background
logotype

Baqoiy (XVI asr)

Abdulazizxon saroyida xizmat qilgan shoirlardan Baqoiy ham Temuriylar saroyidagi adabiy harakatning taqlidchilaridan biri edi.
Baqoiy ijodining namunasi tarzida keltirilgan ushbu g‘azal Hasan Nisoriyning «Muzakkirul-ahbob» tazkirasidan olindi.


G‘AZAL

Yuz shukrki har beg‘am ila hamdam emasmen,
Ishqing g‘amidin shodmenu beg‘am emasmen.

Tangriki meni ayladi masjudi maloyik,
Bu qadrni gar anglamasam odam emasmen.

O‘zumni junun silsilasidin desam ul yo‘q,
Var ahli xiraddin sanasam ul ham emasmen.

Dayr ichra meni piri mug‘on ayladi mahram,
Zohid kabi ul bazmda nomahram emasmen.

Majnung‘a mening telbaligim bor, Baqoiy,
Ortuqroq agar bo‘lmasa, andin kam emasmen.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.