background
logotype

Doniyor Sobirov

Ko'pchilik insonlar: hayot qiyin va beshafqat deyishadi. Yo'q, men bunday deb o'ylamayman. Men hayotni oynaga o'xshataman. Oynaga qarasangiz u o'zingizning aksingizni ko'rsatadi xalos. Hayotda ham qanday bo'lsangiz, shunga yarasha javob topasiz. Oynaga qarab faqat tashqi ko'rinishimizni ko'rganimiz kabi, hayotning ham faqat yorug' qismini bilamiz halos. Qorong'u qismida nima bo'ladi?... Buni xudo biladi. Tashqi ko'rinishimiz chiroyli bo'lishi uchun ichki dunyo qarashimizni chiroyli qilishimiz kerak bo'lganiday - Qorong'u dunyomiz yaxshi bo'lishi uchun bu yorug' dunyoda gunoh ishlarni kamroq va savob ishlarni ko'proq qilishimiz kerak. Bu yorug' dunyoda yashayotgan har bir insonning xohlaydimi, yo'qmi orzulari, tashvishlari va o'z yechimini topolmay yotgan savollari bo'ladi. Mening ham orzuim o'z sahifamni yaratish edi. Afsus, hech qanday moddiy mablag'ga ega bo'lmaganligim sababli bu istag men uchun jumboq bo'lib qoldi. Lekin men yana faqat oldinga intilib yashayverdim. Buni qarangki, hech qanday moddiy mablag'ga ega bo'lmay turib ham sahifa yaratishning yo'li bor ekan. Internetda imkoniyatlar juda ko'p ekan. Bu web sahifamni yaratish uchun esa 2 yil vaqt sarfladim. Va men bu sahifamni do'stlarimning maslahati bilan, sabr qilib, bilimimga tayangan holda o'z qo'llarim bilan yaratdim. Siz ham sayt ochishni, o'zingizning shahsiy web sahifangizni yaratishni xohlaysizmi?! Buning uchun faqat sabrli bo'ling! Men sizga qo'limdan kelganicha maslahatlar berishga harakat qilaman. Men sizga yordam berishni xohlayman aziz yurtdoshlar!

 

ADASHDIM

Onam aytar, yoshligimda zo`r edim m?n,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.
Bu dunyoni ko`ra olmay ko`r bo`ldim m?n,
Muhabbatdir ko`zlarimni qamashtirgan.

O`qishlarim, ishlarim ham yaxshi edi,
Rubob chalib, kuy qo`shiqda baxshi edim,
Sportning ham, kasb-hunarning naqshi edim,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.

Muhabbat d?b, o`z-o`zimdan gado bo`ldim,
Muhabbat d?b, sh?'riyatda shaydo bo`ldim,
Muhabbat d?b, yor vaslida ado bo`ldim,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.

M?n o`zimni unutibman muhabbat d?b,
Va ko`zimni ko`r qtlibman muhabbat d?b,
Chin so`zimni hor qilibman muhabbat d?b,
Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan.


AFSUS

Bu dunyoni armonsiz tark etolmayman,
Anglab yetdim orzuimga yetolmayman,
Kutmaganda sen hiyonat qilding menga,
Kechir sevgim endi senga qaytolmayman.

Qani edi yuragimga qorlar yog’sa,
Muhabbatim izlarini yuvib ketsa,
Shunda senga yurak dardim aytolmayman,
Kechir sevgim endi senga qaytolmayman

Seni yonib sevdim qadrimni bilmading,
Muhabbatimni nimaga kech anglading?
Yolg’iz meni sevgan sodiq yor bo’lmading,
Kechir sevgim ortiq seni sevolmayman.

Hayotda o’z yo’limni topib ketaman,
Sendan ajratgan yozga dardim aytaman,
Seni uchratgan kuzga yana qaytaman,
Kechir sevgim lekin senga qaytolmayman

Men sevgimni havolarga uchirdim.
Yuragimdan muhabbating o’chirdim.
Menga qilgan hiyonating kechirdim.
Kechirdimu, lekin endi qaytolmayman.

ALLA

Eng yoqimli kuy bu ona allasi.
Eng yoqimli so’z ham alla so’zidir.
Go’dak uchun alla uyqu da`vosi.
Doim davom etar ona allasi.

Kechalari alla aytib onajon.
Ukamlarga, menga mehr berdingiz,
Sog’indim men yana bir bor onajon,
O’g’lim orom olgin degan so’zingiz.


