background
logotype

Imkon va imkonsizlik haqida maqollar

Baliqning tirikligi suv bilan, 
Odamning tirikligi odam bilan.

Baliqning ham sakkiz qanoti bor.

Bekorga zo'r berma, beling sinar. 

Bozorning qopqasi yo'q, 
Ovulning — eshagi.

Bol sotgan barmog'ini yalar.

Bor — boricha, yo'q — holicha.

Bor bo'lsa — kabob, 
Yo'q bo'lsa — javob.

Borida — kuldiring-kuldiring, 
Yo'g'ida qarab o'tiring.

Borida — pora-pora, 
Yo'g'ida — banda bechora.

Borida — tiqa-tiqa, 
Yo'g'ida — siqa-siqa.

Borida — chilik-chilik. 
Yo'g'ida — quruqchilik.

Borida — Hotam 
Yo'g'ida — motam.

Boringga qarab bozor qil.

Borni yo'q deb bo'lmas, 
Yo'qni yo'nib bo'lmas.

Borning qozoni — biqir-biqir, 
Yo'qning qozoni — tiqir-tiqir.

Bo'sh quduq shudring bilan to'lmas. 

Gado don topsa, to'rva topmas.

Daraxt sop bermasa, 
Bolta kesolmas.

Daraxt tomiridan suv ichar.

Dardi borning darmoni yo'q.

Devonachilikka ham qirq tanga dastmoya kerak.

Dunyoni suv bossa, 
O'rdakka ne g'am.

Yem berib boqqan otga, 
Qamchining keragi yo'q.

Yor yordan xarob, 
Yor mendan xarob.

Jon bo'lsa, jahon topilar.

Jon bo'lsa, jonon topilar. 

Joni borning dami bor.

Ikkovga bitta ishton, 
Qanday chiqamiz qishdan.

Ishi yo'q it sug'orar, 
Oshi yo'q ro'za tutar.

Yirtiq qopda turmaydi, 
Butun qopga sig'maydi.

Yo'l ko'rmagan yo'lda ozar, 
Kun ko'rmagan kunda ozar.

Yo'qlik nima yedirmas, 
To'qlik nima dedirmas.

Kalta ip qurlovga yetmas. 

Kepak yegan it yuguruk bo'lmas. 

Keragingni kunda yig'.

Kosa bersang to'la ber, 
Nimkosangdan bezorman.

Kosov uzun bo'lsa, qo'l kuymas. 

Kuzning qozoni quyuq qaynar. 

Ko'hnasi yo'qning tozasi yo'q.

Molga bersang soz yemish, 
Boqar seni yoz-u qish.

Moling semiz — davlating egiz. 

Molli odam — moyli odam.

Mullajiring jiringlamasa, 
Odam dirrnglamas.

Nari yot-beri yot — to'shak torligi.

Non mo'lligi — el to'qligi.

Oyoqda edging tor bo'lsa, 
Dunyo kengligidan ne foyda.

Oz bilganning chalasi ko'p. 

Ozdan — oz, ko'pdan — ko'p.

Oziqlangan yer, 
To'ydiraman der.

Ozg'in otning ozig'i kam.

Ot oriqlikda ko'rimsiz, 
Qiz — yetimlikda.

Ot to'rvadan qariydi.

Ot o'lsa, it quturar, 
Eshak o'lsa — bo'ri.

Otni yem bilan hayda.

Och uyda qatiq uyumas.

Och qorinda non turmas.

Oshiq o'ynagan — arzonchilik, 
To'piq o'ynagan — to'qchilik.

Palaxmon tosh tushgan yerida og'ir.

Pichoq qancha o'tkir bo'lsa ham 
O'z sopini kesolmas.

Pishirgani topilsa, 
Oshiigani topilar.

Pul bo'lsa, changalda sho'rva. 

Pul tilni biyron, dastni daroz qilar.

Puli borlar — yo'rg'a-yo'rg'a, 
Pul yo'qlar — zo'rg'a-zo'rg'a.

