-Navbatdagi masalaga o'tamiz, -Stalin tamakidan sarg'ayib ketgan kalta, yo'g'on barmoqlari orasidagi trubkani huzur bilan tortdi. -Boshlagan ishimni davom ettirmadinglar. Faqat men Lenin vasiyatlariga ...
Afandi daraxt shoxida turib uni arralayotgan ekan, yo'lovchilardan biri buni ko'rib: «Afandim, o'zingiz turgan shoxni arralayapsiz, bunaqada yiqilib tushasiz», -deb o'tib ketibdi. Afandi «Bir sen qolgan ...
Tarixning guvohlik berishicha, xalifa Horun ar-Rashid Bag'dod hukmdori bo'lgan davrda ulamoi orifon Shayx Junaydning ko'p shogirdlari bo'lib, ular orasida Abu Bakr Shibliy o'zining bilimi, quvvai hofizasi, ...
...Qozongap nomoz farzini bajarayotib o'rnidan dast turdi, Xudoga yaqinroq bo'lish uchun, uning munojotlari Xudoga yetib borishi uchun, balki Zamindagi mayda-chuyda orzu-havaslar, fitna va ig'volardan ...
"Ma'naviyatsizlik-oxir zamon nishonalaridan biridir", -deb yozgan edi Chingiz Aytmatov. Biz har qadamda ma'naviyat-ma'rifat, deb jar solayapmiz-u, aslida amalda hech narsa qilmayapmiz. Ma'naviyat-ma'rifat ...
Odam bolasi qanday sharoitda bo'lmasin, hamma narsaga ko'nikadi. Uning yashovchanligi ham ana shunda. Oh-voh qiladi, o'zini to'rt tomonga uradi, keyin hamma qatori aravasini sudrab yuraveradi. Podsho bir ...
Axborot asri deb nom olayotgan hozirgi davrda ilgari bizning tasavvurimizda uyat deb hisoblanib kelingan ko'p narsalar odatiy holga aylanib qoldi. Tilivizirga qarasang, ko'kragi lorsillagan xonimchalar ...
Odam bolasi tug'iladi, voyaga yetadi, hamma narsaga havas qiladi, orzulari olamga sig'maydi, uylanadi, bolalarim deb yuguradi, quyosh sharqdan chiqib g'arbga botganiday, xuddi shunday tashvishlarni zurriyodlariga ...
Hozir nima ko'p-to'ylar ko'p. Qarindosh-urug', oshna-og'aynilardan xudo bergan-nikoh to'yidan chiqib sunnat to'yiga, undan chiqib Payg'ambar yoshi, muchal to'yiga bo'zchining mokisiday yuguraman. Ayniqsa, ...
Ilgari qaysidir bir darslik kitobida bir oyoqda turgan mujikning surati bo'lardi. Darslikni ochsam, u hamma vaqt bir oyoqda mug'ambirona iljayib turardi. Nega bu bechora bir oyoqda turadi, deb hayron bo'lardim. ...
Bir kishi har gal qabriston oldidan o'tayotganda: "Assalomualaykum ey ahli qubur, muborak hovli egalari, biz ham bir kun shu yerga kelamiz", -der ekan. Qur'oni Karim oyatlarida, Hadislarda zikr etilganidek, ...
Ishdan qaytayotib pochta qutisidagi allaqanday qog‘ozga ko‘zim tushdi. Olib qarasam — «Xabarnoma». Unda katta summa olishim bildirilgan edi. Suyunib ketdim. Negaki keyingi vaqtlarda qarzga botib, siqilib ...
Hotam Xurramov yaxshi xodim bo‘lgani bilan sal to‘qimtabiat odam. Aytishlariga qaraganda, shu yerda ishlayotganlariga qirq yildan oshibdi. Kecha Hurramovni Egam Rabiyevich chaqiribdilar. «Siz shu sohaning ...
Sharifjonning ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi. Bir gapdan qolganida olam guliston edi-yu, lekin to‘g‘riso‘zligi, cho‘rtkesarligi bunga izn bermadi. Alami O‘roqchadan: uning yonini olaman deb boshlig‘i ...
