- Hech qanday aybim yo‘q, o‘rtoq boshliq. Umrim bo‘yi chumoliga zig‘ircha ozor bergan bo‘lsam o‘lay agar. Uning o‘zi meni shunga majbur qildi. - Yozing dedi, - tergovchi buyruq bilan, dag‘dag‘ali ...
Kadikuyda Bostanjiga boradigan tramvayning ikkinchi vagoniga bir amallab tiqilib chiqib oldim. Orqa maydonda sakkiz kishi bir-biriga yopishib bir oyoqda zo‘rg‘a turardi. Arqonga bor og‘irligi bilan osilib ...
Nihoyat, Jamolboyni uylantiradigan bo‘lishdi. Jamol deganimiz allaqachon yigirma beshni urib qo‘ygan bo‘lishiga qaramay, hamon bo‘ydoq, so‘ppayganicha qishloqdagi to‘y-ma’rakalardan qolmaydigan bir yigit. ...
Magnitofonim buzilib qoldi, hovliga olib chiqib, tuzatmoqchi bo‘ldim. Lekin uyog‘ini kavlashtiraman, buyog‘ini burayman, sira-sira «tili chiqmaydi» isqotining! Bo‘g‘ilib, ustidan bolta solib yuboray dedim. ...
Tuman shifoxonasiga og‘ir kasal keltirildi. O‘n uch — o‘n to‘rt yoshlar chamasidagi o‘smir qornini changallab, tinimsiz ingrardi. Uni darhol jarrohlik bo‘limiga yotqizishdi. Shu kuni institutni yaqinda ...
Uydagilarni sog‘insam yoki cho‘ntakda shamol aylanib qolsa, dadamning qo‘l telefonlariga qo‘ng‘iroq qilaman. U yoqdan chiroyli ovoz eshitiladi: “Telefon xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida.”. Ie, har ...
Nusrat asalarichi har yili qishloq chetidagi adirlikka ari qo‘yadi. Ob-havo qulay kelganda yaxshigina asal oladi. Toza asal. Qo‘li ochiq yigit emasmi, mahallaning keksalari, beva-bechoralarni asal bilan ...
Maslahat yaxshi-da. Nega deysizmi? Obbo, o‘jar odamga o‘xshaysiz-ku! Axir, maslahat xom ishni pishitadi. Kami-ko‘stni to‘ldiradi. Gapning o‘g‘il bolasini aytaymi? Hech kim lo‘nda qilib maslahat berishda ...
Gazeta muharriri tahririyatga yangi ishga kelgan muxbirga topshiriq berdi: — Hayotni o‘rganing, uka. Turmushimizda uchrab turadigan muammolar haqida yozing. Keyingi paytlarda gazetamizda tanqidiy maqolalar ...
Keb qoling. Eronning hinosiga, Bog‘izag‘onning vinosiga. Nari ket mo‘ltoni, hali savdo qilganim yo‘q, barakani uchirasan. Ket deyapman, keyin kelasan. Keling amaki. Mumiyomi? Bor. Pomirnikiyam bor. Olishingiz ...
Ertalab soat to‘qqizda o‘tkaziladigan yig‘ilishiga o‘zi kechikkanidan qabulxonaga shoshib kirgan boshliq xonada kotibadan boshqa hech kim yo‘qligini ko‘rib, hayron qolganini yashirmadi. - Majlisga aytilganlar ...
Saylov haqidagi darak bir kunda qishloqqa yoyildi – oxirgi xonadonga dovur yetib bordi. Tadorik-da o‘sha kunning o‘zidayoq boshlandi: ariqlar tozalandi, ko‘chalar supirildi, uylar ohaklandi, yo‘l chetlariga ...
Qizil kursining «behosiyat» ekanini uchinchi kasbdoshim ishdan bo‘shatilganidan keyin bilib qoldim. Albatta, u ham qisman o‘z aybi bilan «tepildi». Biroq o‘sha kursiga erishganiga uch-to‘rt kun bo‘lganidan ...
Shu deyman, keyingi paytda «e’jod»korning kitob chiqarishi ancha jo‘nlashdi-yov. Mavzu tayyor, xomiy bisyor bo‘lsa, buning nimasi qiyin. Qalam oppoq qog‘ozga yurgizib ketilaversa, qarabsizki, quyon bir ...
