background
logotype

Kimning ko‘zi o‘tkir?

Abu Ali bir kuni podshoh huzuriga kirsa, hazrati oliylari durbinda uzoqni kuzatayotgan ekan. Ibn Sino so‘rabdi:
—    Podshohimga nima uchun durbin kerak bo‘lib qoldi?
Podshoh unga tushuntirdi:
— Bu durbin orqali ikki farsang uzoqlikda kimlar kelayotganini ko‘rish mumkin. (Ikki farsang — 12 kilometr — M.M.)
Ibn Sino aytdi:
— To‘rt farsang uzoqlikda kim kelayotganini men durbinsiz ham ko‘ra olaman.
Podshoh “Qani, ayt-chi!” deb so‘radi. Ibn Sino aytdi:
— Ikki farsang narida bir otliq kelayotir. U kishi shirin taom yegan ekan?
Podshoh ajablanib so‘radi:
— U kishi shirin taom yeganini qaerdan bilding?
Ibn Sino javob berdi:
— Bu otliqning shirin taom yeganini uning og‘zi atrofida o‘ralashgan pashshalardan bildim.
U odam yaqin kelib salom berganida podshoh undan so‘radi:
— Yaqinda qanday taom yegan eding?
U kishi javob berdi:
— Xolva yegan edim, janobi oliylari.

Muhammad Ibn Sulaymonning “Qissatu-l-ulamo” asaridan Mahkam Mahmud tarjimasi

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.