Puli borning yo'li o'ng.

Puli borning og'zi o'ynar, 
Puli yo'qning ko'zi o'ynar.

Pulim,
Pulim bo'lsa, kimlar bo'lmaydi qulim.

Puling bo'lsa, hamma quling, 
Tog'-u tosh ham berar yo'ling.

Pullik bitar, pulsiz yitar.

Pullik — botir, pulsiz — yotir.

Pullikka — kabob, bepulga — dardi kabob.

Pulning bir uchi bilakda, 
Bir uchi — yurakda.

Pulsiz bozorga borguncha, 
Kafansiz mozorga bor.

Sakson biya, sakkiz tuya — 
Sepli qizning qalini.

Sart boyisa, torn yopar, 
Osha boyisa, ochib yopar.

Sag'irga sakkiz kun hayit.

Sahroda bo'lguncha shaharda bo'l, 
Shaharda bo'lmasang, badarg'a bo'l.

Semiz oriqlaguncha, oriq o'lar.

Semizning oyog'i sakkiz.

Singan qo'l ishlar, 
Dardli yurak ishlamas.

Sig'inganingdan suyanganing kuchli bo'lsin.

Soyani chopib yo'qotib bo'lmas.

Suv yo'g'ida tayammum.

Suv tilasang, 
Sulaymondan tila.

Suvga solsang, suv ko'tarmas misqol temirni, 
Oltin bilan olib bo'lmas qolgan ko'ngilni.

Suvga tomgan yog' botmas. 
Suvdagi kemaning izi bilinmas.

Suvsiz yer — yetim, 
Molsiz er — yetim.

Suvsiz yer — mozor, 
Suvli yer — gulzor.

So'ragan bir qizarar, 
Bermagan ikki qizarar.

Taom topilganda, yegan yaxshi, 
Kafan topilganda, o'lgan yaxshi.

Tegirmonning aylanishi yukiga bog'liq.

Tegirmonchidan bir bo'p.

Tekin kafan topilsa, oimoq kerak.

Temir taqqan termulmas.

Teshik quloq eshitmay qolmas.

Tirsakni tishlab bo'lmas.

Tishing borida tishlab qol, 
Kuching borida ishlab qol.

Toy ot bo'lsa, ot ozod bo'lar.

Toy ot bo'lsa, ot tinar, 
O'g'il er yetsa — ota.

Tomchi suvda tol ko'karar.

Topgan botar, quvgan yetar.

Topgan gul keltirar, 
Topmagan — bir bog' piyoz.

Topgan — niyoz, topmagan — piyoz. 

Topgan qo'y keltirar, 
Topmagan — jo'jaxo'roz.

Topilmagan mol tog' boshida. 

Tor yerga tana boshi sig'mas.

Tor yerda osh yegandan, 
Keng yerda musht ye.

Tor joyda — tomosha.

Tor ko'chaga qo'sh surnay.

Toshni siqqan bilan suv chiqmas.

Tumanda burgani sanab bo'lmas.

Tunsiz kun yo'q, tog'siz — lola.

Tutun ham o'tindan chiqar.

Tuya mingan qo'y orasiga yashirinolmas.

Tuya cho'ksa, joy olar.

To'rg'ay semirib botmon bo'lmas.

To'qlik ishrat qidirar, 
Ochlik o'lan dedirar.

To'qlik nimalar dedirmas, 
Ochlik nimalar yedirmas.

To'qlik so'qishtirar, 
Ochlik so'kishtirar.

To'qlik sho'xlik keltirar.

To'qlikka — sho'xlik, 
Yo'qlikka — suqlik.

U yog'im bug'doy, bu yog'im bug'doy, 
Qayerga sepaman, xudoy.

Uchgan qushni qaytarib bo'lmas.

Fatvo ham pulingga yarasha berilar.

Faqir kishi panada, 
Po'stini somonxonada.

