background
logotype

Jahonning eng sara 555 badiiy asarlari (V.I.Novodvorskaya ro‘yxati)

“Аргументы и факты” gazetasining 2014 yilgi sonida Alina Garbuznyak rossiyalik siyosiy, huquqshunos, mustaqil jurnalist, bir qancha kitoblar muallifi Valeriya Novodvorskaya (1951-2014) va u tuzgan ro‘yxat haqida quyidagilarni so‘zlab, ketidan 555 banddan iborat ro‘yxatni keltiradi.

* * *

O‘n bir sahifaga jo bo‘lgan bu ro‘yxat, uch yil burun Valeriya Ilinichna bilan qisqagina tanishganimdan keyin qo‘limga tekkan edi. V.Novodvorskaya kim bilan bo‘lmasin, ayniqsa, o‘zidan ancha yosh odamlar bilan tanishganida birinchi bo‘lib, o‘ziga yoqqan badiiy asarlar haqida gap ochardi. Bu asarlar uning insoniy xislatlarini, o‘ziga yozilajak uzundan-uzoq biografiya va o‘zi yozgan maqolalaridan ko‘ra ko‘proq aks ettirib turardi, nazarimda.

 U bilan birinchi marta uchrashganimda nima sababdan shu ro‘yxat haqida gap ochilganini eslolmayman, lekin unga qiziqish bildirib, yanagi uchrashuvimizga olib kelishini iltimos qildim. U ismimni eslab qoldimi, yo‘qmi, bilmayman, lekin va’dasini unutmadi. Bir hafta o‘tib, jadval ko‘rinishida mashinkalangan, ba’zi joylariga qo‘l bilan yozilgan ro‘yxatdan nusxa ko‘chirtirib, asliyatni Valeriya Ilinichnaga qaytarar ekanman, u : “O‘zini o‘qimishli, deb hisoblagan har bir odam o‘qib chiqishi lozim bo‘lgan asarlar. Bu – eng kami! Hammaga tavsiya etaman”, - dedi.

 Valeriya Ilinichna bilan “The New Times” jurnali muharririyatida tanishganman. Universitetni bitirgach, shu yerga kelib ishga joylashish niyatim bor edi. V.Novodvorskaya bu jurnalning doimiy mualliflaridan biri bo‘lib, o‘ziga tegishli sahifasi ham bor ekan. Bu yerga haftasiga bir yo ikki marta kelardi. Ishga kelgandek emas, o‘z uyidek ham emas, aniqrog‘i, mehmondek kelardi. Har gal yosh xodimlarga manzur bo‘ladigan bir nimalar ko‘tarib kelardi. Jurnalda ko‘pdan beri ishlaydiganlar aytishicha, qo‘li bo‘sh kelmas ekan.

 Jurnal xodimlari ham V.Novodvorskayani mehmon sifatida kutib olishardi. U kelgan paytda ovozlarini balandlatmay gaplashishar, janjallashmaslikka harakat qilishar, hatto kamroq chekishardi. Men bu yerda bor-yo‘g‘i ikki hafta bo‘ldim. Valeriya Ilinichna bilan bo‘lgan qisqa uchrashuvlarim menda yaxshi taassurotlar qoldirdi. U hech qachon siyosatdan gap ochmasdi, yosh jurnalistlarga aql o‘rgatib, o‘ziga ergashtirish haqida ham o‘ylamasdi. Mabodo, shunday niyati bo‘lsa, sara asarlar ro‘yxatini tavsiya etishdan nari o‘tmasdi.

 Ro‘yxatga kiritilgan kitoblar “muhim” va “muhimroq” degan turlarga ajratilmagan, shuning uchun alifbo tartibida yozib chiqilgan. V.Novodvorskaya uchun hamma kitoblar birdek muhim. Masalan, yaponiyalik yozuvchi Akutagava Ryunoskeni bilish Anton Chexovni bilishga qaraganda “kamroq muhim” emas. Shekspirning hamma asarini o‘qib tushirgan odam Stiven Kingning asarlariga qo‘l urmagan bo‘lsa, o‘zini o‘qimishli, deb hisoblashi mumkin emas.

 Ro‘yxat 555 banddan iborat, lekin bu, shuncha muallif, degani emas. Ba’zi yozuvchilar ro‘yxatda bir bandga sig‘dirilgan va “vse” (ya’ni, hamma asari) deb bitilgan. Ko‘p hollarda muallifning har bir asarini, erinmasdan, alohida band bilan ko‘rsatgan. Masalan, Kuprin asarlari 58 bandni, Mopassan – 19 bandni, A.N.Tolstoy – 15 bandni egallaydi.

