background
logotype

Chokar (1889-1952)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/chokar.jpgMuhammad Yusuf Muhammad Yoqub o‘g‘li Chokar 1889 yil Xiva shahrida tug‘ildi va o‘sha yerning maktab va madrasalarida tahsil oldi. Chokarning dadasi Muhammad Yoqub Xarrot Xorazmda juda mashhur mashshoq bo‘lgan. Ayniqsa klassik kuylarni g‘oyat maroqli ijro qilgan. U, adabiyot bilan ham qiziqib, bo‘lajak shoir, kompozitor o‘g‘li Yusufning tarbiyasiga alohida ahamiyat berdi. Natijada Chokar juda yoshlikdan san’at va adabiyot bilan qiziqadi. O‘zbek va sharq klassik shoirlari ijodini havas bilan o‘rganadi va yosh vaqtidan boshlab ijod qila boshlaydi.

Chokar o‘zbek klassik adabiyoti namoyandalarining ilg‘or fikr-tuyg‘ularini davom qildirdi. U, demokrat shoir Avaz O‘tar bilan zamondosh va yaqin do‘st bo‘lgan.

Chokarning tashabbusi bilan Xivada musiqa texnikumi — internat tashkil etiladi. Chokar uning direktori bo‘ladi va dars beradi. O‘sha yillari Chokar Xorazm xalq muzikasi va klassik kuylar asosida ikkita asar yozadi. Uning «Qisqacha Xorazm muzika tarixi» asari 1925 yilda Moskvada nashr etildi. Keyin Chokar Samarqand va Toshkentda ishlaydi. Chokar «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» faxriy unvoni sohibidir. U 1952 yilda Toshkentda vafot etdi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.