Ushbu mashmasha bundan bir necha yil ilgari – hali tashbeh nimaligini anglamagan paytlarim – gazetamizda bir filolog olimning «KYeRAKSIZ BYeLGI» degan maqolasi bosilganidan keyin boshlangan. Maqola aynan ...
Amerikada “Olti barmoqlilar jamiyati”, “47-razmerdan katta poyafzal kiyadigan erkaklar uyushmasi”, “Kunora xotinlaridan kaltak yeydigan erlar klubi” va hakozolar borligini ro‘znomalardan o‘qiganmiz. Xo‘sh, ...
— To‘g‘risini ayt, uka, o‘lib qolsang, ortingdan nechta odam keladi? Bunaqa sovuqdan sovuq gaplar faqat Mamasiddiq akadan chiqadi. Aslida aka juda zo‘r odam. Chekmaydi — birovdan so‘rab olishning iloji ...
Boshlig‘imizni trestda rosa do‘pposlashibdi. Qurilish boshqarmamizda ob’ektlar soni ko‘payib ketganmish, mablag‘lar va ishchi kuchlari sochib yuborilgan emish. Yana mexanizmlar va texnika vositalaridan ...
Stol ustiga uyulgan sumka va yelim xaltalarga joylangan narsalarni qaytadan ko‘zdan kechirib chiqdim-da, yana qo‘limdagi ro‘yxatga qaradim: «Xo‘-o‘sh... Pichoq bor. Choynak-piyola bor. Elektr isitgich, ...
Ikki kunlik xonaki mehmondorchiliklardan so‘ng, do‘stim meni rayon markaziga sayrga olib chiqdi. Bog‘dagi choyxona ayvonida chanqovbosdi qilib o‘tirganimizda pakana, tepakal kishi soqqadek g‘ildirab kelib, ...
Bundan bir necha yil oldin, aniqrog‘i, sobiq diktator Pinochet Londonda hibsga olingan kuni bo‘kib o‘lgan qashqa sigir xitoyi bodomgul choynakdan chorak asr birga choy ichib kelayotgan er-xotinning o‘rtasiga ...
Nihoyat, o‘g‘ilni uylaydigan bo‘ldik. O‘ziga qolsa hali-beri uylanish xayoliga kelmaydi. Hozir qaysi bola “Ota, menga xotin olib bering!”, deydi? — O‘zidan ham bir og‘iz so‘raylik, — dedi xotin, — balki ...
Bir-birini taniganiga uch kun bo‘lmasdanoq turmush qurishga va’dalashib qo‘yishibdi. Bo‘lg‘usi kelin durustgina oilaning qizi bo‘lib, ota-onasi juda nozikta’b odamlar ekan. Shuning uchun ham qiz yigitga: ...
Qo‘rg‘onboy To‘lg‘anboev savobtalab odam. Kunu tun birovning mushkulini oson qilishni o‘ylaydi. Birov qarz oladimi, ishga joylashadimi, Qo‘rg‘onboy kafil. Unga iltijo qilgan mo‘minning yumushi bitmay qolmaydi. ...
( Tarjimai hollari kiritilmagan adiblarning asarlari)
Qiyozlar oilasining o‘zgacha bir xosiyati — ular yoppasiga tush ko‘rishadi. Yetti yashar o‘g‘lidan to yetmish yashar otasigacha tush ko‘rib chiqishadi. Tunda qanday tush ko‘rganini ertalab bir-biridan ...
Bosh muharrir menga “Kim oshdi” savdosi to‘g‘risida reportaj yozib kelishni topshirdi. Har safar gazetaning yarmini egallab kelayotgan bu mavzuning nega zarur bo‘lib qolganini tushunmadim. Peshinga yaqin ...
Keyingi paytlarda, “Hamma yoqni fonogramma bosib ketdi!”, degan hayqiriqlar ko‘payib ketdimi, birodarlar? Fonogrammaning nimasi yomon? Hofiz ham tirik jon — tobi bo‘lmasligi, ovozi chiqmay qolishi mumkin. ...
