background
logotype

Quvonchbek Karimov

Assalomu alaykum aziz vatandoshim. Obod yurtning ozod farzandi. Men sizga dunyodagi jamiki yaxshiliklarni tilayman, sizga baxtingiz dasturxoni to'la to'kis, umrigiz mazmunli, yuraklaringiz orzularga doimo limmo lim to'la bo'lishini tilayman. Hech qachon ko'nglingiz oynasini g'ubor qoplamasin. Men bir havaskor shoir sifatida sizga mangu muhabbatlar, armonsiz orzularni yaratganning o'zidan so'rab qolaman. Baxtimizga barchamiz sog'-omon bo'laylik, yaxshi kunlarda ko'rishmoq baxti bizlarga doimo nasib etsin!

 

IQRORLIK

Qara, ketayapman oils-olisga,
Xush qol endi dilbar minisim,
Ketdim. Ammo jonim belenchagida,
Tebranib turipti qadrdon isim.

Unutdingmi deydi, ajab unutsang.
Nahot kecholdingmi jon rishtasidan.
Qayt deya bo’zlaydi, axir qay inson,
Kechib keta olgan farishtasidan.

Yurgaim og’riydi, yuragim o’g’rir.
Olisdga qoldingmi dardim malhami?
Qaytaman yoningga. Albat qaytaman,
Unutmaganmisan, ahding o’shami?

Qalbim tilkalasin kamon qoshlaring,
Ko’zlaring olovi kuydirsin mayli.
Mayli ming azob ber, faqat bir zumga,
Tinsa bo’ldi ko’ngil og’riq joylari.

… Kimdir keteyapti bizdan olislab,
Yetaklab ketyapti hijronimizni.
Baxtsizlik emasmi uning ortida,
Ortmoqlab ketyotgan armonimizni.
 

TILAK

Ko’zlarimda qalqiydi dunyo,
Lablarimda titraydi bir sas.
Yiroq ketma mendan olisab,
Yonimda bo’l mohim bir nafas.

Kechaylik biz dunyolaridan,
Barham berib qiynoqlariga.
Xayollarim seni deb faqat,
Soch o’ralsin barmoqlarimga.
 

KUMUSHGA

Kumushim…
    Negadir ko’zlaringda nam,
Qayg’u soya solar yanoqlaringga,
Shahlo ko’zlaringda ne sir yashirin,
Qanday sas berkingan dudoqlaringda.

Yuzdagi xolingga olam arzirmi,
Armon arzirmikin ko’zing yoshiga.
Kim ham baxt tilabti bir sendan o’zga,
Yaxshilik tilabti o’z kundoshiga.

Kumushim….
    Poyonsiz o’ylar surasan.
Mendan o’zga o’ylar xayoling yo’qmi?
Toshkent ketayapman, oils yo’llarga,
Zaynabga atalgan savoling yo’qmi.
 

SOG`INCHIMGA

Buncha yiroqdasan mohim sog’inib,
Hajringda yuragim kuyib bormoqda.
Visolingni ko’rmoq istagan ko’zga,
Achchiq alam yoshi to’lib bormoqda.

Asli sen yiroqmas, jonimday yaqin.
Ko’zim gavharida avaylaganim.
Lekin yetolmasman, ko’rolmasman hech,
Fojiam kunda bir ko’rolmaganim.

Hozir ham yonimda, hayotimdasan,
Sezyapman qo’llaring guldayin nafis.
Eng yaqin sog’inchim, eng oils baxtim,
Yuragim tubida yig’layotgan qiz!

MENGA BIR TABASSUM HADYA ET EY YOR**

Menning shodligimsan orzu ertagim,
Menning borlig’imsan dardli yuragim.
Muhabbatim sendan tanho tilagim,
Menga bir tabassum hadya et, ey yor.

Oh shirin so’zlaring bunchalar mayin,
Ko’rgim kelaverar ko’rganim sayin.
Sevgim endi sensiz yashashim qiyin,
Menga bir tabassum hadya et, ey yor.

Seni sevgim dedim visol qaydadir,
Sendek sohibjamol dildor qaydadir.
Dardli bu yuragim nimta-nimtadir,
Menga bir tabassum hadya et, ey yor.

