background
logotype

Saxiylik va baxillik haqida maqollar

Asl qushning bolasi 
Oldiga qo'ymay osh yemas.

Ashling xatosi yo'q, 
Nokasning — atosi.

Ahmoqda aql bo'lmas, 
Aqlli baxil bo'lmas. 

Baxil avliyo bo'lmas, 
Avliyo baxil bo'lmas.

Baxil bilganin buklar, 
Topganin taxlar.

Baxil boyga borguncha, 
Karamli toqqa bor.

Baxil borini qiymas, 
Yo'q uni topohnas.

Baxil, bo'lmaydi ahil.

Baxil bo'lma, saxiy bo'l, 
O'smog'ingga to'g'ri yo'l.

Baxil topsa, bosib yer, 
Saxiy topsa, barcha yer.

Baxil to'ymas, 
Baxilligini qo'ymas.

Baxil ehsondan qochar, 
Xasis mehmondan qochar.

Baxildan bosh bo'lmas, 
Ahilga sirdosh bo'lmas.

Baxildan omonat ajab, 
Karimdan xiyonat ajab.

Baxildan tosh so'raguncha, 
Gadoydan osh so'ra.

Baxilniki doim «yo'q», 
Saxiy yo'q bo'lsa ham to'q.

Baxilning bag'ri qattiq.

Baxilning bog'i ko'karmas, 
Ko'karsa ham meva bermas.

Baxilning yerida sunbul ko'karmas.

Baxilning ko'zasidagi suvdan na foyda.

Baxilning mushugi bor, 
Sichqon kirmas uyiga.

Baxilning tuzi tatimas.

Baxilning tuynugidan yel kirmas, 
Eshigidan — el.

Baxilning shami oqsa, 
Ko'zining yoshi oqar.

Baxilning qo'li siqiq, 
Qo'lidan ham dili siqiq.

Baxilning qo'lida oy bo'lsa, 
Olamni yoritmas.

Baxilning hurmati bo'lmas.

Berardan ham bir so'ra, 
Bermasdan ham bir so'ra.

Berarmanga beshov ko'p, 
Olarmanga oltov oz.

Berag'on qo'lim — olag'on.

Berganga bir ham ko'p, 
Olganga o'n ham oz.

Berganga — qo'sha-qo'sha, 
Bermaganga — o'sha-o'sha.

Berganing bir yumurta, 
O'ldirding turta-turta.

Berdining berdi oti bor, 
Oldining oldi oti bor.

Bermaganni berib uyaltir.

Bermas kelin keliga suv quyar.

Bermasning oshi pishmas, 
Pishsa ham qozondan tushmas.

Besh panjangni og'zingga tiqma.

Bir kunga ho'kiz o'lmas, 
Ikki kunga egasi bermas.

Birovga bersam — essiz oshim, 
Uyda tursa — sasir oshim.

Boy bo'lsang, alak kiy, 
Kambag'al bo'lsang — ipak.

Boy bo'lsang, sholg'om ye, 
Kambag'al bo'lsang — palov.

Boy topsa, bosib yer, 
Botir topsa, barcha yer.

Boyning molini baxil qizg'anar.

Bor bo'lib yemaganning ur tishiga, 
Yo'q bo'lib yeyman, deganning ur ichiga.

Bor bo'lsa, ko'rolmaydi, 
Yo'q bo'lsa, berolmaydi.

Bo'lib yegan bo'rtib chiqar, 
Butun yegan turtib chiqar.

Gul — dasta-dasta, 
Gul bermagan nokasta.

Do'nonning toyligi bo'lmas, 
Nokasning — boyligi.

Yema, ichma, bo'l baxil, 
Boy bo'lmasang, men kafil.

Yemas yerga o't bitar, 
Ichmas yerga suv bitar.

Yemas yerda yumush ko'p.

Yerdan sado chiqsa chiqar, 
Baxildan sado chiqmas.

Yetimchadan boy chiqsa, 
Ayron bermas icharga. 

Tikuvchidan boy chiqsa, 
Qaychi bermas bicharga.

Zang temirni kemirar, 
Hasad — odamni.

Kambag'alning to'yi to'kin bo'lar, 
Boyning to'yi yupun bo'lar.

Keng bo'lsang, kam bo'lmaysan.

Kiygan to'ning eskirar, 
Kiydirganing eskirmas.

Ko'ngli ochiqning — yo'li ochiq.

Ko'ngli ochiqning — qo'li ochiq, 
Qo'li ochiqning — yo'li.

Ko'ngling keng bo'lsa, hujra ham saroy.

Maqtasang, saxiyni maqta, 
Toptasang, baxilni topta.

Meniki bitsin, seniki yitsin.

Ming qo'y beradigan yigitning 
Peshanasida bir qo'yning izi bo'ladi.

01, desang, suyunar, 
Ber, desang, kuyunar.

01, desang — hiring-hiring, 
Ber, desang — diring-diring.

Olarda — kirar jonim, 
Berarda — chiqar jonim.

