background
logotype

Do'stlik va dushmanlik haqida maqollar

Ablah do'st dushmandan yomon,
Ne hiyla bilsa, ishlatar oson.

Ajal olib kelsa yov,
O'ldir, berma hech ayov.

Aybsiz do'st izlagan do'stsiz qolar. 

Arpa-bug'doy bir kuningga yaraydi,
Sodiq do'sting o'lguningcha yaraydi.

Ash dushman do'st bo'lmas, 
Qaynab qoni qo'shilmas.

Asli dushman el bo'lmas, 
Etakni kessang, yeng bo'lmas.

Ash dushman yon bermas, 
Yon qoziqdan son bermas.

Ash qora oqarmas.

Aqh ko'pni dov olmas, 
Do'sti ko'pni yov olmas.

Bahq suvsiz yashamas, 
Inson — do'stsiz.

Bilagi alp birni yiqar, 
Do'sti ko'p — mingni.

Bir ko'rgan — tanish, 
Ikki ko'rgan — bilish.

Bostirmadan ayvon yaxshi, 
Yomon do'stdan hayvon yaxshi.

Burgut kuchi — oyog'ida, 
Odamniki — do'stlikda.

Bo'rining bolasini bo'rkingda boqsang ham, 
El bo'lmas.

Bo'rining topgani bo'riga.

Vafoli do'st yo'lga solar, 
Ig'vogar do'st paydan olar.

Gadoning dushmani — gado, 
Shohning dushmani — shoh.

Galga solgan do'st emas.

Ginah do'st — adovatli dushman.

Davlating — do'sting.

Daraxt — ildizi bilan, 
Odam — do'stlari bilan.

Daraxtni tomiri saqlar, 
Odamni — do'sti.

Duch kelsa, dushman yer.

Dushman bitsa ham, dushmanlik bitmas.

Dushman ba'zan kuldirar, 
O'ng'ay topsa, o'ldirar.

Dushman do'st orasidan chiqar.

Dushman nima demas, 
Tushga nima kirmas.

Dushman oshingni yer, 
So'ngra boshingni yer.

Dushman siringni o'g'irlar, 
Do'st xatongni to'g'rilar.

Dushman tegi — poy, 
Do'st toji — sir.

Dushman terisidan do'sting uchun po'stin bich.

Dushman uyida yashagandan 
Do'st uyida o'lgan yaxshi.

Dushman chaqirsa borma, 
Do'st chaqirsa qolma.

Dushman — shod, do'st — poymol.

Dushman eshigini qoqqandan ko'ra, 
Do'st uyini qoqlagan yaxshi.

Dushman o'lar, do'st qolar, 
O'sma ketar, qosh qolar.

Dushman o'ldirib oftobga tashlar, 
Do'st o'ldirib — soyaga.

Dushman qo'ydi loy tuzoq, 
Ilinsang, bo'lding cho'loq.

Dushmanga joningni bersang ham, 
Siringni berma.

Dushmanga choh qaziguncha, 
Do'stingga uy solib ber.

Dushmanga o't ber, 
Do'stingga — sut.

Dushjmanimning do'sti — mening dushmanim, 
Dushmanimning dushmani — mening do'stim.

Dushmaningdan qo'rqma, munofiqdan qo'rq. 

Dushmaningni dushman tanir. 

Dushmaningni paxta bilan bo'g'izla. 

Dushmaningni qarg'ama, do'stingga tegar.

Dushmaningning o'limini tilaguncha, 
Joningning sog'ligini tila.

Dushmanni bos, 
Ziyon bersa, os.

Dushmanning donidan, 
Do'stning somoni yaxshi.

Dushmanning sovg'asidan qo'rq.

Dushmanning suyganidan, 
Do'stning urgani yaxshi.

Dushmanning tashida bo'lguncha, ichida bo'l.

Dushmanning o'zi qildek,
Kuchi fildek.

Do'st achitib gapirar, 
Dushman — kulib.

Do'st bilan sirdosh bo'l, 
Ishiga doim qo'ldosh bo'l.