Qalbimni tig’laydi sensiz sog’inchim,
Armonim o’zingsan o’zing sevinchim.
Gulim sendan so’ngi umid o’tinchim,
Menga bir tabassum hadya et, ey yor.

**Muhammad Yusuf (shu bitta satr Muhammad Yusuf qalamiga tegishli)

* * *

SIZDAN O’ZGASINI SEVGIM KELMAYDI

Sizni boshqasiga bergim kelmaydi,
Osmon yulduzini qizg’onganidek.
Sizdan o’zgasini sevgim kelmaydi,
Xuddi bu jon tandan chiqib ketgudek.

SOG’INCH

Samoda aylangan oqqush misoli, 
Sog’inchim aylandi atrofrlarigda. 
To’kilib tugamas shasharalardek, 
Armon yoshi oqar qarog’laringda.

Yig’laydi gullar ham har tong har sahar, 
Iymondan ayrilgan vijdon yig’laydi. 
Armon bo’lgan mening orzuim yig’lar. 
Sog’inchim yurakni yomon qiynaydi.

Sevishdik dunyoda sevgi bor deya, 
Sevgimiz yovlaradan yashirolmadik, 
Xor bo’lgan sevgimiz haqqi-hurmati, 
Nahot biz insondek vidolashmadik.

Xayr dedim ortingdan sekin shivirlab, 
Qayerda bo’lsangham omon bo’l gulim. 
Yashayman dunyoda seni sog’inib, 
Sevaman degani yolg’on sevgillim.

ARMON

Bepoyon qishloqning chang ko’chalari, 
Munis lahzalarni yodga soladi. 
Qarong’u kechada tun kechalari, 
Yolg’iz oy men bilan birga qoladi.

Oy ham dosh brolmas mening dardimga, 
Xo’rsinib yonimda sabo yeladi. 
Armonli dunyoni o’zimga tashlab, 
Oy ham tog’ ortiga botib ketadi.

Sevdimu qon yig’lab qoldim oqibat, 
Armonlarga to’la sadpora dilim. 
Doim kulib yurgin yig'lama faqat
Do'stimning baxtiga aylangan gulim.

GOHO SHOHMAN...

Goho shohman gohida g’arib,
Goh ko’zimga qarong’u olam.
Sarson bo’lsam mehr axtarib,
Mehrning quyoshi qiblasi onam.

Nomalar bitaman shadod qizlarga,
Intizor kuyaman qo’limda gullar,
Uzrimni aytayin avval sizlarga.
Onamning qadriga yetmagan kunlar.

UMRING OQIB O’TGAN SUV

Umring oqib o’tgan suv,
Vafo topilmas boylik.
Sevgi og’u demakdir,
Vaqt tinmaydi sho’x soydek.

SO’RAY OLGANMISAN ONANG HOLINI

Kech kuz, daraxtlar barglarin to’kkan, 
Olis-olislarga ketdi turnalar. 
Qayg’usiz tashvishsiz, ajoyib bir kun, 
Ammo nedandir ko’ngil tirnalar.

Muhabbat haqida she’r yozmoq oson, 
Madh etib tinmaymiz gul jamolini. 
O’ylab ko’rganmisan ey g’ofil inson, 
Uyingda o’tirgan onang holini.

Ortingdan termular farishta misol, 
Duodan tinmaydi uning zaboni. 
Do’ faqat senga yana bir savol, 
So’ray olganmisan onang holini.

Har narsadan ustun ona degan nom, 
Quyosh bilan tengdir sharafi-shoni. 
Onani e’zozlar bor ahli islom, 
Onalar asragay yorug’ dunyoni.

DO’ST HAQIDA ODDIY HAQIQAT

Do’st kim? - Rivoyatgo’y kimsa oldingizga kitobiy gaplarni galashtiradi.. Siz ham uni tiglaysiz, go’yoki yo’q o’ljani kutayotgan arslonday. Aslidachi?

Do’stni qidir qalbing tubidan, 
Cho’kib borar tubanlik tomon. 
Do’stingman deb avrab keyinroq. 
Uni chohga itarish yomon.

Do’st qidirma yolg’on dunyoda, 
Hasadgo’yning do’stligi yolg’on. 
U misoli sharobdek bir gap, 
Tortqilaydi zulmatga tomon.

