background
logotype

To'g'rilik va egrilik haqida maqollar

Aybi borning tizi qaltirar.

Aybini yashirgan boy bo'lmas.

Aytib qilgan o'g'irlikning aybi yo'q. 

Alishar bo'lsang, chiningni ayt, 
Qovushar bo'lsang, siringni ayt.

Asli qora oqarmas, 
Asli buzuq tuzalmas.

Afting qiyshiq bo'lsa oynadan o'pkalama.

Baliq boshidan sasir.

Bemahal yurgan qoqilar.

Betga aytganning zahri yo'q.

Bigizni kanoraga yashirib bo'lmas.

Bilakka boqma, yurakka boq.

Bilmaganni bildim dema, 
Qilmaganni qildim dema.

Bir tulkining hiylasi 
Necha yerda pand berar. 

Bir xotinning hiylasi 
Qirq eshakka yuk bo'lar.

Birovni aldama,
Yurgan ko'changning boshi berk.

Bozordagi allop, 
Qilar ishi — qallob.

Boylik, boylik tubi o'g'irlik.

Bo'rining og'zi yesa ham qon, 
Yemasa ham — qon.

Gadoy tilab oladi, 
Jodugar o'zi oladi.

Gunohsiz odam podshodan qo'rqmas.

Daladan kelgan o'g'rini tutish oson, 
Uydagi o'g'rini tutish qiyin.

Dardini yashirgan darmon topmas.

Dardni berkitsang, isitmasi oshkor qilar.

Dili to'g'rining yo'li to'g'ri.

Dili qing'irning tili qing'ir.

Yeyar og'izni yemas og'iz bog'lar.

Yoz yomg'iri loy bo'lmas, 
O'g'ri aslo boy bo'lmas.

Jallob, 
Turgan-bitgani qallob.

Zargar firibgar bo'lsa, oltin zanglar.

Igna o'g'irlagan sigir ham o'g'irlar.

Igna o'g'irlagandan sigir yo'qotgan gumonsirar.

Ilon o'z egriligini bilmas, 
Tuyaning bo'ynini egri der.

Ilon har yerda buralib yursa ham, 
O'z iniga borganda to'g'rilanar.

It to'ygan kuni o'g'rilik qilmas.

Itimning bog'i yo'q, 
Yemishi qora charos.

Ishsizning ishi — o'g'irlik.

Yo'li buzuqning yoqasi yirtiq.

Yo'qlikning uyati yo'q, 
O'g'irlik — uyat.

Kavushimni olgan bir kishi, 
Gumondorim ming kishi.

Ko'z tarozi, ko'ngil — qozi.

Ko'ngil to'g'ri uchun, 
Qulf o'g'ri uchun.

Manman kamtardan yengilar, 
To'g'ri el ichida tanilar.

Mis qozonning misi chiqar, 
Berkitganning isi chiqar.

Mullaning yomoni — varaqchi, 
Odamning yomoni — qaroqchi.

Mug'ombir tumshug'idan ilinar.

Nayrang bilan ish ko'rgan 
Ko'p qiynalib jon berar.

Nohaq ishga rivoj yo'q.

Ochko'z boyimas, o'g'ri to'ymas.

Rostga zavol yo'q.

Savdogar,
Ishi doim hiylagar.

Sayoq ketdi, sayoq ketdi, 
Sayoq ketidan tayoq ketdi.

Tavba qilganni el kechirar.

Tavbachining oshini yeguncha, 
Qasam ichgan yaxshi.

Tayoq ur-da, go'rga kir, 
Tayoq ye-da, do'ngga chiq.

Teva o'g'irlagan teva bo'yi chuqur qazir.

Tilingni to'g'ri tutolmasang, 
Dilingni to'g'ri tut.

Tog' eshitganini deydi.

Tulki tulkilik qilar, 
Bo'ri bo'rilik qilar.

Tulki tulkiligini qilguncha, 
Terisi qo'ldan qo'lga o'tar.

Tulki tovga, 
Quyrug'i soyga.

Tulki-qarsoq ini bir, 
G'ar-o'g'rining till bir.

Tullakni tuzoqqa tushirish oson emas.

Tuxum o'g'risi tuya o'g'risi ham bo'la oladi.

Tushi o'ngning ishi o'ng.

Tuyada to'g'ri joy bo'lmas.

To'ni yomonni it qopar,
Ko'ngli yomonni haq topar.

To'g'ri bola o'stirsang, 
Xalq ichida sher bo'lar. 

Egri bola o'stirsang, 
Ikki ko'zi ko'r bo'lar.

To'g'ri boshni egri qilich kesmas.

To'g'ri devor uzoqqa chidar.

To'g'ri yo'l — el yo'ldoshi.

To'g'ri oshini yer, 
Egri boshini.

To'g'ri yurgan kiyikning 
Ko'zidan boshqa aybi yo'q.

To'g'ri yurdim — yetdim murodga, 
Egri yurdim — qoldim uyatga.

To'g'ri o'sgan gul bo'lar, 
Egri o'sgan kul bo'lar.

To'g'ri o'zar, egri ozar.

To'g'riga balo yo'q, 
Yomonda hayo yo'q.

To'g'rilik to'iga tortar, 
O'g'rilik — go'iga.

