background
logotype

Rustambek Yusufbekov (1880-1950)

Rustambek Yusufbekov, Rustambek domla (1880 — Toshkent — 1950.17.5) — pedagog, o‘zbek ma’rifatparvari. Dastlab maktabxonada,so‘ng Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasida o‘qigan.

1910-yillarda yangi usul maktabi ochib, unda o‘qituvchilik qilgan. «Ta’limi avval» («Dastlabki ta’lim») alifbe kitobini (1913), «Ta’limi soniy» («Ikkinchi ta’lim») o‘qish kitobni (1915) yozgan. Jadidchilik harakatida qatnashganligi uchun qamalgan.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.