background
logotype

Abdurahmon Muhammadjonov (1957)

Abdurahmon Muhammadjonov 1957 yilda tug‘ilgan. Toshkent qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. “Soykeldi” she’riy kitobi chop etilgan.

SOYKELDI – OTA MAKONIM

Qoshingda viqor-la qir-adirlaring,
Husningga boqqanda dillar jo‘shardi.
Har bahor cho‘g‘lanib qizg‘aldoqlaring
Chiroyingga cheksiz chiroy qo‘shardi.

Azim chinorlaring boshingda turib,
Allalar aytardi bezovta bo‘lsang.
Mehribon onadek qulochin yoyib,
Soyabon bo‘lardi quyoshda kuysang.

Misli yo‘q mehringning sharbati bo‘lib,
Ko‘ksingda oqardi Soykeldi soying.
Yaratgan ne’mati – zilol suvlaring
Suluv kelinchakdek ochar chiroying.

Qalbingning to‘rida sada qayrag‘och
Qad rostlab turardi, cheksiz mehringday.
Yozning chillasida yoyib keng quloch,
Avaylab-asrardi, barchani birday.

Yo‘lning chetlarida bo‘ychan teraklar
Dil rozlarin aytib sog‘inchin yutar.
Husni-jamolingga shaydo oshiqlar
Ofatu baloga ko‘ksini tutar.

Mevali bog‘laring ta’rifi yo‘qday,
Bir tomchi sharbati jonlarga malham.
Avaylab saqlanar duru gavharday
Ko‘klamoyning umri ado bo‘lsa ham...

...Soykeldi – katta soy eding bir paytlar,
Suvingda cho‘milgan beg‘ubor edi.
Asaldan ham totli suving ichganlar,
Tanida quvvati ustuvor edi...

...Soykeldi, yanada tiklanar shoning,
Ko‘rkingga qadrning nigohi balqar.
Dono o‘g‘il-qizlar seni imkoning,
Yurt aro Soykeldi nomingni alqar.

DASTA GULLAR

Qarshimda bir dasta anvoyi gullar
Uyimning ko‘rkiga beradi chiroy.
Gulzor oralab terilgan gullar
Ruhimga quvvatdir – misli to‘lin oy.

Ko‘zlarim chaqnaydi har qaraganda,
O‘yu xayollarga beradi imkon.
Yolg‘izlik damlari qiynoq berganda,
Ko‘ngil qo‘rg‘onida qolar yonma-yon.

Dasta gullar go‘yo sinfdoshlarim,
Turli chamanlardan tanlab olingan.
Eh, qanday beg‘ubor u tengdoshlarim,
Dur-gavhar mulkidan izlab topilgan.

Ko‘zlarda hayratu ko‘p quvonch ila
Maktab ostonasiga qadam qo‘ydik biz.
Shodlanib, qiziqib, niyatlar tilab,
Qarab to‘ymas edi nigohlarimiz.

Shundayin uchrashib, topishgan edik,
Sinfdosh do‘stligi yaralgan bog‘da,
Yordamga chorlasak, xo‘pam shoshardik,
Qanchalar mehribon edik u chog‘da.

O‘tmoqda bir-birin ortidan yillar,
Kechagi bolalik lahzasi botdi.
Aslo, qaytish bo‘lmay qoldi armonlar,
Gullar orasidan bir gul yo‘qotdik...

...Qarshimda bir dasta anvoyi gullar,
Horigan ruhimga madadin ochar.
Goho zim ko‘ngilning qasriga ular
Turfa hid taratib, yog‘dular sochar...
 
SHOX VA YAPROQ

Ko‘k libosga burkanib,
Yalt-yult aylab, tovlanib,
Mayin esgan yellarda
Quvnab, sho‘x-sho‘x tebranib,

Goho shildirab, kulib,
O‘z husniga mahliyo,
Yaproq shoxga termulib
Ko‘z suzadi beparvo.

Lab buradi: “Shunchalar,
Xunuk bo‘lish mumkinmi?
G‘adir-budir ruxsoring
Keltiradi kulgimni.

Yaqin turma, nari bor,
Qo‘yma ko‘pam uyatga.
Qo‘yvor meni, yetayin
Parvoz degan niyatga”.

Shox ham ma’yus tebranar:
“Rostdir, – deydi, – so‘zlaring,
Sen go‘zalsan chindan ham,
Biroq ochgin ko‘zlaring.

Seni qo‘yib yuborsam,
Ucholmasdan qularsan,
So‘ng tuproqqa qorishib
Nestu nobud bo‘larsan.

Mendan ayro qolmagin,
Go‘zal damlar oldinda.
Shirin-shakar mevalar
Bo‘yga yetar oldingda.

Sen ularning rohatin
Nahot, ko‘rging kelmaydi?
Yerga tushganing bilan
Tole senga kulmaydi...”

...Oqibatin o‘ylamay
Banddan uzildi yaproq.
Biroz o‘ynab havoda,
So‘ng manzil bo‘ldi tuproq...

* * *

Billur tomchi bo‘lib keldimu
Billur tomchi bo‘lib ketaman.
Buning hech bir bormi imkoni –
“Yo‘q” deyishdan qo‘rqib o‘taman!

* * *

Oqar suvga aytgum o‘y-xayollarim,
faqat suvlar tinglar
unsiz – sukutda.