 V.Novodvorskayaga ma’qul kelmagan kitoblarni “hammasi, ...dan tashqari” degan so‘zlardan bilsa bo‘ladi. Dostoevskiyga tegishli bandda shunday so‘zlar bor. Unda muallifning hatlari, kundaliklari va “Fuqaro” degan asari aytilgan. Ekzyuperidan esa, “Qo‘rg‘on” romanidan boshqa hamma asari tavsiya etilgan. A.N.Ostrovskiydan tavsiya etilgan asarlar ichida maktab o‘quvchilariga yaxshi tanish bo‘lgan “Momaqaldiroq” yo‘q, N.V.Gogoldan esa, anchagina tanish qissalar, jumladan, “Burun”, “Dikanka xutori oqshomlari” tilga olinmagan. Turgenevdan “Otalar va bolalar”, Lermontovdan “Zamonamiz qahramoni” yo‘q. Dantedan “Ilohiy komediya”ning “Do‘zax”qismi tavsiya etilgan. Mayakovskiyning bor-yo‘g‘i uchta poemasi: “Vladimir Mayakovskiy”, “Umurtqa-fleyta” va “Odam” e’tiborga tushgan.

 Hamma asarlarini o‘qish tavsiya etilgan mualliflar: Hans Xristian Andersen, Akutagava Ryunoske, Sharl Bodler, Brodskiy, Bulgakov, Lyampo Xyubert, Mandelshtam, antik davr dramaturglari – Sofokl, Tit Liviy, Plutarx, Esxil.

 Rossiyalik zamonaviy yozuvchilardan ro‘yxatga kiritilganlari nisbatan oz: Makanin, Sorokin, Edvard Radzinskiy.

 Ro‘yxatda “hammasi, ayniqsa...” deyilgan asarlar ham bor. Shunday toifaga Bulgakovning “Mash’um tuxumlar”, “It yuragi” asarlari, Dm. Balashovning “Buyuk stol”, “Hokimiyatning og‘ir yuki” asarlari, Axmatovaning “Rekviem”i sazovor bo‘lgan.

 O‘zini kitobsevar, deb hisoblagan har bir kishi ro‘yxatdagi hamma asarlarni o‘qib chiqishi kerak, deb aytolmayman, lekin har bir asarning ichiga shunday kirib borishi kerakki, keyin Valeriya Ilinichnaga o‘xshab: “Bu muallifning hamma asari ajoyib” yoki “Falon asaridan boshqalarini o‘qishni tavsiya etaman” kabi so‘zlarni ayta olsin...

