background
logotype

Majlisiy (XV-XVI asr)

Majlisiy (15-asr oxiri, Xorazm - 16-asr 1-yarmi, Buxoro) — shoir. Hayoti va ijodi qaqida ayrim ma’lumotlar Nisoriyning «Muzakkir ul-ahbob» tazkirasida uchraydi.
Uning 4000 misralik «Qissai Sayfulmuluk» ishqiy-sarguzasht dostoni bizgacha yetib kelgan. Asar masnaviyda, hazaj bahrida, qissa ichida qissa shaklida yozilgan bo‘lib, tuzilishi, voqealar bayoni jihatidan folklor asarlariga yaqin turadi. Misr shohi Osimning yolg‘iz o‘g‘li Sayfulmulukning Fatina shohi Shohbol qizi Badeuljamolga g‘oyibona sevgisi va unga erishish yo‘lidagi sarguzashtlari, umuman insonning o‘z baxti uchun kurashi va bu jarayonda uning kamol topishi tasvirlangan. Asarda adolat, yaxshilik va ezgulik madh etilgan, podshoxlar adolatga chaqirilgan, xotinqizlar huquklarini himoya qilish g‘oyalari ilgari surilgan.
O‘zbek adabiyotida dostonning folklor varianti xam yaratilgan. Asar O’rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan, qozoq (Said Garay, 1904), turkman (Qurbonali Ma’rufiy), tatar, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Qozonda qayta-qayta nashr etilgan (1807, 1849, 1883, 1914). Toshkentda dastlab 1916 yil chop qilingan. To‘la bo‘lmagan ikki qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (ivn. ? 3425, 8205).

Begali Qosimov

DEBOCHA

Kishiga ishq agar hamroh bo‘lsa
Gadodur ul agarchi shoh bo‘lsa

Ki bo‘lmas ishqqa ham kufru iymon
Na sabr anda na kofir na musulmon.

Suyuk suygan ko‘ngilni uzsa bo‘lmas
Oning to ko‘rmaguncha tuzsa bo‘lmas.

Vale oshiq kerakim bo‘lsa sodiq
Shaxanshohdek muhabbat birla oshiq.

Firoq og‘ushi anga shahdu sharbat
G‘ami qayg‘u anga aysh ila ishrat.

Erur chun ishq dunyoi muazzam
Kira olmas anga har qaysi odam.

Muhabbat sharbatin ichgan unutmas
Anga har kim nasihat qilsa tutmas.

Muhabbat bahri oshiqlar yeridur
Anga kirgan daxi erning eridur.


«QISSAI SAIFULMULK»DAN

Shoirning so‘zga kirgoni

Necha kunlar parishon erdi holim
Yo‘q erdi hech kimla qilu qolim,

Musofir erdimu dilgiru purg‘ash,
Musohiblar firoqida mushavvash.

Yo‘q erdi hamnishinim g‘ayri ohim.
Xudo bo‘lub edi dildoru shohim.

Xayolida aning shomu sahargoh,
Yurakdin qon ichib, yuz nolayu oh.

Firoqida ko‘zum yoshi qurumay
Yurur erdim kecha-kunduz uyumay.

Tushumda kavkabi toli’ tului,
Bo‘lub paydo manga bo‘ldi rujui,

Jahon bo‘ldi manga misli chirog‘dek,
Qorong‘u kecha bo‘ldi ham chirog‘dek.

Saodatg‘a chu mujda berdi folim,
Yana behbudlig‘a yuzlandi holim.

Uchub ketkan charog‘im g‘ayra yondi,
Ko‘ngul g‘aflatda erdi ham o‘yondi,

Ki nogoh bir kuni jonon yo‘luqti,
Bu miskin bandaga sulton yo‘luqti,

Ko‘rushti jon kelib bu jism birla,
Ki so‘rdi bandani bu ism birla.

Dedikim: «Majlisiy, holing nechukdur?
Firoq o‘tida ahvoling nechukdur?»

Yigitlik vaqti erdi so‘z manda,
Bor erdi bir «Gulu Navro‘z» manda.

Qilib qullug‘ tavozu’ yor sori,
Boqib turur edim dildor sori.

Tuta berdim ochib ko‘rdi ani yor,
O‘qudiyu ochildi bog‘u gulzor.

Chu ko‘rdi nazm poki turki til ul,
Mani devonag‘a ko‘rsatdi bu yo‘l.

Solib boshimg‘a yuz turluk bu savdo,
Tushub ko‘nglumga ming turluk bu g‘avg‘o.

Chiqardi qo‘ynidin bir dostone,
Ne doston bo‘lg‘ay ul bir bo‘stone.

Ichinda ming tuman gullar ochilgon,
Latofat bahridin gullar sochilg‘on.

G‘aroyiblar aning ichinda bisyor,
Eshitsangiz ajoyib so‘zlari bor.

Vale ul forsiyu nasr erdi,
Taqi bu dahrda ham qasr erdi.

Dedikim:—«Majlisiy, bekor turma,
Ki men shoirdu(r)man deb lof urma.

Agar bordur hunar ilgingda ko‘rsat,
Ki bu daftarni turki tilga tuzat»,

Buyurdikim «Gulu Navro‘z» nazmin
Anga mezon qilibon nazm qilg‘in.

Chu yorlig‘ ettiyu turdiyu ketti,
Ko‘ngulning bahrig‘a kirdiyu botti.

Tilab himmat muhabbat haydaridin,
Chu oldim pardani tab’im ruhidin.

Bu so‘zning hurmatin barjoy qildim
Yuragim shavq tig‘i birla tildim.

Bag‘ir qonini ham yerga tomuzub,
Qalam chashmasidin suvlar oquzub,

Qurug‘ yerda guliston sabz qildim,
Ki oshiqlarg‘a bo‘ston sabz qildim,

Chu himmat birla yorim yor bo‘ldi,
Xayol etganlarim gulzor bo‘ldi.

Musohiblar ko‘rubon yod kilg‘ay,
Buzuq yerlarni ham obod qilg‘ay.

Ketur, soqiy, piyola, no‘sh etoli,
Taqi qaynar qozondek jo‘sh etoli.

Eshiting o‘quyun bir yaxshi qissa,
Ajoyib qisai pur dardu g‘ussa.


Asl dostonga qaytish

Rivoyat qildi rovi asli so‘zni,
Ko‘rub Sulton Mahmud noxush o‘zni.

Necha kunlar ajoyib tiyra bo‘ldi,
Uzori oftobi xira bo‘ldi.

Bor erdi oldida ikki vaziri,
Latofat birla yo‘q erdi naziri.

Dedi Sulton: «Ajab oshuftadurman,
Bila olmon nega oluftadurman.

Magarkim g‘ussadin savdoyi bo‘ldum,
Bu savdo birla ham shaydoyi bo‘ldum.

Qiling bir qissa paydo ovunoyin
Uqub andin zamone sevunoyin,

Ki man zshitmagan bo‘lg‘ayman oni,
Yana ham ko‘rmagan bo‘lg‘ayman oni.

Chu qildilar anga yuz qissa paydo,
Qabul qilmodi birin shohi shaydo.

Vazirlarni tutub zindonga soldi,
G‘azab qildiyu havli jonga soldi.

Alarg‘a bo‘ldi zindon baytul-ihzon,
Necha kunlar yurakdin oquzub qon.

Chu paydo qildilar ushbu hikoyat,
Qabul qilg‘aymu deb qo‘rqub bag‘oyat.

Dedilar: «Bizni zindondin chiqarg‘il,
Falon iqlimga bizni yuborg‘il,

Rivoyat qildi munda bizga bir yor,
Ki har tansuq hikoyat anda bisyor».

Bu so‘z birla alarni shoh chiqordi,
Beribon had’yalar anda yubordi.

Borib anda, bitib ushbu hikoyat,
Qilur ishqu muhabbatdin rivoyat.

Keturdilar ani sulton qoshig‘a,
Latofatlik hikoyat xon qoshig‘a.

Uqub ko‘rdiyu sulton shod bo‘ldi,
Vazirlar ham taqi ozod bo‘ldi;

Chu berdi ham yana bisyor ne’mat,
Kilur sulton bu doston birla ishrat.

Qilib har biriga in’om yuz o‘n,
Yana berdi alarg‘a ot ham to‘n.

Vale ul nusxa erdi forsi nasr,
Erurs oda hikoyat so‘zi ham qasr.

Qilibdur Majlisiy bu so‘zni pardoz,
Uqusangiz qilur jon qushi parvoz.


Og‘oz kardani hikoyat

Kel, ey soqiyki, o‘ltursun piyola,
Eshitgil qissai bu so‘zu nola.

Kel, ey shahbozn jon, parvoz kilg‘il,
Ki ma’nilik qanoting boz qilg‘il.

Ko‘ngul maydoniga javlon solg‘il,
Taqi bir bulbuli xushxon solg‘il.

Ko‘rung bulbul nechuk faryod qildi,
Qafasda ham nafas bunyod qildi.

Dedi ul bulbuli ustod axbor
Sulaymondin turur, tansuq bu guftor.

Kirib oldimg‘a arbobn rivoyat
Bayon qildiyu nazm etdi hikoyat.


Shoh Osimiyning ta’rifi

Bor erdi Misr elinda podshohi,
Yeti iqlim uza oning sipohi.

Aning hukminda erdi to‘rt yuz shahr,
Aning adli edi mashhur dar dahr.

Otog‘on oti Osim ibni Safvon
Ul erdi yetti iqlim uzra sulton.

Berib erdi xudo jumla murodin
Yeyib erdi jahong‘a adlu-dodin.

Ul erdi podshohi jumla iqlim,
Yo‘q erdi hech yonidin xavf ham biym.

Vale bo‘lmas edi farzand onda,
Base armonda erdi bu jahonda.

Bo‘lub umri ani to‘rt yuz yetmish,
Bu fursatda xayoliga bu yetmish:

Ki menda bir o‘g‘ul yo‘q yodgori,
Ne bo‘lg‘ay taxtu baxtim korbori?