Bu voqea maktab bog‘i bilan oshxonani tutashtiruvchi chorrahada ro‘y berdi. Direktor o‘rinbosari Olimjon oldinda, biz esa orqada oshxona tomondan kelardik. Bog‘ tomondan qorovulimiz Soli buva aravasiga ...
Ko‘chadan bolalarning qiyqirig‘i eshitilishi bilan xotinimning peshonasi tirishdi: — Uf, yana kelishdi. Uning bu so‘zidan dami chiqib ketgan pufakdek bo‘shashib ketdim. — Eshikni ochmay qo‘ya qolamiz. ...
( Tarjimai hollari kiritilmagan adiblarning asarlari)
Eslaysizmi, “Buzuq telefon” degan bolalar o‘yini bor. Birinchi bola “Sasha” desa, ikkinchisi “Kasha” deb eshitadi, uchinchisiga esa “Masha” deganday tuyuladi. Kulgili o‘yin! Kecha meni tuyqusdan direktor ...
“Tekshiruvchilar kelishdi...” Kotib keltirgan bu sovuq xabar raisning yuragini yormagan bo‘lsa-da, o‘rnidan qo‘zg‘alishga majbur etdi. U tog‘liklarga xos polvon kelbatini ko‘tarar ekan, kursi bechora zalvorli ...
Ochig‘ini aytsam, bu gal parishonxotirlik to‘g‘risida yozmoqchiman. Yozganlarimdan parishonxotir kishilar xafa bo‘lishmaydi, chunki ular parishonxotirliklari tufayli buni o‘qishmaydi. Odatdagi odam uchun ...
Ba’zi birovlar ish topish oson deb o‘ylashadi. Aslida unday emas. Buni boshiga tushgan biladi. Ishxonada xodim qolmasa ham boshliq ish so‘rab kelganlarni qovog‘ini uyub qarshi oladi. — To‘g‘ri, bizga odam ...
Allo, Ismoiljon, bormisan? Bu yorug‘ olamda ikkita yaxshi bo‘lsa, biri — sensan, biri — menman. Bu olamda.., xo‘p, xo‘p. Yaxshi, qadrdonlarni chaqirib, Yangi yilda bir otamlashsak qanday bo‘larkin. Biznikida-da... ...
Mendan qanaqa boshliq chiqishi mumkin? Yo‘q, jamoa ichida sharmanda bo‘lishni xohlamayman. Biror kimsaga ovozimni ko‘tarib gapirolmasam, kimnidir haqorat qilishimni-ku tasavvur ham qilish qiyin, umrimda ...
Odam erta tongni qanday qarshi olgan bo‘lsa u kuni bilan shunga yaqin kayfiyat bilan yuradi. Siz bugun tongni qanday kutib oldingiz? Tushunish mumkin, kecha tug‘ilgan kunda bo‘lgan edingiz, ko‘nglingiz ...
Jamoada yig‘ilish borardi. Avval boshliq, keyin o‘rinbosarlar, so‘ng bosh hisobchi va hokazo-hokazolar kuyib-pishib so‘zlashdi. Nima haqda deng? Pul topish kerak. Daromadning cho‘g‘i past. Unisi undoq ...
— Hey, choyni qaytarmang! Endi, oshna, nima desangiz deng, shu choy qaytarish eskilikdan qolgan-da. O‘zim guvoh, choy qaytaraman deb qo‘lini kuydirib olganlar qancha, — deb Nizom choynakni Ergashning qo‘lidan ...
Oldindan aytib qo‘ya qolay — kamina shaxmat jinnisi. Shu o‘yin desa o‘zimni tomdan tashlayman. Mahoratlari qalay deysizmi? Albatta, ishqibozlikka yarasha-da! Ancha-munchasiga bo‘sh kelmaymiz. Ishxonada ...
Isfan ishbilarmonning uddaburonligi haqida shaharda turfa tus teshik quloq gaplar yuradi: — Isfan bilan maktabda bir partada o‘tirib bo‘y tortganligimdan faxrlanaman! Bo‘ladigan bola boshidan deganlaridek, ...