V. Novodvorskaya tuzgan asarlar ro‘yxati

1. “Tristan va Izolda haqida roman”.
2. Abbat Prevo. Manon Lesko.
3. Averchenko A. Hamma asari.
4. Avtorxanov. Stalin o‘limining jumbog‘i.
5. Avtorxanov. Partokratiyaning asosi.
6. Avtorxanov. Hokimiyat texnologiyasi.
7. Agata Kristi. 10-12ta roman, asliyatda.
8. Adamovich Ales. Blokada kitobi.
9. Adamovich Ales. So‘nggi pastoral.
10. Adamovich Ales. Men alangali qishloqdanman.
11. Azimov Ayzek. Mangulikning tugashi.
12. Aksenov Vasiliy. Kuyish.
13. Aksenov Vasiliy. Qrim oroli.
14. Akutagava Ryunoske. Hamma asari. -
15. Aldan-Semenov. Qoyadagi barelef.
16. Aleksin Anatoliy. Hamma asari.
17. Alfred de Vini. Sen Mar.
18. Andersen Hans Xristian. Hamma asari.
19. Anderson Pol. Hamma asari.
20. Andreev Leonid. Hamma hikoyasi va 5-6ta pesasi.
21. Antonov. Vaska.
22. Antonov. Jarlar.
23. Anuy J. Antigona.
24. Anuy J. To‘rg‘ay.
25. Anuy J. Surgun qilingan.
26. Anuy J. Medeya.
27. Anuy J. Yuksiz sayohatchi.
28. Anuy J. Romeo va Janetta.
29. Anuy J. Tomas Beket.
30. Anuy J. Sanlisda kechki ovqat.
31. Anuy J. Evridika.
32. Aristotel. Afinacha siyosat.
33. Axmatova Anna. Hamma she’rlari, ayniqsa, “Rekviem”.
34. Babel A. Qizil armiya.
35. Babel A. Odessa hikoyalari.
36. Bayron.”Marino Falero” va “Foskarilik ikkovlon”.
37. Balashov Dm. Hamma asari, ayniqsa, “Buyuk stol”, “Hokimiyatning og‘ir yuki”.
38. Robin Gud haqida balladalar.
39. Balzak. Ishratboz xotinlarning dovrug‘i va qashshoqligi.
40. Balzak. Nikoh shartnomasi.
41. Balzak. Vendetta.
42. Balzak. Gobsek.
43. Balzak. Koptok o‘ynaydigan mushukning uychasi.
44. Balzak. Yevgeniya Grande.
45. Balzak. Amakivachcha Pons.
46. Balzak. Amakivachcha Betta.
47. Balzak. Gorio ota.
48. Balzak. Nikohsiz oila.
49. Balzak. O‘ttiz yoshli ayol.
50. Balzak. Yo‘qotilgan xomxayollar.
51. Balzak. Mayin ko‘n.
52. Balzak. Shuanlar.
53. Byoll G. Hamma asari.
54. Belov V. Arafalar.
55. Beranje. She’rlar.
56. Byorns R. Hamma she’rlari, poemalari.
57. Blok Al. Hamma she’rlari, poemalari.
58. Bodler Sharl. Hamma asari.
59. Bomarshe. Hamma pesalari.  
60. Bondarev Yu. Sukunat.
61. Bredberi Rey. Veld.
62. Bredberi Rey. Momaqaymoq.
63. Bredberi Rey. Hamma asari.
64. Bredberi Rey. Tabassum.
65. Bret Gart. Hamma asari.
66. Brodskiy I. Hamma asari.
67. Bulgakov. Hamma asari (“Mash’um tuxumlar”, “It yuragi”).
68. Bul Per. Maymunlar sayyorasi.
69. Bunin. Hamma asari, jumladan “Badbaxt kunlar” (xatlari va she’rlaridan tashqari).  
70. Bikov Vasil. Hamma asari, ayniqsa: “Qopqon”, “Musibat alomati”, “Karer”, “Kruglyanka ko‘prigi”, “O‘liklar og‘riq bilmaydilar”, “Qu vur”, “Qizil tunlar”, “Sotnikov”.
71. Verkor. Hamma asari.
72. Verlen Pol. Hamma asari.
73. Viyon F. Hamma asari.
74. Viktor Gyugo. 93-yil.
75. Viktor Gyugo. Marion Delorm.
76. Viktor Gyugo. Parijdagi Bibimaryam sobori.
77. Viktor Gyugo. Dengiz zahmatkashlari.
78. Viktor Gyugo. Kulayotgan odam.
79. Vladimov. Sodiq Ruslan.
80. Voloshin. Hamma asari.
81. Visotskiy Vl. Hamma asari.
82. Gaydar A. Hamma asari.
83. Galich Aleksandr. Hamma asari.
84. Gamsun K. Viktoriya.
85. Gamsun K. Ochlik.
86. Gamsun K. Pan.
87. Garin-Mixaylovskiy. Gimnaziyachilar.
88. Garin-Mixaylovskiy. Tyomaning bolaligi.
89. Garin-Mixaylovskiy. Injenerlar.
