background
logotype

Bobur Bobomurod (1968)

http://ziyouz.com/images/poets/bobur-bobomurod.jpgBobur Bobomurod 1968 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, 1995 – 2008 yillarda «Ko‘zgudagi odam», «Yolg‘iz qolgan ayol», «Muhabbat yolg‘onlari», «Elim bo‘ldi davlatli», «Buxorodan kuyov qiling», «Esiz odam», «Chimyon taronalari», «Sukutdagi go‘zal», «Umr bahori», “Bir kun kelib”, “Yuragim”, “Xudo bergan o‘zbekka” nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan. 
O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi (1998). O'zbekistonda xizmat ko'rsatganm madaniyat xodimi.


ESSIZ ODAMLAR

Qo`lsiz qoldim berib barmog`im 
Yonib turar mudom qulog`im 
Davralarga tortmas oyog`im 
Essiz odam, e Siz odamlar. 

Dil gul edi Sizga atalgan 
Goh toptalib, gohi maqtalgan 
Har bandiga pichoq qadalgan 
Essiz odam, e Siz odamlar 

Poshnangizdan ko`chirdim muzni 
Yuragimdan o`chirdim izni 
Allaqachon kechirdim Sizni 
Essiz odam, e Siz odamlar. 

Erta bir kun qabrimga kirsam 
Jannatlarda ohista yursam 
Jim qolarsiz termulib tursam 
Essiz odam, e Siz odamlar.


UCHMOQDAMAN

Talpinganim bir umr 
Qafassiz hayot edi,
Topmoqlik qanot edi...
Derdim bu go'zal osmon 
Koshkiydi topsam imkon
Qush kabi uchsam edi...
Uchmoqdaman...
Meni chorlar keng samo
Bag'rida yo'qdur tuzoq.
Parvoz uchun shayman ammo
Osmon mendan ko'p uzoq.
Ko'kdek toza bo'lay desam,
G'uncha ochib kulay desam
Yer ham muncha qattiq ekan.
Orzuimga yetgum bir kun
Osmonlardan izlang meni,
So'ng manzildan ko'zlang meni.
Uchmoqdaman...
Meni chorlar keng samo
Bag'rida yo'qdur tuzoq.
Parvoz uchun shayman ammo
Osmon mendan ko'p uzoq.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.