Bugun nima ko‘p, xususiy firma, qo‘shma korxonalar ko‘p. Nomlanishi turlicha — allambalo... Bir tanishimiz firma ochdi. Nomi «Xo‘p-xo‘p». Bu nima deganiykin, deb qiziqsinyapsizmi? Bu — pulini bersangiz ...
G‘ulomov avval soatiga, so‘ng atrofga qaradi. Bino yonidagi maydonchada turgan yashil «Jiguli»ni ko‘rib: «Shu, o‘zi. Mendan oldin kelibdi-da», degan gap ko‘nglidan kechdi. Mashinadan tushib lanj kayfiyatda ...
Olimboy aka kelinini kutib olish uchun raisdan «Volga»ni so‘rab, qoq peshinda stantsiyaga chiqdi. Poezd kelib vagon eshigidan o‘g‘li Tantiboy bilan kelinining qorasi ko‘rinishi bilanoq peshonasiga shart ...
(Soddalar o‘qimagani ma’qul)
It kimga do‘st — Egasiga do‘st. Xalq iborasi
Qosimjon mashinani garajga kiritib, darvozaning uch joyidan qulflab kalit o‘ynab kelarkan, uchinchi yo‘lak oldida bolalarning ...
Bugun jug‘rofiya o‘qituvchisi darsga kelmadi. Xomtok qilaman, deb so‘ridan yiqilib, oyog‘ini sindiripti. Ajoyib «xushxabar»dan keyin bir zumda sinf bo‘shadi-qoldi. Bunday qulay paytdan foydalanay deb, ...
(Yozuvchilarning Do‘rmondagi ijod uyidan reportaj)
Aziz Abdurazzoq xona eshigini ochishi bilan vannaxonada suv shildirayotganini eshitdi. Ichkariga kirdi. Qo‘lyuvgichda bitta baqaloq shisha ustiga jo‘mrakdan ...
Yangi hovli Tillaevga yoqdi. Yuklarni mashinadan tushirayotganda Qurbonboy bir gap aytib qoldi: — Sizga endi bitta it lozim, o‘rtoq Tillaev. It uyning savlati. Albatta it boqing. O’zim g‘alatisini topib ...
Juma ota o‘tgan haftada o‘ladigan edi. Bu gapni doktor kampirga aytayotganda eshitib qoldi. — Endi, chidaysiz, kampir, otaning bir-ikki kunlik umri qopti, tayyorgarligingizni ko‘rib qo‘ying. Ota bu gapni ...
Abdurazzoq bugun otpuskaga chiqdi. Xotini bu kunni qachondan beri kutardi. — Mana, xotinjon, endi maza qilib o‘ynaymiz. Arslonbobga oborib, rosa o‘ynataman. Bugun prikaz bo‘ldi, ertaga otpuska pulini jaraqlatib ...
(Lirik manzara)
Oltinchi kvartaldagi to‘qqiz qavatli uyga odamlar ko‘chib kela boshlashdi. Birov itini yetaklab, birov mushugini ko‘tarib keldi. Sakkizinchi qavat balkoniga yangi qo‘shni to‘rqovoq ilib ...
Erkaklarning o‘pishishi juda xunuk narsa-da, ukaginam. G’afur G’ulom
I
Dunyoda nima ko‘p, lab ko‘p. Yer yuzida qancha odam bo‘lsa shuncha bir juftdan labi bor. (Bir odamda to‘rtta lab bo‘lishiga ...
Atrofi kungira panjaralar bilan o‘ralgan uch qavatli bu uyni mikrorayondagilar «Oq uy» deb atashardi. Unda obkom va gorkom xodimlari yashaydilar. Faqat pastdagi ikki xonali uy semon zavodining ishchisi, ...
Iskameyka uzra o‘ltirsa nechalar rohat qilib, Kavshimiz loyi bilan biz ustida yotmog‘imiz. Tavallo
Erkakdir, ayoldir, yoshi bir joyga borganda boladan chiqib qolarkan. Qimizxon bilan Usmonjon ham xuddi ...
I
Javlonbek rayon markaziga yetganda tong yorishib, ko‘chalar gavjum bo‘lib qolgandi. Budka oldini supurayotgan cho‘tkachi Mullaqand tuyoq tovushini eshitib qaddini rostladi. — Bahay, aka Javlun? Sutra ...