ARMON

Dilim vayron, bag`rim qon, 
Chunki, m?n o`zim yomon.
Yashagim yo`q b?gumon, 
K?chiring, jon-onajon.
Hayot m?nga bir armon, 
Kimlar yaxshi – kim yomon.
Dilim vayron, bag`rim qon, 
K?chiring, jon-otajon.

M?n hayotda adashdim, 
H?ch kim m?nd?k bo`lmagay.
Boshga tushib ko`z ochdim, 
Buni yurak bilmagay.
K?ngoq ochib ko`nglimni, 
Vayron bo`lgan dilimni.
M?n hayotdan to`yganda, 
Yozdim ushbu sh?'rimni.

Arpa, bug'doy va paxta – 
Hirmondan t?riladi. 
Umr esa ollohim 
Tomondan b?riladi.
Kimlargadir yuz yoshni, 
Ollohim m?nga esa
Yigirmanchi bahorni 
B?rmagan ko`rinadi.


AYOL

Senga atab she`rlar bitaman.
Visolingga yonib yetaman.
Chin so’zimni qalbdan aytaman.
Sen judayam go’zalsan ayol.

Yuragingda bordur muhabbat,
Bor go’zallik sendadur faqat,
Olloh bergan sabr va toqat,
Qalbi nozik ulug’san ayol.

Doniyor seni ulug’lar mudom,
Bo’l juftingga doim qadrdon,
Sen borsanki yashaydi inson,
She`rlarimga g’azalsan ayol.

 
AYTISHUV

Yigit:     Ahdu paymonimiz unutma jonim,
    Unutsang dunyoni m?n tark etaman.
    S?vgi-la, tirikman bu k?ng dunyoda,
    M?n s?ndan ayrilsam yashab n?taman.
    
Qiz:    Ishoning, bir umr sodiq qolaman
    Toki mavjud ekan bu yorug` olam
    M?n sizdan og`ushlar sotib olaman
    Sizni d?yman xatto, u dunyoda ham.
    
Yigit:    Qoshlaring kamondur, ko`zlaring ohu
    Muhabbatim takror izhor etaman.
    Bu yorug` hayotim s?nsiz qorong`u,
    M?n s?ndan ayrilsam yashab n?taman.
    
Qiz:    M?n sizga bir umr sodiq qolaman
    M?n sizni o`ylayman har kun tong saxar
    Faqatgina sizga chin yor bo`laman
    Sizsiz ?gan oshim, osh emas – zahar.


BAXTLI ONLAR

Kechir meni sevgilim,
To’yingga borolmadim.
Yuragim qiynalsa ham,
Hech buyruq berolmadim.
Ko’rgim keldi-yu, seni
Yuragim bo’ysunmadi.
O’zga bilan ko’rishga 
G’ururim yo’l qo’ymadi.
Nega unday qilganing 
Tushunaman, bilaman.
Ota-onang tufayli 
Azoblarda yonaman.
Men sendan ayrilsam ham,
Sen men uchun yagona.
Ming bor agsuslar bo’lsin,
Endi bizlar begona.
Senga she`r yozayotib,
Qalamim cho’chib ketdi.
Yoshlikdagi voqea,
Esimga tushib ketdi.
Yoshligimiz eslayman,
Sen tengi yo’q qiz eding.
Shu damlarni qo’msayman,
Sevgan yorim siz derding.
Biz ilk uchrashgan damlar 
Hali-hamon esimda.
Chumchuqlar sayrashardi 
Chinorlarning uchinda.
Shu chinorlar ostida,
Har kuni uchrashardik.
Ishq-muhabbat sathida,
To’yolmay dardlashardik.
Kelmay qolsam sen mening,
Yo’llarimni poylarding.
Nega kelmadi deya,
Sog’iniblar yig’larding.
Senga qoyil qolardim,
Erga boqib so’zlarding.
Agar meni sog’insang,
Yuragingdan izlarding.
Xuddi senga o’xshardi,
Sovg’a qilgan gullarim.
Sen uchun yozgan edim 
Yuzdan ortiq she`rlarim.
Qayg’uni qilib obod,
Undan yonib yashayman.
Sobiq sevgim umrbod,
Seni sevib yashayman.
Mana bugun sen bilan, 
Xufyona uchrasharmiz.
Baxtli yoshlikni eslab,
Bir to’yib dardlasharmiz.
Sen bilan uchrashishni,
Qalbim aldamayapti.
O’sha vaqtni kutishga,
Sabrim chidamayapti.
Soat o’n bir bo’lyapti,
Men tez yo’lga shaylanay,
Uchrashuvga ertaroq,
Borib yo’lingni poylay.
Yoshlikda aytgan edim,
Meni unutgin deya.
Bu dunyoda bo’lmasa,
U yoqda kutgin deya.
Ishq-muhabbat tufayli,
Mana ko’rishib oldik.
U dunyoga yetmasdan,
Uchrashishga ulgurdik.
Sen meni ko’rganingda,
Meni quchib yig’laysan.
Yo yig’lashga keldingmi?
Nega darding aytmaysan?
So’ng ko’zimga termulib,
O’zingni qo’lga olib,
“Nega shu yoshga kirib,
Uylanmadingiz?” – deysan.
O’yga tolib qolarsan,
“Baxtsizman” deysan keyin.
Gar sen baxtsizman desang,
Unda men nima deyin?
Sening baxting yoningda,
Menku, men axir yolg’iz.
Agarda men uylansam,
Osha qiz bo’lar baxtsiz.
Qalbim yonib bo’lgan cho’g’
Buni aniq bilaman.
Yuragimda bo’sh joy yo’q,
Chunki seni sevaman.