Derazadan tushib turgan quyosh nuri kesak qisgan qovundek cho‘zinchoq boshni yaltiratib, xonani yanada nurafshon qilib turardi. Derazaga qarama-qarshi o‘tirgan bo‘lim mudiri Karom Salomov eshikning amirkon ...
Hoshim aka bu safar darvoza zulfinini qattiqroq shaqirlatgan edi, ichkaridan “huv-v, hozir” degan ayol kishining ovozi eshitildi. — Kelin, Qulsoatni buyoqqa chaqiring! — Voy, uyda yo‘q edilar-a... — ...
Ko‘pincha mendan nega kulgili hikoyalar bitmay qo‘yganim haqida so‘rashadi. Bu qulog‘imga, “hajvchilar yozmasa hech kim kulmay qo‘yadi”, degandek eshitiladi. Go‘yo bizning kuldirishdan boshqa ishimiz yo‘qday. ...
Fabrikaning yo‘lidan Ro‘molcha topib oldim. Topib oldi demanglar, Mehnatga sotib oldim. (O‘zbek xalq qo‘shig‘idan)
Ro‘molcha Otello uchun otameros. Otasi nikoh kechasida onasiga ro‘molchani bergan ekan. ...
Ota-onasi xizmati va mehnati bilan Xushnud tengdoshlariga nisbatan barvaqtroq ulg‘aydi: ko‘p kitob o‘qigani uchun bilimliroq bo‘lib o‘sdi. Lekin uni ishlatishda hali me’yorni bilmagani sababli aziyatlar ...
Bizda atrofga razm solish degan narsa yo‘q. Bordiyu razm solganimizda qanday topqir, donishmand odamlar bilan zamondosh ekanligimizni bilardik, faxrlanardik. Mana, shularning bittasi Rahmonnazar. Uni biz ...
Muhiddin qiziq bozor qilib chiqsa, Akram qiziq zir yugurib turganmish-da. — Ha, og‘ayni, tinchlikmi? — so‘rabdi Muhiddin aka. — E, o‘rtoq, kechagina o‘ttiz ming so‘mga yangi velosiped olgandim, shunday ...
Sarlavha didingizga uncha o‘tirishmadi-a? Ammo menga bu ikki so‘z negadir egizakday ko‘rinadi. Bu, hoynahoy, velosipedini o‘g‘irlatmagan qiziqchi bo‘lmaganini surishtirib bilganim va bul haqda qiziqchi ...
Bozorning nimasi yaxshi? Istagan narsani sotishingiz mumkin. “Yaxshi olma! Yeb qo‘ymasangiz bahorgacha turadi”, deb maqtovini keltirsangiz, bas. Yoki “Zo‘r oshqovoq. Qaynatib, dimlab, qovurib yesangiz ...
Choyxonada tarqalgan xabardan hamma hangu-mang bo‘lib qoldi: «Qo‘shni qishloqqa viloyatdan vakillar kelibdi. Uyma-uy yurib elektrdan foydalanishning ahvolini tekshirishibdi». Albatta: — Ie! Shu kam edi! ...
Qo‘y oldim, qop-qora, peshonasida oppoqqina holi ham bor. Yuvoshligini ayting. Uni ustiga ikki haftadan keyin tug‘ib ham berarkan. Hovliga kelgach, arqonini ustiga tashlab, «Ko‘rib qo‘y» deganday xotinga ...
«Go‘rda yotibmanmikin?» Ko‘zini ochib, Soli piyonning kallasiga kelgan birinchi savol shu bo‘ldi. Atrof zim-ziyo — yilt etgan chiroq yo‘q. Nafas olib bo‘lmaydi, demak, tirqish ham yo‘q. Ammo go‘rda muzlashi ...
Ismim — Alijon. Qurilish boshlig‘ining haydovchisiman. Bir kuni xo‘jayin, «Toshkentga boramiz», deb qoldi. Azonda soqollarni olib, shimlarni dazmollatib, yangi do‘ppilarni kiyib shaharbop bo‘lib, uydan ...