Chu bu andishadin diltang bo‘ldi,
Tafakkur birla aqli tang bo‘ldi.

Qilib baytulhazan ma’vo o‘ziga,
Ko‘runmas ul ulug‘ beklar ko‘ziga.

Ki chiqmas bo‘ldi ul devon qoshig‘a,
Kira bilmas aning beklar qoshig‘a.

Tilak birla tilak ustinda sodiq,
Tilaki bir o‘g‘ulu ko‘nglinda xoliq,

Bu holat birla yig‘lab qirq kun shoh,
Kecha-kunduz duo birla chekib oh.


Beklar ittifoq qilishib shohga kengash bergonlari

Kengashti bir kuni beklar tamomi,
Yig‘ildilar kengashga xosu omi.

Necha ichkilari kirdi qoshig‘a,
Qilib qullug‘ tavozu’ hazratig‘a,

Chu ko‘rdilar ajab hol birla shahni.
Chekibon jon birla ohu-vahni.

Bo‘lubon gul yuzi chun kahrabodek,
Sochi tushub yuziga chun gadodek.

Qilib bag‘ryani g‘am tig‘i jarohat,
Ko‘torib ko‘nglidin ayshu farog‘at.

Ko‘rubon barcha beklar qoldi hayron.
Yuraklari bu g‘amdin bo‘ldi biryon.

Barisi yig‘lashib xon xazratig‘a.
Bari yuz qo‘ydilar sulton qatig‘a.

Dedilar: podshoho, hol nedur?
Eshitolik, desang ahvol nedur?

Agar sen chiqmasang, bil, fitna ortar,
Chiqar bir ajdaho olamni tortar.

Sening chiqmag‘oningdin qissa budur,
Ki nogoh tushmagay olamga bir sho‘r.

Shahanshoh qildi holini mukarrar,
Vazirlar bildilar so‘zni muqarrar.

Dedilar sen chiqib taxtingda o‘ltur,
Yig‘ib kulli munajjimlarni keltur.

Berarmu, yo‘q sanga o‘g‘ul xudovand,
O‘zungni qilmag‘il behuda darband.

Eshitti shoh maqbul ushbu so‘zni.
Chiqib taxt ustida ko‘rsatdi o‘zni.

Tayonib taxt uza o‘lturdi ul shoh,
Yig‘ildilar munajjimlgr bahargoh.

Qilib har qaysi o‘z ilmini takror,
Tafahhus qildilar chun sirrul-asror.

Bo‘lubon muttafiq barcha bir o‘zga,
Qo‘yubon barcha ahkomin bu so‘zga.

Yaman sultonining qizini bu shoh,
Agar olsa berar farzand olloh.

Eshitib shoh bu so‘zni shod bo‘ldi,
Ki bu andishadin ozod bo‘ldi...


Shoh Osimining farzandi bo‘lg‘oni

Saodat birla vaqgi sa’d bo‘ldi,
Ham ul soat vujudi haml bo‘ldi.

Tushub davlat saroyig‘a chu sulton,
Ulug‘ to‘y etti ne’matlar farovon.

Ado qildi chu shah to‘y mahfilini
Ki voqif etti shoh o‘z mgjlisini,

Orig‘ ne’matlaru shirau sharbat,
Qilurlar parvarish bonozu ne’mat.

Bo‘lub erdi ajoyib shohzoda,
Ani ko‘rsa bo‘lur shahlar piyoda.

Ko‘rub Osim shukur qildi o‘g‘ong‘a.
Xazina eshig‘in ochti tumang‘a.

Qo‘yub Sayfulmuluk otini oning,
Ko‘rub yaxshi bilib zotini oning.


Shoh Osimiyning vaziri bor erdi, oti Hamid erdi. Bir o‘g‘li bo‘ldi, otini Soid qo‘ydi va ani ko‘kaldosh qildilar

Bor erdi shoh Osimiyning vaziri,
Oti erdi Hamidi yo‘q naziri.

Hamidning ham taqi bir o‘g‘li bo‘ldi,
Aning husni taqi olamg‘a to‘ldi.

Otadilar aning otini Soid
Ki yo‘qtur Misr ichinda ulcha shohid.

Malikzodaga qildilar ko‘kaldosh,
Enagalarga aning onasi bosh.

Ikisini qilurlar parvarish ham,
Ki yo‘qtur mundin o‘zga yaxshi ish ham.

Ulug‘ bo‘lub, o‘qub ilmu hunarlar,
Solib kulliy hunarlarg‘a nazarlar.

Hamisha xurramu xushholu dilshod,
Yururlar chun niholi sarv ozod.

Yurur shahzoda o‘yun birla mashg‘ul,
Havas qildi atosi fikri ma’qul,

Qilayin chorbog‘i nav niholi
Ki teng yetgay muning birla kamoli.


Shoh Osim o‘g‘lig‘a chorbog‘ qildurg‘oni

Chu bunyod etti Osim bog‘i maydon
Ki Sayfulmuluk qilg‘ay onda javlon.

Ki bunyod ettilar joyi ajoyib,
Solib tarrohlar tarhi g‘aroyib.

Qilib angiz ham bir ko‘shk oliy,
Ki andin bo‘lmag‘ay ham aysh xoli.

Latofat birla chun bog‘i bihishtdur
Degaysen tuprog‘i anbar sirishtdur.

Ajoyib chorbog‘i xo‘b dilkash,
Daru devori xo‘b zebou zarkash.

Agar bo‘lsa kishining ko‘ngli noxush,
Anga kirsa bo‘lur filhol dilxush.

Magarkim ul erur chun bog‘i jannat,
Base xush bo‘y ediyu jong‘a rohat.

Tamom bo‘ldi bu maydon tozau tar,
Aning har mevasi monandi shakkar.

Bo‘lub nozuk hayvonlar xiromon.
O‘sub shahbargiyu nasrinu rayhon.

Osilib yuz tuman gullar nchinda,
Kilurlar nola bulbullar ichinda.

Suzuk suvlar oqib har sori sharshar,
To‘lubon havzlar monandi kavsar.

To‘lub maydon chu qushlar g‘ulg‘ulidin,
Xabar berur Iramning bulbulidin.


Sayfulmulukka solg‘on ko‘shkning vasfi bayoni

Eshitgil ko‘shkning avsofini ham,
Ki ey shoir qil oning lofini ham,

Bo‘lub tayyor ham bir ko‘shk oliy,
Ichinda bo‘lmag‘ay ham aysh xoli.

Ajab ko‘shki latifu xo‘b ajoyib,
Base ustodlar solg‘on g‘aroyib.

Qilibon xishti rangin za’faroni,
Aning balchig‘idur, za’far samoni.

Necha turluk latofatlar desang bor,
Malohat birla suratlar desang bor.

Ajoyib ham g‘aroyib ko‘p munaqqash,
Necha boqsang boqarsan xo‘b dilkash.

Ajab qasri balandu sof oltun.
Murassa’ la’l, marjon, durri maknun;

Chu yoqutu aqiqu xisht parchin.
Bular birla imorat bo‘ldi rangin.

Ki parchin xishtdur chun nuqrai xom,
Qilib muncha takalluf birla itmom,

Ki qilg‘ay shohzoda anda ishrat:
Pari ruxsorlar birla maishat.


Shoh Osim o‘g‘lini chorlab, to‘n, yuzuk bergoni.

Falak nogah bir ish angiz qildi
Ki Osim mehrini ham tez qildi.

Falakni ko‘r alarg‘a ne solodur,
Ki yolg‘uz o‘zicha elga balodur.

Muningdek aysh etib yururda nogoh,
Ki chorladi ani nogah shahanshoh.

Atosig‘a g‘araz o‘g‘lini ko‘rgay,
Sevib anga yuzuk ham to‘nni bergay.

Tiladi o‘g‘lini kelsun ko‘ray deb,
Niholi sarvg‘a ziynat beray deb.

Eshitgach shohning so‘zin malikzod,
Ravon bo‘ldi turub chun sarvi ozod.

Pari yanglig‘ topuqchilar qatinda,
Tavozu’ qildilar shoh qopuqinda

Tilab edi o‘z o‘g‘lini qotig‘a,
Yaqindurkim ani suqsa joniga.

Kelib o‘lturdi Soid o‘trusinda,
Hamisha nozir erdi didasinda.

Alarni ko‘rdi shoh, xursand bo‘ldi
Dilu joni muhabbat birla to‘ldi.

Buyurdi xaznachig‘a xaznani och,
Falon sanduqni keltur, qulfini och.

Keturdilar anga oltun sanduq,
Ki bir to‘nu yuzuk, o‘zga nima yo‘q.

Chu to‘n birla yuzuk o‘g‘lig‘a berdi,
Kishi bilmas bu to‘nda ne bor erdi.

Miroxurg‘a buyurdikim falon ot,
Ne otdurkim degaysan bir parizot.

Keturdi otniyu Soidg‘a berdi,
Ki Soidni o‘g‘uldek sevar erdi.

Turub shahzoda ham Soid aviljab,
Tavozu’ qildilar xon ko‘nglin ovlab

Ijozat bo‘ldi, turdi shohzoda,
Parilar bo‘ldi oldinda piyoda.

Chu shoh in’om qildi sevariga,
Vale o‘t soldi oning ko‘ylariga.

Etib in’om agarchi qildi xurram,
Ne bilsun anda ermish yuz tuman g‘am.


Sayfulmuluk ul to‘nda bir surat ko‘rub, oshiq bo‘lg‘oni

Ajab qissa rivoyat qildi rovi,
Xabar bo‘ldi jahonga to‘ldi jovi.

Atosining qoshidin chiqti shahzod,
Xiromon tebradi chun sarvi ozod.

Kelib tushti o‘zining manziliga,
Qo‘shuldi ul parilar mahfiliga.

Yoqib mash’al chu suratxonalarg‘a
Muhandislar kirib afsonalarg‘a.