Xo’sh, shu sakkiz qator misrani o’qib nimaga erishdingiz? Do’stning nimaligigami? - Yo’q. Lekin haqli savol bu, do’st kim o’zi?

To’qligingda yo’qlagan, 
Sho’ligingda sakragan. 
Kulfat tushsa boshinga, 
Shu on seni tark etgan.

O’sha mening do’stimdir. 
Muxtoj bo’lsa ko’makka, 
Yordam kutgan yolvorgan. 
Ko’zing ketsa pinakka, 
Yuragingga tosh otgan. 

O’sha mening do’stimdir.

Haqiqatdan ham o’sha inson meni do’stim bo’ladi. Lekin unday do’stdan nima naf, nima foyda bor? 
- Inson birovni giybat qilmasa, birovning kamchiligini aytib huzurlanmasa, nainki tirnoq ichidah kir qidirmasa… Tasavvurning poyoni yo’q, lekin bu narsani tasavvur ham qilolmaysiz. Bu dunyoda kimning do’sti yo’q? 
- Hechkimning, aslini olganda hechkimning. Ammo uning yonida hamrohi, soyasi(do’sti) bo’ladi. Soya qaysi rangda bo’ladi? - Qora albatta qora? O’sha qora soya odamning do’sti bo’ladi. Kechagina do’st edingiz, bugunchi, u sizni tanimaydi. Nimaga? 
- Nimagaki end unga boshqa yordam kerak. U yordamni berish sizning qo’lingizdan kelmaydi. Odamning yuzi issiq bo’ladi. Shuning uchundir ison insonning yuziga haqiqatni gapirmas. Vaholanki unga uh-to’rt yolg’o do’stlari hamroh bo’lsa…

G’iybatga tushishishadi! Kimningdir kamgapligini, kimningdir qaro qoshiniyu yana kimningdir tovoniga tushib turadigan sochini kestirganini. Darhaqiqat odamning yuzi issiq bo’lar ekan. Men ham shu gaplarni kimgadir aytishim mumkin edi, lekin yana o’sha bechora qog’ozning yuziga solishdan boshqa chora topolmadim.

Shuncha kundan beri siz ko’rib, chidab turibsizku nima qipti men ham chidab tursam. Afsus chidayolmadim. Yana mening dardimga shu oq qog’oz oro kirdi Kimdir alamini aroqdan oladi, boshqa birov xotinidan, men esa qog’ozdan oldim. Birovni g’iybat qilib gunohini olgandan shu ming marta yaxshi.

Chiroying bo’lmasa bu gunoh emas,
Gunoh emas dimog’dorlik ham. 
Ayb emasdir sevgi, ishq havas. 
G’iybat yomon giybat yomon.

Yomon emas sevging rad bo’lsa, 
Gunoh emas tunlar bedorlik. 
Ayb emasdir suyganing bo’lsa. 
G’iybat yomon giybat yomondir.

Yomon birov qayg’uga botsa, 
Gunoh birov ustidan kulish. 
Aybdir birov yig’laganida, 
Uni kulib masxara qilish.

Do’stning bo’lgani yaxshi, lekin do’stingni ham do’sti bo’lishi yomon.

BEVAFO DO'STIMDAN

Bevafo do'stimdan yuragim yaxshi, 
G'ing demay jimgina dardim tinglaydi. 
Bevafo do'stimdan yuragim yaxshi, 
Tunlari meningdek kuyub yig'laydi

Bevafo do'stimdan g'ubor yaxshidir 
Hayotda salgina o'rni bor uning 
Bevafo do'stimdan kapalak yaxshi, 
Dunyoda tuganmas dardi bor uning

Bevafo do'stimdan tuproq yaxshidir, 
Sog'ingan chog'imda ko'zimga surtay. 
Bevafo do'stimdan ko'p bora kuydim, 
Brinchi sevgimni qanday unitay.

Do'st nimaga kerak boshimga balo, 
Nafim tegsa bo'ldi unga shu kerak 
Hasad bilan boqqan mingta do'stimdan 
Menga qadrliroq bitta kapalak

Gina saqlamayman gudratim yo'qdir 
Kerakmas menga u soxta do'stim ham 
Eng yaqin ulfatim shu oppoq qog'oz 
Eng yaqin do'stim ham shu qora qalam

O'TINCH

Yurakni majburalb sevib bo'lsaydi, 
Mening so'zlarimga ko'nsaydi qalbim. 
Ko'ngilga hushomad qilib bo'lmaydi, 
Netay bir gulni jonimdan suydim.