Mashinam svechasini ho‘llaydigan odat chiqardi. Svechalarni olib, tozalab, qaytarib o‘rniga qo‘yib tursam, No‘’mon aka kelib qoldi. Odam mavjudod olamining sarvari hisoblandi. Shu boisdan bo‘lsa kerak ...
Ishdan olingan, bo‘shatilgan odamlar haqida eshitgansiz, bilasiz. Ammo men hikoya qilmoqchi bo‘lgan ishdan ketish voqeasi tushingizga ham kirmagan bo‘lsa kerak. Voqea maktab bog‘i bilan oshxonani tutashtiruvchi ...
Har qanday yangilikning kirib kelishi oson emas-da. U kattami-kichik qurbonlik talab etadi. Mana, masalan, oddiygina sho‘rtik — kalta shimning qishlog‘imizga kirib kelishi uchun Abdurahmon aka butun boshli ...
Odam deganlari xo‘p ajoyib mahluq-da! Undagi tuyg‘ularning ko‘pligini ayting. Ulardan biri, masalan, maqtanchoqlik. Ajoyib deysizmi, g‘aroyib deysizmi, ishqilib bir tuyg‘u-da. O‘zini odam deb atovchi jonzod ...
— Rasulqori akamlar bilan to‘yga borib qoldik, men doirada, u kishi tanburda, — Olimjon aka hikoya¬sini boshlaydi. Eshituvchilar yuzida sal kulgi o‘y¬naydi. Chunki mashhur hofiz Rasul qori Mamadaliev haqidagi ...
— Olim yolg‘on topolmay qolsa, har zamonda rostam gapirib turadi! Bu gap meni o‘ylantirib qo‘ydi: haqiqatan ham Olimjon aka shunaqamikan? «Odam qanchalik ko‘p yolg‘on gapirsa, uni yolg‘onga ishontirish ...
Choyxona oldida turgandik. — Yong‘oq qoqtirmoqchi bo‘sang‚ Shokir buvangga xabar berib qo‘y! — Siddiq aka velosipedidan tushar ekan so‘z qotdi. Arofimdagilar kulishdi. Siddiq aka hamma bilan bir-bir: ...
O‘rinboyning ismiga “o‘rtar” so‘zini qo‘shib aytishadi. Qo‘shmasayam bo‘lmaydi. Yursayam, tursayam, hatto uyqusiraganda ham shu qo‘shiqni xirgoyi qilgani qilgan. Qo‘shiqning tugamaganiga hayronlar qolasiz. ...
— Sto-o-op, to‘x-tal-sin! Bu gapni qishlog‘imiz bo‘yicha faqat Haqberdi aka o‘xshatib aytdi. Aytganda ham, juda kiftini keltirib, «sto-o-o-op» deydi cho‘zib, so‘ng chuqur nafas olib, uni chiqargach, «to‘x-tal-sin!» ...
Madaniyatning hisobchisi Mamadali bilan oshxonada uchrashib qoldik. To‘g‘risi, ishdan keyin o‘n gramm urvolish uchun kirgandim. Mamadali anchagina olib qo‘ygan ekan. — E, shoir, shoir, — dedi o‘rnidan ...
Hammomdan biri novcha, biri pakani yigit chiqdi. Ikkovinyam xo‘p bug‘langani ko‘rinib turardi: yuzlari qip-qizil. Pakanasi xo‘jayinlardan bo‘lsa kerak, novchaga gap uqtirirar, sherigi qo‘li ko‘ksida, bosh ...
— Velosipedmi? Manovi quvladiga qo‘shnim, mirob, Qo‘riqda yeri bor. Vey, qishloqda meva-cheva, ekinlar tugul, odam suvsizlikdan qurib qolsa ham, Qo‘riqda suv bo‘ladi-da! O‘zi odamlaram ayyor bo‘lib ketgan. ...
