background
logotype

Dilshod Rajab (1964)

http://ziyouz.com/rasmlar/poets/dilshod_rajab.jpgO‘zbek bolalar she’riyatining iste’dodli yoshlaridan biri Dilshod Rajab (Rajabov) 1964-yil Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlog‘ida ziyoli oilada tug‘ildi. 1982-yil 4-o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan.
Dilshod Rajabning ilk she’ri 5- sinfda o‘qigan kezlari „Gulxan“ jurnalida chiqqan. Ayni paytgacha uning „Qorqiz sovg‘a keltirdi“ (1990), „Hazilkashlar davrasida“ (1991), „Otamning bog‘i“ (1996), „Daryo ko‘ngil“ (1997), „Jilvon o‘g‘loni“ (2001), „Alifbo“ (2001), „Sanoq“ (2002) to‘plamlari chop etilgan.
Dilshod Rajab badiiy ijodni ilm bilan birga olib borib, o‘tgan asrning 80-yillarida o‘zbek bolalar she’riyatida poetik mahorat masalasidan nomzodlik ishini yoqlagan.
Dilshod Rajab O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi. 

OSHQOVOQNING SHIKOYATI

O‘ylamasdan bir gapni
Aytaverar Mirsaid,
Men bekorga pushtada
Yotmayman-ku ishshayib,
Xo‘p mazali qilaman
Odamlaming oshini,
Nega menga o‘xshatar
Norbo‘taning boshini.


QISHKI YURISH

Nima bizga qish-chilla,
Chiniqqanmiz poiatday.
Izgirin qilichiga
Qalqon bizning ko‘kraklar.
Yoi olamiz maktabga
Ayozdan qo‘rqmay, olg‘a!
Gijirlaydi g‘azabdan
Qishning tishi — oq qorlar.


QARASH

Kungaboqar chindanam
Menga juda yoqadi.
U doim yomgiikka,
Yuksaklikka boqadi.
Lekin hamma ham unga
Shu ko‘z bilan qaramas.
Ba’zilar bor hayotda
Fikri-zikri qorin, nafs.
Farqi yo‘qdir ularga
Qay tomonga boqishi.
Ular uchun muhimi
Pistasini chaqishi.


TANDIRGA HAZIL

Sen borki, non — hayot bor,
Jon tandirjon, oima san.
Lekin, lekin bunchalar
Og‘zi ochiq boimasang.
Kuyib-pishib qolasan,
Qiynab shirin joningni,
Uzib olib ketarlar,
Og‘zingdagi noningni.


QO‘YNING SHIKOYATI

Echkivoy bilan yashash—
Rosti, tegdi jonimga.
Bigizday shoxlarini
Niqtab turar qornimga.
Yem-hashakning yaxshisin—
Tanlab, avval u yeydi.
Bir gap desam, shoxlarin—
O‘qtalib, „jim boi“, deydi.
Ne ham derdim, ko‘naman,
Buncha zolim boimasa?!
Qiyin ekan yashamoq—
Boshda shoxing boimasa!


PIYOLANING HAZILI

Choynak, do‘stim, ne uchun
Burning doim osmonda?
Haa, bilaman, og‘zingga
Quyib turar Qumg‘onlar.
Lekin menga kerilma,
Jilmasdan shu o‘rnimdan
Ichganingni barini
Tortvolaman bumingdan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.