background
logotype

Abduvohid Qoriyev (1855-1938)

Abduvohid Qoriyev, Abduraufqoriyev Abdulvohidqori (1855 - Toshkent - 1938.12.1) - jamoat va din arbobi, pedagog. Dastlab Ko‘kcha dahalik maktabdor Yoqubxo‘ja eshondan eski usulda saboq olgan. 1870-80 yillarda Eshonqulidodxoh va 1880—88 yillarla Buxorodagi Ernazarboy madrasalarida tahsil ko‘rgan.

1888-1906 yillarla Toshkent shahri Shayx Xovandi Tohur dahasidagi Mir Abdullaboy masjid-madrasasida imom, mudarris, shu daha qozisi. 1906 yilda Toshkent shahar dumasia’zosi. 1907 yilda Rossiya Davdat dumasiping deputati. U Dumaga mahalliy aholi nomidan Pirmuhammad a’lam Tursunmuhammad o‘g‘li bilan hamkorlikda ishlab chiqqan talabnomasini topshirgan. Shu yili aholini o‘z haq-huquqi uchun kurashga chorlovchi «chaqiriq»larni o‘zbek va tojik tilida yozib tarqatgan. Shuning uchun 1909 yilda Tula viloyatiga 5 yilga surgun qilingan. U rus adibi L.N.Tolstoy bilan shaxsan ko‘rishib, suhbatlashib, 1910 yilda uning dafn marosimida ishtirok etgan.

Abduvohid Qoriyev surgundan qaytgach, 1917 yil aprelgacha mudarris, aprel oyidan «Sho‘royi islom» raisi. 1918 yildan «Fuqaho» («Huquqshunoslar») jamiyat a’zosi. O‘rta Osiyo mahkamai shariya idorasining raisi. 1923 yilda shu idora delegatsiyasi tarkibida Ufaga borib, Usmon Kur’onini olib kelishda ishtirok etadi. 1926 yilda Makka shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musulmonlar kongressi ishtirokchisi.

Abduvohid Qoriyev 1937 yilda asossiz ravishla qamoqqa olingan va 1938 yilda kaltaklab o‘ldirilgan. 1957 yilda oqlangan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.