background
logotype

«Le Monde» gazetasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi 100 ta kitobi

Fransiyaning eng ommabop «Le Monde» gazetasi 1999 yili XX asrning eng yaxshi kitoblarini aniqlash uchun so‘rov o‘tkazadi. Avvaliga jurnalistlar va kutubxonachilar eng yaxshi kitoblarning 200 talik ro‘yxatini tuzib chiqadilar. Ushbu ro‘yxat asosida gazeta o‘z o‘quvchilariga «Ushbu kitoblardan qaysi biri xotirangizda muhrlangan?» deya savol beradi. 17000 kishi ishtirok etgan so‘rovnoma natijalari quyidagicha ko‘rinish olgan.

1. Alber Kamyu. «Begona» (1942)
2. Marsel Prust. «Yo‘qotilgan vaqtni qidirib» (1913–1927)
3. Frants Kafka. «Jarayon» (1925)
4. Antuan de Sent-Ekzyuperi. «Kichkina shahzoda» (1943)
5. Andre Malro. «Inson taqdiri» (1933)
6. Lui-Ferdinand Selin. «Tun qa’riga sayohat» (1932)
7. Djon Steynbek. «G‘azab shingillari» (1939)
8. Ernest Xeminguey. «Motam qo‘ng‘irog‘i» (1940)
9. Alen-Furne. «Katta Moln» (1913)
10. Boris Vian. «Kun ko‘pigi» (1947)
11. Simona de Bovuar. «Ikkinchi jins» (1949)
12. Semyuel Bekket. «Godoni kutib» (1952)
13. Jan-Pol Sartr. «Turmush va hech nima» (1943)
14. Umberto Eko. «Atirgul nomi» (1980)
15. Aleksandr Soljenitsin. «GULAG arxipelagi» (1973)
16. Jak Prever. «So‘z» (1946)
17. Giyom Apolliner. «Alkogollar» (1913)
18. Erje. «Ko‘k nilufar» (1936)
19. Anna Frank. «Anna Frank kundaligi» (1947)
20. Klod Levi-Stross. «Qayg‘uli tropiklar» (1955)
21. Oldos Xaksli «Hayratli yangi dunyo haqida» (1932)
22. Jorj Oruell. «1984» (1949)
23. Rene Gosinni va Alber Uderzo. «Galliyalik Asteriks» (1959)
24. Ejen Ionesko. «Taqirbosh qo‘shiqchi» (1952)
25. Zigmund Freyd. «Shahvoniylik haqida uch ocherk» (1905)
26. Margerit Yursenar. «Falsafa toshi» (1968)
27. Vladimir Nabokov. «Lolita» (1955)
28. Jeyms Joys. «Uliss» (1922)
29. Dino Butstsati. «Tatar sahrosi» (1940)
30. Andre Jid. «Qalbaki pul yasovchilar» (1925)
31. Jan Jiono. «Tomdagi suvoriy» (1951)
32. Alber Koen. «Sohibjamol xonim» (1968)
33. Gabriel Garsia Markes. «Yolg‘izlikning yuz yili» (1967)
34. Uilyam Folkner. «Suronu qahr» (1929)
35. Fransua Moriak. «Tereza Dekeyru» (1927)
36. Raymon Keno. «Metrodagi Zazi» (1959)
37. Stefan Sveyg. «Tuyg‘ular to‘lqini» (1927)
38. Margaret Mitchell. «Shamollarda qolgan hislarim» (1936)
39. Devid Gerbert Lourens. «Ledi Chatterleyning xushtori» (1928)
40. Tomas Mann. «Sehrli tog‘» (1924)
41. Fransuaza Sagan. «Salom, dard!» (1954)
42. Verkor. «Dengizning sukuti» (1942)
43. Jorj Perek. «Hayot, iste’mol usuli» (1978)
44. Artur Konan Doyl. «Baskerviley iti» (1901–1902)
45. Jorj Bernanos. «Shayton quyoshi ostida» (1926)
