background
logotype

Porso Xo‘jayev (1867-1937)

PorsoXo‘jayev, Porso Xo‘ja Hasan (1867, Buxoro — 1937.25.10, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan.

1905 yildan Buxorodagi jadidchilik va Yosh buxoroliklar safida Yangi usul maktablari ochish va jadid gazlari chiqarish, ko‘plab qiroatxona va kutubxonalar tashkil etishda faol qatnashgan. 1918 yil martdan Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, Buxoroda amirlik tuzumiga karshi kurashda ishtirok etgan.

Buxoro Xalk Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilgach, Xatirchi va Karmana viloyatlari inqilobiy qo‘mitasi raisi (1920—21), BXSR dehqonchilik noziri va nozir o‘rinbosari (1921), Buxoro markaziy kasabalar ittifoqi raisi (1922), BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi (1922 yil avgust—1924 yil noyabr). 1925 yildan Buxoro shahri ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Buxoro okrugida yer islohoti bo‘yicha komissiya raisi.

1929 yildan Toshkentda yashagan, BXSRning rahbar arboblari bilan birgalikda millatchilikda ayblanib, 1937 yil 14 oktyabrda otishga hukm kilingan, 1962 yil 26 noyabrda oqlangan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.