Sevgi gulzorida gullar bepoyon, 
Yaqinglashsang bari tikonin sanchar. 
Tog'larning erkasi loladekir qiz, 
Doimo men tomon intilib yashar.

Iboli hayoli masum farishta, 
O'zifa yarashgan kamon qoshlari. 
Meni shaydo qildi bir bor qarashda, 
Sevgimning timsoli uzun sochlari.

Sevgimni aytmadim bir yurak yutib, 
Termulib yashayman qaro ko'ziga. 
Bu shirin jonimdan ketardim kechib, 
Samimiy ma'noli bitta so'ziga

Ko'zlarimosmonga termulib qoldi, 
O'ylarim tugamas uni o'ylasam, 
Yo'liga termulib ko'zlarim toldi 
Kelin tanlash bilan ovvora onam

Mening so'zlarimga ko'nsaydi qallbim, 
Men uni bundan ham ko'proz sevardim. 
Mening so'zlarimga konsaydi onam, 
Men faqat shu gulni suygan bo'lardim.

Kongilga xushomad qilib bo'lmaydi, 
Men undan roziman xushomadsiz ham. 
Ko'ngil sariyida men sulton bo'lay, 
U mening sevimli go'zal malikam.

Netay faqatgina shu gulni suydim. 
Shu gulni asradim yurak tubida, 
Sevib bir narsani tushunib yetdim. 
Yurakni majburlab sevish befoyda!

YOZGANIM SHE'R EMAS HAVAS ILINJI...

Yozganim she'r emas havas ilinji 
Shoirlar ortidan ergashdim biroz 
Davomin yozmoqqa yo'q ixtiyorim 
Ko'tara olmas deb qo'rqaman qog'oz.

BEVAFO YOR

Kuyub- kuyub suyganlarim bir bo'ldi-ku, 
Yig'lab-yig'lab ko'z yoshlarim sel bo'ldi-ku. 
Osmonlarday baland qaddim yer bo'ldi-ku. 
Bevafo yor to'yingizdan yig'lab qaytdim. 

Mayli gulim siz baxtiyor yursangiz bas, 
Men yig'lasam so'xu xandon kulsangiz bas. 
Gohi – gohi bizni eslab tursangiz bas, 
Yolg'onchi yor to'yingizdan yig'lab qaytdim. 

Sevgim qordek asta qo'nib erib ketdi, 
Yuragimga qayg'ularni solib ketdi. 
Keyin sizni shamollari olib ketdi, 
Bevafo yor to'yingizdan yig'lab qaytdim. 

Yig'lamayman bo'ldi endi bag'rim ezib, 
Menku mayli, siz murodga yuring yetib 
Dushmanlarim ko'ngillarin shodlar etib, 
Yolg'onchi yor to'yingizdan yig'lab qaytdim. 

Hammadan ham siz azizsiz menga erkam, 
Sizdan suluv qiz yo'q sizdan ko'rkam. 
Men roziman sizni bir bor ko'rib o'lsam, 
Bevafo yor to'yingizdan yig'lab qaytdim.

VATAN

Mendan so‘radilar: Vatan nima deb,
Men javob ayladim: Vatan onamdir.
Mendan so‘radilar: Vatan nima deb,
Vatan ul vujudim, jonim tanamdir.

Vatan u nedirki, shunchalar buyuk,
Oltinday asrarlar, ko‘z qarog’ida.
Men uni ko’rganman, ko’rganman inim,
Vatan ul dehqonning qo’l qadog’ida.

Vatan oftobdirki, porloq nurlarin,
Beminnat sochadir, inson boshida
U balki sadafday turar tovlanib,
Duogo’y bobomning oppoq sochida.


Menga tosh ko’chali qishlog’im Vatan,
Ot choptirib yurgan o’tlog’im Vatan
Vatan imonimdir Vatan vijdonim,
Menga har bir zarra tuprog’im Vatan.

O’ZBEK QIZLARIGA

Sevaman men moviy ko’zlarni,
Tillari bol shirin so’zlarni.
Atlas ko’ylak kiygan qizlarni,
Parilarga aslo hushim yo’q.