«Nosir buva o‘rikdan yiqilib tushibdi», degan gap juda tez tarqaldi. Qo‘ni-qo‘shnilar, o‘g‘il-qizlari, boringki, jamiki qarindosh-urug‘lari to‘plandi. Nosir buva yetmishga kirgandi. Uni ustiga o‘rikdan ...
Kapadamiz. Xalfana ovqat qilyapmiz. Haydar akam sho‘rvaning ko‘pigini olyapti, men sholg‘om archish bilan ovoraman. Oqsoqollarimiz Hamroali bilan Rahmon akalar kechagi masalani bir yoqlik qilish bilan ...
Bolalarning g‘avg‘osi bartaraf etadigan bir kuch paydo bo‘ldi – televizor! Ha ishonavering! Ishdan kelasiz, g‘ing‘ir-g‘irg‘ir boshlansa, «Bor televizoringni ko‘r!» deysiz, zumda tinchishadi. Ammo g‘avg‘oning ...
Mamaziya aka bilan Tojiboy buva qo‘shni. Ota-buvalari ham bir devorning ikki yog‘ida yashashgan ekan. Turpog‘i bir joydan olingan bo‘lsa-da, lekin ular ikki xil odam: Tojiboy buva novcha, har bir so‘zni ...
Halimjon aka qirq yoshlarda, chuvakkina, ammo halimdek odam. U kishi bilan munosabatlarimiz salom-alikdan nariga o‘tmagan. Qaerda ishlaydi, bilmayman. «Halimjon qaerda ishlashsa ham ishlarni loy qiladi, ...
Bizda atrofga razm solish degan narsa yo‘q. Agar andak diqqat qilganimizda qanday topqir, donishmand odamlar bilan zamondosh ekanligimizni bilardik, farxlanardik. Mana, shularning bittasi Rahmonnazar. ...
Xotinlar frontida nimalar bo‘lyapti, birodarlar? Bularni tartibga chaqiradigan, hech bo‘lmasa ikki og‘iz pandu nasihat bilan o‘ziga keltirib qo‘yadigan jamiyat bormi, yo‘qmi? Mana, Nosirxon so‘lim do‘stimiz ...
– Sumbatini ko‘rgan satil to‘ldirib sut bersa kerak deb o‘ylaydi. Bir echkicha ham himmati yo‘q, shuni soqqunchayam enamdan emgan sutim og‘zimga keladi. Mendan boshqani yoniga yo‘latmaydi-ya, qirilgur. ...
Mahmuda darvozaning taqillashidan eri yana ichib kelganini sezdi. Uff, yana tomosha ko‘rsatadiganga o‘xshaydilar. Chindan ham u darvozani ochishi bilan Tolibjon kimnidir avra-astarini ag‘darib so‘ka boshladi. ...
Pardaxol momo hamsoyasi Qirmiz momo bilan gurunglashib o‘tirgan chog‘ o‘g‘li Juma shirakayf kirib keldi. — O‘zimni enam, enajonim, — deya Pardaxol momoning pinjiga tiqildi u. — Bolam, nima balo salom-alikni ...
Sultonposhsha xolaning qalbi yosh. Shu boisdanmi, u goho nabirasining ovoziga taqlid qilib turadi. Telefon jiringladi. Xola shoshilmasdan oldi. Va “Allo!” – deya o‘n yetti yashar qizlar ovoziga o‘xshatma ...
Ko‘rpani endi boshimga tortgan edim, xonam eshigi ochilib, ko‘zlariga qopa oynak taqqan, belidagi kamariga to‘pponcha qistirilgan qopa shlyapali oq, qora, qizil rangdagi uch xo‘roz kirib keldi. – Tur joyingdan, ...
Temir yo‘l vokzali. Kiyinishidan o‘ziga to‘qligi sezilib turgan bo‘ychan yigit navbatda turibdi. Uning oldida dilbargina ayol paydo bo‘ldi. – Toshkentga ketyapsizmi, aka? Yo‘q demasangiz, bir kupega chipta ...