To'g'rilikka o'lim yo'q.

Firibgaiga shaytonning havasi kelar.

Xo'roz qichqirmasa ham tong otaveradi.

Egilgan boshni qilich kesmas.

Egilgan daraxtga suyanma, 
Seni ham egar.

Egri bitgan daraxt to'g'ri o'smas.

Egri bo'lsang, sinar qanoting, 
To'g'ri bo'lsang, chiqadi oting.

Egri ish ellik yildan keyin ham bilinar.

Egri yo'ldan yursang ham, to'g'ri yur.

Egri kaltakdan to'g'ri soya tushmas.

Egri mo'ridan egri tutun chiqar.

Egri tayoq ko'targanni egri tayoq bilan ur.

Egri tayoqning butog'i burunni yirtar.

Egri yuk manzilga yetkazmas.

Egri o'sgan terak, 
Nimaga ham kerak.

Egri qoziqqa — egri to'qmoq.

Egri qo'l ishga yetmas, 
Ishga yetsa ham, ishi bitmas.

Egrining soyasi ham egri.

Er yuragi pok bo'lsa, 
Yov hiylasi xok bo'lar.

Erning atog'i elga sig'sa ham, 
Chatog'i sig'mas.

Yuzim oq bo'lsin desang, 
Ishingni to'g'ri qil.

Yuzning qoraligi uyat emas, 
Yuzi qoralik uyat.

Yulduz aslo oy bo'lmas, 
O'g'rikdan boy bo'lmas.

Yurishi yomon yigitni yov olar.

Yurtda o'g'ri topilmasa, 
Zargarni dorga os.

O'zi to'g'rining — so'zi to'g'ri.

O'zi qilgan o'kinmas.

O'zi qing'irning — so'zi qing'ir.

O'rgangan o'g'ri o'rmonda qolar.

O'g'rik ayb, g'arlik ayb, 
Kambag'allikning nesi ayb.

O'g'rilik ko'zdan boshlanar, 
To'g'rilik — so'zdan.

O'g'irlik mol boy qilmas.

O'g'irlik morning tagi qilday, 
To'g'rilik molning boshi tog'day.

O'g'irlik osh badanga yuqmas.

O'g'irlik solsang qo'yningga, 
Sirtmoq tushar bo'yningga.

O'g'ri berkitib olar, 
Qaroqchi — qo'rqitib.

O'g'ri boylik topsa, baxtidan ko'rar, 
To'g'ri boylik topsa, mehnatdan ko'rar.

O'g'ri zo'r bo'lsa, 
Da'vogar javobgar bo'lar.

O'g'ri zo'r kelsa, 
Mol egasini yengar.

O'g'ri kirar joyini emas, 
Qochar joyini ko'zlar.

O'g'ri mushuk kunda uxlab, tunda kezar.

O'g'ri tom teshar, 
Qaroqchi yo'l to'sar.

O'g'ri — tun oshguncha, 
Bo'ri — do'ng oshguncha.

O'g'ri yurt ololmas.

O'g'ri o'g'irlab yo'lga tushar, 
Oxiri borib qo'lga tushar.

O'g'ri o'g'riga — xolavachcha.

O'g'ri qo'li kesilmaguncha 
O'g'riligini qo'ymas.

O'g'ri ham noliydi, o'g'irlatgan ham. 

O'g'riga mol qahatmi.

O'g'riga o'g'rilikdan mol kirmasa, 
O'z bo'rkini o'g'irlar.

O'g'ridan qolgani — qaroqchiniki.

O'g'rini uyga kirgizma, 
Oyog'ini yerga tegizma.

O'g'rini o'g'ri desang, o'lgisi kelar, 
To'g'rini o'g'ri desang, kulgisi kelar.

O'g'rini qaroqchi urar.

O'g'rining yelkasi — qiyshiq.

O'g'rining keti — quvish.

O'g'rining ko'zi — o'ljada.

O'g'rining ko'zi — o'mochda.

O'g'rining ko'ngli — gumonda.

O'g'rining uyi bo'lmas, 
Uyida siri bo'lmas.

O'g'rining o'zi — bitta, ko'zi — yuzta.

Qamish ichida ilon to'g'ri.

Qing'ir ish qirq yildan keyin ham bilinar.

Qing'ir ish — qirg'in ish.

Qing'ir odam — bir tomon, 
Qirq odam — bir tomon.

Qing'ir qilich qinga to'g'ri.

Qing'irlik — tiriklik go'ri, 
Egrilik — umrning sho'ri.

Qirq kishi ham bir, 
Qing'ir kishi ham.

Qora itning uyati oq itga tegar.

Qora ko'ngil — yara ko'ngil.

Quloqdan ko'z haq.

Qulf o'g'ri uchun, 
Mehr to'g'ri uchun.

Qo'li qing'irning — dili qing'ir.

Qo'ton bo'risiz bo'lmas, 
El — o'g'risiz.

G'iybatchining dih kir, 
G'ar-o'g'rining tili bir.

Haqiqat oltindan qimmat.

Haqni aytgan xor bo'lmas.

Haqni nohaq etma, 
Nohaqni haq etma.

Ho'kiz o'lsa ham, ko'zining olaligi qolmas.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.