Ko‘xna Buxoroning beqiyos rostgo‘y fuqarosi Sangin Xamro to‘g‘risida haddan tashqari rost hikoya.
Bu odamni men o‘n bir yil burun Amir zindonining darvozasi yonida uchratgan edim. U xontaxta ustiga ...
Muzeyni tomosha qilgani kelganlar «Muzey berk, remont» degan yozuvni o‘qib, qaytib ketaverishardi. Ammo soqoli ko‘ksiga tushgan, ikki lunji filning qulog‘iga o‘xshab osilgan bir chol eshikni ochasan, kirib ...
Usta Mahkamning kichik qizi Inobat mahmadonagina chiqqan. Kelin ayalari ham, opalari ham undan zirillab turishadi. Shundoq gaplarni topib gapiradiki, naq jon-joningdan o‘tib ketadi. Tili chiqqandan beri ...
(Yodgorlik)
Turdivoyni do‘stlari orqavarotdan Turdi Ilimiliq deb atashardi. Bunday deyishlariga sabab, gap-gashtaklarda uning bor-yo‘qligi bilinmasligida edi. Hech qachon, hech qaerda, palon so‘zni ...
Butun respublikadagi jamiki magazinlarni aylanib chiqsangiz, prilavkada chang bosib yotgan egar, arqon, arava mixini ko‘rasiz. Bu mollar o‘n-o‘n besh yillardan beri sotilmay yotadi. Ammo shaharning qoq ...
Fojia
Birovga ham yedirmaydigan, o‘zi ham yemaydigan qattiqqo‘l boshbux bor edi. Shu bechora yaqinda o‘ldi. Boshbux stolga ko‘pdan ko‘z tikib yurgan bir xudo urgan pombux bor edi. Boshbux o‘ldi-yu, ...
Temir-tersak buyumlari zavodining direktori ellik yoshga to‘ldi. Mana shu qutlug‘ marosimni nishonlash uchun zavod aktivlari klubga yig‘ilishdi. Yubiley komissiyasining raisi — bosh injener Umrzoqov minbarga ...
Gapdan-gap chiqib, odamzodning pastkashi qanaqa bo‘lishiga borib taqaldi. Shunda bir kishi salmoqlab gapga aralashdi: — Rahmonali degan bir oshnam bor edi. O’zi umrida biror joyda yolchitib ishlamagan. ...
Hayvonot bog‘ida zavxoz vazifasida ishladim. To‘rt tonnalik fil ikki tonnaga tushib qoldi. Hayvon tilsiz narsa, nima yeb, nima ichganini birovga aytolmaydi. O’sha filga tegadigan narsalardan uncha-munchasini ...
Qobiljon direktorning kabinetidan lattadek bo‘shashib chiqdi. U qabulxonada o‘tirganlarga loqayd bir nazar tashladi-yu, tez yurib koridorga burildi. — Siylaganni sigir bilmas, deb shuni aytadi-da. Ishga ...
Mahallamizda bir kampir bor. Doimo eshigining oldiga sholcha solib, chakkasiga rayhon taqib, choy ichib o‘tiradi. O’tgan-ketgan xotinlarning qo‘liga choy tutqazib, gapga soladi. Shu xotinni ko‘rganimda: ...
Teatr mestkomining majlisi. Bugun kollektiv keksa artist Latif Ibodovni pensiyaga kuzatmoqchi. Badiiy rahbar Muxtorov keksa artistning xizmatlarini to‘lib-toshib gapiradi. — Latif aka kollektivimiz o‘rtasida ...
Ko‘zoynagining bir poyi darz ketgan bu odamni ilgarilari ham bir-ikki ko‘rganman. U, doimo NEP davridan qolgan qo‘sh qulfli portfel qo‘ltiqlab yurardi. Basharasi lazarimda muhri o‘chib ketgan sovunga o‘xshardi. ...
