background
logotype

Iskandarning bo’sh ketgan qo’li

Iskandarning yetti iqlim mamlakatlarini o‘z qo‘liga kiritgani va bo‘sh qo‘l bilan bu dunyodan ketish otini ilgari surgani


Hamma iqlimlarni qo‘lga kiritgan shoh Iskandar jahon mamlakatining taxtiga ega bo‘ldi. U borib olmagan biron yer qolmadi. Biron yer qolmadiki, u bormagan bo‘lsin. Dunyodagi hamma yer va suv uning hukmiga o‘tib, xo‘lu quruq buyrug‘ining qavzasiga tushdi.

Osmonning ko‘k gumbazi ustida xutba o‘qib, adolat tamg‘alarini (oltin, kumushga emas), yulduzlarga urdi. Shohlar o‘z ixtiyorlari bilan unga qul bo‘lishdi; unga qul boiish bilan ular faxrlandilar.

U ham shoh edi, ham valiy, ham payg‘ambar. Uning tabiati esa donishmandlik bilan rostlangan edi. Uning asl zotida Jamshidlik odatlari bor edi. Oddiy ko‘zgu unga jahonni ko‘rsatadigan jom bo‘lib xizmat qilardi. Etti qavat osmon hukmronligi unga muyassar, yetti iqlim unga bo‘ysungan edi.

Shunday yuksak martabali baxtiyor podshoh bu o‘tkinchi dunyodan kp’chim ko‘tarmoqchi bo‘lib qolganda qiziq bir ojizlik va bechoralik xolatini boshidan kechirdi. Oldida qiziq bir ovoralik yuz berdi. Unga na xakimlari yordam qila oldi; na xizmatkorlari, na qullari uning farmonini bajara oldi. Ular barchasi bu yashil bog‘da qolib, u bir o‘zi qora tuprog‘ning ichiga yo‘l oldi. Bunday xalokat uning ichini o‘rtagach, shunday so‘zlar bilan u ichini bo‘shatdi.

- Shu nafasda men pastga qarab borayapman; shohlik nog‘orasi safarga chorlamoqda. Kim o‘z or-nomus shartini saqlamoqchi bo‘lsa, mening unga shunday vasiyatim bor: vaqtiki pok bo‘ston qushi men tomon uchib kelib, poklik ayvoniga borishimni eslatgan chog‘da, oh tortib, olamni’ qorong‘i qilib, tobutdan menga uxlash uchun joy xozirlab, yo‘limni qabr tomon boshlar ekansizlar, bir qo‘limni tobutning yonidan chiqarib qo‘yinglar. Kishilar tobutga nazar solar ekanlar, ibrat yuzasidan shu qo‘lga qarasinlar. Bilsinlarkim, yetti o‘lka podshosi, yetti osmon mushkullaridan xabardor odam, endi jismida jon yo‘q, bu makondan, bu jahondan bo‘sh qo‘l bilan ketmoqda. Kimki jahon mamlakatini havas qilsa, ushbu qo‘l unga yetarli tajribadir.

Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.