background
logotype

Do’iy (1824-1909)

Do’iy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoja Muhammad Yusuf Oxund) (1824 — Xiva — 1909) — o‘zbek shoiri. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shahar jome masjidida voiz (va’z aytuvchi) bo‘lib xizmat qilgan.

Chin sevgi va sadoqat, muruvvat va adolat, haqgo‘ylik va zamona nosozligidan shikoyat Do’iy she’rlarining asosiy mavzuini tashkil etadi.

Do’iy adabiy merosining umumiy hajmi 5 ming misraga yaqin, 2 ta devoni bor. Unda Do’iy bitgan g‘azallar, Navoiy, Feruz, Rojiy va Munis g‘azallariga muxammaslar hamda mustahzod, murabbalar jamlangan. Ayrim g‘azal va muxammaslari 20-asr boshlarida Xivada tuzilgan ko‘pgina bayoz va tazkiralarda ham uchraydi. Mazkur qo‘lyozmalar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi (inv. № 906/III, 908/11, 1152, 1172, 2036, 1143, 1195, 1128, 1131 va b.).




G‘AZALLAR

Eyki, debdursan vafo yo‘qdur bani odam aro,
Rost aytursan bali yo‘q bu guhar bu yam aro.

Har kishi bo‘htonda qolsa daf’in etdim qon yutub,
Tuhmat etdi, bir vafolig‘ kimsa yo‘q olam aro.

Gulshani bazmingdin ayru sayr etib daryou dasht,
Dasht aro chapglovda qoldim, suvda bahri g‘am aro.

Barradek har kimsa beozordur, oxir oni
Qashqir etgay pora-pora beshai zayg‘am aro.

Qil qanoat faqrning chotloq safoli durdiga,
Bodai gulgun emas bezahr jomi Jam aro.

Yettilar joh ovjiga aqroni, bir Doiy qolib,
Topmadi yer dargahi shohanshahi Xorazm aro.

* * *

Men ul dildora uchrashgan zamonda
Dedim: sendek go‘zal yo‘qdur jahonda.

Dedi: ko‘pdur go‘zal olamda, lekin
Meningdek mehribon yo‘q hech makonda

Dedim: bir bo‘sa etkil mehribonliq,
Dedi: zar, bo‘sa sizga osmonda.

Bilib ketti mening pulsizlig‘imni,
Qo‘yub bazm ahlini o‘tlug‘ fig‘onda.

O‘shul ra’no go‘zaldur, pultalabdur,
Borur ko‘rsatsalar zar har qayonda.

Jahon ra’nolaridin tut qanora,
Bo‘lur ne istasang amnu amonda.

Evur yuz, Doiyo, yaxshi yamondin,
Tavakkul qil hama yaxshi, yamonda.

* * *

Ne nigun baxti bila bo‘ldi valodat shuaro
Kim bu kun topmadi juz vasfi balohat shuaro.

Tamai xom bila necha g‘azallar aytib,
Darbadar yurmak emasturmu qabohat shuaro.

Dedi bir shoiri xushguy manga lutf aylab,
She’r mashq ayla, topar emdi karomat shuaro.

Necha shoir desa yolg‘on, ko‘rinur rost kibi,
Yo‘qsa shoirlig‘a ko‘rsatti nadomat shuaro.

She’r arbobi shuur ollida ondin mazmum,
Bo‘ldikim topdi el ichra amonat shuaro.

Bir puchak pulg‘a olur kimsa topilmas, nechakim
Arz etarlar guhari nobi fatonat shuaro.

Tosh urar garchi hunar ahli hunar boshlarig‘a,
She’rdin ko‘rdilar anvoi haqorat shuaro.

Bu ajgbkim, biri tark etmadi shoirlig‘ini,
Nechakim topdilar ul ishda fasohat shuaro.

Zinhor, ey ukalar, she’r ila ma’ruf o‘lmang,
Kim o‘shul vajh ila chekdi g‘aromat shuaro.

Do‘stlar, chun shuaro bormoqa yer, botmoqa ko‘l
Topmadilar, siz o‘lung sog‘u salomat, shuaro.

Shuaro holidin ar qildi shikoyat Doiy,
Qilmadilar ani ul ishda malomat shuaro.

* * *

Yetar jonimg‘a bir oy hajrida chandin alam, yo rab,
Zakoti ushricha bo‘lmas jahonda barcha g‘am, yo rab.

Ajab fo‘lod dil ermishki holimni ko‘rub har kun,
Jafou javrini qilmas manga bir zarra kam, yo rab.

Sitamgarlar, sitamkashlar hama yak son chekar javrin,
Yamonu yaxshini farq aylamay, aylar sitam, yo rab.

