background
logotype

Abdurahmon Akbar (1962-2015)

http://ziyouz.com/rasmlar/poets/abdurahmon_akbar.jpgAbdurahmon Akbar Toshkent yaqinidagi Niyozbosh qishlog’ida 1962-yilning 22-aprelida tavallud topgan.
1986-yildan yangi tashkil etilgan „Yulduzcha“ (bugungi Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi)da ish boshladi va hozirgacha shu dargohda muharrir vazifasida ishlab kelyapti. 
Chop etilgan kitoblari: „Kichkintoy va paxtaoy“ (M. Qodirov bilan birgalikda, 1987), „So‘zlovchi yomg‘ir“ (I. Donish, D. Shokirovlar bilan birgalikda, 1990), „Ehtiyotkor toshbaqa“ (1991), „Yozning tug‘ilgan kuni“ (1992), „Kuylayotgan bog‘“ (1994), „O‘yinqaroq bulutcha“ (1996), „O‘rdakcham“, „Jonli savatcha“ (2005), „Uyquchining tushlari“ (2006).


SO‘ROV

Yaproqlarning boshin silading,
Daraxtlarga o‘rgatding o‘yin.
Bulutlami „yum-yum“ yig‘latding,
Buzib qo‘yib nogahon „to‘yin“,
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat.
Goh uvlaysan, goh chiyillaysan,
Seni kimdir quvlarmi bu payt?
Kayfiyating bilmay hayronman,
Xursandmisan, xafamisan, ayt,
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat.
Yelayapsan, jivirlar buloq,
Kelayapsan, shivirlar yaproq,
Nima bo‘lar o‘zing ko‘rsatsang,
Nahot yuzing shuncha badqovoq?
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat.
Bir qarasam, yo‘qqa o‘xshaysan,
Bir qarasam, o‘xshaysan borga.
Tanib qo‘yay seni ham axir,
Bir bor xo‘p de, men qilgan zorga,
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat!


KITOBNI KO‘P O‘QIYDIGAN UKAM

Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam
Nimagadir juda ham kamgap.
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam
She’rlar yozar onamga atab.
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam
O‘yga tolar ba’zida uzun
Va shivirlar: — Hali kelmabdi
Suvlar suvga o‘xshaydigan kun.
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam
Bir kun menga shundayin dedi:
—Oq mo‘ynali qalpog‘ingiz ham
Quyon edi, joni bor edi.
— Bunaqangi jumboq gaplarni
Qaydan o‘ylab topasan? — desam,
Bosh chayqar-da, „uf“ tortib qo‘yar,
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam.


YOMG‘IR

Tunlari kuladigan
Gullar ekan yulduzlar.
Ko‘zga ko‘rinmas ekan
Shu boisdan kunduzlar.
Oftob bilan Oymoma
Ota-yu ona ekan.
Bolalarin boshida
Doim parvona ekan.
Bolalari kim dersiz
Kun va Oyni sizlar ham.
Menga ishonavering,
Ular Bulutlar desam.
Bulutlar ham bizlardek
O‘ynar, uxlar, tush ko‘rar.
Dengiz-u ummonlarda
Cho‘milmoqni xush ko‘rar.
Bas, suvdan chiqing, deya
Koyimasa ham hech kim,
Yuvar yuz-qo‘llarini
Ular goh chala-yarim.
Bundan ranjib Oftobjon
Egniga peshband tutar.
Farzandlarin bir joyga
To‘planishlarin kutar.
Bulutvoylar g‘o‘ldirab,
Yo‘talishsa ham „quv-quv“,
Ularning ust-boshidan
Quyosh quyar tinmay suv.
Ko‘ngli to‘lsa-ku xo‘p-xo‘p,
Yo‘qsa: quyar tunda Oy.
Natijada tevarak
Bo‘lib ketar ho‘l va loy...
Uydan chiqmay shu kezlar
Derazadan bo‘ylaymiz.
Eng qizig‘i, bu suvni
Biz yomg‘ir deb o‘ylaymiz.


SHOIR DADAM HAQIDA SHE’RIY HIKOYALAR

1. DADAMNING QALBI


Armon uyasimish dadamning qalbi. Dadamning qalbida
kularmish sevinch. Dadamning qalbida ummon bor emish.
Bor emish dadamning qalbida ilinj. Yozgan uch-to‘rt she’ri
dadam qalbining topgan quvonchi-yu, ozori emish.
Dadamning yuragi dunyo ko‘rmagan sonsiz fikrlarning
mozori emish...

2. DADAMNING FIKRI

Bazmga borsa bas, dadam har safar, uyga qaytar minib
jahl otiga: — Onasi, ko‘nglingga olma-yu ba’zan, hech
qoyil qolmayman ayol zotiga. To‘yni xo‘p qizdirdi bugun
ham biri, ajratolmay qoldim men mastmi, u mast. Qiliqlari
degin biram beo‘xshov, o‘ynab o‘ynamaydi, sakrab
sakramas. Yoshi ham o‘n beshda bo‘lsa keragov. Qayerdan
bildingiz deysanmi buni? Uchrashuv o‘tkazgan qay bir
maktabda ko‘rgandek boiuvdim qaysi bir kuni. Bunaqa
xonaki „san’atkor“larda imon doim qahat, andisha qahat.
Ularning ko‘ziga boqib o‘qiyman azaldan birgina „pul“
so‘zin faqat. Yozib bolarkanmi ko‘zlarga yozuv? Dadam
zo‘r lofchi-da, degan bir o‘yda, „Lazgi“ga eshilib raqs
tushayotgan ikki o‘yinchini kuzatdim to‘yda. O‘yinin
kuzatdim orqa, oldidan, uzoqdan, yaqindan, xullasi, rosa.
Ko‘zlariga tikib sinchkov ko‘zlarim, nihoyat, chiqardim
shunday xulosa. „Pul“ dcgan yozuvni o‘qimasam-da, biroz
to‘g‘ri chiqdi dadamning so‘zi. Odamga g‘alati qararkan ular,
boshqacha kularkan ularning ko‘zi...