BAXTSIZ KUNLARIM

N? qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar m?ning bu kunlarim ham.

Bolaligim, xayr d?b k?tdi.
Ishqdan qalbim tashvishlar ch?kdi.
Qancha baxtsiz kunlarim o`tdi,
O`tar m?ning bu kunlarim ham.

Kunlar botib, tonglar otdi-ku,
Qancha tashvish k?lib, k?tdi-ku,
Sabr qildim, yillar o`tdi-ku,
O`tar m?ning bu kunlarim ham.

N? qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar m?ning bu kunlarim ham.


BEVAFO YOR

Yoring sening ko’ngling ovlay bildimu?
Turmush qurib endi ko’ngling to’ldimu?
Sevgan yoring aytchi menday bo’ldimu?
Boylikka aldanib adashgan yorim.

Ozgina sabr qilib kutsang bo’lardi,
Sevishimni onangga aytsang bo’lardi,
Balki shunda sening ko’ngling to’lardi.
Endi afsus ne kerak bevafo yorim.

Meni sevolmading chunki men g’arib,
Men esa charchadim seni ahtarib,
Men endi tushundim: qoldim aldanib,
Boylikni deb mendan kechdingmi yorim?

Boylikdan ham afzal muhabbatim bor,
Bir umrga etar sevgim sehri bor,
Muhabbatimning zo’r baland qasri bor.
Shu baland qasrdan kechdingmi yorim?


BIR KUN KELARSAN

Yor, s?ni kutyapman ko`zlarim giryon,
Yuragim ezildi jamoling eslab.
O`tiraman xomush, ko`nglim parishon,
T?lba bo`lib qoldim visoling qo`msab.

Yor, s?ni kutyapman yuragim vayron,
Faqat bir bor ko`ray ?tolmasam ham.
S?vishgan lahzalar o`tgan har bir on,
M?ni kundan kunga qiynar tashvish-g`am.

Yor, s?ni kutyapman ko`nglimda armon,
S?ni t?zroq ko`rish orzusidaman.
H?ch narsa bo`lolmas dardimga darmon,
Qayg`u alamlarning yog`dusidaman.

Yor, s?ni kutyapman har lahza, har on, 
Hozir k?lar d?ya s?ni o`ylayman.
Mayli k?lmasang ham yurgin sog`-omon,
Qalbim navolarin oyga so`ylayman.

Orziqib kuiyapman, kutarman hamon,
Umrim oxirigacha kutav?raman.
Toki jismim ichra bor ekan bu jon,
Yolg`iz s?ni kutib o`tav?raman.


CHARCHADIM

Tashvishlardan ko`nglim ezib,
Bo`lar-bo`lmas vaqt o`tkazib,
Mardlik g`ururim k?tkazib,
S?ni s?vihdan charchadim.

Yo`llaringni poylamayman,
Yuragimni qiynamayman,
Endi s?ni o`ylamayman,
Chunki, s?vishdan charchadim.