Do'st boshga boqar, 
Dushman — oyoqqa.

Do'st bo'lsang, do'stingning aybini tuzat.

Do'st gilaga chopar, 
Dushman — hiylaga.

Do'st do'stga boqar, 
Suv soyga oqar.

Do'st do'stga — qalqon.

Do'st do'stni kulfatda sinar.

Do'st do'stlikda toblanar, 
Bilim — tortishuvda.

Do'st — do'stning oynasi.

Do'st ziyonkor bo'lmas, 
Ziyonkor do'st bo'lmas.

Do'st yig'latar, dushman kuldirar.

Do'st kengashda bilinar, 
Semiz — toboqda.

Do'st kuydirib aytar, 
Dushman — suydirib.

Do'st kuyunar, 
Dushman suyunar.

Do'st ming bo'lsa ham — oz, 
Dushman bir bo'lsa ham — ko'p.

Do'st oldingda gapirar, 
Dushman — orqangdan.

Do'st — oltining, 
Dushman — qotiling.

Do'st otgan tosh bosh yormas.

Do'st otini minib yur, manzilingga yetasan.

Do'st — oshkor, dushman — yashirin.

Do'st og'ir kunda bilinar.

Do'st sirini dushmandan pinhon tut.

Do'st suyganning tusiga boqma.

Do'st so'zini tashlama, 
Tashlab boshing qashlama.

Do'st uzoqda bo'lsa ham, ko'ngli yaqin.

Do'st — egiz, 
Dushman — sakkiz.

Do'st yuzidan bilinar, 
Dushman — izidan.

Do'st yuzingga boqar, 
Dushman — izingga.

Do'st hisobi — dilda.

Do'stga aytdim so'zimni, 
Dushman bildi sirimni.

Do'stga dushman bo'lish oson, 
Dushmanga do'st bo'lish qiyin.

Do'stga yolg'on, dushmanga chin gapirma.

Do'stga lola bo'l, 
Yovga jala bo'l.

Do'stga xiyonat qilma, 
Dushmanga — shafqat.

Do'stda dushmanning qulog'i bor.

Do'sti ko'p bilan siylash, 
Do'sti oz bilan sirlash.

Do'sti nodondan dushmani dono yaxshi.

Do'sting — boyliging.

Do'sting bo'lsa, bog'ing chamandir, 

Do'sting bo'lmagani — fe'ling yomondir.

Do'sting kelsa, dolonda kut, 
Dushman kelsa — ayvonda.

Do'sting uchun zahar yut.

Do'stingga otilgan kesakning changi 
Sening ko'zingga tushar.

Do'stingga rost gapir, 
Dushmaningga — maqtanib.

Do'stingning oshini qasdingdan ich.

Do'stlarimdan o'zing saqla, 
Dushmanlarimni o'zim bilaman.

Do'stlik — barcha boylikdan afzal.

Do'stlik oltinga sotilmas, 
Mehmon — pulga.

Do'stni og'ritsang, dushman shod bo'lar.

Do'stning ko'ngli qolguncha, 
Dushmanning bo'yni uzilsin.

Do'stning so'zi singandan, 
Shaytonning bo'yni sinsin.

Do'stsiz boshim — tuzsiz oshim.

Er talashganni yer yutar.

Yovlashmoq — oson, yarashmoq — qiyin.

Yomon do'st — ko'lanka.

Yomon do'st — qora bulut soyasi.

Yomon do'stdan qirda yotgan tosh yaxshi.

Yot — yeb to'yguncha, do'st — o'la-o'lguncha.

Yot oshingga qaraydi, 
Do'st — boshingga.

Jon og'ritgan do'st bo'lmas.

Jonga kuygan jonday do'st, 
Jonga kuymas qanday do'st.

Ikki haramza do'st bo'lmas. 
Ish bilganni oqil deydilar,

Do'stlikni uzganni qotil deydilar.

Ishkambadan go'sht bo'lmas, 
Dushman aslo do'st bo'lmas.

