background
logotype

“Buyuklar halqasi”

http://ziyouz.uz/images/ilm.jpg

Ma’rifatning chegarasi — nafs va uning istak-xohishidan xoli bo‘lishdir. Tohir Maqdisiy

* * *

Kimki botil yo‘l bilan izzat talab qilsa, Alloh uni haq yo‘l bilan xor qilib qo‘yadi. Abulhusayn Sirvoniyi Sag‘ir

* * *

Har bir narsaning zangi bo‘ladi, qalb nurining zangi esa to‘yib ovqatlanishdir. Abu Sulaymon Doroniy

* * *

Odamlar bilan olovga muomala qilganingdek muomala qil: foydalaridan bahramand bo‘lginu, kuydirishlaridan ehtiyot bo‘l! Shaqiq Ibrohim Balxiy

* * *

Kimki o‘zining nazarida o‘zi xor ko‘rinsa, Allohu taolo uning darajasini baland qiladi va kimki o‘zining nazarida o‘zi ulug‘ ko‘rinsa, Allohu taolo uni bandalarning nazarida xor qilib ko‘rsatadi. Abu Muzohim Sheroziy

* * *

Kimdaki bir yaxshi xislat ko‘rsang undan ajramaginki, albatta, uning barokotidan senga ham naf yetadi. Hamdun Qassor

* * *

Kimning ko‘ziga faqat o‘z yaxshiliklari ko‘rinsa, u odamlar nafratiga ­mubtalo bo‘ladi, agar faqat o‘z yomonliklari ko‘rinsa, odamlar nafratidan emin bo‘ladi. Mahfuz Muhammad

* * *

Insonning eski choponda yurgani ­birovning yangi to‘nini kiyib yurganidan yaxshiroq. Muhammad Hamid Tirmiziy

* * *

O‘zingni yaxshi ko‘rishing — o‘zingni halok qilishingdir. Abulhasan Soyig‘ Dinavariy

* * *

Tilning tavakkuli da’vo qiladi, ­qalbning tavakkuli ma’no beradi. Abu Ja’far Farg‘oniy

* * *

Qalb tirikligi nafsni o‘ldirish ­bilandir. Doimo himmatli bo‘lki, himmat ­ishlarning quvvati va manbasidir. Abubakir Tamastoniy

* * *

Oliyhimmat bo‘l! Zotan, kishini ­jiddu jahd emas, yuksak himmat ­kamolga yetkazadi. Ja’fat Muhammad Nusayr Xuldiy Xavvos

* * *

Miyangdagi borini chiqarib tashla, qo‘lingdagi borini ehson qil va boshingga nima kelsa xotirjam qarshila. Shayx Abu Said Abulxayr

* * *

Ovqatlanishda o‘rtacha me’yorni ­saqlash, ya’ni o‘ta to‘q ham, o‘ta och ham bo‘lmaslik yaxshidir. Xoja Muhammad Porso

* * *

Barcha yaxshiliklar uyning ichkarisida, uning kaliti tavozedir. Barcha yomonliklar ham uy ichkarisida, uning ­kaliti esa takabburlikdir. Yusuf Husayn Roziy

* * *

Afzallik istasang, hech kimdan afzallik da’vo qilma, mum va malham bo‘lu jarohat bo‘lma! Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, ­fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma! Jaloliddin Rumiy

Sayfiddin Sayfullohning ­oltin silsila turkumidan “Buyuklar halqasi” kitobidan

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.