Qizim gap olib keldi: tepakallarning miyasi mixday ishlarkan. Bo‘lishi mumkin, dedim. Chunki kaminaning sochi siyraklasha boshlagan edi. Xursand ham bo‘ldim. “Endi bolalarga nima deyman?” degan o‘ylov ...
Inomjon o‘rta maktabni zo‘rg‘a bitirganiga o‘n yilcha bo‘ldi chamamda. U shu yillar davomida o‘z yoshidan ko‘proq ishxona eshigiga bosh suqib, qosh qo‘yib chiqdi. Lekin biron joyda uch-to‘rt oy sabr qilib ...
Odamlar qanday qilib mashina olisharkan-a? Mo‘minjon Qobilovich yeb-ichishdan, kiyishdan iqtisod qilib, uzoq yillar yengil avtomobil xarid qilish uchun pul jamg‘ardi. Biroz yurgan bo‘lsa ham yaxshi saqlangan ...
Akaxonimiz Alimbek Salimiyning tug‘ilgan kuni bugun. Biz bu ulug‘ sanani bozor ichida joylashgan oshxonada "ko‘rimsizgina" dasturxon atrofida nishonlayotgan edik. Dasturxonda noz-ne’mat mo‘l-ko‘l. Ochiq ...
Qaysi shofyorga qaramang, fig‘onidan tutun chiqadi: bir litr benzin falon pul. Bittasi mashinasiga suv solishni maslahat berdi. Yo‘g‘-ey, aql bovar qilmaydi, deysizmi? Ishonavering, sizdan nima ketdi, ...
— Aka, bu oxirgisi, shuniyam To‘ra Jo‘raevichnikiga tashlab keling, — deb qoldi muhandisimiz Normatjon. — Bu oxirgisimi? — dedim unga ishonqiramay. — O‘g‘il bola gap, — dedi u qat’iy. Yo‘lda ketyapman, ...
Bayram bahona boshliq bizlarni o‘z xonasiga yig‘di. U salmoqlab o‘rnidan turdi-da, yana chaqqongina o‘tirdi. Bu hol bizlarni ancha tashvishga soldi. "Biron xatolik ish qilibmizmi?" deya bir-birimizga qarab ...
Men bunday dorilomon zamonda yashayotganimdan xursandman. Uylanaman, deb bosh og‘ritmayman. Kerak bo‘lsa qizlarning o‘zlari uyimga sovchi yuborishadi. O‘zimni ham otam qo‘l-oyoqli qilib tarbiyalaganlar. ...
Ilgari bilimi bor ilm qilgan bo‘lsa, hozir sharoiti bor ilmiy ish qilyapti, deb hisoblaydi ko‘pchilik. Haqiqatan, hamyoningiz qappaygan bo‘lsa, har qanaqa asarni bir zumda yozib beradiganlar serob. Lekin ...
Ba’zan sizda ham bo‘ladimi shunaqa holat: go‘yoki aynan bir voqea avval ham boshingizdan o‘tganday tuyuladi. Masalan, oshxonada gazni o‘chirdingiz, shu payt burchakdan sichqon yugurib o‘tdi va aynan hozir ...
Paypog‘im va galstugimning rangi bir xil,
- deydi biz bilan suhbatda estradamizning yorqin yulduzi, yoshlarning sevimli qo‘shiqchisi Kalon Dimog‘ov Gazetamizga yog‘ilib kelayotgan xatlardagi talab va ...
Ba’zan har xil odamlarning nolishini eshitib qolamiz: hayot og‘irlashib ketyapti, kun kechirish og‘ir, hammasi og‘ir... Bekor gap. Menimcha hayot og‘irlashib emas, aksincha, yengillashib ketyapti. Ha, ...
Yaqinda men ishlaydigan boshkarmada demokratiya sari bir qadam qo‘yildi. Biz ziyoli insonlarmiz, demokratiyani ba’zi birovlar tushunganidek "xohlagan odam xohlagan ovozda xohlagan gapini gapira olishi" ...
