background
logotype

“XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi”ga kiritilgan sara asarlar

«O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 2009 yili chop etilgan “XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi”da o‘tgan asrning eng yaxshi hikoyalari jamlangan. Antologiyani Bahodir Karimov va Habib Abdiyev nashrga tayyorlagan. Tahrir hay’atiga Abdulla Oripov, Nurislom To‘xliyev, Umarali Normatov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Erkin A’zam kiritilgan.

“Yillar va asrlar yakuni har qanday sohada sarhisobga imkon beradi. Sarhisob ehtiyoji zaruratga aylanadi. Shu ma’noda XX asrda yozilgan hikoyalarning estetik qiymati, mavzu ko‘lami, badiiy saviyasi, yutuqlari va boshqa qirralarini tasavvur etish uchun ushbu antologiyaga tartib berildi. Ushbu hikoyalar XX asr o‘zbek hikoyasi xazinasidan saralab olindi”, deyiladi kitob annotatsiyasida.

“XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi”ga quyidagi sara hikoyalar kiritilgan:

Abdulla Qodiriy. Uloqda
Abdulla Qodiriy. Jinlar bazmi
Abdulhamid Cho‘lpon. Novvoy qiz
G‘afur G‘ulom. Mening o‘g‘rigina bolam
Oybek. Fanorchi ota
Abdulla Qahhor. Ming bir jon
Mirkarim Osim. Shiroq
Hakim Nazir. Oqibat
Said Ohmad. Oftob oyim
Mirmuhsin. «Ona qabriga gul»
Sunnatulla Anorboev. Yaxshilik urug‘i
Odil Yoqubov. Yaxshilik
Pirimqul Qodirov. Ilinj
Nosir Fozilov. Robinzonlar
Anvar Muqimov. Qo‘qon shamoli
Farhod Musajonov. Saboq
O‘lmas Umarbekov. Charos
Uchqun Nazarov. Qish nafasi
Uchqun Nazarov. «Kal mulla»
Uchqun Nazarov. Insho
Uchqun Nazarov. Umr 
Erkin Samandar. G‘ayb qushlari  
Ne’mat Aminov. Tug‘ilgan kunim qani?
Mengziyo Safarov. Tog‘larda gulxan yonadi 
Muhammad Salom. Qarz
Shukur Xolmirzayev. Cho‘loq turna
Omon Muxtor. O‘yin
O‘tkir Hoshimov. Yanga
Erkin Malik. Gul ishqibozi
Qudrat Do‘stmuhammad. Oltin tuxum
Zohir A’lam. Zarb
Dadaxon Nuriy. Mehmon
Hojiakbar Shayxov. Iblis bilan suhbat
Toxir Malik. Tiriklik suvi
Kamchibek Kenja. Baliq ovi
Norto‘xta Qilich. Jumboq
Mamatqul Hazratkulov. Cho‘li iroq
Asad Dilmurod. Kunsuluv
G‘ozi Rahmon. Oshiq dunyo
Tog‘ay Murod. Bobosi bilan nevarasi
Murod Muhammad Do‘st. Dashtu dalalarda
Erkin A’zam. Piyoda
Nurali Qobul. Kaptarlar qaytmagan tun
Nodir Normatov. Bir kuni chumoli bo‘lib
Xurshid Do‘stmuhammad. Vasiy
Olim Otaxonov. To‘rtinchi qavatdagi sarg‘ish deraza
Shaxodat Isaxonova. Katta «a», kichkina «a»
Dilbar Saidova. Yig‘i
Mirzapo‘lat Toshpo‘latov. Maydon
Murod Tillaev. Qo‘lqop
Erkin Usmon. Txarad
Alisher Ibodinov. Bir tomchi yosh
Orziqul Ergash. Dala o‘rtasidagi daraxt
Normurod Norqobilov. Ayriliq quvonchi
Bahodir Murod Ali. Oqto‘sh
Jumaqul Qurbonov. Qorako‘z
Nurulloh Muhammad Raufxon. Oq bino oqshomlari
Xayriddin Sultonov. Dunyoning siri
Ashurali Jo‘rayev. G‘ussa
Nabijon Boqiy. Hisorak
To‘lqin Hayit. Kampir osh
Abulqosim Mamarasulov. Telba muhabbat
Shoyim Bo‘tayev. Hisomiddin al-Yog‘iy
Ilhom Zoyir. To‘tinoma
Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam
Abduqayum Yo‘ldosh. Yolg‘on va haqiqat
Nabi Jaloliddin. Erkagi bor uy
Sobir O‘nar. Tarvuz
Shodiqul Hamro. Suratdagi ayol
Luqmon Bo‘rixon. Qo‘noq
Salomat Vafo. Elat
Zulfiya Qurolboy qizi. Qadimiy qo‘shiq
Isajon Sultonov. Oydinbuloq
Ko‘chqor Norqobil. Qishdagi lola

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.