Suyganlarim Kumushbibilar,
Farishtadek sochlari uzun.
Momomeros yuzdagi ibo,
Guldek doim chehrasi mahzun.

Pari paykar o’zbek qizlari,
Ayting qaysi farishtadan kam.
Soxta emas shirin so’zlari,
Yuvsa ketmas qosh qarosi ham.

Faqat andek qalb og’rig’im bor,
Taqlid qilmang o’zga yurtlarga.
Orzu erur PARANJI kiymoq,
Zamonaviy xorij qizlarga.

MARJON MARJON KO’ZLARIMGA YOSHLAR TO’LDI

Marjon marjon ko’zlarimga yoshlar to’ldi.
Uni asrab astagina ko’zim yumdim,
Sevgimizning yodgorligi ko’z yoshini,
Jonim sizni to’yingizga asrab qo’ydim.

Men yig’layman siz oq libos kiygan kuni,
Yonar yurak o’shlal kuni armonlardan.
Ollohimdan yakka yolg’iz o’tinchim bor,
Avaylasin gulim sizni yomonlardan.

Kumushbibi begingizga chin yor bo’ling,
Bu kunlar ham bulutdayin o’tar ketar.
Vaslingizga yetolmagan Quvonchbek ham
Axir bir kun yodingizdan o’char ketar.

SEN KIMSAN?

Bilmadim sen kimsan? Armon bekasi,
Qo’liim yetmas oils, yarqiroq yulduz.
Tongi shabnam yanglig’ omonat husn
Oppoq kapalakday beozor bir qiz.

O’zim kim bo’libman seni suygani?
Bir bandi insonman tubsiz xayolga,
Ermak bo’layotgan bir xazon yanglig’
Kulgi bo’layotgan unsiz shamolga.

Aldovga konikkan gumroh insonman,
Armonga aylangan mangu orzusi
Qalbimda o’chgan u, umid atalmish
Yolg’onchi ro’yoning so’ngi yog’dusi.

Faqat yuragimda yakka tuyg’u bor,
Nima deb atashar rashkmi, qizg’onish
Sevgi otlig’ ma’vo nimadir o’zi,
Manguga yonishmi abadiy yonish?

Shunday yonyapmanki? Seni hattoki,
Dunyodan qizg’onib vujudim halak
Kamon qoshlaringni ko?rmoqlik uchun
Go’zal, Zuhrosidan kechsinda falak.

* * *

Birgina tilakka ko’zimni tikdim. 
Bir seni istadi ko’ngil, begumon. 
Shubhalar yolg’onchi, gumonlar ro’yo, 
So’zimga ishongin, sen menga ishon. 

Behad yuragimga zulm etibman, 
Hajringda o’rtanib yonmoqda bu jon. 
Faqat qayg’ularga ulfat tutindim,  
Ko’zlarimda faqat qayg’u namoyon. 

Yig’lama, ko’z yoshing uvoli tutib, 
Azobdan yuragim yara bo’lmasin. 
Bilaman sen meni demagansan xech. 
Siznikiman degin YOLG’ON bo’lsa ham! 

* * *

May ichdim, yurakka tasalli istab. 
Sensizlik istadim, har tong har sahar. 
Unutishga chora izlaymanku lek, 
Ko’zim gavharida surating turar.  
 
Har dilning murodi, maslagi boshqa, 
Hayot turfa yo’lga solar taqdirni. 
Kimdir dunyoning erkasi erur. 
Sinovda sinaydi xayot faqirni.  

Kimnidir davlati haddan ziyoda, 
Sevgidan benasib baxtli ko’ngillar. 
Egasi boshqayu, baxti boshqada. 
Shirin azoblanar bechora dillar. 

Mayli soching tolasin qizg’onib yasha, 
Mayli manga bergin azoblaringni. 
Ko’rishga zor bo’lib yasharman balki, 
Qanday jilovlaysan xayollarimni? 

Tongda sen erursan guldagi shabnam, 
Sening isming bilan uradi yurak. 
Sendan boshqasini demaganman hech, 
Manga sen keraksan faqat SEN KERAK.  
 
* * *

Tun qo’ynida bir qiz yig’laydi, 
Dunyolarga sig’may ketadi. 
Suratimga termulib beun. 
Duo qilib "qarg’ab" ketadi.  
 