RADDIYA
Yoxud shoir Yoziq O’ylamasning “Och biqinga” gazetasi ustidan raddiya berish va tovon undirish xususidagi arizasi
Janobi prokuror! So‘nggi vaqtda tanqidchilar o‘zlariga yoqinqiramagan ...
Auditoriya talabalar bilan to‘la, kimdir konspekt to‘ldirish, kimdir qo‘l telefoni bilan gaplashish, yana kimlardir uch-to‘rtta bo‘lib hangomalashish bilan band. Kirish uchun qo‘ng‘iroq chalinganiga o‘n ...
Ertalab maktabga kelsam direktorimiz Qo’zivoy aka koridorda uyoqdan-buyoqqa bo’zchining mokisidek sabrsizlanib qatnab turgan ekan. Meni ko’rib birdan yuzi yorishdi: - Vaqtida kelding-da. Ertoyevni tuman ...
Ostonaqulovning fakultetga dekan bo’lib ko’tarilganligiga bor-yo’g’i bir oy bo’lgan esa-da, barchaning “dodini berishga” ulgurdi. Kecha uning dakkisidan besh daqiqagina kech qolgan kaminai kamtarin ham ...
Ikki hafta davomida kechani kecha, kunduzni kunduz demay dars tayyorlaganlarim havoga uchdi-ketdi. Fakultetda “Sattorovning darsidan besh baho oldim”, deb ko’krak kergan talabalarni sanashga bir qo’lning ...
Darsdan qaytsam, xonadoshim Sherali: -Ertaga jahon chempionati boshlanadi. Nima qilamiz?-deb qoldi. Biz taqdir taqazosi bilan Sherali ikkimiz institutimizning yotoqxonasida birga turamiz. Juda sergap bo’lsa ...
Tushlikda yog’liqqina palovni tushirgan Bozorqulov dekanatga kirib kelganida kotibasi Xolidaxon oyoqlarini chalishtirib, shapaloqdek keladigan oynasiga tikilgancha o’ziga oro berib o’tirgan ekan. Bozorqulov ...
Qishloqdagilar Arslonqul traktorchi haqida gap ketsa:” Toshdek qotgan yerni yumshoq parga aylantiradi. Yerga mexrini berib haydaydi. Lekin…”, deyishadi. Ana shu “lekin”ini oxirigacha eshitmaganligimiz ...
Boshliq unga: - Bu safar qorningizning hurmatini qilib kechirdim. Oxirgisi, albatta,- dedi aloxida ta’kidlab.-Bugun uzoq bir do’stimning yerini haydagani borasiz. Mamatboy traktorchi bunday kechirishlarga ...
Qishloqdagilar Turdiqul cholni “Maxaradze” deyishardi. Yosh o’smirlarku Maxaradze kim ekanligini unchalik farqlay olishmaydi. Lekin cholning kamsonli tengdoshlari uni juda yaxshi bilishadi. Chol bilan ...
Futbol o’yinini o’ylab topgan inglizlarning aqliga aqliga balli! Ular futbol nahonasida kelajakda talabalarning yozgi imtihonlardan tegirmondan butun chiqqanday o-s-o-n o’tib ketishlarini qanday bilishgan ...
O‘rtoqlarga otkrevenniy xat Do‘stlar, danniy mament rodnoy tilimizga davlat statusi berilgan ukaz chiqqaniga yigirma ikki yildan oshdi. Bu katta srok. Shuncha yil bo‘libdi-yu, fakticheski hali ham tilimizga ...
O‘marboy aka bir lagan oshni paqqos tushirib, tarelka tagidagi yog‘ni qoshlariga surtib-surtib oldi. Ustidan ketma-ket ikki piyola choyni simirib, menga “hech narsa yemading-ga”, dedi, idda-o bilan. Keyin ...
Hamkasbim Usmonjon men hozirgina tahrir qilib tugatgan “Muxbir muharrirning cho‘ntagidami?” sarlavhali maqolani ko‘zdan kechirar ekan, birdan tutaqib ketdi: — Nega, nima uchun to‘g‘ri so‘zlarni ham buzib, ...
