background
logotype

Taqdir va tadbir haqida maqollar

Ayol degan palaxmon toshi, 
Qayerga otsa, shu yerga tushar.

Ajal yetdi, 
Devona qabul qildi.

Ana go'r, mana go'r, 
Ishonmasang, borib ko'r. 

Asov otni taqa to'xtatar. 

Asragan ko'zga cho'p tushar. 

Asragan qo'l sinar.

Asrayman desa balo yo'q, 
O'laman desa — davo.

Bandaning boshi — olloning toshi.

Betda yurgan bo'riman, 
Nasibamdan ko'raman.

Beshikdagi bolaning bek bo'lishini kim bilar.

Bir mix bir nag'alni, 
Bir nag'al bir otni tutar.

Bir ko'r — qiyiq, 
Bir kar — qiyiq.

Bir to'lgan bir sochilar.

Boy bo'lmasim bilibman, 
Och o'ldirma, xudoyim.

Bugun bo'lsa ham shu o'lim, 
Erta bo'lsa ham shu o'lim.

Bo'ladigan ishning boshi to'g'ri. 

Bo'rkni tashlab bo'ridan qutulib bo'lmas.

Daryoga ot solmasdan avval kechuvini top.

Yelli kun yo'rt, 
Yog'inli kun yot.

Jumadan umiding bo'lsa, 
Payshanbadan harakat qil.

Zamona kelmay qirindan, 
G'amingni ye burundan.

Iyasi kelsa, biyasini ber. 

Yo'lga chiqmoq na hojat, 
Yo'l ozig'ing bo'lmasa.

Kuzning kelishini yozda belgila.

Kun qizarib botsa, qizingni uzat, 
Tong qizarib otsa, tomingni tuzat.

Kun g'amini sahar ye, 
Yil g'amini bahor ye.

Men qilaman o'ttiz, 
Tangrim qiladi to'qqiz.

Minora solgan minora bo'yi chuqur qazir. 

Minsang — eshak, solsang — to'shak.

Mol yig'sang, qo'nishini top, 
Osh yesang, idishini top.

Mol molga yetguncha 
Azroil jonga yetar.

Morbozniki mordan, 
Dorbozniki dordan.

Murching ko'p bo'lsa, bulamiqqa sol.

Odam tuzar, taqdir buzar.

Ozmayman degan yigitni qorong'u tun ozdirar.

Olisdan otilgan sopqon
To'g'ri mo'ljalga tegar.

Ot olmay, oxur tuzat.

Otang mirob bo'lsa ham, 
Ariqni tozalab suv ich.

Otga minsang, qamchi ol.

Otni boqsang, ot qilasan, 
Yovni quvsang mot qilasan.

Otni it qaytarar.

Og'riq tishning davosi — ombir.

Pulingdan bir puling qolsa, palov ye,
Kuningdan bir kuning qolsa, xotin ol.

Safaiga otlanma safar xaltasiz, 
Zinhor yo'lga chiqma yaroq-boltasiz.

Safaiga otlansang, otga qoziq ol, 
Bir kunlik yo'l uchun yillik oziq ol.

Sinalmagan sop qolmas, 
Yirtilmagan qop qolmas.

Singan kulolning ko'zasi, 
To'kilgan bo'zagarning bo'zasi.

Sinmasni kulol yasamas, 
O'lmasni xudo yaratmas.

Sichqon tutishga qopqon zarur, 
Dushmanni otishga — sopqon.

Suv ko'zasi suvda sinar. 

Suvni bog'laguncha, ariq och. 

Tadbirga taqdir hayron.

Tadbirning yengi bilan 
Taqdirni yashirib bo'lmas.

Taqdirli ayol — tadbirli ayol.

Taqdirning balosi ko'p, 
Saqlasa panosi ko'p.

Taqdirning ishini tadbir buzolmas, 
Tadbirning ishini taqdir buzolmas.

Temir olovga tushsa, tilni tushunadi.

Tilni bilish — dilni bilish.

Tirik bandada tinim yo'q.

Toshga soch, toleyingdan ko'r.

Tuyog'i butun tulpor yo'q, 
Qiyog'i butun shunqor yo'q.

Tulki qancha qochmasin, borar joyi 
Mo'ynado'zning do'koni.

Turnani tuzoq bilan tutib bo'lmas.

Tutunning achchig'ini mo'ri bilar.

Tushibsan bu so'qmoqqa, 
Ko'narsan bu to'qmoqqa.

Tuya qochib yukdan qutulmas.

Tuya quvsa, o'rga qoch,
Ilon quvsa — shudgorga.

To'ylining to'yi o'tar, 
To'ysizning kuni o'tar.

To'kilmagan kim bor, 
So'kilmagan kim bor.

Uzun arqon — keng tuzoq.

Uyqu kelmasdan burun o'rin sol.

Ulov o'rniga tayoq.

Hiyla bilan arslon tutilar, 
Kuch bilan sichqon tutilmas.

Echki yuzga yetmas,
Yuzga yetsa ham kuzga yetmas.

Eshakni yukka ohb kel 
Yoki yukni — eshakka.

Eshmachi eshib olar, 
Teshmachi — teshib.

Yaxshi tushga ham sadaqa, 
Yomon tushga ham sadaqa.

O'liging bo'lsa, yerga ber, 
Qizing bo'lsa — elga.

O'ngini o'ngla, so'ngini so'ngla.

O'tmas umr bo'lmas, 
Sinmas — temir.

Qilich eng so'nggi hiyladir.

Qirq yil qirg'in bo'lsa, 
Ajali yetgan o'lar.

Qistov bo'lsa, ot yaraydi, 
Uzoq bo'lsa — xat.

Qichiganni qashigan yengar.

Qishda po'stin kiyma, qazi ye.

Qoziqsiz ot turmas.

Qor yog'di — iz bosildi.

Qochgan ham xudo der, quvgan ham.

Quyon qopqoni bilan arslonni ovlab bo'lmas.

Qurtning davosi — qaynoq suv.

Qush qo'nmaydigan daraxt bo'lmas.

Har yerning tulkisini o'z tozisi bilan ovla.

Har kimga — bir uy, bir go'r.

Har og'riqning davosi bor, 
Har emgakning chorasi bor.

Hiyla ham o'z o'rnida botirlik.

Ho'kizing bo'lmasa, o'zing chop, 
Omoching bo'lmasa, ketmon top.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.