O`ylamaysan k?ragimni,
S?ni qattiq s?vgan sayin.
Ado qilding yuragimni,
Ado bo`lishdan charchadim.


DILDORA

Yolg`onmidi, m?ning uchun yig`laganing?
Yolg`onmidi, hurmat ila sizlaganing?
Bormay qolsam, yuragingdan izlaganing, 
Axir m?ni s?vardingku, Dildora.
Qilib ketding yuragimni ming pora.

Olov bo`lib s?vgan edim m?n s?ni,
Nima uchun qo`llamading s?vgimni?
S?vmasanggar n?ga qiynading m?ni?
S?vmasang n? ishontirding Dildora?
Qilib ketding yuragimni ming pora.

M?n yonib s?vibman, ayrilgim k?lmas,
S?ning aybingni h?ch, tan olgim k?lmas, 
Eshitganlarimga ishongim k?lmas,
Xiyonat qildingmu, essiz, Dildora?
O’zgani dedingmu so’zsiz, Dildora? 

S?vdim-u, oldingga shoshilib k?ldim, 
G`ururim kuchini qochirib k?ldim,
Shu paytgacha s?ni k?chirib k?ldim, 
Endi qanday k?chiray s?ni – Dildora?
Qilib ketding yuragimni ming pora.

M?n s?nga muhabbat b?rolmadimmi?
Ulardan ortiqroq s?volmadimmi?
S?vishim isbotlab ulgurgan edim,
Qadrimni bilmading, essiz, Dildora.
So’zingda turmading so’zsiz Doldora.

M?nga  b?rilganmi  armonda  o`tish,
K?ladigan baxtli kunlarni kutish,
Baxtsiz kunlarimni - s?ni unutish,
Eh, qiyin bo`lyapti m?nga, Dildora, 
Qilib ketding yuragimni ming pora.


DUNYO

Armonsiz yashagan odam bormikan?
Dardlardan ko`z yoshim bo`ldiku daryo.
Osmonday b?g`ubor olam bormikan?
Shafqatsiz ekansan, armonli dunyo.

Gohida achchig`u, gohi boldaysan.
Gohida tikonli, gohi guldaysan.
N? bo`lsa ham m?ndan rozi bo`lgaysan.
S?ni tark etarman bir kuni, dunyo.

Tashvishlaringdan bu qalbim ezilar,
Bir kuni s?ndan ham qo`lim uzilar,
M?ni ham shoshilib kutar avliyo,
Bir bora m?xmonman, shafqat qil, dunyo.

Gohida kuldirib, gohi aldaysan.
Bir bora chaqirib, bir bor xaydaysan.
O`zing juda k?nsan, m?nga tordaysan.
Shunchalar shafqatsiz ekansan, dunyo.

Qayg`uli damlarning oxiri bormi?
Men kutgan yo`llarning sohili bormi?
K?ng bag`ring, m?n uchun shunchalar tormi?
Shunchalar shafqatsiz ekansan, dunyo.


DUNYO BU

Hayot shundan iboratmi:
Faqat tashvish, faqat g’am.
Kimga dunyo armon bo’lsa
Yana kimlarga alam.
Bir kun kelib qolar dunyo
Sizlardan ham, mendan ham
Ey, do’stlarim hafa bo’lmang
Bir kam dunyo ahir bu.

Oyning yarmi qorong’udir 
Yarmi yorug’ bo’ladi
Kimdir hecham sevolmaydi
Kimdir sevib qoladi
Kimdir yorga zor bo’ladi
Kimga nasib qiladi.
Ey, do’stlarim hafa bo’lmang
Bir kam dunyo ahir bu.

Shu paytgacha omadingiz 
Kelmagan bo’lsa agar
Faqat do’stlar sabr qiling
Omadli kun oldindadir,
Boshingizga tushgan savdo
Bor mening boshimda ham
Ey, do’stlarim hafa bo’lmang
Bir kam dunyo ahir bu.


EGIZAKLAR
(Xazil)
Bizning guruhda
Ikkita qiz bor.
Biri – Mohira
Biri – Umida.

Gul qirmizaklar
Ular egizaklar.
Mohi – Fotima
Umida – Zuhra.

Fotima asal
Zuhrasi go`zal
Shoir ularga
Yozadi g`azal.

Birisi yulduz
Birisi osmon
Ular haqida 
Yaraldi doston.

Birini s?vsang 
Birisi armon
Javob topolmay
Doniyor hayron.

