background
logotype

Asqad Muxtor (1920-1997)

 Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O’rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1942). Dastlabki dostoni — «Bizning avlodlar» (1939). «99 miniatyura» (1962), «She’rlar» (1966), «Sirli nido» (1984) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. «Bo‘ronlarda bordek halovat» (1976) qissasi hamda «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1969), «Amudaryo» (1986) kabi romanlari bor. «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Chin yurakdan» (1956), «Dunyo bolalari» (1962), «Ildizlar», «Jar yoqasidagi chaqmoq» (1984), «Kumush tola» (1988) singari asarlari bolalarga bag‘ishlangan. «Tong bilan uchrashuv» (1987) pesalar to‘plami nashr etilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995). 1997 yil 17 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.



* * *

Ikki narsa og‘ir ko‘ngaimga asli, 
Ikki narsa uchun yo‘q menda bardosh: 
Biri - dushmanimning shodon qahqahasi, 
Biri - do‘st ko‘zida miltillagan yosh.

* * *

Daraxtlarni burkab 
Oq tuman suzar.
Eshitilmas qushlar navosi.
Nega muncha g‘amgin...
Nega dilni ezar
Erta bahor kuni bu kuz havosi?
Men nega yuribman
Bog‘ni aylanib,
Uyda axir ishim oz emas:
Stolda yotibdi chala satrlar...
Men nega yuribman,
Ko‘nglim yozilmas?..

Bir qiz,
bir yigitni ko‘rdim shu damda. 
Ular shoshib kelib,
tez qo‘l olishdi. 
Shumshaygan daraxtlar tagida, namda 
Uzoq,
uzoq turib qolishdi... 
Baxtliman.
O, mening toleim ko‘rkam. 
Ko‘nglim quvonchlarga to‘ldi limmo-lim, 
Chunki, qaerdadir,
uzoqda bo‘lsa ham, 
Yer yuzida sen borsan, jonim.

* * *

Kuzgi yellar, xazonrez yellar, 
Bog‘lardan bog‘larga ko‘chasiz. 
Gullar xushbo‘yini, 
Oltin barglarini 
Qayoqlarga olib uchasiz?

Yalang‘och shoxlarda izg‘ib,
Ko‘chib ketgan
Qushlar uyasini titasiz.
Ko‘z oldimda tortqilab, yulqib,
Yoz husnini olib ketasiz.

Ammo men bilaman -
Olib ketolmaysiz
Umrim bahorining bir yaprog‘ini.
Ko‘klam shabbodasi bo‘lib qaytarsiz
G’arq pishgan bog‘larim sog‘inib.

UMR

Kuni kecha shu so‘rida yotganimda 
Oy shu’lasi tushmas edi yuzlarimga: 
Yaproqparning titroq, yashil sharpalari
Orom olib kelar edi ko‘zlarimga. 
Bugun bo‘lsa tanga-tanga nur tushipti. 
Mijjam horg‘in, uyqu bermas yorug‘ yulduz. 
Birdaniga yuragim shuv etib ketdi: 
Kuz kelipti, kuz...

* * *

Men ko‘p yo‘llar yurdim,
Ko‘p narsani ko‘rdim,
Goh sog‘inib,
Goho
Shodlikdan jo‘shib;
Qanot chiqqan qushday
Uyasiga sigmay,
Yuragimda talpinar qo‘shiq.

* * *

Men seni o‘ylayman,
o‘ylarim cheksiz, 
Shunday cheksiz bo‘lsin baxtli kezlaring. 
Men seni o‘ylayman.
o‘ylarim tengsiz. 
Shunday tengsiz sening tiniq ko‘zlaring. 
Men seni o‘ylayman,
o‘ylarim uzun, 
Ki undan shundayin bir arqon o‘rsam,
Chirmab tutib bersam sevgan yulduzing 
So‘ngra sen ko‘ksingda porlatib yursang
Men seni o‘ylayman...

* * *

Oradan gap qochsa, yaraday qiynar. 
Shunday iz qoldirar so‘zning qamchisi 
Goh tun sukutida eshitib qolaman –
Gurs etib tushadi ko‘z yosh tomchisi.
Nima gap o‘zi?

Nahot ko‘qtsan uzilib tushgan bo‘lsa 
Nikoh yoshimizning yorug‘ yulduzi...

GULLAR

Lola gulxanlari yo‘l yoqasida... 
Umrimda juda ko‘p yo‘llar bosdim men 
Bahor epkinidan yurak orziqadi, 
Yo‘llardan ham ko‘proq gullar bosdim men.

Ko‘ksim bilan bosdim,
ezdim poshnam bilan, 
Chamanlar, chamanlar toptadim! 
Balki shuning uchun
yigirma yil izlab, 
Gulgun yuzlaringdan orom topmadim.