3. ARI

Devor buzdik dadam ikkimiz. Necha fasl yog‘ib yomg‘ir,
qor, necha daf a qolib qarovsiz, nurab, cho‘kib qolgandi devor.
O‘sha, devor buzgan kunimiz havo salqin, g‘oyat tund edi,
Ustki paxsa qulagach, dadam:— O‘g‘lim, qara, arilar, —
dedi. So‘nayotgan gulxan cho‘g‘larin sochgandayin shamol
har tomon, ini shikast topgan arilar uchishardi vizillab nolon.
— Ehtiyot boi! — dedi-yu dadam, uyga chopdi to‘xtatib
ishin. Ammo sanchib ulgurgan edi tirsagimga bir ari nishin.
Ko‘kda qovoq uygan bulutlar shu payt sovuq tomchi
tashlashdi. Nazarimda uysiz arilar xuddi mendek „yigiay
boshlashdi“. Goh devomi, goh inlarini timirskilab (ehtimol
quchib), alamzada arilar oxir qaylaigadir ketdilar uchib...
Oson kechdi keyin ishimiz. Og‘riqni ham unutdim tamom.
Jazosini olgan aridek, „taslim“ bo‘ldi devor batamom. Ish
tugarkan kamzulin yechib, taskin bergan bo‘ldilar dadam:
— Talanganman sendekligimda bundan katta arilarga ham.
Dadam yana allanelar deb, surar ekan inni nariga, meni
jonim og‘riy boshladi qoiim chaqib oigan ariga...

4. SUPACHA

Azim tuti bo‘lgan bu uyning ko‘chaga qaragan betida,
odamlar-la doim serqatnov yoiakchaning shundoq chetida,
bo‘lar ekan mo‘jaz supacha. Unga sholcha, ko‘rpacha solib,
ammajonim oiirarkanlar salomlarga aliklar olib. Cho‘kka-
larkan dadam ham ba’zan, (ko‘proq ishdan uyga qaytgan
dam) —/Bollaringning og‘zi tegsin, — deb, tut tutarkan
so‘rashib ammam. Hayot hayot ekan-da qarang, ammamiz
ham fursati yetib, oiibdilar yorug‘ dunyodan urugiarin
dilin yosh etib. Uchida ham, yettisida ham, qirqida ham,
hatto yilida, supachaga o‘tirib dadam duolar o‘qibdi dilida.
Qaysi bir kun razm solsalar devor yoni emish tep-tekis.
Odamlar ham sezmasmish ajab — supachadan qolmagan-
mish iz. Bir necha kun faromush bo‘lib, joy topolmay
qo‘yarga o‘zin, tillaridan qo‘ymadi dadam „fosiq“ so‘zin, „supacha“ so‘zin.
Fosiqlik ham asli g‘am ekan. Tashrifi tez ekan bu
g‘amning. O‘z bolasi buzib tashlabdi supachasin Oygul
ammamning.

5. DADAMNING HAZILI

Mehmon kelib qolishin ta’kidlab dadam, jo‘nab ketdi
ishiga shoshib subhidam. Birozdan so‘ng onam ham
tushdilar yo‘lga: — U-bu narsa olarman, ilinsa qo‘lga. Bamo
dedi peshbandin egniga tutib: — Bu ahvolda mehmonni
boimaydi kutib. Hovliga bir qaranglar, uyga bir qarang.
Alg‘ov-dalg‘ov hammayoq, hammayoq kir, chang.
Yulduzxon, sen ayvonni polin artib chiq. Obdastaga
suv toidir, hozirla sochiq. O‘tinlardan qalab qo‘y, tandirga,
Omon. Xamir oshsa, yopamiz hademayin non. Qo‘ylaring-
ga, Bahodir, qarab tur, qarab. Uyaltirib qo‘ymasin basma-
bas ma’rab...
Xullas, uyga qaytguncha onam va dadam, yumushlami
bitkazib, bo‘ldik xotirjam. Bu orada o‘n quloch yerni ham
chopdik. Oshxonani oqlashga fursat, vaqt topdik. Katta uyga
yozdik so‘ng katta dasturxon. Biroq kelavermadi biz kutgan
mehmon. Hayron edikbu holga, topolmasdik so‘z. Quvontira
olmasdi dasturxon ham ko‘z. Uyga boshlab kiraman
mehmonni shodon, deya chiqdi ko‘chaga ikki bor Omon.
Qah-qah otib, kulvorib dadamlar nogoh, hamma „sir“dan
bizlarni etdilar ogoh:
— Bilgim keldi judayam qodirsiz nega. Qolmas ekan
sevindim, uyim beega. Yolg‘onimni sirayam olmanglar
ogir. Rahmat, Yulduz — oy qizim, rahmat, Bahodir. Qani,
oshga qaranglar, oiirmanglar jim. Bugun „mehmon“
o‘zimman, BOLAJONLARIM.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.