background
logotype

Samimiylik va nosamimiylik haqida maqollar

«Balli» dedim — band bo'ldim.

Bolada gina bo'lmas.

Boshliq to'ra bo'lsa, 
Laganbardor ko'payar. 

Bog'ingda o'riging bor, 
Saloming-aliging bor.

Bug'doy noning bo'lmasa ham, 
Ochiq yuzing bo'lsin.

Goh — pirdan, goh — muriddan.

Go'sht suyaksiz bo'lmas, 
Sholi — kurmaksiz.

Davlat kelsa, yo'l ochar, 
Davlat ketsa, do'st qochar.

Dehqon emas, ketmon chopib non bermasa, 
Oshiq emas, ishq yo'lida jon bermasa.

Yer yomoni — bozor joy, 
Cho'p yomoni — qo'g'a, 
Odam yomoni — sipohi.

Yetsa — mol, yetmasa — jon.

Yosh ko'zdan emas, yurakdan chiqar.

Inson qalbi quyoshdan yorug'.

Ixlos bilan yopishsang, 
Taqir yerdan chang chiqar.

Ixlos bilan yig'lasang, 
So'qir ko'zdan yosh chiqar.

Ixlos — xalos.

Ixlos qilsang, cho'pdan topasan.

Chaqinib turgan chayondan 
Biqinib yotgan ilon yomon.

Yuzi ochiqning till uzun. 

Yurak toza — tilak toza. 

Yaltiroq narsa oltin bo'la bermas.

Yaxshilikni unutma, 
Yomonlikni ko'zda tutma.

O'xshamagin tulkiga, 
Qolarsan ko'p kulkiga.

O'g'limning suyuq oshi, 
Ichida qayroq toshi.

O'g'ri o'la-o'lguncha to'g'riman der. 

Qalb ko'zdan oldinroq ko'rar.

Qalbakilik bir kun quvontirsa, 
Ming kun munkaytirar.

Qalbing toza — umring toza.

Qo'rqmasang, shivirlama.

Hamma gap pismiqdan chiqar.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.