90. Garin-Mixaylovskiy. Talabalar.
91. Gauptman G. Hamma asari. Ayniqsa: “Gannele”, 2-3 ta pesasi, “Cho‘kib ketgan qo‘ng‘iroq”, “Quyosh chiqishidan oldin”.
92. Gebbel. Hamma pesalari.
93. Geyne G. Hamma asari.
94. Gektor Malo. Oilasiz.
95. Gerodot. Tarix.
96. Gesse G. Marjon o‘yini.
97. Gesse G. Knullar.
98. Gesse G. Siddkartxa.
99. Gesse G. Cho‘l bo‘risi.
100. Gyote. Faust.
101. Ginzburg Ye. Tik yo‘nalish.
102. Gogol. Viy.
103. Gogol. Jinnining bitiklari.
104. Gogol. O‘lik jonlar.
105. Gogol. Taras Bulba.
106. Gogol. Shinel.
107. Golding Uilyam. Hamma asari( “Pashshalar hukmdori”).
108. Golsuorsi. Forsaytlar haqida saga.   
109. Goncharov. Oblomov.
110. Goncharov. Jarlik.
111. Goncharov. Oddiy voqea.
112. Gorbanevskaya N. Hamma asari.
113. Gorkiy M. Sobiq odamlar.
114. Gorkiy M. Klim Sanginning hayoti.
115. Gorkiy M. Karamora.
116. Gorkiy M. Konovalov.
117. Gorkiy M. Er-xotin Orlovlar.
118. Gotorn N. Yetti peshtoqli uy.
119. Grimmlar, aka-uka. Ertaklar.
120. Grin Alleksandr. Hamma asari.
121. Grin Grem. Qo‘rqinch mahkamasi.
122. Grin Grem. Masxarabozlar.
123. Grossman V. Hamma narsa o‘tkinchi.
124. Grossman V. Hayot va taqdir. 2-jild.
125. Gumilyov N. Hamma she’rlari, dostonlari va qo‘shiqlari.
126. Daninos Per. Mayor Tompsonning xati.
127. Dante. Do‘zax.
128. Darrel Dj. Hayvonot tarixlarining hammasi.
129. Apdayk Dj. Kentavr.
130. Apdayk Dj. Quyon boyib ketdi.
131. Apdayk Dj. Qochib qol, quyon!
132. Djilas. Yangi sinf.
133. Didro D. Rohiba.
134. Dikkens. Ikki shahar.
135. Dikkens. Dombi va uning o‘g‘li.
136. Dikkens. Devid Kopperfild.
137. Dikkens. Oliver Tvist.
138. Dikkens. Nikolas Nikklbining sarguzashtlari.
139. Dikkens. Edvin Drudning ciri.
140. Doyl Konan. Hamma tarixiy romanlari.
141. Doyl Konan. Sherlok Xolms haqida hikoyalar.
142. Dostoevskiy. Hamma asarlari (xatlari, kundaliklari va “Fuqaro”dan tashqari).
143. Dostoevskiy. Kichkina qahramon.
144. Dostoevskiy. Netochka Nezvanova.
145. Drayzer. Amerika fojeasi.
146. Dryuon M. Frantsiyaning ona-bo‘risi.
147. Dryuon M. Temir qirol.
148. Dryuon M. Gulsafsarning yigirishi yarashmaydi.
149. Dryuon M. La’natlangan qirollar (7 ta kitob).
150. Dryuon M. Shato-Gayyar asirasi.
151. Dryuon M. Zaxar va toj.
152. Dyuma Aleksandr. 10 yil o‘tib.
153. Dyuma Aleksandr. 20 yil o‘tib.
154. Dyuma Aleksandr. Graf Monte Kristo.
155. Dyuma Aleksandr. Qirq besh.
156. Dyuma Aleksandr. Uch mushketyor.
157. Dyuma Aleksandr. Qora lola.
158. Dyuma Aleksandr. Shevale de Mezon-Ruj.
159. Yesenin Sergey. She’rlar, “Lugachyov”, “Anna Snegina”.
160. Yefremov I. Oykumena chekkasida.
161. Yefremov I. Afinalik Tais.
162. Yefremov I. Andromeda tumanligi.
163. Yefremov I. Buqa vaqti.
164. Zamyatin. Biz.  
165. Zinovev. Cho‘qqisi ko‘rinmaydigan balandliklar.
166. Zolya Emil. Jerminal.  
167. Zolya Emil. Qopqon.
168. Zolya Emil. Abbat Murening nojo‘ya ishi.
169. Zolya Emil. Parijning ichi.
170. Ibsen G. Taxt uchun kurash.
171. Ibsen G. Grand.
172. Ibsen G. Xalq dushmani.
173. Ibsen G. Vikinglar haqidagi hamma pesalar (XII-XVII asr).
174. Ibsen G. Yovvoyi o‘rdak.
175. Ibsen G. Qaysar va galileyalik.
176. Ibsen G. Qo‘g‘irchoq uy.  
177. Ibsen G. Per Gyunt.
178. Ibsen G. Kunbotardan oldin.
179. Ibsen G. Rosmersxolm.
