background
logotype

Ibrohim Davron (1874-1922)

Ibrohim Davron (taxallusi; asl ismsharifi Mirzaa’zam Ibrohim o‘g‘li) (1874-Qo‘qon - 1922.5.4) — o‘zbek shoiri, ma’rifatparvar, dramaturg, publitsist.

Ibrohim Davron, asosan, she’r va pesalar, maqolalar yozgan. «Ash’ori nisvon», «Turkcha fig‘onlar» (1912), «Oltin so‘zlar» (1912), «Ta’lim jug‘rofiyasi» (1913), «Madaniy jumboqlar» (1914) she’r va topishmoq to‘plamlari; «Og‘ir hollar», «Vatan ishqi», «Tengsiz uylanish» (1916) va boshqa pesalarida vatan taqdiri uchun qayg‘urgan, ayollarning ahvoli, chor Rossiyasi zulmi ostidagi og‘ir hayotni tasvirlagan, xalqni bilim olishga chaqirgan.

Ibn Sino asarlari ta’sirida tibga oid lug‘at tuzgan (nashr etilmagan). Ko‘qonda birinchi bo‘lib suratxona (1901), «Madoro» («Quvvat») nomli kutubxona ochgan (1912). Hamza bilan hamkorlikda «Kengash», «Hurriyat» jurnallarini chiqargan, jurnalda rassomlik qilgan, yoshlar tarbiyasiga oid maqolalar yozgan. 1918 yildan boshlab maktablar ochish ishlarida faol ishtirok etgan. Ibrohim Davron asarlari «Sadoi Turkiston», «Turkiston viloyatining gazeti»da bosilgan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.