background
logotype

Me'yor va me'yorsizlik haqida maqollar

Achchiq bo'lsang, qalampir bo'l, 
Totli bo'lsang, bolday bo'l.

Besh qo'l og'izga sig'mas.

Besh panjangni og'zingga tiqma. 

Behuda kuchanish belni sindirar.

Behuda harakat beburd qilar.

Behudaga yig'laganing — yuragingni dog'laganing.

Bir bulduruq uch qorga tatiydi.

Bir salla tagida ikki kalla bo'lmas.

Bir tomchi suv chumoliga daryo ko'rinar.

Bir qo'yga — pichoq, 
Ikki qo'yga tayoq.

Botmon yuk bora bosar.

Bo'z yamog'i — bo'zcha, 
Qop yamog'i — qopcha.

Bo'yingni yetmagan joyga cho'zma.

Gap bilaman, deb og'zingga zo'r berma, 
Ish bilaman deb — qo'lingga.

Gapning ozi yaxshi, 
Qizning — nozi.

Gapning hissasi yaxshi, 
Yo'lning — qisqasi.

Daryoni bir kesak bilan loyqata olmaysan.

Do'sting ming bo'lsa ham — oz, 
Dushmaning bir bo'lsa ham — ko'p.

Yotar qursoqqa — yorti non.

Jonidan o'tmasa, jonim demas.

Igna bilan bitadigan ishga juvoldiz tiqma.

Yo'qning ko'ngli yo'rg'a tilar.

Katta karvon katta ko'char.

Katta karvonga katta yo'l.

Kuching yetmasa, kuchanma.

Ko'p boy bo'lgan bir surinar.

Ko'p gapning ozi yaxshi, 
Oz gapning sozi yaxshi.

Ko'p kulgan bir yig'lar.

Ko'p egilma, bosarlar, 
Ko'p bo'y cho'zma, osarlar.

Ko'p qidirgan kezma bo'lar, 
Ko'p gapirgan ezma bo'lar.

Ko'p qilsang, ketadi, 
Oz qilsang, yetadi.

Ko'rmaganning ko'rgani, 
Yurmaganning yurgani yomon.

Oz demak — soz demak. 
Oz yemak — soz yemak.

Oz so'z — orom so'z, 
Ko'p so'z — harom so'z.

Oz-oz ye, doim ye.

Oyning oti ko'p, 
Ruhning quti ko'p.

Ortiq davlat ko'z chiqarar.

Otang temirchi bo'lsa ham, gapni cho'zma.

Pastgina torn tushmoqqa yaxshi.

Sirka o'tkir bo'lsa, shishani sindirar.

Suv ko'paysa, daryo toshar.

Suv — muzdan, ariq — seldan.

Sumalak — bir yalamak.

So'z ma'quldan oshmas, 
Devor — sarxoldan.

Taom tuz bilan, 
Tuz o'lchov bilan.

Toshqin suvning kechigi ham bo'lar.

Tubsiz quduq bo'lmas.

Tuzsiz oshni it ichmas.

Tuzsiz xamir tandirda turmas.

Tuzsiz qazi tez sasir.

Tuzsizni ko'zsiz ham biladi.

Tuyani cho'mich bilan sug'orib bo'lmas.

Xira yongan chiroqdan qorong'i yaxshi.

Chana chanadan o'zmas, 
Qimiz — savadan.

Shakarning ozi shirin.

Shirin taomning achchiq kekirigi bo'lar.

Erdan oshmoq bor, 
Eldan oshmoq yo'q.

Yarimta non — rohati jon.

O'yinning ozi yaxshi, 
Kampirning nozi yaxshi.

O'tkir qilich qinning zavoli.

G'ozga ergashaman deb, 
O'rdakning choti ayrilibdi.

Hazilning ozi yaxshi, 
Kal qizning — nozi.

Har yerni qilma orzu,
Har yerda bor tosh-u tarozi.

Har yerning o'z botmoni bor.

Har narsa o'z epi bilan.

Har narsaning ozi shirin.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.