180. Ibsen G. Shallaqi xotin va Katilina.
181. Ivanov Valentin. Hamma asari, ayniqsa: “Qadimgi Rus” va “Buyuk Rus”.
182. Ilf va Petrov. 12 stul.
183. Ilf va Petrov. Oltin buzoq.
184. Irving Stoun. Mening tog‘larimga loyiqlar.  
185. Irving Stoun. Hayotga tashnalik.
186. Kalashnikov Isay. Qahrli asr.
187. Kamyu. Qo‘zg‘olonchi.
188. Kamyu. Kaligula.
189. Kamyu. Anglashilmovchilik.
190. Kamyu. Qamal.
191. Kamyu. Begona.
192. Kamyu. Taqvodorlar.
193. Kamyu. Vabo.
194. Karamzin. Rossiya davlatchiligi tarixi.
195. Kataev V. Mening olmos gultojim.
196. Kataev V. Bekorchi Eduard.
197. Kataev V. Oqarib ko‘rinadi yolg‘iz yelkan.
198. Kataev V. Verter yozib tugatildi.
199. Kataev V. Qirdagi qishloqcha.
200. Kataev V. Elektr moshina.
201. Kafka. Ahloq tuzatish koloniyasida.
202. Kafka. Qo‘rg‘on.
203. Kafka. Evrilish.
204. Kafka. Jarayon.
205. Ken Kizi. Kakku ini tepasidan uchib o‘tish.
206. Kersnovskaya Ye. Qoyalardagi manzaralar.
207. King Stiven. Hamma asari
208. Klavel Bernar. Bo‘rilarning kuni tuqqan.
209. Klark Artur. Hamma asari
210. Kleyst. Graf Gobbsburgli
211. Klyuchevskiy. Rossiya tarixi haqidagi hamma ma’ruzasi.
212. Kobo Abe. Sahroda qolgan ayol.
213. Korchak Yanush. Men yana kichkina bo‘lib qolganimda.
214. Korchak Yanush. Qirol Matiush.
215. Ksenofont. Anabasis.
216. Ksenofont. Tarix.
217. Ksenofont. La’nat.
218. Kuprin. Bechora shahzoda.
219. Kuprin. Oq pudel.
220. Kuprin. Qayiqcha.
221. Kuprin. Alahsirash.
222. Kuprin. Gambrinus.
223. Kuprin. Qirmizi bilakuzuk.
224. Kuprin. Grunya.
225. Kuprin. Kapalakqurt.
226. Kuprin. Bolalar bog‘chasi.
227. Kuprin. Janeta.  
228. Kuprin. Suyuq quyosh.
229. Kuprin. Yahudiy qiz.
230. Kuprin. Sulaymonning quyoshi.
231. Kuprin. Vasvasa.
232. Kuprin. Pahlavonlar.
233. Kuprin. Men qanaqa aktyor bo‘lgan edim.
234. Kuprin. Kantalunlar.
235. Kuprin. Kapitan.
236. Kuprin. Qirol parki.
237. Kuprin. Qizamiq.
238. Kuprin. Lenochka.
239. Kuprin. Listrigonlar.
240. Kuprin. Mijg‘ov.
241. Kuprin. “Qo‘lbola” odil sud.
242. Kuprin. Tinch hayot.
243. Kuprin. Dengiz kasali.
244. Kuprin. Burilishda (kadetlar).
245. Kuprin. Ozor.
246. Kuprin. Yolg‘iz komendant.
247. Kuprin. Olesya.
248. Kuprin. Birinchi yo‘liqqan odam.
249. Kuprin. Yakkama-yakka jang.
250. Kuprin. Dikir-dikir ninachi.
251. Kuprin. Oila udumi bo‘yicha.
252. Kuprin. Armiya praporshchigi.
253. Kuprin. Sayohatchilar.
254. Kuprin. Hayot daryosi.
255. Kuprin. Sansan.
256. Kuprin. To‘y.
257. Kuprin. Muqaddas yolg‘on.
258. Kuprin. Ertakchalar.
259. Kuprin. Tushlar.
260. Kuprin. Sulamiflar.
261. Kuprin. Telegrafchi.
262. Kuprin. Shogird.
263. Kuprin. Binafshalar.
264. Kuprin. Yaxshi odamlar.
265. Kuprin. Jasur qochoqlar.
266. Kuprin. Shoh mirzosi.
267. Kuprin. Qora chaqmoq.
268. Kuprin. Qora tuman.
269. Kuprin. To‘rt qashshoq.
270. Kuprin. Ajoyib do‘xtir.
271. Kuprin. Shtabs-kapitan Ribnikov.
272. Kuprin. Yunkerlar.
273. Kuprin. Yu-yu.
274. Kuprin. O‘ra.
275. Kendzaburo Oe. Suvlar qalbimgacha qamrab oldi.
276. Lagerkvist Per. Hamma asari.
277. Lem Stanislav. Yulduzlardan qaytish.
278. Lem Stanislav. Ion Tixiyning yulduzlar kundaligi.
279. Lem Stanislav. Solyaris.
280. Lem Stanislav. Jannatmakon.
281. Lermontov. Hamma she’rlari.
282. Lermontov. Demon.
283. Lermontov. Ispaniyaliklar.
