background
logotype

Shahzoda Karabayeva

Shohista Karabayeva 1990-yilning sentabr oyida Toshkent shahri, Yunusobod tumanida dunyoga kelgan. 
1997-yili maktabga ilk qadamimini qo'ygan Shohista 2000-yili 1-sinfdan 4-sinfgacha bo'lgan baholari a'lo darajada bo'lganligi tufayli 6-sinfga sakratildi. 2001-yili ona tili va adabiyot olimpiadasida Angren shahri bo'yicha birinchi o'rinni oldi. 2002-yili esa ingliz tili fanidan shahar olimpiasida qatnashib 2-o'rinni egalladi. Hozirda Kanada davlatida yashab kelmoqda.

AYBIM NE DEMAGIN

Sochlarimni yulsam, ko'z yoshlar to'ksam,
Ro'molcha tutmagin boshginam silab.
Tabassum aylasang ko'zlarim suzsam,
Aybim ne demagin qalbginam tirnab.

Yonimga kelmagin, aytma ertaklar,
Orzu dunyosidan gapirma hech ham.
Boshimga yog'dirma aslo savollar,
Javobsiz qoldirsam hech chekmagin g'am.

Bo'ldi bas, yonimga kelmagin sira
Sevgim qozonishga urunma aslo.
Yaramga ha deb tuz sepkandan ko'ra,
Meni tinch qo'yaqol, shu katta davo.

Tushun ahir seni seva olmasman,
Yuragimni senga topshirolmasman.
Qalbim yaralangan, endi hech qachon
Hech kimga men ko'ngil qo'ya olmasman.

Tunlarimni ahir o'tkazdim bedor,
Har kun uni kutdim, bo'lib intizor.
Ho'rlangan yuragim yig'laydi qon-qon
G'am alam dilimni tirnaydi har on.

O'tinchim qabul et, madad ber o'zing,
Meni tinch qo'y, lek hech yoshlama ko'zing.

OLISLARGA KETARMAN BU TUN!

Hayot menga qilmadi vafo,
Baxtli kunlar kelmadi aslo.
Yuragim qon-qon yig'laydi bu kun,
Badanim tobutga bosh qo'yar bu kun.

Yo do'stlar avf eting birodaringiz
Iltimos men ketsam hech yig'lamangiz.
Ustimdan kulingiz shodon, beparvo
Lekin ortimdan siz gapirmang aslo.

Ishoning men sizni juda sevarman
Bu tun o'z hayotim sizga tikarman.

Uzr bir shirin so'z ayta olmadim,
Dardim sizga hech ham ayta olmadim.
Dardim ichda tutdim shumidi aybim,
Sizni jondan sevdim shumidi aybim?

Balkim men ketsam baxtli bo'larsiz,
Garchi bir bor bo'lsada kulib qo'yarsiz...
Iltimos mendan siz ranjimang aslo
O'ylamang ekansan deya bevafo.

Izladim, lekin hech topmadim chora,
O'limdan o'zga yo'l qilmaydi kora.

Nolimang shu ekan taqdirning o'zi,
Haqiqatni ko'rmas odamlar ko'zi
Do'sti dushman ekan, dushmani do'sti.
Hayot menga qilmadi vafo,
Baxtli kunlar kelmadi aslo.

VATAN SOG‘INCHI

Oh urarman dardlarim ichga sig'may,
Oh urarman dardimga davo bilmay.
Yo birodar ayt boshim qayga uray,
Dardim og'ir, davosin qaydan topay?

Sog'inarman vatanim tuprog'ini,
O'shal azim bog'iyu, tog'larini.
Qalbginamni tirnar sog'inch azobi,
Nahot kulmas endi baxtim quyoshi.

O'rtanarman yodga tushsa o'tmishim,
Oh urarman eslasam qilgan ishim.
Vatanim qadriga yetmadim shunda,
Nega vatan deya suymadim shunda?

Yo do'stlar menchalik pastkash bo'lmangiz,
Vatanni ho'rlab so'ng afsus chekmangiz.
Vatandoshlar iltimos bo'lingiz inoq
Shunda boshga tushmas hech qanday qiynoq.

IJOD IZTIROBI

Bo'ldi endi ortiq she'rlar yozmasman,
Nafosat qo'shig'in kuylay olmasman.
Ko'z yoshim bo'g'zimga kelgudek bo'lsa
Alamim qalamdan ola olmasman.

Qalam menga bo'ldi hamisha yo'ldosh,
Nafaqat do'st emas, balki bir sirdosh.
Dardlarim tingladi, bo'ldi u madad,
Lek sirlarim varoqqa etib qo'ydi fosh.

Yo'q bo'ldi, endi hech she'rlar yozmasman,
Yig'larman azobdan, lek bosh egmasman.
Ostonangni tark etmoq men uchun og'ir,
Lek hech ham fikrimdan qayta olmasman.

IJOD OG‘USHIGA QAYTISH

She'rlar yozmasman deb va'dalar berdim,
Yolg'on bo'stonidan mevalar terdim.
Yolg'iz do'stim qalamni tark etarman deb,
Men faqat o'zimning dilimni tildim.

Tunlari oy bilan qurdim suhbatlar,
Tonglari oftob bilan surdim hayollar.
Dardlarim bog'idan to'qib ertaklar,
Zilol suvga namoyon etdim.

Shuncha harakatim ketibdi bekor,
O'z o'zim dilimga beribman ozor.
Gar bag'rim ezilsa berolmay bardosh,
Yana qalam tutib, etdim sirim fosh.

HAQIQAT KO‘ZI

Ko'zlarimdan yoshlar miltirab oqar,
Barcha qilmishlarim qalbimni yoqar.
Qanchalar bevafo ekanman o'zim,
Nega buni sira ko'rmadi ko'zim?

Yurakginami o'zim aldab yashabman,
Barcha ayblarimni suvga tashlabman.
O'zimni bilibman go'yoki malak,
O'zgalarni doim qilibman halak.

Hayotni shavqatsiz, nodon bilibman,
Yahshi zamonlarga ko'zim yumibman.
Ey Hudo aytgil, endi men netay,
Tuganmas gunohlarim qay suvla yuvay?

Yolg'onni boshga kiyib, go'yoki bir toj,
O'yladim hech kim etolmas deb foj.
Men endi tushundim, men hali g'uncha,
Dunyoni ko'rmagan jajji bir qizcha

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.