background
logotype

Haqiqiy boylik

Badavlat ota o‘g‘lini kambag‘al kishilarning borligini ko‘rib ibratlansin degan o‘yda mamlakatning chekka qishloqlari bo‘ylab sayohatga olib chiqdi. Ular o‘ta qashshoq bir oilaning dalasida kechani o‘tkazdilar.
Safardan qaytishlari asnosida ota o‘g‘lidan so‘radi:
— Sayohat qanday bo‘ldi?
— Ajoyib!
— Ko‘rdingmi, qanday qashshoq odamlar bor-a?! – so‘radi ota.
— Ha...
— Xo‘sh, bu safardan nimalarni o‘rganding?
— Ko‘rdimki, bizning atigi bitta itimiz bor ekan, ularda esa to‘rtta! Bizdagi bog‘ning o‘rtasida bittagina basseyn bor, ularda esa adog‘i yo‘q buloq! Biz bog‘imizga chiroqlar qo‘ydirganmiz, ularda bu vazifani millionlab yulduzlar bajaradi. Bizning hovliga tutashgan peshayvonimiz bor, ularda esa butun boshli ufq. Bizda yashash uchun bir parchagina yer bor, ularda esa biz his qila olmaydigan darajada keng dalalar. Bizga xizmat qilishadi, ular o‘zgalarga xizmat ko‘rsatishadi. Biz yeguliklarni sotib olamiz, ular esa o‘stiradilar. Biz bor-budimizni asrash uchun devorlar qurganmiz, ularning o‘zlarini himoyalaydigan do‘stlari bor ekan...
Bu so‘zlarni eshitgan ota jimib qoldi. Shunda o‘g‘il yana qo‘shib qo‘ydi: “Otajon, qanchalik qashshoqligimizni ko‘rsatganingiz uchun sizga tashakkur”.

Muslim Buxoriy tayyorladi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.