284. Leskov. Jangchi ayol.
285. Leskov. Chapaqay.
286. Leskov. Mtsen uezdidan chiqqan ledi Makbet.
287. Leskov. Qirpichoq.
288. Leskov. Orolliklar.
289. Leskov. Maftun bo‘lganlar. umurtqa.
290. Leskov. Maftun bo‘lgan sayohatchi.
291. Leskov. Kaltafahm rassom.
292. Liviy Tit. Hamma asari.
293. Lisiy. Hamma asari.
294. Longfello G. Gayavata haqida qo‘shiq.
295. London Dj. Oq qoziq tishli.
296. London Dj. Hamma asari.
297. London Dj. Ajdodlar chaqirig‘i.
298. London Dj. Djerrining inisi Maykl.
299. Lope de Agirro. Ozodlik knyazi.
300. Lorka F. G. Hamma she’rlari va qo‘shiqlari.
301. Lyampo Xyubert. Hamma asari.
302. Makanin. “Tuynuk” va boshqa hikoyalari.
303. Mandelshtam O. Hamma asari.
304. Mann Genrix. Qirol Genrix IV ning yetuk yillari.
305. Mann Genrix. Qirol Genrix IV ning yoshlik yillari.
306. Mann Genrix. Sehrli tog‘.
307. Mann Genrix. Doktor Faustus.
308. Mann Genrix. Yusuf va uning akalari.
309. Mann Genrix. Forentsa.
310. Markes G. Qabilaboshining shomi.
311. Markes G. Polkovnikka hech kim xat yozmay qo‘ydi.
312. Markes G. Hikoyalar.
313. Markes G. Yuz yil tanholik.
314. Marlo Kristofer. Faust.
315. Mayakovskiy Vl. “Vladimir Mayakovskiy.
316. Mayakovskiy Vl. Fleyta-
317. Mayakovskiy Vl. Inson.
318. Mendiola X. M. Otishga hukm qilingan.
319. Merejkovskiy D. Hamma asari.
320. Merime Prosper. Hamma asari.
321. Merl Robert. Malvil.
322. Merl Robert. O‘lim - mening hunarim.
323. Meterlink Moris. Hamma asari (“Ko‘k qush”).
324. Mitskevich Adam. Hamma asari.
325. Moler. Don Juan.
326. Moler. Meshchandan chiqqan dvoryan.
327. Moler. Ziqna.
328. Moler. Tartyuf.
329. Mommzen. Rim tarixi (5 jildlik).
330. Mopassan. “Xudo”cha.
331. Mopassan. Ikki o‘rtoq.
332. Mopassan. Vasiyat.
333. Mopassan. Madumuazel Perl.
334. Mopassan. Sovans ona.
335. Mopassan. Miss Garriet.
336. Mopassan. Amakim Jyul
337. Mopassan. Mont-Oriol.
338. Mopassan. Bizning yurak.
339. Mopassan. Qashshoq.
340. Mopassan. Marjon.
341. Mopassan. Otaxon Milon.
342. Mopassan. Oila udumiga ko‘ra.
343. Mopassan. Otda sayr
344. Mopassan. Do‘ndiqcha.
345. Mopassan. Perro.
346. Mopassan. Dalalarda.
347. Mopassan. Baxt.
348. Mopassan. Stulsoz ayol.
349. Moravia. Hamma asari.
350. Moriak F. Hamma asari.
351. Muzil R. Hamma asari.
352. O‘Genri. Hamma asari.
353. Okudjava Bulat. Bechora Amvrosiev.
354. Okudjava Bulat. Hamma she’rlari.
355. Okudjava Bulat. Bichish va tikish san’ati.
356. Okudjava Bulat. Havaskorlar sayohati.
357. Jorj Oruell. “1984”
358. Jorj Oruell. Molxona.
359. Ostrovskiy A. N. Sepsiz.
360. Ostrovskiy A. N. Quturgan pullar.
361. Ostrovskiy A. N. “Yog‘liq” joy.
362. Pasternak. Hamma she’rlari.
363. Pasternak. Doktor Jivago.
364. Petrushevskaya L. Hamma asari.
365. Pisemskiy. To‘zitilgan dengiz.
366. Pisemskiy. Minglab jonlar.
367. Platon. Hamma dialoglari.
368. Platonov Andr. Yepivanov saboqlari.
369. Platonov Andr. Kotlovan.
370. Platonov Andr. Chevengur.
371. Plutarx. Hamma asari.
372. Posmish Zofya. Yo‘lovchi ayol.
373. Prus Bolislav. Fir’avn.
374. Pushkin A. S. Hamma she’rlari va proza asarlari.
375. Radzinskiy E. Sokratbilan suhbatlar.
376. Radzinskiy E. Lukin, yoki Isoqning Ho‘jayin huzurida qayd etilgan 377. Radzinskiy E. Seneka va Neron davri teatri.
