background
logotype

Omon Muxtor. XX asrning eng yaxshi asarlari

Omon Muxtor (1941-2013) — shoir va yozuvchi.

1. XX asr jahon adabiyotining 10 eng yaxshi asari deb qaysi asarlarni tilga olasiz?

1. Antuan de Sent-Ekzyuperi. «Kichkina shahzoda» (qissa).
2. Gabriel Garsia Markes. «Yolg‘izlikning yuz yili» (roman).
3. Ernest Xeminguey. «Alvido, qurol!» (roman).
4. Genrix Byoll. «Masxarabozning ko‘rgan kechirganlari» (roman).
5. Jon Pristli dramalari.
6. Jorj Simenonning Megre haqidagi romanlar turkumi.
7. Mixail Sholoxov. «Tinch Don» (trilogiya).
8. Kabo Abe. «Qumdagi xotin» (roman).
9. Xulio Kortasar hikoyalari.
10. Rey Bredberi hikoyalari.

Ilova: XX asr jahon adabiyotidagi yaxshi asarlarni aslida o‘nta bilan chegaralab qo‘yish qiyin, kamida yuzta asarni aytish mumkin. Men bir qismini oldim, xolos.

2. XX asr o‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi 10 asarni tilga oling.

1. Sadriddin Ayniy. «Sudxo‘rning o‘limi» (qissa).
2. Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar» (roman).
3. Fitrat. «Abulfayzxon» (tragediya).
4. Cho‘lpon. «Kecha va kunduz» (roman).
5. G‘afur G‘ulom. «Shum bola» (qissa).
6. Odil Yoqubov. «Ulug‘bek xazinasi» (roman).
7. Shukur Xolmirzaevning 70-80-yillar hikoyalari.
8. Rauf Parfi. «Sabr daraxti» kitobi.
9. Murod Muhammad Do‘st. «Lolazor» (roman).
10. Tog‘ay Murod qissalari.

Ilova: O‘zbek adabiyotidan yana bir qancha asarlarni eslasa bo‘ladi. Bu o‘rinda ham bir qismini aytdim. Nokamtarlikka yo‘ymang: ehtimolki, mening ham romanlarimdan kimdir qaysi birinidir eslar...

Manba: «Hurriyat» gazetasi, 1999 yil, 12-18 may soni.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.