background
logotype

Nabijon Boqiy. Jahon va o‘zbek adabiyotidagi eng sara asarlar

Nabijon Boqiy 1956 yil 7 noyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Chuvalanchi qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). «Bir muhabbat qissasi» (1990), «Qatlnoma» (1992), «Gulzamira» (1994), «Chingiz afandiga maktublar» (2004), «Anvar poshoning vasiyati» (Istanbul, 2006) kabi qissalari chop etilgan.
Robert Luis Stivensonning «Merosxo‘r», «Katriona» romanlarini (1990) hamda Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov yozgan «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori» (1998, Yo. Xo‘jamberdiev bilan hamkorlikda) kitobini,  Georgiy Pryaxinning «Tushlarimga kirar Hazora» romanini (2013) o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Sadriddin Ayniyning «Sudxo‘rning  o‘limi»  qissasi asosida 10 qismdan iborat kinoqissa yozgan (2007).
«Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1996).

Ziyouz so‘rovi: 1. Sizningcha, jahon tarixidagi eng sara 10 ta kitob qaysi?

1. Qur’oni karim, Hadisi shariflar to‘plami (Hazrat Ismoil Buxoriy), Injili sharif.
2. Lev Tolstoy. “Urush va tinchlik”, tetralogiya (ruschasi yoki o‘zbekchasi).
3. Chingiz  Aytmatov. “Jamila”, “Oq kema”, qissalar (ruschasi yoki o‘zbekchasi).
4. Gabriel Garsia Markes. “Mustabidning zavoli”, roman (ruschasi).
5. O‘rxon Pomuq. “Qor”, roman  (turkchasi yoki ruschasi).
6. Stefan Sveyg. “Mariya Styuart” (ruschasi).
7. Mixail Sholoxov. “Tinch Don”, tetralogiya (ruschasi yoki o‘zbekchasi).
8. Fyodor Dostoevskiy. “Aka-uka Karamazovlar”, tetralogiya (ruschasi).
9. Migel Servantes. “Don Kixot”, roman (ruschasi).
10. O‘ljas Sulaymonov, “Аз и я” (ruschasi).

2. Jahon adabiyotining eng sara 10 ta hikoyasi sifatida qaysi asarlarni e’tirof etasiz?

1. Lev Tolstoy. “Отец Сергий” (ruschasi).
2. Gi de Mopassan. “Do‘ndiq” (ruschasi yoki o‘zbekchasi).
3. Anton Chexov. “В овраге” (ruschasi).
4. Yuriy Kazakov. “Тий во сне горько плакала” (ruschasi).
5. Ryunoske Akutagava. “To‘qayda” (ruschasi yoki o‘zbekchasi).
6. Vasiliy Shukshin. “Жить охота” (ruschasi).
7. Afoq Mas’ud (Ozarbayjon). “Inspektor Vaysman” (ruschasi yoki o‘zbekchasi - “Tafakkur” jurnalida chiqqan).
8. Nodar Dumbadze. “Hellados” (Nizom Komil tarjimasi).
9. Frants Kafka. “Evrilish”  (“Sharq yulduzi” jurnali, 1983 yil  8-son, 116-132 betlar).
10. Ivan Bunin. “Muza” (ruschasi).

3. O‘zbek adabiyotining eng sara 10 asarlari ro‘yxatiga qaysi kitoblarni kiritgan bo‘lardingiz?

1. Hazrat Alisher Navoiy. “Nasoyim-ul muhabbat”.
2. Zahiriddin Muhammad Bobur. “Boburnoma”.
3. Rauf Parfi. “Turkiston yodi” (Muharrir - Vafo Fayzullo).
4. Abulg‘ozi Bahodirxon. “Shajarayi turk”.
5. Alixonto‘ra Sog‘uniy. “Turkiston qayg‘usi”.
6. Shavkat Rahmon. “Abadiyat oralab”.
7. Asqar Mahkam. “Haq”, “Analhaq”.
8. A’zam O‘ktam. “Sahar vaqti yurak yig‘lar”.
9. Nabijon Boqiy. “Qatlnoma”.
10. Abdulla Qahhor. Qissalar (Otabek Jo‘raboev tahriri ostida, “Yangi asr avlodi”  nashriyotida chop etilgan: “Qotilning tug‘ilishi”, “Zilzila”)

4. O‘zbek adabiyotidagi eng o‘qishli bo‘lgan 10 ta hikoya qaysi?

1. Shukur Xolmirzayev. “Ko‘k ko‘l”.
2. Abdulla Qahhor. “Boshsiz odam”.
3. Alisher Ibodinov. “Quyosh ham olov”.
4. G‘afur  G‘ulom. “Hasan Kayfiy”.
5. Nurulloh Muhammad Raufxon. “Oq bino oqshomlari”.
6. Nabijon Boqiy. “O‘lib tirilgan odam”.
7. Muhammad Sharif. “Tolko‘prik”.
8. To‘ra Sulaymon. “Chimildiqqa kirgan chol”.
9. Alisher Nazrullo. “Shamollar girdobida”  (“Sharq”  nashriyoti, 2015).
10. Boboniyoz Qurbon. “Shamolning suvrati”, “Ilinj daraxti”  (“Turon zamin ziyo” nashriyoti,  2016).

Afsuski, bu ro‘yxatga juda ko‘p munosib nomzodlar va asarlar kirmay qoldi. Nachora, bu ro‘yxat mening  shu chog‘dagi kayfiyatimni ifodalaydi. Boshqa odam boshqa ro‘yxat tuzishi mumkin.

Ziyouz izohi: Nabijon Boqiy nashrga tayyorlagan, “Sharq” NMIUda chop etilgan “Sara hikoyalar javoni” turkumidagi “Siz sog‘ingan asarlar” kitobiga quyidagi hikoyalar kiritilgan edi:
 
1. O‘tkir Hoshimov. Dehqonning bir kuni
2. O‘tkir Hoshimov. Dehqonning bir tuni
3. Tohir Malik. Erkin
4. Xurshid Do‘stmuhammad. Jajman
5. Murod Muhammad Do‘st. Dashtu dalalarda
6. Erkin A’zam. Anoyining jaydari olmasi
7. Xayriddin Sulton. Bunchalar shirinsan, achchiq hayot!
8. Alisher Ibodinov. Ko‘l bo‘yida
9. Omon Jorqinboyev. Portret
10. Qamchibek Kenja. Baliq ovi
11. G‘affor Hotamov. Ota
12. Shoyim Bo‘tayev. Haykal
13. Bahodir Murod Ali. Oqto‘sh
14. Umrboy Uteuliyev. Qizil tulki.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.