Tamomi hujralarda sham’ ravshan,
Qilib ul ko‘shkni monandi gulshan.

Ichar boda har uydin uyga yurub,
Yurur farroshlar yo‘lin supurub.

Sevinib ushbu kecha ichtilar may,
Yiqildi har kishi o‘zini bilmay.

Vale shahzodaning ko‘nglida erdi,
Ochib ko‘rgay bu to‘nda ne bor erdi,

Yeshib bo‘qchani, to‘nni oldi ko‘rdi,
Ki bir surat ko‘rubon oh urdi,

Tura keldi yana bir uyga bordi,
Yana ko‘rgach o‘zidin o‘zga bordi.

Tafarrujlar qilur ul to‘ng‘a bisyor,
Necha boqqon sari bo‘ldi giriftor.

Ne to‘ndur ulki jonining balosi,
Bo‘lub ko‘ngli bu to‘nning mubtalosi.

Bor erdi to‘nda bir surat munaqqash,
Bo‘yi boshdin ayog‘ ra’nou dilkash.

Yuziga boqsa ul go‘yo kuladur,
Ani ko‘rgan sayi joni kuyadur,

Erur rangi ruxi gulbargi tardek,
Labi la’li aning shirin shakardek,

Degaysan og‘zidur chun g‘unchayi gul,
Yuzida to‘lg‘onib ul zulf sunbul.

Qoshi yodek qurlub o‘q otarg‘a,
Ani ko‘rganda sabri yo‘q etarg‘a.

Xadang kirpiklari monandi nishtar;
Magar suv berdi ustodi chu xanjar.

Bo‘yi gulning niholidek egilur,
Bo‘lub halqa sochi go‘yo chigilur.

Niholi sarvdekdur qaddi mavzun,
Labi la’lu tishi chun durri maknun

Ko‘ziga boqsangiz — ko‘zi suzulur,
Bo‘yi nozik, magar beli uzulur.

Ko‘rub shahzoda mundog‘ surati xo‘b,
Yuziga yuz qo‘yar og‘zini o‘pub.

Na suratkim baloyi jon ekandur,
Baloyi jon, vale jonon ekandur.

Yeqildi ishq o‘ti joniga shahning,
Qadaldi mehr o‘qi bag‘rig‘a shahning...


Sayfulmtslik yig‘lab, otasidin ijozat tilagoni

Dedi shahzoda yig‘lab: «Ey jahondor,
Mening uchun base bo‘ldung dilafgor,

Oyog‘ing to‘zi ko‘zum to‘tiyosi,
Unutilmas bu surat mojarosi,

Uyatni o‘rtada ishq o‘ti, ey shoh,
Uchurdi nomusim sham’ini bu oh.

Agar shamsu qamarni arz qilsang,
Borib huri bihisht olib ketursang.

Menga ondin o‘kun jonon kerakmas,
Menga onsiz bu tanda jon kerakmas.

Ijozat bersangiz o‘zum tiloyin,
Yurub, istab, oni o‘zum bo‘loyin».

Onosi oh urub, chiqti qoshidin,
Yaqosin suv qilib ko‘zin yoshidin.

Bo‘lub Sanfulmulukka g‘am musohib,
Qadim ichkilariii qildi g‘oyib.

Bo‘lub shahzoda bu surat gadosi,
Bo‘lub bo‘ston saro motam sarosi.

Atosi chiqdi, o‘g‘li qoldi yolg‘uz,
Ul angiz etti bir afg‘oni dilso‘z.

Sog‘inib hardam ul suratni shahzod,
Chiqardi jonidin yuz ohu faryod.

Xamin aytur seni qaydin tiloyin,
Eram bog‘i nishonin ne biloyin.

So‘rog‘ingni seni kimdin so‘royin,
Jamolingni sening qaydin ko‘royin.

Ne qilay, kimga aytay holu, dardim.
Senga tegura olmon ro‘yi zardim.

Kim eltur bu xabar bog‘i Eramg‘a
Kim aytur hol dardim ul sanamg‘a...

Yurak qonim sharobim, hamdamim oh,
Bag‘ir bo‘ldi kabobim, mash’alim moh.

Sening ishqing o‘tida may urar jo‘sh,
Bo‘lur sarvi sihi fikringda behush.

Surohi hasratingda qon yig‘lar,
Kuyar sham’i taqi hayron yig‘lar.

Mening oldimda chang bo‘ldi duto ham,
Qilur nolish mening holima yeb g‘am.

Fig‘on aylab rubobi yod qilur,
Urar ko‘ksigayu faryod qilur.

Uzotub bo‘ynini bechora tanbur,
Mening holimga yig‘lar nolishin ko‘r.

Kuyar ohpmg‘a udu ham musiqor,
Bo‘lub dardimg‘a qonun ko‘ksun yirtor

Tamomi sozlar bo‘lub havodor,
Bari yuzum ko‘rub holimg‘a yig‘lar...

Bo‘lub shahzodaning rangi xazondek,
Aqiqiy lablari chun za’farondek.

Ketib aqlu qaroru sabr ondin,
Kechib bu taxtu baxtu bu jahondin.

Base ojiz bo‘lub oning atosi,
To‘kar, ko‘zdin yurak qonin anosi.

Kecha-kunduz bu g‘am birla giriftor,
Aning holig‘a ahli Misr yig‘lor,

Anga har kim nasihat qilsa tutmas,
Qatig‘dur ishq, o‘gut metindin o‘tmas.

Kishiga ishq agar hamroh bo‘lsa,
Gadodur ul agarchi shoh bo‘lsa,

Ki bo‘lmas ishqda ham kufr-imon,
Ne sabr anda, ne kofir, ne musulmon

Ko‘ngulga ishq agar kim zo‘r qilur,
Bas oqil ko‘zini ko‘r qilur.

Vale oshiq kerakkim bo‘lsa sodiq,
Shahanshohdek muhabbat birla oshiq.

Firoq og‘usi anga shaxdu sharbat.
G‘amu qayg‘usi anga ayshu ishrat.

Erur chun ishq daryoyi muazzam,
Kira olmas anga har qaysi odam.

Muhabbat bahri oshiqlar yeridur,
Anga kirgan taqi eriiig eridur.

Muhabbat sharbatin ichkan unutmas,
Anga har kim nasihat qilsa tutmas.

Kerak oshiq chiroyi za’farondek,
Nigori fikrida bargi xazondek.


Shoh Osim beklari birla kengashib, o‘g‘lig‘a safar qilg‘oni

Chu ko‘rdi shoh o‘g‘lining mizojin,
Nasihat birla topmaydur ilojin.

Yuboray desa ko‘ngul uza bilmas,
Yuborsa o‘tig‘a ham tuza bilmas.

Ul oxir bog‘ladi bag‘rig‘a bir tosh.
Suzuk nargislariga to‘ldurub yosh.

Kengashdi beklari birla o‘turub,
Dedi betaar dalillar ham keturub,

Ki: «Shohi sen taqi mardona bo‘lg‘il,
Yuroking berkitib shohona bo‘lg‘il.

Muningdeklar jahonda erka tushar,
Eson bo‘lsa er o‘g‘lig‘a ne tgushar.

Ki barcha qo‘ydilar so‘zni bu yerga,
Ki mundoqlar tushar har qayda erga.

Qolin cherik taqi bermoq keraksiz,
Talab yo‘lig‘a yubor-moq keraksiz.

Safarning mehnati ham pand bo‘lur,
Agarchi topmasa xursand bo‘lur»,

Chu Osim ko‘rdi hech tadbir yo‘qtur,
Yubormoqdin o‘kun dastgir yo‘qtur.

Dedi sulton: «Qiling daryo yarog‘in,
Kerakkim suvda ham so‘rg‘ay so‘rog‘in».

Buyurdi to‘rt yuz kema chopinglar,
Ki har kemada yuz hujra yopinglar.

Keturdilar kema chopquchilarni,
Kemada hujralar yopquchilarni.

Hama ishni qilibon el farovon,
Ki yuz ming xalq tortib anda ko‘p jon.

Mukammal bo‘ldi kulli kema, hujra,
Ki berdilar kemachilarga ujra.

Yig‘ib kelturdilar daryo labina,
Muhit otlig‘ chu nopaydo olina.


Sayfulmuluk kema xalqi birla Chin viloyatig‘a yetishkoni

Ayo rovi, kel emdi, qil rivoyat,
Ne surat birla ul qildi hikoyat.

Dedi roviki andin tebradilar,
Kecha-kunduz kemalar tinmadilar.

Vale ishratlarining hech soni yo‘q,
Ki bu qaynar tengizdin hech g‘ami yo‘q.

Ki yuz ming jo‘sh urub bu bahr qaynar,
Malikzoda baliq ovini ovlar.

Kecha-kunduz icharlar lolagun may,
Kecha-kunduz nechuk o‘tkanni bilmay.

Kemadin kemaga yurub icharlar,
Gazakka baliq etidin osharlar.

Surub mallohlar kishtini turmay,
Kecha-kunduz yururlar hech uyumay...

Dedilar:—«Chinda xo‘b naqqoshlar bor,
Jahongashta hikoyat foshlar bor,

Eshitgan bo‘lg‘ay ul savdogar ahli,
Taqi ul suratin suratgar ahli»,

Bu so‘z birla Xitoyga qo‘ydilar yuz,
Xudo qildi inoyat yelini tuz.

Besh-olti oy o‘tub yettilar onda,
Ki hech tashvish ko‘rmay bu jahonda,

Yaqog‘a torttilar kulli kemani,
Chiqardilar suvdin bori nimani.

Muazzam chatr tikdi, yana xirgoh,
Chiqibon taxt uza, o‘lturdi ul shoh.

Xaloyiq tikdi chodir necha alvon,
yiroqdin ko‘rdi bu cherikni didbon.

Oshuqub yetti ul Fag‘furi Chinga,
Dedikim, «Yog‘i kirdi mulkingizga».

