background
logotype

Ado (XIX asr)

Asl ismi Sultonxo‘ja Ahroriy. Samarqandda tug‘ilgan. Xoja Ahrori Valiy avlodlaridan. Samarqandda shayxulislom bo‘lgan. 1250 hijriy yili (1834-35) vafot etgan.

* * *

Qomatingdak yo‘qturur ashjor gulistondin biri,
Mandak ermas bulbulu qumriyu nolondan biri.

Shaq kamonlik mundoq etma zulm etib ey kiprik o‘q
O‘tdi ko‘ksumdin qadalmay shunda paykondan biri.

Gar sani qotil ko‘zung goh hanjare mujgon budur
Bo‘lki bir jon hech qutulmas bo‘lsa ming dondan biri.

Noz tamkini xiroming ko‘rmay o‘ldum, ey sanam,
Chiqmadi ko‘nglumdim oxir buncha paykondin biri.

Bazm oxir bo‘ldiyu maxmurlikdin chiqmading
Bizga hargiz yetmadi yuz jom davrondin biri.

Banda bo‘lmay naylasin qumri sanga, ey sarv qad
Qomatingga yo‘q barobar sarv bo‘stondin biri.

Bosh ayoq munqor o‘lubsan nay kabi, ammo na sud
Ey Ado, ul moh eshitmas yuz ming afg‘ondin biri.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.