378. Rayt Richard. Amerika o‘g‘loni.
379. Rasputin V. Frantsuz tili darslari.
380. Ratushinskaya I. Hamma asari.
381. Remark E. M. Yashamoq va o‘lmoqning o‘z vaqti bor.
382. Remark E. M. Uch o‘rtoq.
383. Renan. Iso payg‘ambar hayoti.
384. Roni J. -kattasi. Olov uchun kurash.
385. Roni J. -kattasi. G‘or arsloni.
386. Rembo. Hamma asari.
387. Savinkov B. Hamma asari, ayniqsa, “Oq ot”.
388. Savinkov B. Qora ot.
389. Savinkov B. Bo‘lmag‘ur narsalar.
390. Saymak K. Hamma asari
391. Sakyo Komatsu. Ajdarning o‘limi.
392. Saltikov-Shchedrin. Hamma ertaklari.
393. Saltikov-Shchedrin. Janobi Golovyovlar.
394. Saltikov-Shchedrin. Bir shahar tarixi.
395. Sartr J. P. Qulflangan.
396. Sartr J. P. Shayton va Xudo.
397. Sartr J. P. Altona bandilari.
398. Sartr J. P. Ko‘milmagan murdalar.
399. Sartr J. P. Pashshalar.
400. Sartr J. P. Ko‘ngil aynishi.
401. Selindjer. Hamma asari.
402. Selvinskiy I. Hamma she’riy pesalari.
403. Seneka. Pesalar va hikmatli so‘zlari.
404. Senkevich G. Kamo Gryadeshi?
405. Senkevich G. Salibchilar.
406. Senkevich G. Pan Volodievskiy.
407. Senkevich G. Toshqin.
408. Sent-Ekzyuperi. Hamma asari ( “Qo‘rg‘on”dan tashqari).
409. Sent-Ekzyuperi. Kichkina shahzoda.
410. Servantes. Don Kixot.
411. Seton-Tompson. Hayvonlar haqida hikoyalar.
412. Silva Migel O. Yig‘lagim kelganda yig‘lamayman.
413. Simenon J. Odam kallasi.
414. Simenon J. Iflos qor.
415. Simenon J. Prezident.
416. Skott V. Ayvengo.
417. Skott V. Kventin Dorvard.
418. Skott V. Puritanlar.
419. Skott V. Rob Roy.
420. Skott V. Tumor.
421. Snegov S. . Perseyga bostirib kirish.
422. Snegov S. Teskari vaqt halqasi.
423. Snegov S. Odamlar Xudo kabi.
424. Soljenitsin. GULAG ar-xipelagi.
425. Soljenitsin. Birinchi davrada.
426. Soljenitsin. Tanklar haqiqatni biladi.
427. Soljenitsin. Ivan Denisovichning bir kuni.
428. Soljenitsin. G‘oliblar bazmi.
429. Soljenitsin. Asirlar.
430. Soljenitsin. Mehnat respublikasi.
431. Soljenitsin. Rossiya kontslager ichida.
432. Sorokin. Zolim.
433. Sorokin. Shakar Kreml.
434. Sorokin. Muz.
435. Sofokl. Hamma asari.
436. Stendal. Qizil va qora.
437. Stendal. Parma ibodatxonasi.
438. Stendal. Chenchi oilasi.
439. Stepnyak-Kravchinskiy. Andrey Kojuxov.
440. Strugatskiylar. Hamma asarlari.
441. Strugatskiylar. Uzoqdagi kamalak.
442. Strugatskiylar. “Kichkintoy”, “XXII asr”.
443. Strugatskiylar. Qipqizilbulutlar mamlakati.
444. Tven Mark. Geklberri Finning sarguzashtlari.
445. Tven Mark. Tom Soyerning sarguzashtlari.
446. Tven Mark. Shahzoda va qashshoq.
447. Tven Mark. Mister Stromfildning osmonga sayohati.
448. Tven Mark. Qirol Artur saroyidagi yankilar.
449. Tolkien. Hamma asari.
450. Tolstoy A. K. Knyaz Serebryaniy.
451. Tolstoy A. K. Ioann Grozniyning o‘limi.
452. Tolstoy A. K. Podshoh Fyodor Ioanovich.
453. Tolstoy A. N. Aelita.
454. Tolstoy A. N. Qora ilon.
455. Tolstoy A. N. Injener Garin giperboloidi.
456. Tolstoy A. N. Graf Kaliostro.
457. Tolstoy A. N. Avliyo Pyotr kuni.
458. Tolstoy A. N. Nikitaning bolaligi.
459. Tolstoy A. N. Mehr ko‘rsating!
460. Tolstoy A. N. Shayton vasvasasi.
461. Tolstoy A. N. Nikita Roshchinning g‘aroyib sarguzashtlari.
462. Tolstoy A. N. Pyotr 1.
463. Tolstoy A. N. Notinch kunlar qissasi.
464. Tolstoy A. N. Nevzorovning boshdan kechirganlari, yoki Ikibus.