Bu so‘zdin shohi Chin bo‘ldi pur osho‘b,
Basi tushdi, xaloyiqqa taloto‘p.

Qilibon qal’alarni rust mazbut,
Yasadi elchilar yuborgali zud...


Fag‘furi Chin shahrin tuzub, Sayfulmulukni mehmon qilg‘oni

Qilib Fag‘furi Chin majlis yarog‘in,
Yasatti shahrini ham ko‘shku bog‘in.

Chiqib keldi, o‘zi qildi ko‘runush,
Ani chorlab dedi: «Taxtim uza tush»,

Malikzoda qabul qildi bu so‘zni,
Yasadi jo‘ralarni ham chu o‘zni.

Asosi saltanat ko‘rguzdi sulton,
Otoliqlar bila ham bo‘ldi mehmon.

Berib suhbat bularg‘a shoh Fag‘fur,
Kelib bir hafta Chin mulkini ma’mur.

Qilib shahzoda ham sirrini izhor,
So‘rub kulli xaloyiqdin bu axbor,

Ki hech kim bilmadi bu so‘zning asling.
Dedilar kim bilur Shahbol naslin?

Vale bir pir bu shahning hazratina,
Dedi shahri erur otn Fatina.

Eshitibmanki xo‘b naqqoshlar bor,
Jahongashta hdkoyat foshlar bor.

Dedi shahzodakim necha yiroqdur?
Uluklar derki bir yillik yiroqdur.

Agar tuz- yel turub, malloh sursa,
Yetar bir yidg‘a tuzluk yel bo‘lsa...


Shahzoda Fatina shahriga yuzlanib, kemalari g‘arq bo‘lg‘oni

Kel, ey rovi, rivoyat qil bu qissa,
Nechuk tushti malikzodag‘a g‘ussa?

Dedi roviki ish bisyor bo‘ldi,
Basi mehnat bila afgor bo‘ldi.

Malikzoda qilibon kuch yarog‘in.
Fatina shahrina solg‘ay so‘rog‘in.

Kelib shahzodaknm kemaga tushdi,
Tamom asbobpii soldi bakishti.

Tamomi xalq kirdi kishtnlarga,
Bo‘lub tayyor beklar tuzdi charga.

Alar so‘ngicha mallohlar tushdi,
Surub kemani ilgari yurushti.

Chu qildilar kecha-kunduz farog‘at,
Ko‘ngul zavqi bila hech yo‘qtur ofat.

Malikzoda xayoli birla xurram,
Erur xandopu, yo‘q ko‘nglinda hech g‘am:

Bu ishrat birla olti op bordi,
Qorovullar hamisha yo‘l boqa,

Hasad eltib falak bu davlatig‘a,
Yomonliq birla mindi o‘z otig‘a.

Sekin tengiz buzuqliq qildi angez,
Beliga bog‘ladi shamshiri hunrez.

Hasad qilib taqi to‘fon qo‘pordi,
Ki hardam bir taraqqosin qo‘pordi.

Qilur hardam bir o‘zga sharfa angiz,
Bo‘lur har sharfada ming zahri hunrez.

Bulut gukrab yig‘ar to‘fon qilurg‘a,
Tengiz qaynab, toshar ul qon qilurg‘a.

Qorong‘u yel qo‘pub, dunyo bo‘lub chor.
Bo‘lub daryo yuzinda nola bisyor.

Bo‘lub kunduz kuni yaldo tunidek,
Na qattiq kun, qiyomatning kunidek.

Yana boqsang ko‘zinga el ko‘runmas,
Ilik solsang suvdin o‘zga urunmas.

Tubindin chayqalur pur sho‘r daryo,
Kemalarning qilur qaddini bir yo.

Kemalar bir-biriga bosh urarlar,
Quni cho‘kub, ular suvg‘ to‘larlar.

Qadog‘lari sinibon bo‘ldi pora,
Ki hech kim topmadi qochmoqqa chora,

Urunub bir-birisiga o‘tarlar,
Sinib-sinib suv tubig‘a botarlar.

Dedi rovi o‘shul to‘rt yuz kema,
Ushunda g‘arq bo‘ldi kulli nima.

Chu bo‘ldilar fano daryo tubunda,
Ko‘runmas hech nima daryo yuzunda,

Yedi pokiza ul daryoyi xunxor,
Ki qolmadi alardin zarra osor...


Kemalar va kulli cheriki va asboblari g‘arq bo‘lgoni, shahzoda bir taxta birla girdobg‘a kirg‘oni

Vale shahzodani ul sun soni’,
Balodni saqladiyu qildi moni’,

Tengiz kim bir zamon pur jo‘sh erdi,
Aning havlinda shoh behush erdi.

Yo‘q erdi ul zamon oldida Soid,
Yonidin bo‘ldi g‘oyib sham’i shohid.

Falakning gardishi qildi ishini,
Chu ko‘rmay bordi alar bir-birini.

Kishi bilmas kema qayda borodur,
Xudo mundoq balolarni solodur.

Chu shahzoda o‘ziga keldi nogoh,
Tafarruj qildi daryoga yuzin shoh,

Na el boru na kema bor, na Soid,
Na beklar bor, na sipohu na Obid...


Shahzoda girdobdin xalos bo‘lub, o‘n ikki jo‘ra birlan zangilarga tushgoni

Kel, ey rovi, hikoyat qil bu daston,
Parixonamidur yoxud deviston.

Dedi rovi qiloyin bir hikoyat,
Quloq solib eshitgil to nihoyat.

Borur erdi malikzoda yo‘lig‘a,
Qarar erdi taqi o‘ngu so‘lig‘a.

Ko‘rarkim bir kema to‘g‘ri kelodur,
Vale bilmasdurlar o‘g‘ri kelodur.

Bular aytur bizing eldin bo‘lg‘ay,
Va yo savdogar ahlidin bo‘lg‘ay.

Bular bu fikr birla shodu ma’mur,
Ki ish tushkan emaslar mast mag‘rur,

Yaqin keldilar ersa ko‘rdilar pok,
Yomon didorliq zangiyi bebok.

Dedi roviki yetmish tan edilar,
Ki odam yeb hamon to‘ymay edilar.

Chu ko‘rdilar bulardek nuqli maqbul,
Ki bo‘ldilar bular tutmoqqa mashg‘ul,

Bular ham belni bog‘ladi urushg‘a,
Yarog‘lanib bari o‘tru turushg‘a.

Urush bo‘ldi basi ko‘p to‘ktilar qon.
Ilik tebratkucha xud chektilar jon.

Bari zangi tufang andoz edilar,
Urush bobida otashboz edilar.

Ki otdi zangilar chun zarb zangin,
Qizil qon birla daryo bo‘ldi rangin,

Ki daryo bo‘ldi chun tutoshqon o‘tdek,
Tutun birla havo bo‘ldi bulutdek.

Ki bu bechoralar kuydilar aksar,
Kuyub kema bilan bo‘ldilar axgar.

Tutub shahni o‘n ikki jo‘ra birlan,
Olib durni bu jam’ mahpora birlan,

Ilik, oyoqlarini bog‘ladilar,
Alarni g‘am o‘tig‘a dog‘ladilar.

Olib tebradilar bog‘lab va chulg‘ab,
Tamom a’zolarini qonga bulg‘ab,

Bor erdi bir jazira haq yaratgan,
Aning ichinda zangilar turatgan.

Bor erdi chun bularning podshohi,
G‘aroyib ko‘p edi zangi sipohi.

Bularni elttilar, chektilar anda,
Ko‘ngulga margni ektilar anda.

Kulubon qah-qah ul zangiyi xunxor,
Shukunmay odamidin Odamixor.

Buyurdikim uchovni saqlangizlar,
Ki qolg‘onin semurtub qoqlangizlar...

Tirik qolg‘onlarini kelturunglar,
Gazak qilsun, qizimga eltipgizlar.

Eshitib chun bular ul so‘zni shohdin,
Umid uzdilar oxir xasta jondin.

Turub bechoralar bo‘ldi jngar xun,
Vale shahzoda dedi bo‘ldi shum kun..,

Yubordi qiziga ul uch kishini,
Muhayyo qildilar zangi ishini,

Uchovlonki qizig‘a ul yubordi.
Alarning birisi shahzoda erdi.

Keturdilar chu zanginnig qiziga,
Ko‘zi tushti malikzoda yuzig‘a.

Ko‘rub shahzodani qiz bo‘ldi oshiq,
Parini ko‘rdi dez o‘ziga loyiq.


Zangi duxtar o‘zini orosta qilib, shahzodag‘a kelgoni

Ki bir kun qiz o‘zin orost qildi,
Taqi shahzodaga bexost keldi.

Surohida sharobu nuql bisyor,
Farog‘at qilg‘ayu bo‘lg‘ay xaridor.

Yuziga surtubon ul upa deb gach,
Qaro zulfin qaro yuzga qo‘yub kaj.

Kochon qarosidin qoshig‘a tortib,
Qalin gach birla yuzini oqartib,

Qaro arg‘amchidin solib chu sochbog‘
Solib nochog‘ buynig‘a ani chog‘.

Qilib bir-ikki qasqonni bilazuk,
Solib necha qizil sog‘urdin uzuk.

Chu filning tuynog‘idek tuynog‘ina
Qizil surtub bo‘yadi misli xina.

Yurur bo‘lsa yurur teva yurushin,
Kulur bo‘lsa kular aypq kulushin.

Yopilib fildek ikki qulog‘i,
Solinib tevadek ostin dudogi,

Quloqlarig‘a solibon solinjoq,
Isirg‘a o‘rnig‘a solur sarimsoq.

Kiyib egniga o‘rmakdin qaro shol,
Havas birla igurub ul mahu sol.

Bo‘yini ko‘rsangiz misli minori,
Agar og‘zig‘a boqsang misli g‘ori.

Aning har bir qo‘li shoxi chinori,
Taqi barmoqlaridur ko‘r mori.