Umuman ishq arbobig‘a javr aylar, xususan men
Qari qulg‘a ziyod aylar sitamni daM-badam, yo rab.

Bo‘libman ul sitamgarning jafou javrig‘a mo‘‘tod,
Ziyod et, qilma kam javrin manga bir zarra ham, yo rab.

Agarchi ul pari hajrida qayg‘uda o‘tar umrim,
Hama umrida hech g‘am ko‘rmagay beg‘am sanam, yo rab.

Agar Doiyg‘a ul dildor bir sog‘ar karam qilsa,
Anga makshuf bo‘lg‘ay erdi sirri jomi Jam, yo rab.

* * *

Dedim: nigoro, ne bo‘lur kelsang, talattuf ko‘rsotib,
Dedi: kelurman yig‘lamay tursang, o‘zingni to‘xtotib.

Dedimki: la’ling sharbatin umrim o‘tur bir totmadim,
Dedi: to‘ya ichgung ani xunobai hijron qotib.

Dedimki: faryodim sanga ta’sir qilmas ne uchun?
Dediki: bo‘lmas hechgah xoro toshini yumshotib.

Dedimki: noz uyqusidin jodu ko‘zing uyg‘onmadi,
Dediki: jodu fitnasin ne qilg‘ingizdur uyg‘otib?

Dedim: ko‘rarmanmu ekan oydek yuzingni behijob,
Dedi: ko‘rarsen qilmasam pinhon, sochimni butrotib.

Dedimki: Doiy vasliga yetmakni aylar orzu,
Dedi: olib kelsun hama amvolu amlokin sotib.

* * *

Sadafdek xor bo‘lg‘ay nechakim gavhar sochar shoir,
Qamishdek qadr topmas har necha shakkar to‘kar shoir.

Mazallat tangnosidin qutulmoqlik ne imkondur,
Agar har chandi to‘tivor bolu par ochar shoir.

Zamona ahlig‘a miqdori zarra aylamas ta’sir,
Agarchi andaliboso tarannum ko‘rsatur shoir.

Bukun ul gungi nodon qant yeb, shurbi mudom aylar,
Vale zahrob ichib har dam bag‘ir qonin yutar shoir.

Topar har kim taraqqiy kun-bakun dildor ko‘yida,
Magar soat-basoat tiyra balchiqg‘a botar shoir.

Ajab hasratga Doiy qaydadur demas diloromi,
Agar ming qatla yig‘lab holi zorin arz etar shoir.

* * *

Dedi:— «Qayondur maqsading?» Guftamki:—«Gulzori shumo»,
Dedi:—«Nyadur matlab sanga?» Guftamki:—«Diydori shumo».

Dedi:—«Nadur koni sabab?» Guftam:—«Rajoi bazmi tu»,
Dediki:—«Manzuring nedur?» Guftamki:—«Ruxsori shumo».

Dedi:—«Musofirsan magar?» Guftam: «Karomat mekuned»,
Dedi:—«Ne yerdur manziling?» Guftamki:—«Darbori shumo».

Dedi:—«Nechun tortarsen oh?» Guftam:—«Zi ro‘zi furqatat».
Dedi:—«Ne yanglig‘ kimsasen?» Guftam:—«Giriftori shumo».

Dedi:— «Nedin majruhsen?» Guftamki:— «Bisyoram zadand»,
Dedi:—«Kim urdi?» Guftamash:—«Farroshi g‘addori shumo». 

Dedi:—«Nega arz etmading?» Guftamki:—«Man’am karda bud»,
Dediki:—«Mani’ kim turur?» Guftam:—«Jilavdori shumo».

Dediki:—«Kel, Doiy, bu yon!» Guftamki:—«Qulluq mekunam».
Dedi:—«Nedin xushnudsen?» Guftam:—«Zi guftori shumo».

* * *

G‘amimga bois ul oshubi davron bo‘ldi o‘xshaydur,
Manga hajrida baytul-ehzon bo‘ldi o‘xshaydur.

Bo‘lur afzun damo-dam shiddati za’fim firoq ichra,
Gumonim buki bag‘rim barchasi qon bo‘ldi o‘xshaydur.

Sarafroz aylab erdi vasl etib va’da qo‘lin, vahkim,
Musoid bo‘lmayin baxtim pushaymon bo‘ldi o‘xshaydur.

Jafou javru yori ta’nai ag‘yor toshidin
Buzuq ko‘nglum binosi yerga yakson bo‘ldi o‘xshaydur.

Agar chandiki pomoli havodis bo‘lmisham, lekin
Ne g‘amkim vaqti lutfu zilli subhon bo‘ldi o‘xshaydur.

Xirad har chand man’i ishq etar, ammo netaykim ul
Meni bechorag‘a taqdiri yazdon bo‘ldi o‘xshaydur.