465. Tolstoy A. N. Krovat tagidan topilgan qo‘lyozma.
466. Tolstoy A. N. Antuan Rivoning o‘ldirilishi.
467. Tolstoy A. N. Sarsonlik-sargardonlik.
468. Tolstoy L. N. Anna Karenina.
469. Tolstoy L. N. Urush va tinchlik.
470. Tolstoy L. N. Tirilish.
471. Tolstoy L. N. Kavkaz asiri.
472. Tolstoy L. N. Kreytser sonatasi.
473. Tolstoy L. N. Ivan Ilichning o‘limi.
474. Tolstoy L. N. Hojimurod.
475. Trifonov Yu. Qirg‘oqdagi uy.
476. Trifonov Yu. G‘oyib bo‘lish.
477. Trifonov Yu. Almashish.
478. Turgenev. Dvoryanlar uyasi.
479. Turgenev. Tutun.
480. Turgenev. Qo‘riq yer.
481. Tyutchev. Hamma she’rlari.
482. Uindem D. Hamma asari.
483. Ulitskaya L. Yashil chodir.
484. Uorren R. P. Qirol lashkarining hammasi
485. Ursula Le Guin. Hamma asari.
486. Uells G. Dunyolar urushi.
487. Uells G. Vaqt mashinasi.
488. Uells G. Doktor Moro oroli.
489. Uells G. Oyga qo‘ngan birinchi odamlar.
490. Uells G. Xudolar yemishi.
491. Uells G. Ko‘rinmas odam.
492. Fallada G. Har kim yolg‘iz o‘ladi.
493. Feyxtvagner L. Badbashara gertsoginya.
494. Feyxtvagner L. Goyya.
495. Feyxtvagner L. Isferayning qizi.
496. Feyxtvagner L. Ispaniya balladasi.
497. Feyxtvagner L. Iudeya urushi.
498. Feyxtvagner L. Uzumzordagi tulkilar.
499. Feyxtvagner L. Shunday kunlar keladi (trilogiya).
500. Feyxtvagner L. O‘g‘illar.
501. Fenimor Kuper. Hamma asari.
502. Fittsjerald Skott. Hamma asari.
503. Flanneri o-Konnor. Hamma asari.
504. Flanneri o-Konnor. Cho‘loqlar birinchi bo‘lib chiqadilar.
505. Flober G. Hissiyotni tarbiyalash.
506. Flober G. Bovari xonim.
507. Flober G. Salambo.
508. Folkner. Hamma asari.
509. Folkner. Jasadni bulg‘agan.
510. Frans An. Xudolar tashna.
511. Frans An. Farishtalar isyoni.
512. Frans An. “Guslanlar” yonidagi qovoqxona.
513. Frans An. Orleanlik qari qiz.
514. Frans An. Pingvinlar oroli.
515. X. fon Doderer. Hamma asari.
516. Xaynlayn R. Hamma asari.
517. Xeminguey. Hamma asari.
518. Xill Syuzen. Hikoyalari.
519. Xill Syuzen. Men qo‘rg‘ondaman, qirol!
520. Xuk Rixard. Graf Federiko Golfalonerning hayoti.
521. Svetaeva M. Hamma asari.
522. Chesterton G. Hamma asari.
523. Chexov. Hamma asari (Saxalinga sayohat xronikasidan tashqari)
524. Chexov. Kashtanka.
525. Chexov. Bolalar.
526. Chexov. Uyqu keladi.
527. Chexov. Qir.
528. Chukovskaya L. Sofya Petrovna.
529. Shalamov Varlam. Hamma asari.
530. Sharl de Koster. Til Ulenshpigel.
531. Shvarts Ye. Hamma pesasi.
532. Shekli R. Hamma asari.
533. Shekspir V. Hamma tarixiy pesalari.
534. Shekspir V. Gamlet.
535. Shekspir V. Qirol Lir.
536. Shekspir V. Makbet.
537. Shekspir V. Otello.
538. Shekspir V. Richard Sh.
539. Shekspir V. Romeo va Juletta.
540. Shekspir V. Yuliy Sezar
541. Shiller F. Qaroqchilar.
542. Sholom-Aleyxem. Motya ismli bola.
543. Sholom-Aleyxem. Menaxem-Mendl.
544. Sholom-Aleyxem. Sutchi Teve.
545. Shukshin V. Hamma hikoyalari.
546. Shulgin. 20-yil.
547. Shulgin. Kunlar.
548. Shults Karl. Tosh va og‘riq
549. Evripid. Hamma asari.
550. Erenburg I. 13 naycha.
551. Erenburg I. Bo‘ron.
552. Erenburg I. “Yevropa” tresti.
553. Erenburg I. Xulo Xurenito.
554. Esxill. Hamma asari.
555. Yaponiya poeziyasi: xokku va tankalar

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.