background
logotype

Akmal Xo‘qandiy (XVIII asr - 1810)

Akmal Xo‘qandiy (Mulla Shermuhammad) (18-asr 1-yarmi, Farg‘ona viloyati Boytuman qishlog‘i— taxminan 1810, Qo‘qon) — o‘zbek shoiri. Maxmurning otasi.

Hayoti va ijodi haqida «Tuhfat ut-tavorix» (1863, Muhammad Amin Attor), «Majmuai shoiron», «Tuhfat ul-ahbob fi-tazkirat ush-ashob» kabi asarlarda ma’lumot keltirilgan.

Akmal Xo‘qandiy Madrasai Mir (Qo‘qon) da mudarris bo‘lgan. O‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Turli tarixiy voqealarga bag‘ishlab she’rlar, shiru shakar uslubida muxammaslar yozgan. Muhabbat va insoniylikni ulug‘lagan, adolatsizlikni qoralagan, xalqni ma’rifatga chaqirgan. Tuzgan devonlari saqlanmagan.

Turli bayozlar («Bayozi yangi», 1911; «Bayozi Muhallo», 1912; «Armug‘oni Xislat», 1912)ga kirgan asarlari yetib kelgan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.