Aning har bir tishi monandi sandon,
Necha qilsam sifat, bor oncha chandon.

Tili oning jahannam aqrabidek,
Yuziga boqsangiz yaldo tunidek,

Chu burnidur ato-bobosi go‘ri,
To‘shugidur magar bir eskn mo‘ri.

Aning har bir ko‘zi misli uzangu,
Quloqlari aning eski tebangu.

Bu surat birla qilur ne xayoli,
«Yuzum guldur, bo‘yum toza niholi,

Ki bu olamda bir mendek sanam yo‘q,
Parilar oshiqimdur, hech g‘am yo‘q.

Ko‘rung mendek sanam bormu jahonda,
Meni ko‘rgach bo‘lur shahzoda baada».

Bu tal’at birla keldi shoh qatig‘a,
Kirib devlar parilar suhbatig‘a.

Turub shahzoda ham ta’zim qildi,
Zaruratdin ani takrim qildi.

Olib zangi qizi shahni qoshig‘a,
Yoqindurkim ani suqsa jonig‘a.

Kelib shahzodag‘a chun bo‘yi noxush,
Yiqildi sustayib, ham bo‘ldi behush.

Dedi cho‘rilari: «Ko‘rub seni bil,
Bo‘lub oshiq o‘zidin bordi bilgil».

Boshini oldiyu tiziga qo‘ydi.
Bulut yuzini oy yuziga qo‘ydi.

Qo‘yub fildek labini shah labina,
Olib gul g‘unchasini xartumina.

So‘rar la’li labini misli ajdar,
Quchar shohi parini devi haftasar.

Dimog‘ig‘a to‘lub bo‘yi xarobi,
Chu bo‘ldi mast shoh ichmay sharobi.

Xumor uyqusidin uyg‘otdi shahni,
Qaro bulut olib qo‘yniga mahni...

O‘pub dedikim: «Ey jonim nechuksan,
Ki mendin boshqa jononim nechuksan?

Mening dardim bila holing nechukdur,
Ki mensiz g‘amda ahvoling nechukdur?..»

Dedi shahzoda: «Sensiz men xush erdim,
Nigorim yodi birla sarxush erdim.

Sening didoringa men xira bo‘ldum.
Uzumdin bordimu ham tiyra bo‘ldum,

Qarong‘u yuzung uchun bosti qayg‘u,
Munavvar xotirim bo‘ldi qarong‘u.

Ola ko‘zung g‘ami yerga boquzdi,
Qaro ko‘zum suvun yerga oquzdi.

Qoshingni ko‘rdimu «yo» dek bukuldum,
Ko‘rubon g‘ordek og‘zingni kuldum.

Yilondek zulflaring afsun qilibdur,
Meni munda oyog‘imni ilibdur,

Yuzungni ko‘rubon hayron bo‘lubman.
Keta bilmay chu sargardon bo‘lubman.

Ko‘zungdin yuzu ko‘zni kunlayurman,
Menga ko‘p boqmag‘il, volloh, o‘lurman.

Bu qulning bo‘ynig‘a solma qo‘lungni;
O‘zingga teng etma bu qulungni...»

Eshitti zangi duxtar ushbu so‘zni,
G‘azab birla yuziga tikdi ko‘zni.

Kelib qahri, turub chiqti qatidin,
Vale ko‘ngli xarob ul hasratidin.

Dedikim: «Men sening ishing qiloyin,
Saboh, erta bilan boshing kesoyin».

Vale o‘lturgali hayfi keladur,
Yuzun ko‘rub yana rahmi keladur.

Necha kunlar buyurdi yorg‘uchoqqa,
Hiyal qilsa urarlar shaqqa-shaqqa.

Iliklari qaborib, yorma tortar,
Ko‘zidin bodai gulgunlar oqar.

Buyurdikim bu kez o‘tun tashisun,
Kecha tong otqucha otni qashisun.

Yangi oydek bukulub toshir o‘tun,
Labi la’li qurub, bo‘ldi jigar xun.

Qilur shahzodag‘a mundog‘ jafoni,
Ki ya’ni to‘zmay ul qilg‘ay vafoni,

Kim ushbu mojaro birla necha yil,
Tashidilar o‘tun qulluq qilib bil.


Sayfulmuluk jo‘ralari birlan kengashib, krchib suvg‘a kirgoni

Kengashti bir kuni bu uch giriftor,
Ki munda bo‘lg‘usi yo‘q bizga g‘amxor,

Tirik erkanimizni kishi bilmas,
Kishi bizni tilarga munda kelmas.

Bularning ilgida o‘lmak kerakmas,
Bu mehnat o‘tida kuymak kerakmas.

Erur ushbu zamon fursat g‘animat
Taqi qochmoq uchun budam g‘animat.

Yig‘ib xoshok, solni bog‘ladilar,
Qochar yo‘lni kelibon chog‘ladilar.

Kecha birlan kelibon mindilar sol,
Xudo deb kirdilar daryog‘a filhol.

Tong otquncha uzadilar bu yerdin,
Qutuldilar chu zangi mehnatidin.

Necha kunlar kecha-kunduz yurubon,
Ki jahd aylab bular solin surubon,

Ko‘rundi bir jazira sabz, xurram,
Yetishtilar yurub bechoralar ham.

Ajoyib ul jazira ser ne’mat,
Chekib erdi alar bisyor mehnat.

Shukurlar qildilar, turdilar anda,
Ajoyib nimalar ko‘rdilar anda,

Ki kun tug‘sa kumush, oltun tug‘odur,
Yana kun botsa oltunlar botodur.

Yana bisyor sandal,.ud, anbar,
Taqi turluk yemishlar ko‘p gavhar.

Qabul qildi alar ushbu jazira.
Ki qildilar chu bir yerni hazira.

Yig‘ib turluk yemishlarni batamom.
Qilib qishning yarog‘pni saranjom.

Chu bir qish ushbu yerda umr kechti,
Uchovlon shirayu sharbat ichishti...


Shahzoda maymunlar shahridin qochib, yana bir giriftor bo‘lgoni

Kel, ey rovi, rivoyat qil bu guftor,
Nechuk bo‘ldi malikzoda giriftor.

Turub oh urdiyu shah yo‘lg‘a kirdi.
Kelibon yolg‘iz ul daryog‘a kirdi.

O‘zi bilmas bu sol qayda borodur,
Kirib daryog‘a sargardon o‘lodur...

Chu turdi nogahon bir muhtalif yel.
Chu chayqab har sori solin surub bshk.

Nechuk bo‘lsa yasalg‘on xoru xoshok.
Yeshildi bog‘lari, bo‘shodi xas pok.

Ilik yuvdi malikzoda jonidin.
Yuzin yuvdi ko‘zu yurak qonidin.

Bor erdi suv ichinda ud yog‘och,
Ko‘rub qo‘yulg‘onu oqu yalang‘och.

O‘kurub yel keturdi urdi anga.
Turub jon havlidin shah mindi anga.

Bo‘shodi soliyu bandi buzuldi,
Qamishlari oning bir-bir to‘zuldi,

Yog‘ochqa chiqib o‘lturdi shah onda,
Muningdek mubtalo bormu jahonda?

Gahi ostin boqadur, gohi ustun,
Magar bo‘ldi tutam xas ming oltun.

O‘zini berkitib bo‘ldi giriftor,
Yog‘och boshida qoldi shoh nochor.

Kecha yulduz bari suvda ko‘runur,
Bu ikki ko‘k arosinda ko‘runur.

Tushar ul bir balodin bir balog‘a,
Kim uchrar ko‘p balolar mubtalog‘a.

Tuganmas dunyada oshiq balosi,
Ki bo‘lmasun kishi ishq ibtilosi.

Ichar xunobalar har kunda yuz dam,
Aning to‘qlug‘idur hardamda yuz g‘am.

Jahonda nish ko‘rmay no‘sh bo‘lmas,
Murodin topmayin oshiq quvonmas...

Agar yuz ming balo kelsa ilakdin,
Yuz o‘gurman taqi ushbu tilakdin...


Sayfulmulukni daryo ichidan bir qush olib uchgoni

Malikzoda chu qoldi onda nochor,
Ki bo‘ldi uch kecha kunduz giriftor...

Qilur erdi malikzoda tazarru’,
Inoyat birla bir rahmi tavaqqu’.

Quloqig‘a sadoyi keldi nogoh,
Ko‘zin ochib yuqori boqti ul shoh.

Nazar qildi havog‘a shohi shaydo,
Ko‘rarkim bir ulug‘ qush bo‘ldi paydo.

Yozib changalini qush qasd qildi,
Yog‘ochning boshidin shah payt bo‘ldi.

Ola bilmay qo‘nub o‘lturdi onda,
Erur qasdi aning shohi jahonda.

Dedi shah necha xunoba yutarmen,
Na bo‘lsam bo‘layin qushni tutarmen.

Quyidin havli jon ikki oyog‘in,
Tutub dediki ichtim marg ayog‘in.

Qush urkub qo‘ptiyu oldiyu uchti,
Malikzoda bu manzildin ko‘chti.

Solinib, qush oyog‘ida malikzod,
Yuqori qush, quyi daryoyi bedod.

Yopushub tishiyu tirnog‘i birla,
Osinibdur to‘ni-uprog‘i birla.

Chu bir kun kecha kunduz uchti tohir,
Ki bo‘ldi nogahon bir tog‘ zohir.

Yetishti tog‘ning tubiga ul qush,
Kelibon oshyonig‘a bo‘lub to‘sh.

Malikzoda aning ko‘rdi yarog‘in,
Tushar-tushmas qo‘ya berdi ayog‘in.

Yuqoridan kelib chun yerga tushti,
Kim ul yerga base qattiq yopushti.

Yashindi bir qoya tubinda mahkam,
G‘animni topmadi filhol ul dam.


Shahzoda bir ajdarni o‘lturub, xalos bo‘lgoni

Chu o‘tdi fursate nogah bir ajdar,
Bo‘lub paydo magar olamni tortar...