Olarda — olmon, berarda — bezgak.

Olarda hisobi — to'qqiz, 
Berarda sanog'i — o'ttiz.

Olimsog'ing bo'lsa-bo'lsin, 
Berimsog'ing bo'lmasin.

Olishda: Bismillo, 
Berishda: Astag'furillo.

Olishda: Hoy-hoy, 
Berishda: Voy-voy.

01-olchining do'sti ko'p, 
Ber-berchining do'sti yo'q.

Oshxonang keng — go'rxonang keng. 
Oqqan ariqdan suv oqar.

Patirdan qil chiqmas, 
Baxildan pul chiqmas.

Pishiq bo'lib netarsan, 
Sodda yetar boshingga.

Saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas.

Saxiy bilan baxilni eshagining to'qimi bildirar.

Saxiy bo'lmasa, baxil harom o'lar.

Saxiy topsa, o'rtada, 
Baxil topsa, xaltada.

Saxiy xor bo'lmas, 
Baxil behishtga kirmas.

Saxiyning ishiga baxilning tishi qamashar.

Saxiyning o'ng qo'li berar, 
Chap qo'h bilmas.

Saxiyning xayriga baxilning boshi og'rir.

Sog'ay desang, suti yo'q, 
Qirqay desang, juni yo'q.

Suv ichirmasga sut ichir.

Suvsiz yerda tol bo'lmas, 
Qovoqarida bol bo'lmas.

Sukutda hikmat ko'p, 
Bulutda — himmat.

So'rab berguncha, urib ber.

Tangrining molini shayton qizg'anar.

Tantiga tanbeh yo'q.

Taqlidchiga tole yor, 
Hasadchiga — halokat.

Tegirmonda tug'ilgan sichqonning fe'li keng.

Tikadigan beka bo'lsin, 
Kiyadigan cho'ri bo'lsin.

Tog' belgisi tosh bilan, 
Boy belgisi osh bilan.

Tug'mas xotinga igna ham davlat.

Uying tor bo'lsa ham, 
Ko'ngling keng bo'lsin.

Xayr qilsang, butun qil.

Xayr ham — xayr, 
Dalolat ham — xayr.

Xayrli qo'l qayrilmas.

Xasis to'y qilsa, bakovul bo'lma.

Xasis hayosiz bo'lar, 
Yeri giyo(h)siz bo'lar.

Xasisdan don tilaguncha, 
Gadoydan non tila.

Xasisdan tuxum olsang, sarig'i chiqmas.

Xasisning pulidan yulduz yaqin.

Xashak o'ti xonani kuydirar, 
Hasad o'ti tanani kuydirar.

Cherchidan podsho bo'lsa, 
In'omi igna bo'lar.

Chumsoxga cho'mich tegsa, cho'michda qoqar.

Cho'loqning sayri yo'q, 
Xasisning — xayri.

Shabnamga quduq to'lmas, 
Dunyoga baxil to'ymas.

Eshak bo'lsin, xayrli bo'lsin.

Yaxshi topsa, elga yoyar, 
Yomon topsa, go'rga yoyar.

Yaxshining ko'ngh — tog', 
Baxilning ko'ngli — dog'.

Yashirib yeganning qorni to'ymas. 
O'zi yemas, itga bermas.

O'ziga baxillik qilgan, 
O'zgaga saxiylik qilmas.

O'rdak bergan g'oz olar.

Qaynananiki — o'rtada, 
Kelinniki — xaltada.

Qallobning bolidan 
Saxiyning zahri yaxshi.

Qamish suvga to'ymas,
Xasis — pulga.

Qarnog'i yo'q uyida, 
Odami yo'q to'yida.

Qizg'anganing qizil itga yem bo'lar.

Qizg'anchiq buzoq emgan uloqni ko'rolmas.

Qimmati oz — himmati oz.

Qora suv chanqoq qondirmas, 
Baxil kishi qo'noq qo'ndirmas.

Qush — qanoti bilan, 
Er — himmati bilan.

Qo'y bergan kishi ipidan qochmas, 
Qiz bergan kishi — sepidan.

Qo'lim ochiq — yuzim ochiq. 

Qo'lingdan bermasang, yo'lingdan ber, 
Yo'lingdan bermasang, so'zingdan ber.

Qo'chqor bo'lar qo'zining 
Peshonasi do'ng bo'lar.

Og'a bo'lar yigitning 
Peshonasi keng bo'lar.

Har kim himmatiga yarasha topar.

Haris bo'lgan haqir bo'lar.

Haris qarisa ham, harisligi qarimas.

Hasad ko'chatini ekkan, 
Balo mevasini yer.

Hasad o'tini daryo o'chirolmas.

Hasad qilma, havas qil.

Himmat — erdan, arvoh — go'rdan.

Himmati yo'qning hurmati yo'q.

Himmatli ko'kka ko'tarilar, 
Himmatsiz yeiga ko'milar.

Himmatli himmatidan topar.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.