Boqqaningga yarasha tovuq o‘lgur kunda tug‘sa-da. Don cho‘qishiga qaraganda, kuniga ikkitadan gug‘adiganga o‘xshaydi. Qaqolashi dunyoni buzadi. Har qaqolaganida qo‘ni-qo‘shnilarga eshittirib, hozir tuxum ...
Kap-katta odam ko‘pchilikning o‘rtasida «ho‘ng-ho‘ng» yig‘lasa, juda xunuk bo‘lar ekan. — Qo‘ying, Mullajon, astoydil sevsa, qaytib keladi. Mullajon tasalli berayotgan kishiga qarab, nimadir demoqchi bo‘ldi, ...
Rayon sovetining sessiyasida maktablarda ishlab chiqarish ta’lim masalasi ko‘rilar edi. Rayon maorif bo‘limining mudiri bu masala yuzasidan juda yaxshi doklad qildi. Ammo u o‘n to‘rtinchi maktabda politexnika ...
Yaqinda rayon Madaniyat uyiga bordim. Instruktorni topolmay hayron bo‘lib turgan edim, qorovul chol choyga taklif qilib qoldi. Rahmat aytib, uzr so‘radim. — Bo‘lmasa, bolam, klubga bora qoling. Tomosha ...
(Kinokomediya uchun ssenariy)
Yer qimirlaganda Usmon otaning uyi ham ancha shikastlandi. Rayijrokomdan remont uchun u-bu berishdi. Shu kunda nima ko‘p, qo‘liga andava ushlagan usta ko‘p. O’ra qazishmi, ...
(G’irt yolgon hikoya)
Vokzalga shoshilayotgan edim, ko‘cha o‘rtasida taksi to‘xtatdim. Shofyor yaxshi bola ekan, shartta eshikni ochib tushdi-yu, qo‘ltig‘imdan olib ichkariga kiritib qo‘ydi. Vokzalga ...
(Pazanda maslahati)
Palov sharq xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan ovqat bo‘lib, revolyutsiyadan oldin uni qo‘l bilan yeyishgan. Boy-feodallar mehnatkash xalqni palovni to‘g‘ri iste’mol qilishdan mahrum ...
Uning asli ismi La’lixon bo‘lsa ham, dugonalari La’li Badaxshon deb chaqirardilar. La’li Badaxshonning asl basharasi qanaqaligini hali hech kim bilmaydi. Men ham uni o‘n yildan beri taniyman. Ammo basharasidagi ...
Uning asli ismi qanaqaligini, o‘zi qaerda ishlashini birov aniq bilmaydi. Tanigan ham, tanimagan ham uni Qo‘ldoshich, deb chaqiradi. Shu Qo‘ldoshich ko‘pdan beri qurilish trestiga qarashli taxta omboriga ...
Maxsum karnaychi ancha tabarruk bo‘lib qolgan odam. U ko‘p odamlarning to‘yida xizmat qilgan, yurtning duosini olgan kishi. Har to‘kisda bir ayb degandek, Maxsum karnaychining ham dilida bitta armoni bor ...
Terimga tayyorgarlikning borishi haqida Hodnvoy rais axborot berar ekan, pastdan luqma tashlab gapini gapiga qovushtirishmadi. — «Hoy Hodi, sensiz tayyorgarlikni ko‘rib qo‘yganmiz. Yaxshisi, kurortda qanaqa ...
Luqmonbek mahallada otning qashqasi. Ertalab bozorga ketayotganida ikki qo‘li ko‘ksida, hammaga tavoze bilan salom beradi. Qaytishda kayfi taraq bo‘lib, ertalab sa-lomiga alik olganlarni turtib o‘tadi. ...
Tayyor hikoya
Odatda yozuvchi biron asar yozmoqchi bo‘lsa, bosh qahramonining tashqi qiyofasini bir odamdan, qiliqlarini bir odamdan, sarguzashtini yana bir odamdan oladi. Voqea o‘tadigan joyni har ...
Nima balo bo‘ldiyu Qumri xolaning Mozambik degan yurtni ko‘rgisi kelib qoldi. Aslida-ku u bunaqa mamlakat borligini bilmasdi. Qayoqdan nevarasi rangli televizorni burab qo‘ygan ekan, Mozambikda paxta ekishga ...
