background
logotype

Do‘stjon Matjon (1924-1990)

http://ziyouz.com/rasmlar/poets/dustjon_matjon.jpgDo‘stjon Matjon o‘zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan shoirdir. U 1924-yil 17-iyunda Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug‘ildi. Xorazm davlat pedagogika institutini bitirgach, mehnat faoliyatini Gurlan tumanidagi „Madaniyat“ maktabida ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlashdan boshladi. U ikkinchi jahon urushi qatnashchisidir. Urush tugagach, 1946-yilda ona yurtga qaytib, o‘qituvchilik faoliyatini davom ettirdi.
Do‘stjon Matjon „O‘zbekiston“ deb nomlangan ilk she’rini 1939-yilda yaratdi. Shundan keyin uning „Tort qo‘lingni“, „Akamga“ kabi she’rlari birin-ketin bosilib chiqdi.
Do‘stjon Matjon Yangibozor tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri, „Xorazm haqiqati“ gazetasida maxsus muxbir va bo‘lim mudiri, Xorazm viloyat Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi, viloyat teleradioeshittirish qo‘mitasida rais o‘rinbosari lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Do‘stjon Matjon 60-yillarga kelib sermahsul shoir sifatida tanildi. 1959-yilda bulg‘or xalq ertaklari asosida uning „Gavhartosh“ asari chop etildi. Shundan keyingi yillarda „Velko botir“, ,,O‘g‘illaringiz qo‘shig‘i“, „Kichkintoylar gapiradi“, „Tanti ayiq, ayyor tulki va asal“, „Mening orzuyim", „Do‘stlik“, „Mening shahrim — Xiva“ kabi kitoblari o‘zbek va rus tillarida nashr etildi.
Shoirning asarlari ko‘plab qardosh tillarga taijima qilingan.


SUFLOR

Noijonlarning sinfida
Borar edi imtihon.
O‘tirmasdi sira jim,
Suflorlik qilib Norjon.
Goh asta „shpargalka“,
Goh aytardi pichirlab.
Bilag‘on sanab o‘zin,
Tinchimasdi vijirlab.
Mana navbat, nihoyat
O‘ziga kelib qoldi.
G‘ozyurish qilib borib,
Qoiiga bilet oldi.
Chiqdi unga biletdan
Oddiygina bir savol.
Mag‘zini chaqa olmay
Noijon bo‘lib qoldi lol.


OCHKONI TENG BO‘LISHAR

Ishqiboz ikki polvon,
Kuch sinashar shaxmatda,
Bellashadi beomon,
O‘yin qizir g‘oyatda.
Kishnatib „sipoh“ini,
Yelib borar Rustamjon.
Raqibining „Shoh“ini,
Qurshab oladi shu on.
Qarab turmas Omon ham,
Xavfni sezadi zumda.
Zehnini charxlab ildam,
O‘ta boshlar hujumga.
Labin tishlab Rustamjon
Yurishni qayta boshlar.
„Fil“ini qilib qurbon,
„Farzin“ga qarmoq tashlar.
Bu xatarli tuzoqqa,
Chap berar yana Omon,
O‘zi qo‘ygan qarmoqqa,
Rustam tushar shu zamon.
Tez orada tugar ,jang“,
Bahsdan mamnun bo‘lishar.
Natija bo‘lib durang,
Ochkoni teng boiishar.


KO‘CHAMDA BOR BIR BOLA

Ko‘chamda bor bir bola,
Bu she’rim o‘sha haqda
Nomin aytmayman, chunki
Bundaylar oz sanoqda.
Mazasi yo‘q darslardan
Yashirmoqlik ne darkor?!
Bu yil ham uchinchida
O‘qimoqda u takror.
Qaylardadir sanqiydi,
Maktabga kelmas yetib.
Kech qolmagin, desalar
Qo‘yar qoiin silkitib.
Kitobni hech o‘qimas,
Futbolga chopar nuqul.
Oyisi ish buyursa,
Mudom aldab qochar ul.
So‘zlari biram dag‘al,
Odobni hech bilmaydi.
O‘zidan boshqalarni
Nazariga ilmaydi.
Tuzalmasa bu bola
Doston etgum ta’rifin.
Butun elga yoyaman
Qo‘shib ism-u sharifm.


UXLAMAYDIGAN QIZCHA

Qushlar to‘xtab sayrashdan
Qo‘nalg‘aga qo‘ydi bosh.
Qo‘ylar tindi ma’rashdan,
Uxlab qoldi hatto Mosh.
Faqat uxlamas qizcha,
Kokillari qo‘ng‘iroq.
Uyg‘oq yotar tonggacha,
Nomi uning — qo‘g‘irchoq.


SAMOKATIM

Samokatim, samokatim,
Yog‘och otim, saman otim.
O‘yinchoqlar ichida sen
Rosa uchqur qanotim.
Chuh, ey, mening samokatim,
Yog‘och otim, saman otim.
Dadajonim olib berdi,
Ravon yo‘lga solib berdi.
Inoqlashing ikkov, deya,
Jilovingni qo‘yib berdi.
Chuh, ey, mening yog‘och otim,
Saman otim, otgin odim.
Balki o‘tib bahor, qish, yoz,
Bo‘y cho‘zarman men ham biroz.
Unutmasman aslo seni,
Boiganimda zo‘r chavandoz.
Chuh, ey, mening saman otim,
Yog‘och otim, samokatim.


BALIQ OVIDA

Majnuntolning salqinida o‘tirib,
Zilol suvning oqishiga boqaman.
Qarmogimdan nigoh uzmay, o‘y surib,
Shirin xayol daryosida oqaman.

Dikir-dikir o‘yin tushsa po‘kagim,
Ikki ko‘zim bir nuqtaga tikilar.
Quvonchimdan ura boshlar yuragim,
Deyman: „Hozir katta baliq ilinar“.
...Shamol, toiqin po‘kagimni tortqilab,
Goho-goho qo‘yar meni ranjitib.
Shunda hamki, hislar bilan toiib qalb,
Ketgim kelmas bu qirg‘oqni tark etib.


SHART

Birinchi bola: — Bir zumgina
Qamish otingni
Yeldirayin,
Berib tur, Omon!
Ikkinchi bola: — Mayli, men ham
Xo‘rozqandingni
Sen kelguncha
So‘rib turaman.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.