Bu ajdarga hamisha odat ermish,
Ki bu qushning bolosini yer ermish.

Ko‘rub chu qush yilonni hamla qildi,
Yilonning og‘zidin o‘tlar choqildi.

Bu qushning uyiga qasd etti ajdar,
Ko‘rub shahzoda der ollohu akbar.

Kelib ajdar yopushti qush qiroqdin,
Kela bilmay fig‘on aylar yiroqdin.

Malikzoda ko‘rub bu holni qushg‘a,
Belin bog‘ladi ajda.rg‘a urushg‘a.

Bor erdi bir tabar-tesha belinda,
Keturgan ul zangilarning elinda.

Yurub shahzodakim, urdi beliga,
Ki ahsan o‘qudi Mirrix alig‘a.

Kesildi o‘rtadin ajdar qalamvor,
Ki qushning dushmani bo‘ldi nigunoor.

Chu qush ko‘rdi yigitning zarb dastin,
Tarahhumdin ko‘tardi emdi qvsdin...

Shah ul qushni qotidin ketti botroq.
Taniga tegmddi osib tirnoq.


Shahzoda indin ketib, yo‘lbarsg‘a ichragoni

Shukrlar qilibon shoh toqqa tushti,
Magar ul bog‘ ila bo‘stong‘a tushti...

Ulug‘ tog‘lar bahaybat, bosiyosat.
Bo‘lur tog‘larda yuz ming turli afet.

Tutub yo‘lni tishu-tirnog‘i birla,
Yopushti toqg‘a o‘n barmog‘i birla.

Chiqib bo‘ldi tekanda tog‘ boshita,
Su bo‘lub toshlari ko‘zin yoshig‘a.

Qorovuldek qarar tog‘u tuzini,
Ko‘rar daryo tutubtur yer yuzinya.

Vale bir jonibidur dashtu sahro,
Ki bo‘lmas ondakim bir yor paydo.

Kelur har yondin arslonlar tovushi,
Yilonlar birla qoplonlar xurushi.

Dedikim suv temay cho‘lg‘a kiroyin,
Ne kim oldimg‘a kelganin ko‘royin,

Shavakkul qildiyu indi varog‘a,
Chiqar-chiqmasda uchradi balog‘a.

Ko‘rar olinda bir yo‘lbars nogoh,
Bulutdek gukradi, hozirdi ul shoh,

Bor erdi bir tabar-teshasi bori,
Alinda, zaigilarning yodgori.

Dedi qochqon bila qutulsa bo‘lmas,
Boqib turub xotundek o‘lsa bo‘lmas.

Er o‘g‘ulkim qadam qo‘ysa chu yo‘lg‘a,
Qadam yo‘lda kerakdur, boshi qo‘lda

Yurudi oldig‘a yo‘q biym zarra,
Ochib og‘zini sachrab urdi na’ra.

Tabar-tesha bila urdi engakka,
Kesib og‘zin, o‘tub bo‘yun so‘ngakka,

Yiqildi oldida hayvoni harbiy.
Tegib shahzodaning kim dast zarbi.

Ki Mirrih ofarin qildi ishiga,
Ne tig‘ urmoq ne qon to‘kmak kishiga,

Aning arqosidin bir tasma tildi.
O‘zining beliga bar basta qildi,

Yurudi chust chobuk chiqti tog‘din,
Ko‘tardi mevalarni misli bog‘din.

Yurudi necha kunlar dasht-cho‘lda,
Qush uchmas, qulo tuzlarda, na yo‘lda.

Yurur yumshoq oyoqlari o‘yulub,
Toqi nozik tovonlari so‘yulub.

Yangi oydek bulub ingichka bukulub,
Yurur yig‘lab ko‘zidin dur to‘kulub.

O‘lum holiga yetti shohzoda,
Kecha-kunduz yurur tinmay piyoda.


Shahzoda bir devning chorbog‘ig‘a yetgoni

Kel, ey soqi, keturgil bodai nor,
Rivoyat qildi rovi bir xush axbor.

Dedi rovi eshitgil bu xabarni,
Vale ko‘rsatmasun tengri zararni.

Qilib manzil-marohillar base tay,
Ne yerga tegurur ul sonii hay.

Ko‘rundi oldida bir dasht nogoh,
Yurub jon havlida yetti shahanshoh,

Ki chiqti dashtning ustiga ul dam,
Ko‘rar oldida bir maydon hurram.

Yaqin tushubturur daryo labinda,
Oqar qaynar tengiz aning tubinda.

Tafarruj qilsa jonvor uni kelmas,
Tafahhus qilsa qushlar uni kelmas.

Chu quvvat yo‘q edi bir zarra tanda,
Tinib pushta uza o‘lturdi anda.

Zamoni tindiyu turdiyu keldi,
Daru, devorini ko‘rdiyu bildi.

Dedi munda bashar ermas paridur,
Agar yo‘qtur pari, devning yeridur.

Aning eshikini ko‘rdi kushoda,
Xudo deb kirdi anda shohzoda.

Ko‘rung shahzodani maydong‘a kirdi,
Ki bosh o‘ynag‘ali mardona kirdi.

Ko‘rarkim chorbog‘i xo‘bu ra’no,
Ne turluk meva desang anda paydo.

Ochilib gullaru, nozik chechaklar,
Ki chulg‘onib nihol ila pechaklar,

Yurubon sayr qildi hech joni yo‘q.
Base ra’no chamankim dar jahon yo‘q.

Taqi o‘rtasida bir ko‘shki oliy,
Munaqqash hujralardur bori xoli.

Havas birla yasabtur anda bir ev,
Haram qilg‘an emish oni shahi dev.

Eshigiga solibtur qufli oltun,
Munungdek yerga keldi shoh majnun.

Kalidi yo‘q aning quflini ochqay,
Nedur uyning ichinda oni boqqay.

Sug‘urdi boltasin quflini urdi,
Eshikni ochibon ul uyga kirdi.

Latif uy ko‘rdi, la’lu, javhar anga,
Nekim qiymatbaholiq gavhar anda.

Taqi o‘rtasida bir ko‘shk qo‘rg‘on,
Tubinda bir murassa’ taxt qurg‘on.


Shahzoda devning uyinda bir qiz ko‘rub, so‘zlashgoni va yoridin xabar topgoni

Ne ko‘rdi shoh ul uyda, eshitgil,
Quloq solib, farog‘at qilu ketgil.

Ki taxt uzra yotibdur bir nimarsa,
Chu shah ko‘rgan emas mundog‘ kimarsa.

Olib chodirshabini ochti yuzdin,
Ko‘rar bir nozanini joni shirin.

Yotibdur taxt uza bir mohpora,
Yuzin ko‘rgach yaqosin qildi pora.

Necha tebratti ul uyg‘onmadi hech,
Base turdi boshining ustida kech.

Agar o‘luk desa anda nafas bor,
Vale to‘tisi oldida, qafas bor,

Yilondek pech urub sofi yonida,
Ki jon boru harakat yo‘q tanida.

Boshining ustida bir lavhi oltun,
Base qilg‘on bu taxtag‘a jigar xun.

Dedikim turmog‘im hikmatdin ermas,
Bu taxta qolsa ham davlatdin ermas.

Turub bu taxtani ilkiga oldi,
Taqi bir ggora dur qo‘ynnga soldi.

Olib chiqti eshikka lahza turdi,
Bu qiz unning ichida atsa urdi:

Chu boqsa o‘lturubtur nozanine,
Yonib kirdi, sog‘indi uyqusini..

Yana taxta bo‘lubon bordi o‘zdin,
Ko‘zin yumdi, taqi qoldi so‘zdin.

Tafahhus qilsa bu lavh ichradur band,
Qilibdurlar aiing uyqusishg band;

Agar ul lavhani tashqori qo‘ysa,
Turubon o‘lturub uradur atsa.

Bu kez tashqori otti taxtani shoh,
Qo‘pub o‘lturdi taxt ustnnda ul moh.

Salom etti tavozu’ birla sulton,
Yuziga boqtiyu shoh bo‘ldi hayron

Dedi: «Yorab pari, yo odamidur,
Muningdek yerda! devning hamdamidur?»

Bo‘lub hayron bu qiz ham dedi ul dam,
Kela bilmas parixonaga odam.

Qiz aydi: «Ey yigit so‘zla na jonsan
Base ma’lum erur dilgir jonsan».

Shoh aytur:—«Ins, jinsan yo parisan,
Basharsan, hursan yo shah parisan».

Qiz aytur: «Havl qilma, odamiman,
Zaruratdin bu devga hamdamiman».

Turub yig‘lab ko‘rushti ikkalasi,
Vale qo‘rqar kelur debon egasi.

Dedi shahzoda: «Mendek zor emishsan,
Firoq ilgida ham afgor emishsan.

Nedur holing manga aytg‘il sarosar,
Ki bo‘lg‘aymu manga darding barobar?

Oting nedur qayu yerdin bo‘lursan,
Sabab nedur kelib munda turursan?»

Qiz ayturkim: «Sen avval so‘zla holing,
Eshitaykim na berur mujda foling»

Dedi shahzodakim: «Qissa uzundur,
Ki devning oldida odam zabundur».

Qiz aytur: «Dev yana uch kunda kelur,
Kelib yaxshi-yomon holimni bilur.

Kelur me’yori yetti kunda kelur,
Turur uch kun taki ovora bo‘lur.

Meni ul band etibdur hech bilmon,
Yeturman, eshiturman, so‘zlay olmon,

Bilurman ham aning kelur kunini,
Turarman eshitib aning unini.

Ki o‘n bir yil bo‘lubturman giriftor
Bu hol ila kecha-kunduz bo‘lub zor».


Shahzoda o‘z holini ul qizga aytgoni

Eshitti ersa qizning so‘zini shoh,
Ichi kuyub, yolindek urdi bir oh,

Dedi: «Emdi mening holim eshitgil,
G‘alat ermastur, ey jon chin tutgil,

Otamning oti Osim ibni Safvon,
Erur ul Misr iqlimida sulton.

