OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Maryam Isabayeva

Maryam Isabayeva 1983-yili Qirg`iziston Respublikasining O'zgan shahrida tug'ilgan. 1989-yili O'zgan shahridagi Qirg'iziston 60 yilligi nomli o'rta maktabning (O'zbek) birinchi sinifiga borgan. 1993-yili A.S.Pushkin nomli Qirg'iz maktabida o'qishni davom ettirgan. 2000-yili maktabni tamomlab, O'sh Davlat Universitetining Teologiya Fakultetiga topshirgan. Ikki yil Ankara
Universiteti Teologiya Fakultetida o'qib kelgan. Hozirda O'sh Davlat Universiteti Teologiya Fakulteti bitiruvchisi.

Hobbilari: Kitob o'qish (detektif asarlar), sh'er yozish, tabiat qo'ynida dam olish va eng yaxshi ko'rganim do'stlar bilan internetda suhbatlashish.

Tillar: Ona tilini, turk tilini, qirg'iz tilini yahshi biladi, arabcha (boshlang'ich).

SEVGI

Sevgi bu - go’zal ro’yo,
Sevgi bu - tubsiz daryo,
Sevgining hech farqi yo’q
Sevgi bu - pulsiz dunyo.

Sevgi bu - go’zal g’avg’o,
Sevgi bu - go’zal savdo,
Sevgiga na tabib bor
Sevgi bu - dardsiz davo.

Sevgi bu - qalbga xitob,
Sevgi bu - ajib kitob,
Sevgilingla o’tgan dam
Zimiston misli oftob.

Sevgi bu - Jannat bog’i,
Sevgining yo’q yaqin firoqi,
Bevafolik qilsang gar
Allohga yetar ohi.

Sevgi bu - jonni bermoq,
Sevgi bu - tirik o’lmoq,
Sevgilning eng a’losi
Sevgida senla bo’lmoq.

YOMG’IR

Yog’ayotgan yomg’ir kabi
Mening qalbim yig’laydi.
Bahornıng telba havosi
Meni rosa qiynaydi.
Mening qalbim pora bo’lganin
Telba yomg'ir nega bilmaydi?

Bu gal balki o’zgacha yomg'ir -
Chunki seni yo’qotgan chog’ım
Taqdir yo'li ayri ekan
Yomg'ir kabi ko’z yoshli tunim
Chora yo'qdir endi nailoj
Hayr jonim, hayr bahorim.

Ko’z ochdımu seni ko’rdim
Sen uchun Laylo bo’ldim
To hayot ekanman
Borligim deb seni bildim
Bahor kelib ochilishda
Suvsizlikdan yana so’ldim.

Tingin endi bahor yomg'iri
O’z holimga qo’ygin meni
Alamga chidamas bo’ldi
Pora bo’lgan yuragim meni.
Quloq solmaganing tufayli
U kabi sevaman seni.

SEN

İlk bor ko’rgan kunim
Hayolim o’g’irlagan sen
Oradan o’tsa ham yillar
Hayolimda faqat sen o’zing.

Ojizadur mening zabonim,
Sevaman seni deyishga
Zolimdur mening qalbim
Jur’at etdi seni sevishga.

Yodimda iyun tonggi
Sen-la uchrashgan chog’im
Yoqimli tabassum-la
Meni rom etding o’zingga.

Kundan kunga ortib bormoqda
Sog’inchli sevgi hijroni
Kech bo’lmay kelgin ey yorim
Sog’indim seni bahorim.

OZLEM

Disharida durmadan yagmur yagar
O nerede diye kalbim sorar
Ne yapiyim aramizda varsa daglar
Ne olur geri don sensiz baharlar.

Sana alishmishim siniri yok,
Oyle vurulur mu zehirli ok?
Hich mi dushunmedin halimi?
Sensiz yashamanin imkani yok.

Gucune inanmazdim sevginin
Canim gerek ise olsun senin
Sadece seven ben degilim
Allah'im nice sabir versin!

Sirf senin ichin sevdim interneti
Sen var diye seviyorum Turkiye'yi
Yuregimden buyuk yer ayirdim
Hayatimin beyler beyi sen ichin.

INTERNET
(hazil)

Yatagimda, doshegimde
Aksham, sabah her vakitde
Osuz hich yashayamam
Hayatim benim internet.

Su gibi akar para
Sanki hayat onunla
Osuz hich yashayamam
Bazen birakir yara.

Agbi, abla, kardesh
Mani olur arkadash
Osuz hich yashaymam
Yardim eyle vatandash!

FIROQ

Yana sendan yiroqda
Qo'limga qog'oz oldim.
Qalbga to'lgan sog'inchni
Oppoq qog'ozga yozdim.

Afsus ila eslayman
Senla tanishgan kunni
Men qaydan ham bilardim
Senla ayrilar kunni?

Maftunkor bo'lib senga
Ko'ngil sira to'ymasdi.
Sendan yiroq yashashga
Ko'ngil sira qo'ymasdi.

Oradan o'tib yillar
Yangilandi bahorlar.
Birga bo'lgan o'shal dam
Biz uchun bo'lgan ro'yo.

Yana sendan yiroqda
Qo'limga qalam oldim
Qalbga to'lgan sog'inchni
Oppoq qog'ozga yozdim.

SEVGI NEDIR?

Sevgi - uzaktan bakmak,
Sevgi - gece gunduz aglamak
Sevgi uzun sure suskunluk
Sevgi - hayat boyu aglamak.

Sevgi - espri shaka,
Sevgide yoktur vefa
Sevgi bazen bir cennet
Sevgide choktur cefa

Sevgide olmaz sebep
Sevgide olmaz hedef
Sevgileler hayainda
Mahkummudur ayrilmak?

Sevgi bulamayacagini aramak
Sevgi hulyalarla yashamak
Sevgi su varken susamak
Sevgi nimet varken ach kalmak.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.