Kezangan yovdan qaytmas.

Kiyimning yangisi — yaxshi, 
Do'stning — eskisi.

Ming yovdan bir dushman yomon.

Ming so'ming bo'lguncha, bitta do'sting bo'lsin.

Mushukning qasdi sichqonda, 
Elning qasdi — dushmanda.

Nojinsning sirli mehmonxonasidan, 
Do'stingning somonxonasi yaxshi.

Nomardni jang sinaydi, 
Do'stni — muhtojlik.

Odam ichini bilish qiyin, 
Do'st ustidan kulish qiyin.

Oz qayg'uni osh bosar, 
Ko'p qayg'uni do'st bosar.

Olisdagi dushmandan, angnib yurgan do'st yomon.

Olov kuydirar tushgan yerini, 
Dushman kuydirar tutgan yerini.

Onangni otangga yomonlama, 
Do'stingni — dushmanga.

Orqangdagi dushman — oldingdagi do'st.

Otasi boshqa ot bermas.

Otasi yov ot bermas.

Piyon ulfat — ziyon ulfat.

Pul orttirma, do'st orttir.

Rabot solma, do'st orttir.

Sinalgan yov urushga yaxshi.

Sinalmagan yov yomon, 
Elanmagan dov yomon.

Suv to'xtar, dushman to'xtamas.

Tikan zahri uchida, 
Dushman zahri ichida.

Tirik bo'lsak — bir yerda, 
O'lik bo'lsak — bir go'rda.

Tomchi sel bo'lmas, 
Dushman el bo'lmas.

Tor yer do'stlar bilan maydon bo'lur, 
Keng yer dushman bilan — zindon.

Xalq do'stligi — yurt boyligi.

Chin do'st boringni oshirar, 
Yo'g'ingni yashirar.

Chin do'st tug'ishganing bilan teng.

Chin do'st yuz xizmatchidan yaxshi.

Choyning so'ngini do'stingga ber.

El omonlik tilar, 
Yov — yomonlik.

Eldoshingning oti o'zguncha, 
Qurdoshingning iti o'zsin.

Eski paxta bo'z bo'lmas, 
Asli dushman do'st bo'lmas.

Eshak eti go'sht bo'lmas, 
Savdogar hech do'st bo'lmas.

Yuguruk itni tulki suymas, 
Yuguruk tulkini — it.

Yuz so'm puling bo'lguncha, 
Yuzta do'sting bo'lsin.

Yulg'unning o'ti bo'lmas, 
Savdogarning — do'sti.

Yangining nodonligi bor, 
Eskining — qadrdonligi.

Yaxshi do'st yuz qarindoshdan yaxshi.

Yaxshi do'sting kuldirar, 
Yomon do'sting kuydirar.

Yaxshi ko'rgan do'stingga 
Yaxshi ko'rgan molingni ber.

Yaxshi so'zla oshnoga, 
Yuz o'girgin ro'shnoga.

O'pka, yurak go'sht emas, 
Hisoblashgan do'st emas.

O'rtada burun bo'lmasa, 
Ko'z ko'zni o'yar.

O'rtog'ing boyo'g'li bo'lsa, 
Turishing — vayrona.

O'tni kovlasang, o'char, 
Do'stni kavlasang, kechar.

Qadim do'stlik zanglamas.

Qaytib kelgan qiz yomon, 
Qaytalab kelgan yov yomon.

Qarz bersang, do'st ko'payar, 
Talab qilsang — dushman.

Qirda bo'ri yo'q emas, 
Orada dushman yo'q emas.

Qovunni dushmaningga kestir, 
Go'shtni — do'stingga.

Qorin go'sht bo'lmas, 
Sipohi — do'st.

Quyosh havoni isitar, 
Do'st — qalbni.

G'amingni do'stingga aytma, kuyunadi, 
Dushmaningga aytma, suyunadi.

Har kimni do'stim dema, 
Tandagi po'stim dema.

Hisobdan adashsang ham, do'stdan adashma. 
Hisobli do'st ayrilmas.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.