, Muhabbat, or-nomus baxt kaliti,
Mehr nuri shu’la sochin so'zingizdan qizlarjon.

Siz sevgan lola guli, hijolatdan qizargan,
Hokisorli, yor zabti asli ishqdan yaralgan.
Qadrlidir oshiqlarga, har kunning hijronasi,
Ibo-izzat, qadr-qimmat qizlarjon nishonasi.

Hushni olsin go'zalik, nasib qilsin Bekajon,
Jismingizga libos bo'lsin, doim fahm Qizlarjon.

DO‘STLAR

Nimadandir bo'lib ko'nglim g'ash, 
Ko'zlarimga keldi ahir nimta yosh; 
Bu ahvolga berolmay bardosh, 
Do'stlarimga aytarman arzim. 

Ortda tursam qalbimda armon, 
Yuragimda to'la hayajon, 
Hayolimga kelar do'stlarim, 
Do'stlarimga aytarman arzim. 

Aytayinmu shohu,gadoga, 
Yoki munis sho'rlik onamga, 
Yo chekaymu ko'chada faryod? 
Yonimda gar bo'lmasa do'stim. 

Do'stlarim-la diydor g'animat, 
Olisdadir zahmatkashlarim, 
Ne qilsam-ki ko'nglim yana g'ash, 
Yonimda gar bo'lmasa do'stim.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.