background
logotype

Ismatulla Rahmatullayev (1883-1962)

Ismatulla Rahmatullayev, Rahmatullazoda (1883, Samarqand viloyati Rajabamin qishlog‘i — 1962) — jadid ma’rifatparvari, pedagog. Abduqodir Shukuriyning «usuli savtiya» maktabida (1901—05) o‘qib, so‘ng shu maktabda o‘qituvchilik qilgan (1906—12), ayni paytda rustuzem maktabida ham tahsil olgan (1903—06).

«Dorul adab» maktabini tashkil etgan (1913—17). Tojik tilida «Ta’limi alifbe» darsligini nashr etgan (1915). 1917—19 yillarda Samarqandda 35 ta yangi maktabning ochilishida ishtirok etgan.

Samarqanddagi O‘zbek maorif bilim yurti (1922—25) va O‘zbekiston davlat kitob palatasining 1-direktori (1926—29), Behbudiy nomidagi kutubxona mudiri (1930—37). «Nashri maorif» va «Anjumani maorif» jamiyatlarining hay’at a’zosi (1917—21).

«Milliy ittihod» tashkiloti a’zolari bilan hamkorlikda ayblanib, ikki marta qatag‘on etilgan (1937-43, 1949-54). Hamid Olimjon, Fotih Niyoziy, Muzayyana Alaviya, Razzoq Hamroyev, Tolibjon Sodiqov, Voxid Abdullayev singari fan va madaniyat arboblari Ismatulla Rahmatullayevrahbarlik qilgan bilim yurtida ta’lim olganlar.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.