Abdurahmon Muhammadjonov 1957 yilda tug‘ilgan. Toshkent qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. “Soykeldi” she’riy kitobi chop etilgan.

SOYKYeLDI – OTA MAKONIM

Qoshingda viqor-la qir-adirlaring,
Husningga boqqanda dillar jo‘shardi.
Har bahor cho‘g‘lanib qizg‘aldoqlaring
Chiroyingga cheksiz chiroy qo‘shardi.

Azim chinorlaring boshingda turib,
Allalar aytardi bezovta bo‘lsang.
Mehribon onadek qulochin yoyib,
Soyabon bo‘lardi quyoshda kuysang.

Misli yo‘q mehringning sharbati bo‘lib,
Ko‘ksingda oqardi Soykeldi soying.
Yaratgan ne’mati – zilol suvlaring
Suluv kelinchakdek ochar chiroying.

Qalbingning to‘rida sada qayrag‘och
Qad rostlab turardi, cheksiz mehringday.
Yozning chillasida yoyib keng quloch,
Avaylab-asrardi, barchani birday.

Yo‘lning chetlarida bo‘ychan teraklar
Dil rozlarin aytib sog‘inchin yutar.
Husni-jamolingga shaydo oshiqlar
Ofatu baloga ko‘ksini tutar.

Mevali bog‘laring ta’rifi yo‘qday,
Bir tomchi sharbati jonlarga malham.
Avaylab saqlanar duru gavharday
Ko‘klamoyning umri ado bo‘lsa ham...

...Soykeldi – katta soy eding bir paytlar,
Suvingda cho‘milgan beg‘ubor edi.
Asaldan ham totli suving ichganlar,
Tanida quvvati ustuvor edi...

...Soykeldi, yanada tiklanar shoning,
Ko‘rkingga qadrning nigohi balqar.
Dono o‘g‘il-qizlar seni imkoning,
Yurt aro Soykeldi nomingni alqar.

DASTA GULLAR

Qarshimda bir dasta anvoyi gullar
Uyimning ko‘rkiga beradi chiroy.
Gulzor oralab terilgan gullar
Ruhimga quvvatdir – misli to‘lin oy.

Ko‘zlarim chaqnaydi har qaraganda,
O‘yu xayollarga beradi imkon.
Yolg‘izlik damlari qiynoq berganda,
Ko‘ngil qo‘rg‘onida qolar yonma-yon.

Dasta gullar go‘yo sinfdoshlarim,
Turli chamanlardan tanlab olingan.
Eh, qanday beg‘ubor u tengdoshlarim,
Dur-gavhar mulkidan izlab topilgan.

Ko‘zlarda hayratu ko‘p quvonch ila
Maktab ostonasiga qadam qo‘ydik biz.
Shodlanib, qiziqib, niyatlar tilab,
Qarab to‘ymas edi nigohlarimiz.

Shundayin uchrashib, topishgan edik,
Sinfdosh do‘stligi yaralgan bog‘da,
Yordamga chorlasak, xo‘pam shoshardik,
Qanchalar mehribon edik u chog‘da.

O‘tmoqda bir-birin ortidan yillar,
Kechagi bolalik lahzasi botdi.
Aslo, qaytish bo‘lmay qoldi armonlar,
Gullar orasidan bir gul yo‘qotdik...

...Qarshimda bir dasta anvoyi gullar,
Horigan ruhimga madadin ochar.
Goho zim ko‘ngilning qasriga ular
Turfa hid taratib, yog‘dular sochar...
 
ShOX VA YaPROQ

Ko‘k libosga burkanib,
Yalt-yult aylab, tovlanib,
Mayin esgan yellarda
Quvnab, sho‘x-sho‘x tebranib,

Goho shildirab, kulib,
O‘z husniga mahliyo,
Yaproq shoxga termulib
Ko‘z suzadi beparvo.

Lab buradi: “Shunchalar,
Xunuk bo‘lish mumkinmi?
G‘adir-budir ruxsoring
Keltiradi kulgimni.

Yaqin turma, nari bor,
Qo‘yma ko‘pam uyatga.
Qo‘yvor meni, yetayin
Parvoz degan niyatga”.

Shox ham ma’yus tebranar:
“Rostdir, – deydi, – so‘zlaring,
Sen go‘zalsan chindan ham,
Biroq ochgin ko‘zlaring.

Seni qo‘yib yuborsam,
Ucholmasdan qularsan,
So‘ng tuproqqa qorishib
Nestu nobud bo‘larsan.

Mendan ayro qolmagin,
Go‘zal damlar oldinda.
Shirin-shakar mevalar
Bo‘yga yetar oldingda.

Sen ularning rohatin
Nahot, ko‘rging kelmaydi?
Yerga tushganing bilan
Tole senga kulmaydi...”

...Oqibatin o‘ylamay
Banddan uzildi yaproq.
Biroz o‘ynab havoda,
So‘ng manzil bo‘ldi tuproq...

* * *

Billur tomchi bo‘lib keldimu
Billur tomchi bo‘lib ketaman.
Buning hech bir bormi imkoni –
“Yo‘q” deyishdan qo‘rqib o‘taman!

* * *

Oqar suvga aytgum o‘y-xayollarim,
faqat suvlar tinglar
unsiz – sukutda.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.