Mening otim turur Sayfulmuluk bil,
Eshitib holimi yaxshi suluk qil.

Misr iqlimining shahzodasiman,
Qi bir surat ko‘rub dildodasiman,

Yonar o‘tg‘a solibon xonlig‘imni,
Quli bo‘ldim qo‘yub sultonligimni.

Aning oti Badi’dur bint Shahbol,
Yori aning Eram bog‘i budur hol.

Ko‘kaldoshim bor erdi Soid otlig‘,
Oramizda yo‘q erdi hech yotlig‘.

Agar ko‘rmasam erdi bir zamoni,
Kuyar erdim yana ko‘rguncha oni.

O‘n ikki yil turur andin judoman,
Yurub yolg‘uz, g‘aminda mubtaloman,

Qo‘pub to‘fon, chaqilib ra’d ham barq,
Ki yuz ming cherikim anda bo‘lub g‘arq.

Qo‘yub erdi Badiim ko‘ksuma dog‘,
Yana Soid qo‘yub dog‘ ustina dog‘».

Hakim ko‘rganlarin dedi sarosar,
Eshitib yig‘ladi qiz ham barobar.


Ul qizning Badiuljamoldin xabar aytgoni

Badi’ning otinikim qiz eshitti,
Yaqosin chok etib faryod etti.

Dedi qizkim: «Ikovlonmiz emukdosh,
Erurmiz bir kecha tuqqan egizdosh.

Chu o‘n bir yil turur ayrilg‘aliman,
Bu ahvolga giriftor bo‘lg‘aliman,

Aning hajrida kuyar jismu jonim,
Qarong‘udur firoqida jahonim.

Necha yillar aning birla yurushtuk,
Ona sutin aning birla emushtuk,

Ki ul mandin xabar bilmay turur hech,
Meni qo‘ymaslar erdi munda hech kech.

Agar uchrasang erdi anda bizga,
Ki tegurgay edim maqsudingizga.

Netayin, naylayin bechoradurman,
Bu devning ilgida ovoradurman».

Hikoyat qildiyu yig‘lodi bisyor,
Aning birla taqi ul oshiqi zor...

Dedi Sayfulmuluk: «Bir fikr etoli,
Bu devni o‘lturub mundin ketoli».

Malika dedikim: «Ne fikr etarmiz.
Bu zolim ilgidin nechuk ketarmiz,

Ki har fikriki qilsang yordurman.
Sening joning uchun g‘amxordurman...»

Xalos etti shahanshoh xoharini,
Ki devning bandidin go‘yo parini.

Kelibon kirdilar tubsiz tengizga,
Surubon solni kechdin kunduzga...

Necha kunlar yurudilar yemay g‘am,
Ko‘rundi bir jazira sabz xurram.

Dedilar necha kun munda turoli,
Na kelur tengrining sun’in ko‘roli.


Bu jazirag‘a korvonlar tushub o‘lturgonda, borib qo‘shilg‘oni

Kel, ey rovi, ketur o‘ying‘a qarqaf,
Mug‘annilar bila changu udu daf,

Dedi rovi rivoyatdur bu doston,
O‘tub qish vaqtiyu bo‘ldi guliston:

Gulistonda gul ochilib, sochilur,
Bu dostondin ko‘ngul doim ochilur,

Guliston vaqtidur bir necha kunlar,
Bu doston tozadur gar o‘tsa yillar.

Kelib ishrat yana mehnat tugandi,
Ketib mehnat yana davlat ulandi.

Qazodin tengri taqdiri bila rost,
Yetib bir korvoni munda bexost.

Alar ham ko‘rdilar bu manzili xush,
Qilib tushtilar anda mahfili xush.

Eshitib unlarini shohzoda,
Yiroqdin turubon qildi nazora,

Malikzoda yurub ilg‘ori keldi,
Salom aytib, base ta’zim qildi.

Bular aytur: «Qaroqchi bo‘lmag‘ay deb,
Ki bizni chog‘lagoli kelmagay deb»,

Ki ko‘p tahqiq qildilar mudaqqiq,
Bular ham angladi mu’min tahqiq.

Bu ham borib solindi harna borip,
Malika birla kelturdi na borin.

O‘turdilar qo‘shulub, ko‘ngil tinib,
Falakning jabr etardin bo‘yni sinib.

Bu el ko‘nglini ovlab so‘z qotarlar,
Taajjub birla yuziga boqarlar...

Chu so‘rdilar bular holin barobyar,
Bular ham hollarin dedi sarosar,

Eshitib korvonlar ugabu so‘zni,
Qilib taqrir, yod etti bu so‘zni...

Iki-uch kun turub bu korvoni,
Keturdilar yana kishti ravoni.

Olib shahzodalarni darmiyona,
Alar o‘z mulkina bo‘ldi ravona,

Surub mallohlar kunda bu kishti,
Chenagan manziliga ham yetishti,

Quruqluq sarhadiga yetti kema,
Chiqardi xalq raxti kulli nima...

Yarog‘lab korvon ikki ulug‘in,
Suxanparvard xo‘b sohib vuqufin.

Dedilar shahni borib ko‘ringizlar,
Qilib axbor, sevinchi olingizlar…


Bu xabarni malikaning otasi eshitib, o‘tru chiqqoni

Eshitti bu xabar shohi Sarandil,
Qilibon shahrni oaini qandil.

Sevinib o‘tru chiqti kulli o‘rda,
Tirildi deb o‘shul gulbargi murda.

Rabiulmulk keldi peshvozi,
Yetushti deb yana ul sarv nozi.

Bularning holatidin qo‘pti afg‘on,
Sevinib xalq yig‘lar misli naysop.

Asosi saltanat birla keturdi,
Sarandil shahrining jonin keturdi.

Murassa’ qilg‘an oltundin taxtlar,
yozib turluk qumoshu xo‘b raxtlar,

Kelibon shoh Rabiulmulk singli,
Berubon to‘y, xurram bo‘ldi ko‘ngli.

O‘turdilar sevunub gaamsi xovar,
Sevub aytur anosin jon modar…

Qilib shukrona to‘yi shodiyona,
Olib Sayfulmulukni darmiyona.

O‘g‘ul o‘qudi ul shahzodani shoh,
Anga topshurdi mulkini shahanshoh...


Badiuljamol malikani eshitib, ko‘rgani kelgoni

Rivoyat qildi rovi bu guliston,
Dedi bo‘lur muattar emdi bo‘ston,

Emukdoshim kelubdur deb parizod,
Eshitib bu xabarni bo‘ldi dilshod.

Sevar edi ani bas joni birla,
Tufayl etti o‘zin turg‘oni birla.

Aning fikrida edi zor afgor,
Kecha-kunduz g‘ami birla giriftor.

Atosi ham anosi shod bo‘ldi,
Qizi g‘am ilgidin ozod bo‘ldi...


Malika taqrib birla shahzodaning holini aytgoni

Ki bo‘ldi ikki hamshira muoshir,
Malika qo‘ydi o‘z dardini oxir.

Badi’ aytur: «Qil emdi bir hikoyat,
Ki bo‘lg‘ay ul hikoyatda siroyat.

Ko‘ngul ochilg‘udek afsona ayg‘il,
Ki bir afsonai durdona ayg‘il».

Malika topdi taqribiy hikoyat,
Ki bunyod ettiyu qildi rivoyat.

Chigalgan zulfig‘a ul topdi shona,
Tugunin yeshgali bo‘ldi bahona,

Dalil etti shahanshohning so‘zini,
Ki ochti ul hikoyatning yuzini.

Dedi: «Bir nozanin shahzoda ko‘rdum,
G‘aribu bekasu holini so‘rdum.

Niholidur, vale holi parishon,
Erur lab tashna ishq o‘tida biryon,

Jahonda sayr etib chun oftobi,
Kuyub xunoba yig‘lar chun kabobi.

Oti Sayfulmuluk ul shohi olam,
Anga qul bo‘lsa bo‘lur jinu odam».

Qilib shahzodani bisyor ta’rif,
Pariyu hurdin orturdi tavsif.

Dedi oxirki: «Ey yori vafodor,
Sening ishqingda erur ul dilafgor».

Ne ko‘rgonin, ne qilg‘onin sarosar,
O‘n uch yil javr chekkonin barobar.

Aning ahvolini avvaldin oxir,
Badi’ oldida sharh ayladi zohir.


Badiuljamol bu so‘zni eshitib achchig‘langoni

Eshitti shohning dardini bir-bir,
Musharrah qildi baskim yaxshi taqrir.

Ki shahning holini qildi nuhufta,
Chiroyin ochti ammo dil shugufta.

Badi’ ayturki: «Ey joni jahonim,
Nalar dersan manga, ey mehribonim?

Sanga dedim menga afsona ayg‘il;
Qachon dedim manga jonona ayg‘il?

Bo‘lub oshiq pariga odamizod,
Bu ishni qaysi oqil qildi bunyod?

Bir ayding emdi bu so‘zni demagil,
Aning uchun g‘amu g‘ussa yemagil...»


Badiuljamol yashurun borib, shahzodani ko‘rub oshiq bo‘lgoni

Chu ta’rif o‘qi ko‘ksiia tikildi,
Muhabbat tuxmi ko‘ngliga ekildi,

Kim ul eldin uyalib noz qnldi,
Vale ko‘ngul qushi parvoz qildi.

Bu so‘z ustida ko‘p qildi dalolat,
Malika oqibat bo‘ldi xijolat.

Boshin qo‘ydi malika uyqu bosti,
Badi’ ko‘nglini ishq o‘tig‘a osti.

Shahanshoh ishqi oxir zo‘r qildi,
Parining ko‘nglini pursho‘r qildi.

Chu o‘tti tun yarimi uyqusi yo‘q,
G‘ami shahzoda, o‘zga qayg‘usi yo‘q.