    Hayot - z?rikarli o`tgandan ko`ra,
    Xazil mutoyibali o`tgani yaxshiroq.


GO'RING

Eshitgandan go’rgan yahshi
Tarixini bilgan yahshi
Dim ulug’dir Hivam yoshi
Ota darvozasin go’ring!
Kalta minorasin go’ring!

Ziyod atib Polvon Pirni
Go’rib getting Feruz honni
Tomosho qiling Hivamni
Qo’sho darvozasin go’ring!
Ho’ja minorasin go’ring!

Ichon-deshon qal`asi bor
O’z yo’lina shevasi bor
“E, og’o...” dagan gapi bor
Galib qal`asini go’ring!
O’zga shevasini go’ring!

Ikki ming besh yuz yil yashab
Bugungi kunda yashnab
O’z taqdirin o’zi ushlab
Galyotirg’on Hivam go’ring!


G'UNCHAM EDUNG

G`uncha eding, jonginam,
Bugun gulga aylanding.
Go`zal eding, jonginam,
S?n o`zgaga boylanding.

Qo`lingdagi baxt qushin
Ushlay olmay, boy b?rding.
M?n uchun tor ko`nglingdan
S?n o`zgaga joy b?rding.

Mayli shunday bo`lsa ham
M?n s?nga baht tilayman.
Orzularing so`ndirma
M?n s?n uchun kuylayman.

G`uncha eding, jonginam,
Gul bo`lmasdan so`ndingmi?
O`pichlarga, so`zlarga,
Ishondingmi? Ko`ndingmi?


XALI SENI IZLAYMAN

S?n m?ning ushalmas orzuim, jonim.
Har kuni, har soat hayolimdasan.
Unutish qo’limdan k?lmaydi s?ni,
Qo’limdan k?lgani armonimdasan.

O’yib yozilgansan yurak toshimda,
Noming takrorlanar aqlu-hushimda,
Bir zumga uxlasam xatto tushimda,
S?vgilim, s?n m?ning oromimdasan.

Sog’inaman, s?ni ko’rgim k?ladi,
Har kuni yoningga borgim k?ladi,
Bir umr s?n bilan qolgim k?ladi,
Har soniya, s?n m?ning xumorimdasan.

Sog’inganim yolg’iz qolsam bilinar,
Faqat s?ni o’ylab qalbim tilinar,
Oy jamoling ko’zlarimga  ko’rinar,
Yiroqdamas, s?n m?ning yonimdasan.

Tashvishlardan siqilmasin har oning,
Armonlarda oh ch?kmasin hayoling,
S?ni izlab  borar bir kun Doniyoring,
Chunki, jonim, yuragi-zorimdasan.


HAYRONMAN

Yoshligimda s?vgi nima bilmadim,
Qizlar s?vdim d?sa parvo qilmadim,
Ular m?ni s?vdi m?n-ku, s?vmadim,
S?ni qanday s?vib qoldim, hayronman.

Bir go`zal qiz m?nga qo`ng`iroq qilib,
Yurar edi so`zlarimga zor bo`lib,
S?volmadim, yig`lab qoldi xor bo`lib,
S?ni qanday s?vib qoldim, hayronman.

Kimki s?vsa, ko`rsatmay daragimni,
Shu paytgacha asradim yuragimni,
M?n h?chkimga ochmagandim ko`nglimni,
S?ni qanday s?vib qoldim, hayronman.

Go`zal-go`zal qizlarni ham uchratdim,
S?volmadim ko`zlarini yoshlatdim,
Oldin s?ni yaxshi qizga o`xshatdim,
S?ni qanday s?vib qoldim, hayronman.


ILTIJO

Yuragimda alamli titroq.
Ishq yo`lida qildimmu gunoh?
Buncha bizni qiynama, olloh,
Chin sevgini ber ikkimizga.

Balki bizlar hali yoshdirmiz,
O’ynoqiroq yo beboshdirmiz,
Ishq yo’lida oy quyoshdirmiz,
Chin sevgini ber ikkimizga.

O’rtamizga ayriliq solma,
Bergan ishqing qaytarib olma,
Doniyorni qilma homtama,
Chin sevgini ber ikkimizga.

Yuragimda alamli titroq.
Ishq yo`lida qildimmu gunoh?
Buncha bizni qiynama, Olloh,
Chin sevgini ber ikkimizga.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.