46. Frensis Skott Fitsjerald. «Buyuk Getsbi» (1925)
47. Milan Kundera. «Hazil» (1967)
48. Alberto Moravia. «Nafrat» (1954)
49. Agata Kristi. « Rodjer Ekroydning o‘ldirilishi» (1926)
50. Andre Breton. «Nadya» (1928)
51. Lui Aragon. «Orelen» (1944)
52. Pol Klodel. «Atlas boshmoq» (1929)
53. Luiji Pirandello. «Muallifni topishda olti personaj» (1921)
54. Bertolt Brext. «Gangster Arturo Uining hayoti» (1959)
55. Mishel Turne. «Juma yoki Tinch okeani limbi» (1967)
56. Gerbert Uells. «Dunyolar jangi» (1898)
57. Primo Levi. «Bu insonmi?» (1947)
58. J. R. Tolkin «Uzuklar hukmdori» (1954–1955)
59. Kolett. «Uzum novdasining chirmovuqlari» (1908)
60. Pol Elyuar. «Qayg‘u yomg‘iri» (1926)
61. Jek London. «Martin Iden» (1909)
62. Ugo Pratt. «Korto Malteze» (1967)
63. Rolan Bart. «Maktubning nolinchi darajasi» (1953)
64. Genrix Byoll. «Katarina Blyumning yo‘qolgan iffati» (1974)
65. Jyulen Grak. «Sirta sohili» (1951)
66. Mishel Fuko. «Gumanitar fanlar arxeologiyasi» (1966)
67. Jek Keruak. «Yo‘lda» (1957)
68. Selma Lagerlyof. «Nilsning yovvoyi g‘ozlar bilan ajabtovur sayohati» (1906–1907)
69. Virjiniya Vulf. «O‘z xonam» (1929)
70. Rey Bredberi. «Mars yilnomasi» (1950)
71. Margerit Dyuras. «Lol Staynning tasannosi» (1964)
72. Jan-Mari Gyustav Leklezio. «Protokol» (1963)
73. Natali Sarrot. «Tropizmlar» (1939)
74. Jyul Renar. «Kundalik» (1925)
75. Jozef Konrad. «Lord Jim» (1900)
76. Jak Lakan. «Asarlar» (1966)
77. Antonen Arto. «Teatr va uning o‘xshashi» (1938)
78. Djon Dos Passos. «Manxetten» (1925)
79. Xorxe Luis Borxes. «Uydirmalar» (1944)
80. Blez Sandrar. «Moravajin» (1926)
81. Ismoil Kadare. «O‘lik armiya generali» (1963)
82. Uilyam Stayron. «Sofining tanlovi» (1979)
83. Federiko Garsia Lorka. «Lo‘lilar romanserosi» (1928)
84. Jorj Simenon. «Peters Latish» (1931)
85. Jan Jene. «Gullar ma’budasi» (1944)
86. Robert Muzil. «Xususiyatdan xoli odam» (1930–1932)
87. Rene Shar. «G‘azab va sir» (1948)
88. J. D. Selinjer. «Zang ostida» (1951)
89. Jeyms Xedli Cheyz. «Miss Blendish uchun orxideyalar yo‘q» (1939)
90. Edgar P. Jakob. «Bleyk va Mortimer» (1950)
91. Rayner Mariya Rilke. «Malte Laurids Brigge esdaliklari» (1910)
92. Mishel Byutor. «O‘zgarish» (1957)
93. Xanna Arendt. «Totalitarizm ildizlari» (1951)
94. Mixail Bulgakov. «Usta va Margarita» (1967)
95. Genri Miller. «Seksus, Pleksus, Neksus» (1949–1960)
96. Raymond Chandler. «Poyonsiz uyqu» (1939)
97. Sen-Jon Pers. «Darvozalar» (1957)
98. Andre Frankin. «Gaston» (1957)
99. Malkolm Lauri. «Vulqon zinasi ostida» (1947)
100. Salmon Rushdiy. «Yarim kecha bolalari» (1981)

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.