background
logotype

Botirlik va qo'rqoqlik haqida maqollar

Alp — otadan, zot — onadan.

Alp — enadan, tulpor — biyadan.

Arslon bolasini tutmoq uchun 
Arslon uyasiga kirmoq kerak. 

Arslon izidan qaytmas, 
Yigit — so'zidan.

Arslonning bo'kirgani — sichqonning o'lgani.

Arslonning o'ligi — sichqonning tirigi.

Bedana botir bovdan yer, 
Botir yigit yovdan yer.

Besh qo'rqoqqa — bir qarg'a.

Bir boshga — bir o'lim.

Bir yigit — bir elga rizq.

Bir kun — tug'ilmoq, 
Bir kun — o'lmoq.

Bitmas ishning boshiga, 
Botir kelar qoshiga.

Botir botir emas, 
Jon saqlagan — botir.

Botir botqoqdan ham o'tar, 
Qatqoqdan ham.

Botir boshga balo tegmas.

Botir baqqollik qilmas, 
Qo'rqoq qochib qutulmas.

Botir yovda bilinar, 
So'zchi — dovda.

Botir yovsiz bo'lmas.

Botir joni sabildir, 
Yomon joni azizdir.

Botir ishning boshida, 
Yaxshi kelar qoshiga.

Botir miltiqsiz bo'lmas, 
Baliq — qiltiqsiz.

Botir yarasiz bo'lmas.

Botir o'lsa, nomi qolar, 
Nomard o'lsa, nimasi qolar.

Botir o'lsa, yapaloq bosh ko'tarar.

Botir o'rtoq — boy o'rtoq.

Botir qiyinni yengar, 
Nomard bo'yinni egar.

Botir qilichsiz ham botir.

Botirga yaroq hojat emas.

Botirga ham jon kerak.

Botirdan «botir» chiqsa, otasi bilan olishar.

Botirdan o'lim ham qo'rqar.

Botirlik shahar olar.

Botirning kulgani — elning kulgani.

Botirning mushti — ishongan do'sti.

Botirning mushti ham yarog'.

Botirning qoni chiqquncha, 
Qo'rqoqning joni chiqar.

Botirsingan yigitni 
Yov kelganda ko'ramiz. 

Chechansingan yigitni 
Dov kelganda ko'ramiz.

Buzilgan elni botir tuzatar.

Bo'lsang agar qo'rqoq, 
Boshingda o'ynar to'qmoq.

Bo'ridan qo'rqqan ovga chiqmas, 
Ilondan qo'rqqan suvga tushmas.

Bo'ridan qo'rqqan to'qayga kirmas.

Vahm tubi — dengiz, 
Botasan-da, ketasan. 

Tavakkal tubi — yel qayiq, 
O'tasan-da, ketasan.

Dovni yenggan botir emas, 
Yovni yengan botir.

Yov qochsa, botir ko'payar.

Yovdan qo'rqqan yovga do'st, 
Elni suygan — elga.

Yovni ayagan yara yer, 
Kaltagini sara yer.

Jasur bo'lsang, yov qaytar.

Jasur bo'lsang, yovga chop. 
Jasur jangda sinalar.

Jasur jangdan qo'rqmas, 
Yovdan sira hurkmas.

It qo'rqoqni talar.

Itni ovga borganda sina, 
Yigitni — yovga borganda.

Ishtonsizning hadigi — cho'pdan.

Yigit joni — bitta, 
Qiz joni — qirqta.

Yigit ishi bichuvda bilinar, 
Tuya — suv kechuvda.

Yigitning botirini maydonda sina.

Yigitning sarasi yov bosganda bilinar.

Yoibarsdan qo'rqqan to'qayga kirmas.

Yo'lbarsni yenggan emas, jahlni yenggan — botir.

Kar qo'y ikki hurkar.

Kuchukdan qo'rqqan gado bo'lmas.

Ko'z — qo'rqoq, qoi — botir.

Ko'p qayg'urdim, sil boidim, 
Ko'p yalindim, qui boidim.

Mergan ovda bilinar, 
Botir — yovda.

Mullali ovul — qo'rqoq, 
Baxshili ovul — botir.

Noshud ketganda maqtanar,
Botir — qaytganda.

Odam safarda bilinar,
Botir — xatarda.

Olovdan qo'rqqan tutundan ham qochar.

Ot bilan qurol ega tanlamas.

Ot hurkkan yeridan o'tmas, 
Er — qo'rqqan yeridan.

Savdo g'avg'osiz bo'lmas, 
Polvon — gavdasiz.

Savlat desang, menda bor, 
Ammo jahon menga tor.

Sen qo'rqmasang, yov qochar.

Sendan qo'rqqanim — qora qo'ydan qo'rqqanim.

So'z botirligi tilda, 
Er botirligi belda.

Tegirmonda tug'ilgan sichqon 
Momaqaldiroqdan qo'rqmas.