Bo‘lub el ko‘zidin maxfiy ravona,
Uyuqlab qoldi onda ul dugona.

Qo‘pub keldi ko‘ray deb toza gulni,
Yuzini ko‘rdi, oldurdi ko‘ngulni.

Yoqib ishq o‘tini mahga shahanshoh,
Egib mehr o‘ti anga urdi bir oh.

O‘zidin bordiyu behush bo‘ldi,
Ki ichmay boda ul xomush bo‘ldi...


Shahzoda tashqari chiqib, Badiuljamolni topgoni

Shahanshoh majlisi ham mast bo‘ldi.
Surudu sozlar ham past bo‘ldi.

Bori uyqu yeriga qo‘ydilar bosh
Vale shahzoda ko‘zidin to‘kar yosh.

Yeta bilmay turub tashqori chiqti,
Yurub uy tegrasidin kezdi boqti.

Ko‘rar bir nozaninni mast behush,
Yotur nozik badan, simin banogo‘sh..

Kelib ko‘rgach tanidi yori sodiq,
Ko‘tardi boshiii ul shohi oshiq.

Boshin tiziga oldi, urdi bir oh,
Ki uygonmadi uyqusidin ul moh.

Aning ohi dami ko‘ziga tegdi,
Ko‘zining yoshi ham yuziga tegdi.

Ki nogoh seskanib keldi o‘ziga,
Chu noz ila ilik tutti yuziga.

Dedi kimeen, bu ne gustoxliqdur,
Pari shohiga ne gustoxlyaqdur.

Agar ko‘rsa seni bi.r jin bayakbor,
Qilur ushbu zamon mayub., afgor.

Ki bo‘ldi, shoh chun jononasidur,,
Magarkim sham’ o‘ti parvonasidur».

Chu yig‘lab dedikim: «Shohoki zinhor,
Chu sen gamxorasen o‘zga na g‘am bor.

Murodim, maqsadim, ko‘rar ko‘zumsan,
O‘n uch yildin beri so‘zlar so‘zumsan.

O‘n uch yildur sening hajriigda afgor.
G‘aming birla g‘ariblikda giriftor.

Yuzumga boq mapnng ikki ko‘zumsan.
Shakar og‘zingni och, shirin so‘zumsan.

Eshitkan bo‘lgasen bu dardimizni,
Rahm qil, ko‘r bu ro‘yi zardimizni».

Suzulub boqtiyu qildi tabassum,
Qilibon g‘unchadek bir-bir takallum.

Dedikim: «Odam o‘g‘li bevafodur,
Haqiqat bo‘lmas anda purjafodur,

Pariga odam o‘g‘li bo‘lsa oshiq,
Ki tuproq o‘t bila bo‘lurmu loyiq?»

Malikzoda dedi: «O‘rtansa tuproq,
Qilur o‘tqa tahammul bo‘lsa tuproq».

Chu ko‘rdi shohning ishqi haqiqat,
Qilibon shart bog‘ladi muhabbat.

Muhabbat birla ichti sharbati ahd.
Biri-biriga so‘ndilar shakar-shahd.

Iliklarin solib bo‘yunlariga,
Falak etib hasad o‘yunlariga.

So‘rub dardiga darmon lablaridin,
Shifo topti, qo‘ngul og‘riqlaridin.

Nechukdin g‘ofil erdi ushbu gardun,
Murodig‘a yetishti ul jigar xun.

Agar ma’shuqdin bo‘lmas ishorat,
Ki oshiqqa yana bo‘lmas bashorat.

Agar ma’shuq mayli yo‘q, bilingiz,
Yeta bilmas anga ushshoq hargiz...


Shahbol qizig‘a to‘y yarog‘in qilg‘oni

Ayo rovi, keturgil yaxshi doston,
Bu daftar oxirini qil guliston.

Dedi rovi: qish o‘tubon kelib yoz,
Ko‘ngulda g‘am xumori may ichib yoz,

Ko‘nguldin ko‘tarib Shahbol g‘amini,
Yasab, tuzab gulistoni Eramni.

Qilib angiz emdi to‘y yarog‘in,
Yasab erdi saroyu ko‘shk, bog‘in.

Kelib Badi’jamolu ham malika,
Eram bog‘ig‘a ul ikki jonika.

Ki Soid ham kelibon shoh qoshig‘a,
Bo‘lubon munis ul yolg‘uz boshig‘a.

Chu Shahbolbonu o‘g‘lum dedi shahni,
Dedi men to‘y etarman mehru mahni.

Yarog‘in qildi guftu go‘y birla,
Keturdi to‘y hoyu hoy birla.

Tikibon borgohi xisravona,
Quloq eshitmagan bir shomiyona.

Utog‘, uy qilibon ul borgahni,
Murassa’ taxtga o‘lturg‘uzdi shahni...

Keturdilar sharobu boda rangin,
Gazak nuqli kabobu shahd shirin.

Yig‘ildilar parizodu gulandom,
Tutub soqi navo sozi dilorom,

Ki bor xushbo‘y anbar benihoyat,
Eram bog‘i bo‘lub hushbo‘ bag‘oyat.

Parilar nag‘malarni soz qildi,
Ko‘ngul bulbullari parvoz qildi.

Chalib sozandalar noz ila sozin,
Qilib nag‘maga soz ovozlarin.

Parilarning o‘yuni bu mazoqi,
Bo‘lub miskin basharlarning tuzoqi.

Bularning charxidin bu charxi gardon,
Kecha-kunduz qilur shavqila javlon.

Falak urdi bu to‘yda zavq charxi,
O‘yunchi charxlarning sindi charxi.

Yoqar har kecha to‘lun oy mash’al,
Tong otquncha yonar bu uyda mash’al,

Tikib oltun alam sultoni dovar.
Urar gulbong o‘shul xurshedi xovar.

Atorid naqsh bog‘lar soz ichinda,
Qilur naqqoshlik ovoz ichinda.

Bo‘lubon Mushtari Zuhrag‘a damsoz,
Karashma birla dast aidozu iurnoz.

Zuhal bog‘lab belin xizmatqa quldek,
Supurub eshikin har kunda guddek.

Musallah oldida Mirrixi xunrez,
Ki to‘kkay dushmanining qonini tez.

Maishat birla mashg‘ul jinn ham boz,
Tafarruj birla Zuqra najm hamsoz.

Yeb-ichib necha kunlar shakkaru shahd,
Kishi aqli nikohi mehr ila ahd.

Ki oxir bo‘ldi to‘yu elga ruxsat,
Bo‘lub vaqti qo‘shulsa fathu nusrat.

Saodat birla davlat yor bo‘ldi,
G‘arib shahzoda barxo‘rdor bo‘ldi.

Tushubon shamsi xovar manziliga,
Ijozat bo‘ldi kulli mahfiliga.

Chu xilvat bo‘ldi shahzoda bir uyda,
Yig‘ildi xos mahramlar bir uyda.

Enaga birla uy qizlarina boq,
Parilar yuzlari gul, tuslari oq.

Ishilib keldilar gul bargin olib,
Shahanshohg‘a sarvi siminni olib.

Enaga kelturub topshurdi jonin,
Qabul etti chu shoh ruhi ravonin.

Murodig‘a yetishib ko‘ngli tindi,
Falak ko‘rub uyottin bo‘yni sindi.

Na xushdur emgak ichra topsa rohat,
Chu marhamdur, tutashsa gar jarohat,

Hasad birla zamona qoldi hayron,
Hasadxo‘rning yuroki bo‘ldi larzon,

Na xush kundurki g‘amgip shod bo‘ldi,
Buzuq ko‘ngul yana obod bo‘ldi...

* * *

Na hush kundur o‘shal kun g‘am tugona,
Jafokashlar vafo ko‘rub quvona,

Buyursun, ko‘zi, ko‘ksi dilbarining,
Bori ko‘rsun vafosin dilbarining.

Nechukkim shoh ko‘rdi yor vafosin,
Vale chekti ajoyib ko‘p jafosin.

Jafo chekmay kishiga rohat o‘lmas,
Agar kuymas o‘tung‘a jo‘sh bo‘lmas.

Chu dehqon chekmasa javru jafosin,
Yemishlarning kishi ko‘rmas vafosin.

Jahonda javrlar oshiq uchundur,
Vale, bilgil, alar loyiq uchundur.

Saodatdur muvofiq yori sodiq,
Munosib bo‘lsa hushdur ikki oshiq.

BAYTLAR

Musohiblar kurubon yod qilg‘ay, 
Buzuq yerlarni obod qilg‘ay.

* * *

Muhabbat bahri oshiqlar yeridur.
Anga kirgan taqi erning eridur.
Muhabbat sharbatin ichgan unutmas,
Anga har kim nasihat qilsa tutmas.
Kerak oshiq chiroyi za’farondek,
Nigori fikrida barga xazondek.
Erur chun ishq daryosi muazzam,
Kira olmas anga har qaysi odam.

* * *

Agar ma’shuqa mayli yo‘q, bilingiz 
Yeta bilmas anga ushshoq hargiz.

* * *

Jahonda javrlar oshiq uchundir, 
Vale, bilgil, alar loyiq uchundir.

* * *

Chu hikmat birla yorim yor bo‘ldi, 
Xayol etganlarim gulzor bo‘ldi.

* * *

Jafo chekmay kishiga rohat o‘lmas, 
Agar ko‘ymas o‘tunga, jo‘sh bo‘lmas.

* * *

Chu dehqon chekmasa javru jafosin, 
Yemishlarning kishi ko‘rmas vafosin.

* * *

Na xushdur emgak ichra topsa rohat, 
Chu marhamdur, tutashsa gar jarohat.

* * *

Kelib ishrat, yana mehnat tugandi, 
Ketib mehnat, yana davlat ulandi.

* * *

Jahonda nish ko‘rmay, no‘sh bo‘lmas, 
Murodin topmayin oshiq quvonmas.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.