Hajviy fojia
Nurmatjon magazindan aroq olganida, «uyga borib, yonboshlab maydalayman», deb o‘ylagan edi. Lekin sumkasidagi shisha har gal oyog‘iga tekkanida eti seskanib, og‘zining so‘lagi oqaverdi. ...
Tolibjon mudrab, arang uyiga yetib keldi. Ikkinchi kavatga chiqqanida ham ko‘zi biyo-biyo bo‘lib, tikka turganicha uxlab qolgudek holi bor edi. U shu mudraganicha eshikka kalit solib ochdi-yu, xotinini ...
(A. Qahhorning g‘azabiga uchragan hikoya)
Sotimjonni ko‘rmaganimga roppa-rosa yigirma sakkiz yil bo‘pti. O’rta maktabni bitirganimizda ikkalamiz ham o‘n yettida edik. Ittifoqo uni shu bugun uchratib ...
(1917-1991)
Hurmatli o‘rtoq gaziyta direktori! Gaziytangizning sakkizinchi sahifasida bosilgan fan kandidoti Nayim Karimupning shig‘riy qorxatini o‘qidi-mu tepa sochim tik bo‘lib ketdi. Ko‘y go‘shtining ...
(Taqriz)
Ma’lum bir mazmunni ma’lum bir shaklda ifodalash masalasi ma’lum bir badiiy ijodning ma’lum bir bosh masalasidir. Mazmunning birlamchiligi va hokazolar xaqida, ayniqsa, uning yetakchiligidan ...
To‘rtinchi qavatdagi uch xonali uyning bir xonasi menga tegdi. Yuklarimni saranjom qilayotganimda baqaloqqina, mo‘ylovining uchi anor suvidek qip-qizil bir odam eshikdan bosh suqib: «Salom, qo‘shni», deb ...
Ertalab uyg‘onib, devor soatga qarasam, yettidan oshibdi. Har kuni xuddi shu vaqtda dadam karavotimga engashib: «Tur, kichkina Yo‘ldoshev», deb uyg‘otar edi. Men darrov turar edim-da, nonushtadan keyin, ...
Teskari hikoya
Qizim, senga aytaman, Kelinim, sen eshit. Maqol
U ichkuyov edi. Xotini ishga ketganda idish-tovoqlarni yuvib, bolani kiyintirar, kiyimlariga dazmol bosib, hammayoqni orasta qilib ...
Idora boshlig‘i ertalab ishga mushugini ham olib keladigan odat chiqardi. Tizzasiga mushukni o‘tqazib, bir qo‘lida uni silab, bir qo‘lida hujjatlarga imzo chekadigan bo‘ldi. Yig‘in paytida ham kollektiv ...
Bu voqeani yoshligimda tushimda ko‘rganmanmi, o‘ngimda ko‘rganmanmi, esimda yo‘q. Balki yoshlik paytlarimda o‘z ko‘zim bilan ko‘rgandirman, yo birovdan eshitgandirman. Lekin aytib bersa arzigulik voqea. ...
(Tursunboyning oltin koni)
Abdulla Qahhorning bog‘iga Tursunboy degan bir pahlavon yigit tez-tez kelib turardi. U bog‘da gullarning tagini chopar, o‘t yular, daraxtlarni sug‘orardi. Abdulla aka undan ...
G’afur G’ulom Ahmadjon zargar degan bir qadrdoni bilan bog‘ sayriga borib, besh kun qolib ketdi. Xayol bilan bo‘lib uyga ogohlantirib ketish eslariga kelmabdi. Besh kundan keyin qaytib kelib, uyga qandoq ...
Zaynobiddin o‘ylab qarasa, shu kunlarda o‘qituvchilarning moyanasiga baraka kirib, tirikchiliklari binoyiday bo‘lib qopti. Eski kasbiga qaytishni niyat qilib qo‘ydi. Shu maqsadda ariza ko‘tarib maorifga ...
Oybek aka yangi asar ustida ishlayotganda juda xayolchan bo‘lib kolardi. Bir marta ko‘rishgan odam bilan ko‘zi tushib qolsa, yana ko‘rishaverardi. Domla Soyuz devoriy gazetasining 1 may sonida: «Oybek ...