background
logotype

Tinchlik va notinchlik haqida maqollar

Beg'alva bosh bosh emas.

Bir kun urush bo'lgan uydan 
Qirq kun baraka ko'tarilar.

Bir kunlik janjal 
Qirq kunlik rizqni olar. 

Bugun sizdan, ertaga bizdan.

Bo'y — bo'ylab, 
Teng — tenglab.

Dovul tursa, bulut quvar, 
Yov qutursa, yurt quvar.

Yovning tashida bo'iguncha, ichida bo'l. 

Yopig'liq qozon — yopig'lik. 

Janjalli joyda og'zingni ochma. 

Janjalli uy — azobli go'r. 

Jon bor joyda janjal bor. 

Moli to'qning ko'ngli to'q.

Molingni o'g'riga topshir, 
Qo'shning omonda bo'lsin.

Nog'ora tovushining uzog'i yaxshi.

Oz oshim — g'avg'osiz boshim.

Olam tinch — xonam tinch.

Osoyishtalik — eng yaxshi malham.

Och bo'l, omon bo'l.

Och yur, tinch yur.

Och qornim — tinch qulog'im.

Tomosha tandir boshida.

Tinch elning bog'i gullar.

Tinchliging — hurliging.

Tinchhk — baxt, sog'lik — taxt.

Tinchlik bilan el ko'karar, 
Yomg'ir bilan — yer.

Tinchlik urushni yengar.

Tinchlik — farovonlik yo'ldoshi.

Tush uyqusi — qush uyqusi.

Urush bilan gap ortar, 
Gapdan nima naf ortar.

Urush ayirar, 
Tinchlik topishtirar.

Urush bo'lsa, turish yo'q.

Urush — yo'qlik, 
Tinchlik — to'qlik.

Urush — ofat, 
Tinchlik — farog'at.

Urush — tomoshabinga oson.

Urush — xunrezlik.

Urush qurbonsiz bo'lmas.

Urushda turish yo'q.

Urushning boshi — o'yin, 
Oxiri — o'lim.

Urushning kengashi yo'q.

Urushlik uy — mozor.

El omon — yaxshi zamon.

Yurti tinchning eli tinch.

Qarz tovush chiqarmasa ham, 
Uxlagani qo'ymas.

Qirqdan qirg'in yomon.

Qirg'in daraxt shoxida emas, 
Odam boshida yurar.

Qori erib, tog'i qolar, 
Urush o'tib, dog'i qolar.

Qo'shning tinch — sen tinch. 
G'aming yo'q bo'lsa, quda qil.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.