Ne jur’at birla lofi ishq urar Doiy bilolmamkim,
Magar savdo bila xotir parishon bo‘ldi o‘xshaydur.

* * *

Zulmi beandoza etgan bizga yo gardunmudur,
Yo o‘shul bebok zolim ko‘zlari purxunmudur.

Yo hnno yoqmish ushul sho‘xi sitamgar ilkig‘a,
Yo qo‘li ishq ahlini qoni bila gulgunmudur.

YO hama oshiqlara zulm aylamak oyin anga,
Yo meni bechorag‘a javri ani afzunmudur.

Qatliom etmakka ul qotil ko‘zi moyil erur,
Yo muhabbat ahlin o‘lturmak anga qonunmudur.

Ishq o‘tig‘a yo mening siynam erur otashkada,
YO hama ishq ahli sadri ul o‘ta qonunmudur.

Yo man o‘lmishman o‘shul xunxorni oshuftasi,
YO bori olam eli ul sohira maftunmudur.

Yo hama izhori ishq etgan kishini o‘lturur,
YO o‘lumga mustahiq bu Doiyi mahzunmudur.

* * *

Shukrkim, o‘z ilgi birla bizni dildor o‘lturur,
O‘lmas ul mushtoqkim oni sevar yor o‘lturur.

Yuz tiriklik lazzatin topgay ushul bechorakim,
Xanjari abro‘ bila ul chashmi xunxor o‘lturur.

Sharbati yuhyil-izomi birla tirguzgay oni,
Sarv qaddu mahliqo la’li shakarbor o‘lturur.

Yuz tuman mehnat ko‘rub yetsa muroda bir kishn,
Rashk etib darhol ani charxi sitamkor o‘lturur.

Mushkil ermish. ishqning kitmoni ham, izhori ham,
Birida g‘am, birisida ul dilozor o‘lturur.

Xayriyat andeshdin bermas zamon ahli xabar,
Yaxshi fikr etgan kishini bilki ashror o‘lturur.

Yor ko‘yida bo‘libdur yorlar g‘addorlar,
Xavf etar Doiy oni bir yori g‘addor o‘lturur.

* * *

Shirai jondin dog‘i shirin emish guftoringiz,
Toza jon topgay kim o‘psa la’li shakkar boringiz.

Sarv nojug‘a nazar gar solmasam, ermas ajab,
Kim bizing manzurimizdur qaddi xush raftoringiz,

Chiqmag‘aymiz biz bahor ayyomi gul sayrig‘akim,
Siynamizda gul ochibdur shu’lai ruxsoringiz.

Ahli donish deb qilmas beibo harne desak-
Kim, bo‘lubdurmiz bu kun masti mayi diydoringiz.

Bog‘ aro nargis emas ko‘nglum erurkim loy aro,
Sehr etib band etmish ikki joduyi xunxoringiz.

Lutfingizdin yo‘q bizing ummidimizki, da’bingiz
Qahr qilmoqdur kim o‘lsa ishqingizda zoringiz.

Doimo xunobai hijron yutarmiz biz, vale
Bo‘ldilar masti sharobi vaslingiz ag‘yoringiz.

Umrimiz zindoni furqat ichra o‘tti, ohkim,
Shu raqiblarg‘a mahalli aysh erur gulzoringiz.

Ishqingizda sarf etib, Doiy yigitlik quvvatin,
Dedingiz, qaridingiz, emdi bu yerdin boringiz.

* * *

Ne adovat erdi bu, ey charxi davvor, aylading,
Kiynalar bechoralarg‘a har dam izhor aylading,

Sofdil mo‘min anisimdin judo aylab meni,
Behayo xotir mukaddarlarg‘a duchor aylading.

Bag‘ri biryonlar bila erdim musohib necha yil,
Ko‘ngli to‘q, bag‘ri butunlarg‘a meni yor aylading.

Bir pari yanglig‘ mujassam ruh yorimdin judo
Aylading, hayvon sifat yora giriftor aylading.

Aylamas erdim balandu pasti olamni tamiz,
Tolibi joh aylading, xush xona bardor aylading

Ishq ahliga egarmak erdi maqsudim davom,
Sen mute’i bir parital’at sabuksor aylading.

Charx ham, Doiy, seningdek bandai bechoradur,
Ne uchun ondin gila, ey og‘zi bekor, aylading.

* * *

Ko‘zingdin o‘rgulay, ko‘z birla ko‘rding holi zorimni,
Boshing haqqi, qaro qilma bu qolg‘on ro‘zgorimni.

Yetar hajringda harda.m yuz tuman shiddat manga, lekin
Sanga arz aylamak darkor emas hech koru borimni.