Balki o‘sha yillar
dil xazinasidan 
Qandaydir javohir yo‘qotdim. 
Yovga o‘q otishim kerak edi mening, 
Gullarni ko‘rmadim.
Yovga o‘q otdim.

Shoshish zarur edi,
shoshish, otish zarur, 
Men o‘lim girdobi bo‘lishim kerak.
Tunlar sozliqlarda o‘rmalarkanman, 
Gullarning infashin tinglardi yurak.

Ha, ko‘p gul bosdim men. 
O’rni to‘larmikan 
Gul bo‘lib ochilsa har qalb tepishi? 
Qirda lola fasli chalqancha yotib, 
Borliqni unutging keladi kishi.

Meni nafratlamas lolam, jonginam, 
U hamon mehr ila menga boqadi. 
Men quloq solaman:
tomirlaridan, 
Mangulik sharbati silqib oqadi.

Gulgun yonog‘ida shabnam qatralari... 
Negadir eslayman bolalarimni. 
Borliqni unutish kerak emas, yo‘q, 
Ardoqlayman lolalarimni!

Etik poshnasidan ardoklayman, o‘kdan, 
Dovul tursa - qalqon bo‘laman! 
O’lsam, faqat Beloyanis kabi 
Tishimda gul tishlab o‘laman.
Tishimda gul tishlab o‘laman...

TUG‘ILISH 

Tong oldidan yomg‘ir sevalab o‘tdi, 
Keyin ko‘k ochilib, yog‘di yulduzlar. 
Yerdan hovur ko‘tarildi, xuddi
Qimirlagan kabi zimdan ildizlar. 

Kimgadir muqaddas bir zum yaqinladi, 
Qorovul o‘chirdi so‘nggi fonarin.
Iyul quyoshining ilk yolqinlari
Yaproqlarga sachrab yonardi. 

Yer yosh: soflik jimirlatar etin, 
Zoriqqan g‘unchalar ochildi bog‘da. 
Panjaradan oshib chiqib ketdi, 
Maysalarda yurgan yashil shabboda. 

Eshikdan eshikka yugurib yelardi,
Suyunchi so‘rardi, suyunchi.
U go‘yo taqdirni olddan bilardi,
Go‘yo yo‘q dunyoning g‘ami, kuyunchi. 

Iymanibroq turar ota poygakda,
Ko‘ksida yulduzi, bir qo‘li mayib.
Ichkarida esa, oppoq choyshabda
Jahonning umidi yotar jilmayib. 

***

Bilmadim, yo‘lingga kimlar bo‘ldi g‘ov,
Bezidi kulbamdan fayzu farishta.
Ko‘ngil mulkim mening alg‘ov-dalg‘ov,
Qayt, dunyomni qilgil sarishta.

Bari o‘lja-jo‘lda — ro‘zg‘or, his, xayol,
Sening qo‘llaringga hammasi mushtoq. 
Quvonch gullarimga suv sep, sohibjamol,
Bunda har mo‘’jiza sening sehringdan. 

Xayol zulmatiga soching chulg‘anar,
Qiynar ilk nigohing mangu lahzasi.
Devorda soyadek es-es to‘lg‘anar
Tungi bo‘salarning sirli lazzati. 

Aytsang-chi, yo‘lingda kimlar bo‘ldi g‘ov, 
Bezdi-ku kulbamdagi fayzu farishta. 
Ko‘ngil mulkim mening alg‘ov-dalg‘ov,
Qayt, yana dunyomni qilg‘il sarishta. 

YO‘L

Ostonamdan taralgan yo‘llar 
Eslatadi quyosh nurini. 
Uzoq-uzoqlarga ketib, uzayib, 
Uzaytadi mening umrimni. 

Yurganlarni daryo deydilar, 
Daryo — cheksiz umr ertagi.
Bir kun uyda o‘ltirib qolsam,
Hayot go‘yo chetlab o‘tadi.

Ko‘rganing — seniki, der edi bobom, 
Ellarni, dillarni kerak ko‘rishim.
Ochilmagan qo‘riq, noma’lum yulduz
Bari-bari — mening ulushim. 

Ijod dardi — yo‘l azobidir,
Mayli, bo‘lsin tumanlar quyuq.
Ruhim bilan yo‘lda ekanman,
Umrimning ham nihoyasi yo‘q.

QIYNALISH

Kitoblarim varaq-varaq, 
Siz qaylarda sarsari? 
Umrim edi yashil daraxt,
Sizlar uning barglari.

M?n siz bilan nafas oldim, 
Dard bilan yaraldingiz. 
Har gal o'ksib qoldi qalbim,
Yellar-la taraldingiz.

Oppoq bulut suzib o'tdi, 
Yana tomchi tommadi... 
Nahot bunga ham ko'nikdim, 
Dardli o'ylar qolmadi?