Faqir kishi panada, 
Qo'tir echki dalada.

Faqir piyoda yurar, 
Boy — tuyada.

Faqirniki — panada.

Xalq puflasa, bo'ron bo'lar.

Xalq qarg'asa, xor bo'lasan, 
Xalq qo'llasa, bor bo'lasan.

Xirmon yanchish sa'vaning ishi emas.

Xon qoshida qorang bo'lsa, 
Qora kemang qirda yurar.

Xos xosni topar, 
Suv pastni topar.

Xotin olmoqqa cho't kerak, 
Botmon-dahsar et kerak.

Changal ham o'z joyida gurillar.

Chanqoqni tomchi bilan qondirib bo'lmas.

Chelak teshik bo'lsa ham, 
Suv sepishga yarar.

Chiroq yorug'i uyga tushar.

Choy to'kilib, soy bo'lmas, 
Yulduz yig'ilib, oy bo'lmas.

Chumolining sovg'asi — chigirtkaning oyog'i.

Chumchuq semirib botmon bo'lmas, 
Tesha o'sib ketmon bo'lmas.

Cho'pni chaynagan bilan moyi chiqmas.

Cho'pon odam go'shtga kelmas.

Cho'g' to'kilsa, qo'ri qolar.

Shamol kemadagilaming xohishiga qarab esmas.

Sheriklik tovuqdan tuxum yaxshi.

Sho'r yerda sunbul unmas.

Sho'r suvda sovun ko'pirmas.

El og'ziga elak tutib bo'lmas.

El og'zini yopmoqqa ellik qarich bo'z kerak.

El og'zini yirtib bo'lmas, 
Chelak og'zini bug'ib bo'lmas.

Elda bori — senda bori.

Elda bo'lsa — elagi.

Elingda bo'lsa, et yeysan.

Elingdagi — belingdagi.

Elli yerda elak bor.

Elning etagi keng.

Elning qulog'i ellikta.

Eski paxta bo'z bo'lmas.

Eski choponning issig'i yo'q.

Etakni kessang, yeng bo'lmas.

Echki yugurib kiyik bo'lmas.

Eshak mingan ot so'ramas, 
Baliq yegan et so'ramas.

Eshakni urgan bilan ot bo'lmas.

Eshikdan kirolmagan tirqishdan qarar.

Yuz qopni bog'lab bo'lar, 
Yuz og'izni bog'lab bo'lmas.

Yuzdagi yara yamog'ini yashirish qiyin.

Yumruq bukilib sang bo'lmas, 
Echki yugurib lang bo'lmas.

Yangi ko'za suvi sovuq, 
Eski ko'za bo'yni siniq.

Yangi supurgi toza supurar.

Yaxshi dam — mehnatga hamdam.

O'ziga yeng bo'lmagan, 
O'zgaga bo'y bo'lmas.

O'ziga yol bo'lmagan, 
Birovga quyruq bo'lolmas.

O'tni yosh bilan o'chirib bo'lmas. 

Qantarilgan ot qoziq atrofida aylanar. 

Qarz olmoq oson, bermoq qiyin.

Qatorda noring bo'lsa, 
Yuking yerda qolmaydi.

Qiz desa, qiziqasan, 
Hay-hay uning qalini.

Qirg'iz xalqi — mol bilan, 
O'zbek xalqi — bog' bilan.

Qof tog'ini qodir bilar. 

Qofiya tor kelsa, xonaqoh tang.

Quroli yo'q jang qilmas.

Qush qanoti bilan.

Qo'y bir terming ichida
Necha ozib, necha semirar.

Qo'l bilan qilar ishni 
Til bilan qilib bo'lmas.

Qo'l bilan qush tutilmas.

Hamrohingga boqma, hamyoningga boq.

Har kim boricha polvon.

Har kim o'z aravasini o'zi tortar.

Har kimning eshagi o'ziga ot ko'rinar.

Holi yetmagan bo'yrasida qolar.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.