background
logotype

Jamshid Esanov

So'roq

Bu dunyoga kelib neni ham ko'rdim,
Ba'zan to'g'ri, bazan egriga burdim,
Ko'rmadim dedim-a, aslida ko'rdim,
Shuncha yomon, tulkidan ham ayyormanmi?!
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

Umrim mening aslida bir onchalikdir,
Gunohlarim to'plasa, bir tomchalikdir,
Eshigimni so'nggi qoqqich - bandalikdir,
Bandalikning tashrifiga men zormanmi?!
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

Onajon, qo'rqmagin bu so'zlarimdan,
Qara, hayot chaqnayapti ko'zlarimdan,
Rohatimni ko'rib o'g'il-qizlarimdan,
Onajonim, duongsiz men, nochormanmi?!
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

Shayton urdi, dedim, gunoh qilaverdim,
Havasga qul bo'lib,nafsga ko'ngil berdim,
Til uchida tavba, dedim, kechir dedim,
Shaytondan ham battar yomon shaytonmanmi?!
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

Balki yoqdir havotirga hojatim ham,
Savobni ham olarman, chindan urinsam,
Armonim yoq jannatiga gar ilinsam,
Ey Ollohim, rohatingda men bormanmi?
Ajal kelsa, men o'lishga tayyormanmi?!

So'rayverib balki sizni qildim bezor,
Dersiz balki, "bo'lmasa bu buncha beor",
Faqat bir savoldan qalbim chekar zor,
Axir, tayyormasman javob berishga ham,
Hatto ajal kelib qolsa, o'lishga ham!

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.