background
logotype

Mavlono Imod Mavlaviy (XIV asr)

* * *

Dilbarim nechaga tegru, men qulin qinda tutar,
Men qilichmuman, ajabkim, meni ul qinda tutar.

Bu qilichtek meni qinda tutmasin, qilsin nazar,
Kim qilich ko‘p tursa qinda, yuzin pas qinda tutar.

Men tururmen bu qin ichra mubtalo ojiz bo‘lub,
Ul ulashu tunu kun kendini zavqinda tutar.

Yolg‘uz ermasman bu shohim dardi ichra beqaror,
Kim jahon xalqin tamomat ishqi shavqinda tutar.

Qarshi boqsa olam uzra, jumla aqlindin ketar,
Joduning aslin magar dilbar qaroqinda tutar.

Kuntek ul ko‘rkli visolin tekmalarga ko‘rguzur,
Qul Imodiy kuymasinmukim, firoqinda tutar.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.