Mayli, agar to'ymasa 
Dilimning qaqroqlari, 
Dovul tursin, to'kilsin 
Umrimning yaproqlari:


      QALBIM NOZIKLASHDI

Yangi yilning yaqin oppoq tuni: 
Bolalar orziqib tunni kutadi. 
O'tgan yili uchgan nafis qor uchquni 
Yangi yil sarhadin buzib o'tadi.

Bolalar hovliqib yangi yil kutadi, 
M?nga esa yil kuzatish- g'am: 
Qilt etib uzilgan bitta yaproq ham 
Naq qalbimga t?gib o'tadi...


              * * *

Hayot shunday mo'jizaki: 
Qancha jabrin tortsang oz. 
O'lim esa uning uchun 
Arzimas bojdir, xolos.


           TUN O'Y SURAR

Bizning bog'da oqshom paytlari, 
Yig'ib olganida kun shu'lasini, 
O'tlar orasida yashil chigirtka 
Boshlaydi tinimsiz ashulasini.

Bu kichkina jonning so'zsiz qo'shig'in 
Asli fidoyilik d?sa bo'ladi. 
'Hayot bor...'-tun bo'yi o'jar bir ta'kid, 
Katta sukunatning jonli bo'lagi.

Shu chirillash borki, nazarimda, 
Tun o'y surar, tabiat tugal. 
U bo'lmasa so'qir k?chalari 
Ruhimiz huvillab qolardi gar gal.

Qashshoqroq bo'lardi tun manzarasi, 
Bunday s?hriy ta'sir etmasdi 
Ham umumjahoniy garmoniyada 
Bir azaliy ohang y?tmasdi...


                 * * *

Bizning bog'da chiqsang oqshom sayriga,
Yo oralab yursang s?n ishkomlarni. 
Cho'chitmagil s?vishganlarni, 
Osmonlarda s?zsin o'zni, mayliga.

Bu lahzalar bir umrga tatir.
Bu lahzalar sinar yoshlik sabrini. 
Biz shularni ko'rib bilamiz axir 
Tungi yulduzlarning qadrini.


                   * * *

Bizning bog'da birinchi qor yog'di. 
O'yga yomonliklar k?lmaydi sira. 
S?n m?ning qorimsan, birinchi qorim, 
Go'yo butun olam s?nday bokira.

Butun olam shunday oppoq tinlik, 
Bahor gullarining hidi k?ladi. 
Bahor gullarid?k, qor tagida mudrar 
Odamlarning ezgu tilagi.


                    * * *

Bizning bog'da tun cho'kkan mahal
Qalbni uvishtirar ukki nolasi.
Birov d?r, u chorlar badbaxt qismatni,
Birov d?r, qarg'armish o'gay bolasin.

Musibatday sovuq, uzoq,goh yaqin,
Balki gado folbin, balki jinnidir.
U o'zi b?gona ko'zdan yashirin,
L?kin chaqiradi hamon kimnidir.

B?tinim sannaydi, nazarimda tunni
Qora bo'laklarga bo'lib chiqadi.
Nimaga o'xshatsang, nima d?sang ham
Bir g'amgin afsona bo'lib chiqadi.

Oqlolmagan emish ona sutini,
Oq sut tilar emish, degan gap: 
Bu ham-ertak. Shunday so'lim tunda 
Ertak ro'parangdan chiqsa ne ajab.

Hayot shu ekan-da: yog'du va zulmat,
Qishu yoz, o'ngu tush, tirik va o'lik.
Shusiz bo'lmas ekan tugallik sira,
Hatto qush nag'masi: go'zal va xunuk.


                 * * *

Bizning bog'da shifobaxsh o't bor,
Xalq uning otini bargizub demish.
Chunki o'sha o'tni tunlari bedor
Yulduzlar nur bilan sug'orar emish.

Siz bilasiz mening yonishlarim,
Satrlarga ko'chgan qalb cho'g'imni,
O,yulduzlar,tungi tanishlarim,
Nur bilan sug'oring shu qo'shig'imni.

Ehtimol,shunda u biron kimsaning
Yurak yarasiga malham bo'lardi.
Guldek ochilardi zamin insonning
Atigi bir zumga arisa dardi.


                    * * *

Ts?zar ertalabdan noxush edi bog'da, 
Dunyo ko'z o'ngida b?gona, erish. 
Xunuk bir tush ko'rdi. Ruhi alag'da. 
Tushda o'z onasin zo'rlagan emish...

Darhol chorladi u kulli ulamo, 
Munajjimlar, folbinlarini. 
To ta'bir etilsin bu mudhish ro'yo, 
Istiqbolimi bu, oldinlarimi? 

Ular jahongirni tang qoldirdilar, 
Tush emas, bu omad sitorasi, d?b. 
Zaminga hokimlik ishorasi, d?b, 
Botin niyatlarin o't oldirdilar.

Ha, Zamin... Ona-Yer! Ch?ksiz olamda 
Tiriklikni tuqqan yagona manzil.
Uni tahqirlayman d?gan har banda,
Har xudo - razil...

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.