background
logotype

Mushtoq (XIX asr)

XIX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan. Shahrisabzda tug‘ilib, Qo‘qonda yashagan. To‘raqo‘rg‘onda qozilik qilgan.

* * *

Namoyad zi guftori xush sohari
Janob ast Mushtoq dar shoiriy (Fazliy)

Rindlar bazmida soqiy jomi miynodin gapur,
Bandai gulrangi jonbaxshu musaffodin gapur.

Bu harobat ichra lutfungga erurman intizor
Ramzi lali la nigohi boda paymodin gapur.

May fununi diqqatin ko‘nglimga ma’vo aylagil
Aqlning allomasiga bul muammodin gapur.

Ey mug‘anniy, bir navo tuz nazmdin keltur bayot
Hasrati ushshoq aylab ko‘ngli xorodin gapur.

Sayhau tarji ila segoh qonunin tuzat
Nolaga setor tasnif et surayyodin gapur.

Voizo, qo‘y jannatu do‘zoh, rijou xavfni
Jon ramaqg‘a (etti) ul la’li masihodin gapur.

Kuydiyu kul bo‘ldi g‘urbat gulxanida qosido
Chin so‘zum hoqonakim, Mushtoqi rasvodin gapur.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.