Tajohul aylabon hardam, nechuksan bedilim, dersan,
Bilur erkan o‘zing yaxshi nihonu oshkorimni.

Iki qoshing ishorat xanjari birla yorar ko‘ksum,
Hadaf aylar ko‘zung mujgon o‘qig‘a jismi zorimni.

Qochurdi e’tiborim muddate qahring uzoq tortib,
Qachon, ey sangdil, qilg‘ung fuzunroq e’tiborimni.

Necha yildur yotibman ostoning yostanib, bir kun
Demading, kelturung ul dardmandi xoksorimni.

Tutubman uns ko‘yingda qo‘tur bosqon iting birla,
Nigoro, solma mendin ayru yoru g‘amgusoringni.

Nigorim ilgida o‘lsam, shahid o‘lgum, musulmonlar,
Bo‘lung xushnud, yig‘latmang mening xeshu taborimni.

Tiriklikda jamolin ko‘rmadim, ne bo‘ldi, mo‘minlar,
Janozamga agar keltursangiz ul gul’uzorimni.

Mani Doiy malomat qildi ko‘p nolish qilursan deb,
Oni bilmaskim, olmishlar qo‘limdin ixtiyorimni.

* * *

Ey ko‘ngul, sanga harg‘iz qolmas emdi armonlar,
Keldilar seni istab bu aziz mehmonlar.

Iltifoti bepoyon birla keldilar bu tun,
Gulbadan pari ruxlar, gul’uzor jononlar.

Gulgul ochilib kulbang rashki gulshan etdilar,
G‘unchalab durafshonlar, orazi daraxshonlar.

Zulfi anbarinlarni tarqatib, bo‘lib raqqos,
Bazmgohing etdilar turfa sunbulistonlar.

Nozanii parivashlar ishvalar qilib har dam,
Bo‘salar saqoqlardin ayladilar ehsonlar.

Rashk o‘tiga kuysunlar qayta-qayta hosidlar,
Yuz o‘lub-tirilsunlar ul guruhi nodonlar.

Shukr etib, ayo Doiy, sarf bazm etib shod o‘l,
Marhamat qilib bu tun keldilar g‘azalxonlar.


NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Tarki suhbat qildilar ul vaqtkim dilxohlar,
Hajr chohida chekarmiz nolai jonkohlar,
Holi kayfin fahm etar naql etsalar hamrohlar,
Ulki solg‘ay shu’la a’zosig‘a o‘tlug‘ ohlar,
Qayda bilgay kuymakin zarbaft kiygan shohlar.

Uysiz ummollar ishlar ma’olin bilmagay,
Nuru zulmat, ranju mehpatnipg zavolin bilmagay,
Mastlar bechoralarning ashki olin bilmagay,
Bag‘ridin qon tomg‘uchi ushshoq zaxmin bilmagay,
Tiyg‘idin qon tomg‘uchi berahm oliy johlar.

Eyki, kirding ishq maydonig‘a do‘ngil tezkim,
Har qadamda yetkirur boshinga rustoxezkim,
Ishq dashtidur ajab dardu balo angezkim,
Shiddatin Farhod qilg‘ay fahm, yo‘q Parvezkim,
Dardni xokiylar onglar, yo‘q falak dargohlar.

Ot boshi eshshak ayoqi ostida qum bo‘lg‘ali,
Kurra, xarlarning juli sinjobu qoqum bo‘lg‘ali,
El aro iokas kasu nomard mardum bo‘lg‘ali,
Jonu ko‘nglum kirdilar gam dashtig‘a gum bo‘lg‘ali,
Men ham etdim azm chun azm etdilar hamrohlar.

Mujda, ey jonu ko‘ngul, sizni o‘shul hur o‘lturur,
Ishq ahlig‘a qilib qahr, elni majbur o‘lturur,
Begunohlarni o‘shul husnig‘a mag‘rur o‘lturur,
Bo‘lsalar ogahki, bir g‘amginni hijron(?) o‘lturur,
Fikr etar holig‘a hijron dardidin ogohlar.

Guljabinlar qayda bilgay rangi xunkohim nedur,
Sihhat ahli anglamas dardi sahargohim nedur,
Ne bilur vasl ahli har dam otashin ohim nedur,
Vah, ne bilgay hajr zanjirida dilxohim nedur,
Halqa urg‘an bazm ayshi davrida dilxohlar.

Hojat ahli holidin hojatravolar fikri yo‘q,
Ishq ranjuri g‘amidin bevafolar fikri yo‘q.
Doiyo, ahli g‘inog‘a benavolar fikri yo‘q,
Ey Navoiy, shohlarg‘a chun gadolar fikri yo‘q.
Aytgil ham tengri dargohig‘a shay’allohlar.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.