background
logotype

To'g'ri so'z va yolg'onchilik haqida maqollar

Arafa kuni yolg'on gapirganning 
Namoz kuni yuzi qora.

Betga aytganning zahri yo'q.

Boshingga qilich kelsa ham, 
To'g'ri so'zla. 

Va'da — oltindan qimmat.

Va'da — quruq, bajarilsa — ulug'.

Va'daga vafo — mardning ishi, 
Va'dasiz — subutsiz kishi.

Gap kelganda otangni ayama.

Yov makrini yolg'on yashirar.

Yolg'on aytgan kishining 
Xatari bor ishining.

Yolg'on aytib foyda ko'rsang, 
Oxiri zarar toparsan. 

Rost aytib zarar ko'rsang, 
Oxiri foyda toparsan.

Yolg'on — boshga tayoq, 
Oshga — suyak.

Yolg'on gap yoqadan chiqar.

Yolg'on gapirib yashagandan 
Rost gapirib o'lgan yaxshi.

Yolg'on gapning chuvi chiqar.

Yolg'on yetmish yil yerda yotsa ham, 
Yolini chiqar.

Yolg'on yo farzandga urar, 
Yo — davlatga.

Yolg'on yondirar, 
Haqiqat qondirar.

Yolg'on rostdan yengilar, 
To'g'ri elda tanilar.

Yolg'on uzoqqa ketsa ham, 
Haqiqat quvib yetar.

Yolg'on uyaltirar, 
Rost suyuntirar.

Yolg'on-yashiq gapirma, 
So'ng uyalib o'tirma.

Yolg'onga yo yalqov inonar, 
Yo — anqov.

Yolg'onning butunidan 
Rostning sinig'i afzal.

Yolg'onning umri — qisqa.

Yolg'onchi gavharni xor qilar.

Yolg'onchi yolchimas, 
O'g'ri boyimas.

Yolg'onchi yorilib o'lar.

Yolg'onchi kishi emas,
Yolg'on aytmoq eranlar ishi emas.

Yolg'onchi lop etar, 
Yalamachi qon etar.

Yolg'onchi to'rga bir o'tar, 
Ikkinchi o'tmas.

Yolg'onchi chin deyaolmas, 
Chin desa ham, el inonmas.

Yolg'onchi yalab aytar, 
Yalamachi — yasab.

Yolg'onchi o'likni guvoh tortar.

Yolg'onchi — qallop, o'g'ri — allop.

Yolg'onchi horimas, 
O'g'ri qarimas.

Yolg'onchiga ishonch yo'q. 
Yolg'onchiga tong otmas.

Yolg'onchiga qo'shilma, 
To'g'ri so'zing yashirma.

Yolg'onchida or bo'lmas, 
To'g'ri so'zli xor bo'lmas.

Yolg'onchidan shon qolmas, 
Nomidan nishon qolmas.

Yolg'onchining guvohi yonida yurar. 

Yolg'onchining guvohi — qasam.

Yolg'onchining yonidan o'tma, 
Rostgo'yning yonidan ketma.

Yolg'onchining rost so'zi ham yolg'on. 

Yolg'onchining till — kalta.

Yolg'onchining shahrida shoh bo'lguncha, 
Rostgo'yning chorbog'ida giyoh bo'l.

Ikki yolg'on — bir qasam.

Ikki chin so'z — bir yolg'onning yelimi,
Ikki yolg'on — bir yigitning o'limi.

Ikki qasam — bir o'lim.

Yirtiq uyni yel topar, 
Yolg'on so'zni chin topar.

Ko'rgan yo'q bo'lsa, eshitgan — guvoh. 

Ko'rganni eshitgan yengar.

Maddohning va'ziga ishonma, 
Folbinning — so'ziga.

Romchining romidan 
O'zingning xomxayoling yaxshi.

Rost aytdim — dars aytdim. 

Rost gap aytgan yengilmas. 

Rost gapga zavol yo'q.

Rost gapirgan to'g'ri, 
Yolg'onchi — o'g'ri.

Rost so'z haqqa qaror topar. 

Rost so'zni ayt, 
Yolg'on so'zdan qayt.

Rostgo'ylik — baxt, 
Yolg'onchi — badbaxt.

Rostlik — do'stlik, 
Yolg'onchilik — ko'igulik.

Rostlik — muhabbat elchisi.

Rostni aytgan shon yutar, 
Yolg'on aytgan qon yutar.

Savdogarda imon yo'q, orni sotar, 
Yolg'onchida imon yo'q, jonni sotar.

Savdogarning yomon moli yo'q.

Suvni chim to'xtatar, 
Yolg'onni — chin.

So'ziga qarasang, to'q, 
Ko'ziga qarasang, och.

So'zning boshi qattiq bo'lsa, 
Oxiri totlik bo'lar.

Til bilan tugilgan tugun 
Tish bilan yechilmas.

Til yomoni — bo'yinga sirtmoq. 

Til kichik bo'lsa ham dunyoni buzar. 

Til tugsa, tish yecholmas. 

Tildan chiqqani — dildan chiqqani.

Tuyaning buvrasi yaxshi, 
So'zning tuvrasi yaxshi.

Tuhmat tosh yorar,
Tosh yormasa, bosh yorar.

Tuhmatning umri — qisqa.

Tuhmatchi tuhmatdan o'lar. 

Tuhmatchiga o'lik — guvoh.

To'mtoq jumboq aytishma, 
Yolg'on gapga qotishma.

To'g'ri gap tuqqaningga yoqmas. 

To'g'ri so'z achchiq bo'lar. 

To'g'ri so'z ko'z o'yar.

To'g'ri so'z toshni yorar, 
Egri so'z — boshni.

To'g'ri so'z tutoqtirar. 

To'g'ri so'z qilichdan o'tkir. 

To'g'ri so'z quloqqa yoqmas. 

To'g'ri so'zga fil cho'kar.

To'g'ri so'zlagan odam tug'ishganingdan afzal.

To'g'ri so'zlining to'ni yirtiq.

To'g'ri so'zning zahri yo'q.

To'g'ri so'zning to'qmog'i bor.

To'g'ri tilim tiyolmadim, 
Tuqqanim bilan turolmadim.

Uyalmay desang, yolg'on gapirma.

Xashakdan hasham bichma, 
Yolg'ondan qasam ichma.

Chaqimchi bir guvala, 
Yerga qo'yib uvala.

Chaqimchi — nishxo'rd kishi.

Chaqimchi — chipor ilon, 
Zahri — ilondan yomon.

Chaqimchiga — chorak o'q, 
Qaytib kelsa, u ham yo'q.

Chaqimchining afti — choriq.

Chaqimchining joyi — jahannam.

Chaqimchining tilidan ilon hazar qilar.

Chiroyli maqtovdan 
Xunuk haqiqat yaxshi.

Egri o'tirsang ham, to'g'ri gapir.

Echkining tavbasi yo'q.

O'z so'zli yigit — kun yuzli yigit.

O'zi boshqa, so'zi boshqa.

O'rinli so'z o'qdan o'tkir.

O'tirik gap jonga qasd, 
O'tkir pichoq — qinga.

O'tirik so'z o'rga bormas.

O'tirikning dumi — bir tutam.

Qofiyasi kelganda, otangni ayama.

G'iybat yaqinni yot qilar, 
Totuvni — araz.

G'iybatkashning qozoni qaynamas.

G'iybatsiz so'z qizimas.

G'iybatchining dili kir, 
G'ar-o'g'rining tili bir.

Haq gap tosh kesar.

Haq gap haqiqdan qimmat.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.