Tiz cho'kib yashaguncha, 
Tik turib o'lgan yaxshi.

Tilingni botir qilma, 
O'zingni botir qil.

Tortishgan — er, 
Tortishmagan — qora yer.

Tog'ni baland dema, 
Talab qilsang, chiqasan. 

Yovni kuchli dema, 
G'ayrat qilsang, yiqasan.

Tulkidan sher chiqmas, 
Qo'rqoqdan er chiqmas.

Tuyaning hurkkani yomon, 
Tentakning — qo'rqqani.

Urushdan qochgan ma'rakaga sig'mas.

Xoin qoni chelakka tomar, 
Botir qoni — yurakka.

Xo'rozning suti yo'q, 
Qo'rqoqning quti yo'q.

Chiyki terini it tortar, 
Chiyki erni yov tortar.

Cho'chigan cho'qmor ko'tarar.

Sharpadan qo'rqqan shaqildoq chalar.

Sher bolasi ovni yengar, 
Er bolasi — yovni.

Sher izini it bosmas.

Sher himmati — bilak, 
Er himmati — yurak.

Sherni er yengar, 
Erni sher yengolmas.

Sherning urg'ochisi ham sher.

Sherning o'hgi ham ot hurkitar.

Er bolasi erday bo'lar.

Er bo'l, er bo'lmasang, 
Qora yer bo'l.

Er yigitga tosh ham qurol.

Er yigitni yov ustida ko'r.

Erga navbat — sherga navbat.

Erdan er tug'ilar, 
Nordan — nor.

Erlik bilakda emas, yurakda.

Erlikda xo'rlik yo'q.

Erning yuragi — sherning yuragi.

Eshakning qo'rqog'i suvdan o'tmas.

Yuz qarg'aga — bir shunqor.

Yuz qo'rqoqdan bir botir afzal.

Yurakda bo'lsa, bilakda bo'lar.

Yalingan qo'rqoq emas, 
Yoqalashgan qo'rqoq.

Yantoqdan atir chiqmas, 
Qo'rqoqdan — botir.

O'zing botir bo'lsang 
Qurolning keragi yo'q.

O'lgandan qo'rqqan yomon.

O'ttizida er atangan, 
Qirqida sher atanar.

Qiyg'ir uchsa, chumchuqni tirqishda ko'r. 

Qiyg'iming qiyqirgani — tulkining o'lgani.

Qorg'ili it ovga yaramas, 
Yuragi yo'q yovga yaramas.

Qochgan yo'l tanlamas.

Qochgan qo'shinga yov ko'p.

Qochganga cher qurilar.

Qochoqqa shafqat yo'q, 
Qo'rqoqqa — hurmat.

Qochqinga «hay» kifoya. 

Quyon o'z ko'lankasidan ham qo'rqar.

Qo'rqding — tutilding, 
Qo'rqmading — qutulding.

Qo'rqish — yengikshning chopari.

Qo'rqmas kelin qo'y boshidan qo'rqar.

Qo'rqoq avval musht ko'tarar.

Qo'rqoq bo'lma, botir bo'l, 
O'z elinga shotir bo'l.

Qo'rqoq itning quyrug'i qisiq. 

Qo'rqoq ko'zidan ma'lum. 

Qo'rqoq — ko'r, nomard — xor. 

Qo'rqoq ot o'z soyasidan hurkar.

Qo'rqoq o'lmasdan burun o'lar, 
O'likdan nima kutib bo'lar.

Qo'rqoq qochib qutilmas. 

Qo'rqoq qo'rqoqqa o'rtoq. 

Qo'rqoq qo'rg'on ololmas. 

Qo'rqoqda uyat bo'lmas. 

Qo'rqoqni ajal quvlar. 

Qo'rqoqni ursang, botir bo'lar. 

Qo'rqoqning boshidan musht ketmas.

Qo'rqoqning ko'zi katta, 
Ahmoqning — so'zi.

Qo'rqoqning o'z quroli o'ziga yov.

Qo'rqoqning qoni chiqqani — joni chiqqani.

Qo'rqoqning qo'li qisqa.

Qo'rqoqqa ip ilon bo'lib ko'rinar.

Qo'rqoqqa ko'lankasi — azroil.

Qo'rqoqqa go'r ham tor, qir ham tor.

Qo'rqoqqa qo'y boshi qo'sh ko'rinar, 
Qo'mshog'i bilan besh ko'rinar.

Qo'rqoqqa sichqonning ini — ming tanga.

Qo'rqsa ham, qo'y o'ladi, 
Qo'rqmasa ham, qo'y o'ladi.

Qo'rqsang — aytma, 
Aytsang — qo'rqma.

Qo'rquv o'limdan qutqarmas.

Qo'rqqan it uch kun hurar.

Qo'rqqanga qo'sh ko'rinar.

Har kuni o'lgandan, 
Bir kunda o'lgan yaxshi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.