background
logotype

Mushtariy (1810/11-?)

Mushtariy (taxallusi; ismi Saodat) (1810/11, Qo‘qon — ?) — shoira. Xudoyorxon saroyida kotibalik, munshiylik qilgan.

She’rlarida kishilarni yaxshilik, kamtarlik, poklik va adolatga chaqirgan. Ijodida dostonchilik va qissanavislik yetakchi o‘rinda turadi. Shoira xalq og‘zaki dostonlarining yozma she’riy namunasini yaratgan. «Malikai Dilorom» dostoni og‘zaki adabiyotdagi «Orzigul» dostoniga mazmunan yaqin.

Mushtariyning «Malikai Dilorom» dostoni va xalq qo‘shiqlari usulida yozilgan g‘azallari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida (inv. № 9922) saqlanadi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.