Kasbdosh og‘aynimiz to‘y qiladigan bo‘ldi. Sal-pal yordamlashay degan bahonada ikki-uch kun oldin bordim. Birinchi kuni to‘satdan tishimga og‘riq kirsa, deng. Ertalabgacha qurt yegan kavagiga — analgin ...
Cho‘lda pashsha bo‘lgich edi, paxtazor dalada pashsha bo‘lgich edi. Toshkoningda ham pashsha ko‘p ekan. Men qishloqning bolasi bo‘lsam, keng dala-yaylovda yelib yugurib yurgan bo‘lsam, shaharingning betoniga ...
“Yozuvchi nafaqaga chiqmaydi”. Tog‘ay Murod aytgan. “Yozuvchi dam olayotganda ham ishlaydi”. Abdulla Qahhor aytgan. Masalan, birovning oyog‘ini tramvay bosib ketsa, yozuvchi vaziyatni, odamlarning o‘zini ...
Balki atamalar lug‘atiga "o‘qituvchilar to‘plami" degan terminni kiritish kerakdir) binoning necha ballik yer silkinishiga chidab berishini aniqlabdi. Ma'lum bo‘lishicha, maktab oldidan o‘tadigan yo‘lni ...
— Sizlarni bu yerga yig‘ishimdan maqsad, muhim bir masalani hal etish, — dedi Mingboyev oromkursiga yanada yaxshiroq yastanib olar ekan. — Bilasizlar, anchadan buyon birgalikda suv kelsa simirib, tosh ...
Tungi diskotekaga o‘xshab to‘s-to‘polon, shovqin-suronga to‘la to‘y bazmida boshlovchining ko‘zidan panaroq joy topib o‘tirdim. Kelin-kuyovni qutlash uchun bazm ishtirokchilaridan biriga so‘z berildi. ...
Mulla Moyliboyning kenjasi Shodiqul shaharda yashaydi. O‘qitgan o‘qituvchilari: «Bu bola odam bo‘lmaydi, g‘irt chalasavod!» deyishardi. Yo‘q, binoyiday... Hafta-o‘n kunda, ayniqsa bayram, hayit kunlari ...
Shahar yo‘l boshqarmasining boshlig‘i Halim Xalilovich endigina ishdan qaytib kelgandi hamki, telefon jiringladi. — Eshitaman! Go‘shakdan kimningdir yig‘loqi ovozi eshitildi: — Yaxshimisiz xo‘jayin. Falokat ...
Angrendan, to‘ydan qaytyapman. Biroq, kayfiyatim to‘ycha emas. Negaki, kutilmaganda havo aynib, chelaklab yomg‘ir qo‘ydi. Mashinamning suvsidirgichi yaxshi ishlamaydi. Buyog‘i o‘zingizga ma’lum. Shuncha ...
Fakultetimizda ko‘pchilik «yaxshi» va «ya’lo» baholarda o‘qishga intilar edi. Namunali o‘qiydigan talabalarning o‘qituvchi-professor, hamkurslari oldida yuzi yorug‘ bo‘lib, obro‘si ham shunga yarasha bo‘lardi. ...
Oilada to‘ng‘ich o‘g‘il emasmi, Xursandboyning ota-onasi do‘kondan juda chiroyli, narxiyam biroz qimmatroq kostyum-shim, oq ko‘ylak, kiyim-bosh, hatto bo‘yinbog‘igacha olib berdi. Po‘rim kiyingan bola ...
Bir tog‘amiz askarlik burchini Ukrainaning Qora dengiz sohilidagi harbiy qismlardan birida o‘tayotgan edi. Shu vaqtlar tog‘amga tez-tez xatlar yozib turardim. Maktubim odatdagidek: «Ushbu sog‘inchli maktubim ...
Mish-mish tarqaldi. Husanboy ba’zi hamkasblari bilan gaplashmay qo‘yganmish. Eng qizig‘i, o‘sha “ba’zi”lar uning ulfatlarimish. Qizig‘i, Husanboy ular bilan urishmagan, so‘kishmagan, bor-yo‘g‘i choyxonada ...