Ko’chasidan izlarim topib, 
Ko’zlariga surtarda aytar- 
Xayot mendan kulgin mayliga. 
Quvonchimni o’zimga qaytar.  
 
Tun qo’ynida  bir qiz yig’laydi, 
Suratimga yuzlarin bosib. 
Sevgisini tan olmas ammo, 
Yig’lar rasmim bag’riga bosib. 
 
Yig’loqi shu qizni sevaman, 
Joniga boylanib qolgim keladi. 
Ko’rishga zor bo’lib yurgandan ko’ra, 
Suratga aylanib qolgim keladi... 
 
Kim seni yurakka hukmron etdi, 
Asiring buldiku, hayolim beiz. 
O’zimni tanimay qolyapman gohi, 
O’zimga o’xshamay qolyapman sensiz. 

Men seni bu qadar tilamagandim. 
Sarhad suragandim tuyg’ularimga. 
Bir on sensizlikdan qo’rqaman. Nega? 
Ko’z yoshim aralash kulgularimga. 

Sevgi panjasida behol turibman.
 Goh rahmim keladi. Senga. O’zimga. 
Kel rahm aylagin bir bor. 
Sevishing tan olgin boqib ko’zimga.  

* * *
 
 Bilmadim… Bilganim kifoya emas.
 Bilganim… Sensizlik azoblamoqda.
 Lablarimga zahar, tomdirib tinmay
 Zaharli ilonlar quchoqlamoqda.

 Qo’ynimga in qurmoq bo’laveradi,
 Tinmay shivirlaydi sovuq bir sasni.
 Ularga keragim bormidi o’zi?
 Baxtimiz kerakka o’xshaydi asli.
 
Injiqlik qiladi yurak gohida,
Topib bergin deydi halovatimni.
Ovutmoq bo’laman, go’dakday avrab,
Tortiqlar qilaman bor bisotimni...

...Ba’zida,yurakni qoldirib yakka,
O’tmishimga nolib! Seni topaman.
Ko’nglimdan zerikib, o’zimni, hamda
Seni yuragimdan olib qochaman.

Qizg’onib ketaman yuragimdan xam,
Sen menga keraksan! Faqat o’zimga!
Yomon so’zlarimdan ranjima zinhor,
Bergim kelmas seni “yaxshi” so’zimga...

* * *

Qachondir... Baxt meni quvdi... Yetmoqchi bo’lib
Undan oldinroqda yugurdim, yeldim.
Qachondir omadim, barq urib kuldi...
Uni mensimadim, yuzimni burdim...

Bugun, baxtni kutib qo’llarim cho’zib,
Qaytishing umidi yashar qalbimda.
Sen kelgin... Kechir gunohlarimni...
Kel birga yashaymiz yuraklaringda
 
 Nahotki, sensizsik shunchalar yomon,
 Yashamay qo’ydimmi.... Yashayapmanmi...
 Hech kimga o’xshamay qolyapman, nega?
 Yashayotganmidim..... Yashayapmanmi???

 Mazmunsiz kunimga ochib sahifa,
 Alamli chiziqlar tortib boraman.
 O’zimni, o’zligim yo’qotyapman-ku...
 O’zimcha seni (o’zimcha faqat) topib boraman.

 Asli begonasan, tuyg’ularimga,
 Faqat qondirsan sen tomirlarimda....
 Kuzatib qo’yardim “baxt” tomon seni...
 Keta olasanmi kulgularimdan?

 Yashayotganmidim..... Sendan oldin ham.....
 
* * *

Nimaga o’zimga o’xshamayman men,
O’zimni qidirib tolyapman.
Ruhimni titkilab tugunlarini,
Bir seni, o’zingni topyapman.

Birov bo’lib koldim azizim,
Sen, xayoling, tilaklaringga.
Faqat men ketishni hoxlamayman xech, 
Boshpana bersin ayt, yuraklaringga.

* * *

Olovga o’xshashni istamasdim hech,
Lov etib yonaru, o’char alanga.
Imkoni bo’lsaydi, rozi bo’lardim,
Aylanib qolmoqqa tirnoqlaringga.

Ajrata olmasdi bizlarni birov!!!

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.